Asosiy mavzular
21 yanvar 2020

Bloger Shabnam jurnalist Bobojonovlarga qarshi chaquv yozishga majburlangan

18 yanvar kuni O‘zbekistonni tark qilgan 32 yashar bloger Nafosat Olloshukurova “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda unga qarshi qiynoqlar Muhammad Solih, Do‘stnazar Xudoynazarov va jurnalist Bobojonovlarga qarshi chaquv yozdirib olish uchun bo‘lganini bildirdi.

Shuningdek, u “Eltuz” muxbiriga Sog‘liqni saqlash vazirligi psixiatri Levon Ambartsumov boshchiligida uni qayta ruhiy shifoxonaga yotqizishga urinish bo‘lgani, o‘zbek rasmiylarining ayni harakatlari uni mamlakatni tark etishga majbur etganini iddao qildi.

O‘zbekistonda o‘tgan saylov arafasida Xorazmdagi ruhiy shifoxonaga majburan tashlangan va uch oy ushlab turilgan bloger Nafosat Olloshukurova 28 dekabr kuni u yerdan chiqarilgan, “maxsus komissiya Olloshukurovaning boshqa davolanishga ehtiyoji yo‘q”, deb topgan edi. Biroq Nafosat Olloshukurovaga ko‘ra, uni qaytadan ruhiy dispanserga yotqizishga urinish davom etgan.

Olloshukurova 23 sentyabr kuni adolat izlab Xorazmdan Toshkentga, ichki ishlar vaziri bilan uchrashish uchun piyoda yo‘lga chiqqan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning harakatlarini yoritgani ortidan 10 kunga qamalgandi. Qamoq jazosini o‘tagach, ozod qilinmay, ruhiy shifoxonaga yotqizilgan bloger mamlakatda eng ko‘p qiziqish bildirilgan figuraga aylangandi. Nafosat ayni faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini aytmoqda.

Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish tashkiloti, Amnesty international, Cotton Campaign kabi xalqaro tashkilotlar Nafosat Olloshukurovani ozod etishni O‘zbekiston hukumatidan talab qilib chiqishgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 mart 2019
Samvel Babayanning yana o‘zbek futboliga qaytishi masalasida bir necha nuqtalar borki, kishida ko‘plab shubhalar uyg‘otadi. Birinchi nuqta shuki, u ...
22 noyabr 2019
O‘tgan hafta “Milliy tiklanish” partiyasi Qashqadaryoda neft ishlab chiqarayotgan “Lukoyl” shirkatining tanobini tortib qo‘yishni talab qildi. Chunki bu idoraning ...
13 fevral 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
8 mart 2019
​​Jallod deganda boshiga qop kiydirilib, kundaga qo‘yilgan kallani oybolta bilan chopadigan baquvvat odamni tushunishadi odatda. Lekin aslida vaziyat biroz ...
Bloglar
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko ...
25 noyabr 2020
Kuzda ketib kuzda qaytdim Sovet Armiyasi safidan. Bizni armiya safiga oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limidan ...
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...