Asosiy mavzular
9 oktyabr 2019

Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan bo‘ri va ayiqlarni otgan

Aksariyat o‘zbekistonliklar orasida Salimboy deya sig‘iniladigan, boshqa manbalarda «kriminal avtoritet» atalgan Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan ayiq, bo‘ri va yo‘lbarslarni otib o‘ldirgan.

Bu ma'lumotni qirg‘izistonlik ikki videobloger ma'lum qildi. Ular tarafidan tarmoqda yoyinlangan videoda Salim Abduvaliev uyida ko‘rgazmaga qo‘yilgan terisiga somon tiqilgan o‘nlab hayvonlar aks etgan.

“Bularning hamasini Salim akamlar o‘z qo‘llari bilan o‘ldirganlar», deydi bloger «Qizil kitob»ga kirgan hayvonlarning o‘ziga xos qabristoni bo‘ylab reportaj olib borar ekan.

Tasvirlarda kamida ikki qo‘ng‘ir ayiq, bitta bo‘z bo‘ri, turna, lochin, qirg‘iy va jayra ko‘rinadi.

Shuningdek xongul deya bilingan noyob buxoro bug‘usi, arxar va yo‘lbarslar ham reportaj olib borayotgan bloger tarafidan “Salim aka tarafidan otib o‘ldirilgan”, deya tariflanadi.

Bu hayvonlar Markaziy Osiyo faunasning noyob vakillari sifatida «Qizil kitob»ga kiritilgan. Ularni ovlash jinoyat hisoblanadi.

Videoblogerlar Salim Abduvalievning kitch buyumlar bilan to‘lib toshgan uyi bo‘ylab sayr qilishadi. Tasvir davomida Abduvalievning noma'lum rassom tarafidan o‘ta malakasiz chizilgan serjilo portreti va son-sanoqsiz qilich, dubulg‘a va oshpichoqlar kollektsiyasi ko‘rinadi.

Toshkentlik san'atshunos Akmal Rizaev “Boy ota” uyidagi bezak buyumlarni “didsizlik, soxta hashamat, kitch va  bachkanalik kulminatsiyasi”, deya tarifladi.

Rizaevga ko‘ra,  Salim Abduvalievning uyi “Rossiya shou biznesidagi parazit elementlar kelib, yeb-ichib yozilib ketadigan bogodelnya”dir.

Rizaevning aytishicha, o‘zbekistonlik va ba'zi rossiyalik san'atkor, shoir va qo‘shiqchilar uchun Salim Abduvaliev “nazariga tushish” ulkan baxt.

O‘zbekistonlik shoir Bobir Bobomurod tarafidan Salim Abduvalievga bag‘ishlab yozilgan she'rni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist ijro qilib “boy ota nazariga noyil bo‘lgan edi”.

Ko‘plab kriminal avtoritetlarni madh etgan taniqli shanson qo‘shiqchi Villi Tokarev O‘zbekistonda Salimboy deb nom chiqargan tadbirkor Salim Abduvalievga «Salimbay» albomini bag‘ishlagan.
Villi bastalangan “Salimbay” qo‘shig‘ida Salim Abduvaliev bunday madh etilgan:

“Quyosh bizni siylagan paytda,
Quyoshli sayyoramizga qish kelganida
biz Salimnikiga mehmonga bordik.
Do‘stlashdik, xayrlashdik –
Salimdek bu dunyoda boshqa hech kim yo‘q!
O‘zbekistonning bag‘rikengligi
bilan maftun bo‘lishdan charchamayman,
Salim menga naqshli chopon sovg‘a qildi!
Salim, Salim, Salimboy –
Toshkent grajdani, vaqtni ketkizmasdan sharob quy!”
deya kuyladi Villi Tokarev Salimboyga bag‘ishlagan qo‘shig‘ida.

Karimov davrida siyosat va saroydan masofada tutilgan Abduvaliev Mirziyoev iqtidorga kelgani ortidan boshqaruvdagi amaldorlarning sevimli akaxoniga aylandi.

Mirziyoevning prezidentlikka saylangan kunida Abduvaliev Mirziyoev tasviri tushirilgan maykani kiyib, publika qarshisida namoyon bo‘lgan edi.

Mirziyoevning ilk iqtidorga kelgan kunlarida Abduvaliev va Shavkat Miromonovichning qo‘l berishib turgan surati tarmoqda tarqalgandi.

Toshkentlik san'atshunos Akmal Rizaev iddaosiga ko‘ra, Karimov davrida Salim Abduvaliev sobiq ichki ishlar vaziri, «Andijon qassobi» o‘laroq tarixga kirgan Zokir Almatov shamsiyasi ostida harakat qilgan.

Ayni paytda bu iddaolarning «Eltuz»da rasmiy tasdig‘i yo‘q. «Eltuz» Salimboy Abduvalievning bu boradagi fikrlarini kutmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 sentyabr 2015
Bugun 25 centyabr Eltuz tahririyatiga mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulova va Yelena Urlaevani ushlab ichki ishlar boshqarmasiga olib ketishgani haqida ...
21 iyun 2024
22 iyun kuni soat 16 da Toshkentda taniqli rassom Vyacheslav Oxunovga Chexiya respublikasi instituti «san'at doktori»faxriy unvoni berilishi bilan ...
30 dekabr 2020
Kechgan yil bir vaqtlar Gulnora Karimova o‘tkazgan tadbirlarga o‘xshagan “yolg‘on” tadbirlar bilan to‘la bo‘ldi. “Ëshlar forumi” “Ëshlar bilan uchrashuv” ...
25 iyul 2016
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “yo Ollox do‘st, yo Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...