Asosiy mavzular
3 yanvar 2020

«Qodiriy tirik bo‘lganida bugun albatta qamalardi»

Yozuvchi Nabijon Boqiy oshkoralik siyosati sharofati bilan 80 yillarda O‘zbekistondagi KGB arxivlariga kirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ayni hujjatlar asosida u Qodiriy va Cho‘lponlarning qatl etilishiga G‘afur G‘ulom, G‘ayratiy, Olim Sharofutdinov kabi yozuvchilar chaquvi sabab bo‘lganiga oid hujjatlarni ochiqlagan edi.

«Eltuz» nashriga bergan intervyusida 63 yashar adib Nabijon Boqiy o‘zining «Qatlnoma» kitobiga asos bo‘lgan ayni hujjatlarni eslaydi. O‘sha paytda «Mushtum» jurnalida ishlagan Nabijon Boqiy Turkiston oydinlari qismatiga oid NKVD/KGB hujjatlarini oshkor qilish tashabbusini tahririyat oldiga qo‘yadi.

«Mana Moskva matbuotini o‘qiyapsiz. Nega ular yozayapti biz yozmayapmiz. Bizda hali ham «Mushtum» kolxoz raisi bilan, otarchilarni tanqid qilishdan nariga o‘tmayapti» deydi.

Shu tariqa jurnal KGB idorasiga rasmiy xat bilan murojaat qiladi. Satirik jurnal xodimi sakkiz oy davomida 1937-38 yillar qatag‘oniga oid arxiv hujjatlarini o‘rganadi.

«Eltuz» muxbiri shu o‘rinda, «Qodiriylar Shavkat Mirziyoevning tug‘ilishini orzu qilgan» deya prezidentni maqtagan yozuvchi Ibohim G‘afurov fikriga baho berishni so‘radi.

«Agar Qodiriy tirik bo‘lganida edi hukumatni tanqid qilgani uchun qamalardi. U albatta faol blogerlar tarafida bo‘lardi. Shabnam Olloshukurova kabi jinnixonaga tashlashardi. Chunki u o‘sha paytda tuzumni tanqid qilgani, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Yo‘ldosh Oxunboboevni, mamlakatning ikkinchi raxbari Akmal Ikromovlarni hajv qilgani uchun qamalgandi», dedi Nabijon Boqiy.

Nabijon Boqiy bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni «Eltuz»ning yutub kanalida tinglang: https://youtu.be/qHWkazcIx7o

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 may 2016
Maxallaning sirini yuqoriga sim qoqib turadigan kampirlarga mahallalarning diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ato qilindi. ...
7 iyul 2017
Xiva yodgorliklari 19 may kungi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tag‘in «rekonstruktsiya» qilinadigan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra Xiva xonining yozgi «Nurillaboy» ...
28 aprel 2021
Rassom Elsevar
29 avgust 2022
Muhammad Solih bilan kechgan suhbatning 4-qismi she'riyat haqida. Biroq u yoshligida rassom bo‘lishni orzu qilganini aytadi. Shuningdek u maddohlik ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...