Asosiy mavzular
23 sentyabr 2019

Mahmud Rajab va uning tarafdorlari Toshkentga qarab yurish boshlashdi

O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajab adolat istab 22 sentyabr kuni Xorazmdan Toshkentga qarab yo‘lga chiqdi.

Sumkasidan Muhammad Solih kitoblari chiqqani uchun tergovga tortilganidan norozi 56 yashar Mahmud Rajab, uning qarindoshlari va tarafdorlari Toshkentga, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan uchrashuvga yayov yurib borishni rejalaganini aytishmoqda.

Bundan avval, 20 sentyabr kuni, “Eltuz” olgan xabarlarga ko‘ra, Mahmud Rajabni olib ketish uchun militsiya kapitani Bekchanov boshchiligida Xorazm viloyati IIB xodimlari kelishgan. Biroq shoirning mahalladoshlari uni militsiya olib ketishiga qarshilik ko‘rsatishgan.

“Mening xalq oldida ham, vijdonim oldida ham, hukumat oldida ham, qonun oldida ham hech qanday aybim yo‘q.

O‘zimni o‘zim insoniylik printsiplaridan kelib chiqib himoya qilaman. Chunki bu meni 5 yil qamashga qaratilgan, meni ko‘ra olmaydigan birovlarning ishi”, dedi mahalladoshlari va videokamera oldida Mahmud Rajab.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Rajab shoir Muhammad Solih asarlarini O‘zbekistonga olib kirganlikda asossiz ayblanib tergovga tortilgan. “Eltuz” nashri shoir Mahmud Rajab taqdiri bilan bog‘liq voqealarni kuzatishda davom etadi.

Voqea joyidan mustaqil jurnalist Shabnam Olloshukurova to‘g‘ridan to‘g‘ri videoreportajlar jo‘natmoqda. Voqealar rivojini “Eltuz” kanalida ham kuzatishingiz mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 mart 2017
Rossiyalik mashhur xonanda Boris Grebenshikov yaqinda qamoqdan chiqqan jurnalist, Muhammad Bekjonga maktub yo‘lladi. Eltuz muxbiri bilan suhbatda sobiq siyosiy ...
25 avgust 2016
Prezident farmonida, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori ...
8 sentyabr 2016
Sahnaga chiqish ilinjida bir vaqtlar Karimovni madh etgan xonanda, o‘z videomurojaatida endi Karimov sistemasi, shogirdlari va vazirlarini maqtab ko‘klarga ...
23 fevral 2018
“Ular mahalliy tadbirkorlarni adolatsiz ravishda turmaga tiqqanini bilaman. Menda hatto qiynoqlar qo‘llanilganiga oid fotosuratlar ham bor. Men bu yovuzlikni ...
Bloglar
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...
24 sentyabr 2020
So‘nggi paytlarda mendan endi migrantlarning taqdiri qanday bo‘lishi haqida tez-tez so‘rashmoqda. Ayrimlar Rossiyadan qaytayotgan ishsiz ...
23 sentyabr 2020
Shuhrat Qayumov men tanigan, men muloqotda bo‘lgan san'atkorlarning eng yaxshisi, madaniyatlisi edi. U kishi bilan ...