RTdan va'z: Yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga,
Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga,
Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga,
Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga.
Aziz og‘alar-inilar, opalar, singillar, sizlar bilan oylar sultoni ramazonda ko‘rishib turganimdan sevinib o‘tiribman. Tomga qo‘yilgan panel quyoshdan energiya olgani kabi men sizlarning e'tiboringizdan kuch-g‘ayrat olaman. Bugungi suhbatimiz mundarijasini keyingi o‘n kunda bo‘lgan voqealar belgiladi.
Kinochilar o‘zlarining xo‘jayini Fedyaga qarab isyon ko‘tarishdi.
Gapning qisqasi – «bunt v korable!» Doim shu kinochilarga hayron qolganman. Yaqinda bitta kinochi klip olayotgani videosini qo‘yibdi. Bu rejissyor suratga olish maydonida o‘zini salkam xudo kabi tutvogan.
Artistga qarab (kaneshna o‘rischalab) «Davay, plach, plach, ssuka. Ne veryu. Slyozi!!! Krupnie slyozi, ssuka. Xullas, gapning qisqasi, o‘zidan Fellini yasab olibdi. Anuv artist qiz eplolmadi shekilli, rejissyor bolaning toza jahli chiqdi. Ko‘tining tagidagi taburetkani artist qizga qarab otvorib, rosa o‘richchalab so‘kindi. Keyin boshini devorga tars-tars urib, «O, boje, pochemu ya doljen terpet etix bezdarov? Chmo, urod, nije plintusa», deb vag‘illab yig‘lavordi.
O‘shatdagi bitta xolaning kinochiga rahmi kelib, istakonda suv abkeberdi. Bu kadrlarni ko‘rib, shunaqa geniy kinochi bor ekan, deb ogan klipini tomosha qildim. Vay, bilyart. Bir bo‘qqa arzimaydigan klip. Yana o‘risdi klipidan odin k odnomu o‘g‘irlangan. Bu soch o‘stirib, dod-voydi kattasini qilayotgan kinochi oddiy bir plagiat o‘g‘ri ekan. Savodiyam yo‘q.
Nima demoqchiman. Bu 109 ta kinochining nakatat qigan jalobasini o‘qib: «Kinoning bittagina dushmani bor ekan. U ham bo‘lsa «O‘zbekkino» gendirektori Fedya», degan xulosaga kelasan.
Fedya asli tug‘ilganida yomon bala bo‘magan. Kattabibisi erkalab turshak bersa sevinadigan samarqanlik bir bacha. Undan yaxshi o‘ris tili mallimi chiqardi. Ammo biografiyasi Gitlernikidanam yomon bo‘ldi.
Gulnoraning yonida yurdi. Gulnora bilan bir teshikka siydi, bir teshikka aaa qildi. Gulnoraning soyasida va soqqasida odam bo‘ldi. Gulnoraning proektlarini tuya qilib boyidi. Restoran va pulli tualetlarni ochib tashadi hammayoqqa.
Ammo Gulnora qamalganidan keyin sharta chiqib uni yomonladi. Dunyodagi barcha yovuzliklarni Gulnoraning bo‘yniga ildi. Gulnora tovada kichkina balachalarni qovurib yerdi, deganga o‘xshash gaplardi aytdi bu Fedya.
(Bilmaganlar uchun Fedya – bu Firdavs Abduxoliqov)
Chingiz yasasiga ko‘ra, o‘z hukmdoriga sotqinlik qilganlarning boshi kesiladi. Masalan, Chingiz bitta shaharni olmoqchi, shu shahardan bitta sotqin chiqib, Chingizga butun sirlarni aytib berdi. Chingiz bundan foydalanib shaharni olganidan so‘ng birinchi bo‘lib o‘sha sotqinni o‘ldirgan.
O‘z egasiga sadoqatli bo‘lmagan qul hech kimga sadoqat ko‘rsatmaydi. Demak, Fedya yomon. To‘g‘risi, uning biografiyasi yomon. Unga qarshi zayava yozganlaram yomon. Oldin aytganimdek, o‘zbek kinosida ishlaydigan barchani (bog‘bon va farroshlariga qo‘shib) so‘tni qarori bilan kino olish jarayonidan bir umr uzoqlashtirish kerak. Kinostudiyaga 10 km radiusda yaqinlashmasin ular. Shundagina o‘zbek kinosiga yaxshi bo‘ladi. Har holda yomon bo‘lmaydi.
Hozircha O‘zbekistondagi barcha san'atlar ichida eng yomoni kinodir. Undan ham yomoni cho‘pchaklardir.
Cho‘pchaklar qaerga yetaklar?
Bugungi O‘zbekistonning ayni chegaralar va ayni nomda tashkil qilinishida numbir von rol o‘ynagan siyosatchi Vladimir Lenin aprel oyida 150 yoshga to‘ldi. Bilmaganlar uchun aytib qo‘ysam, Lenin 54 yoshida o‘lib ketgan. Bitta Qoplon opa degan ayol paqillatib otib tashaganidan keyin turmay yotib qoldi.
Bir paytlar Lenin degan odamni o‘zbek shig‘ir yozuvchisi Muhammad Ali ilohiylashtirib doston yozgan edi. O‘zbek yozuvchisi ta'sirida maktab kutubxonasidagi Nadejda Krupskaya (Leninning rasmiy xotini) xotiralarini oldim. Xotiralarda Leninning Sibirdagi Shushensk qishlog‘ida surgun bo‘lgan davri eslanadi. Krupskayaning yozishicha, bir kuni suv toshib, quyonlarning iniga suv kirib ketgan. Suzishni bilmaydigan quyonchalar talvasa ichida bo‘lgan. Shunda Lenin qayiqni minib, suv ichidagi quyonlarning boshiga eshkak bilan urib o‘ldirib chiqadi. Go‘shtini pishirib yeyish uchun emas, shunchaki ermakka. Vladimir Ilich har safar eshkak bilan tarsillatib quyonning boshiga urganida, bolalarcha xo-xolab kular edi.
Bu kitobni o‘qib larzaga tushdim. Lenin haqida yaratilgan cho‘pchakka shak keltirilgan edi. Boz ustiga, bundan oldin «Ded Mazay» degan kitobni o‘qigandim. Xuddi shunday sel paytida Ded Mazay quyonlarni qutqargan edi. Kitobni ko‘tarib, o‘qituvchim Norjon opaga olib bordim. U qo‘rqib ketdi. O‘qima bu kitobni, dedi. Norjon opa uchun cho‘pchak reallikdan yaxshi edi.
1991 yili o‘zbek yozuvchisi Muhammad Ali Leninni ilohiylashtirishni birdan to‘xtatib, darrov Amir Temurni ilohiylashtirishga o‘tib ketdi.
30 yil davomida butun bir xalq tasavvurida Temur xuddi Tereza onaday shafqatli qilib tasvirlandi.
Kimdir birlamchi manbadan Temur haqida farqli bir ma'lumot topsa, yumma talaydigan bo‘ldik. Bizga reallik emas, yoqimli cho‘pchak kerak.
Shu kunlarda hurmatli olim Eldor og‘a Esanovni «Temurga shak keltirganlikda ayblab» kesak bo‘ron qilib yotishibdi. Eldor og‘a tarixchilarga tayanib, Amir Temurga xotini xiyonat qilgan, degan iqtibos keltirdi.
Mustafo Kamol Otaturkning bir ulug‘ gapi bor: «Mabodo bir kun kelib mening gaplarim bilan ilm ziddiyatga kirishsa, ilmni tanlanglar».
Amir Temur 1405 yilning fevral oyida hozirgi Chimkentning O‘tror shahrida shamollab qolib o‘lgan. Tabiblar davolay olmagan. Agar hozirgiday 7 yil o‘qigan doktorlar bo‘lganida uni albatta davolashar edi.
Kinnachilarga qolgan kun
Oradan 620 yil o‘tib yana kunimiz Hasan tabiblarga qoldi. O‘zbekistondagi barcha kasalxonalarda tabiblarning davlatdan oylik olib ishlashiga izn berildi. Yaqinda kinnachi, azayimxon bilan folbinlar ko‘richakni operatsiya qiladi. ToshMIni bitirgan doktorlar Afrikadagi tam-tam qabilasini davolashga ketvorursin.
Prezidentning xotini Ziroat kennayi kinnachilarning krishasi, deya nom chiqardi. Mirziyoev davri O‘zbekistoni juda katta tezlikda uchinchi dunyoning eng johil mamlakatlari qatoridan o‘rin olishga shoshmoqda. Savodsiz bir otarchi madaniyat vaziri, uch klass maktab o‘qigan ko‘chabezori shahar hokimi. Bank tizimiga Ahmadboyni obkelsak, baxtimiz tugal bo‘ladi. Yana bular nega boshimizga tosh yog‘di, deb hayron bo‘lishadi.
Aytmoqchi, men ham qo‘yning qumalog‘iga qarab fol boqdim.
YeOIIga kirishni yoqlab ovoz bergan badbaxt deputatlarning ko‘zi ko‘r bo‘ladi. Yetti pushti xor bo‘lib, ichburug‘dan o‘ladi, degan prognoz chiqdi.
Xullas, rus oshig‘i Mirziyoev Rossiya bag‘riga otilish uchun yana bir qadam ilgari tashadi. Rossiya bilan shifobaxsh vasl qadrini Shavkat akadan so‘raymiz endi.
28 aprel kuni O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yakuniy qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonning tuzilmada «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etishi maqsadga muvofiq, deb topildi.
Ushbu qaror bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etgan jami 132 nafar deputatdan 86 nafari tarafdor (yoqlab), 32 nafari qarshi, 14 nafari esa betaraf ovoz berishdi.
Bularning bexosiyat qarori tabiatgayam yoqmadi. Mamlakat g‘arbi, xususan, Buxoroda yuz bergan kuchli shamol oqibatida kamida 1 kishi o‘ldi. 30 dan ziyod odam tan jarohati oldi. Yuzlab uylarning tomi uchib ketdi.
Oldingi va'zimda ofatlar eshik qoqayotgani haqida yozganimda «napasdi issiq qilouring», deyishuvdi. Oldinroq virus yuqtirganlar soni 33 bo‘lganida, endi bu ko‘payib 50, 100 va ming bo‘ladi, deganimda ham meni yumma talashgan. Mana, yuqtirganlar soni ikki mingdan oshdi.
Folbinlik, astrologiya va boshqa spiritual bulshitga toqatim yo‘q.
Lekin yil nomi kalamush ekani va aynan bu yilda millionlab odam virusdan qirilgani aniq.
Uchoqlar uchmaydi, qatorlar yurmaydi, kemalar suzmaydi.
Mamlakatlar o‘z eshigini taqa-taq yopgan.
Odam odamdan hurkadi va tislanadi.
Odatda falokat yolg‘iz kelmaydi.
Ilmiy prognozlarga ko‘ra, bizni suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va ocharchilik kutmoqda.
Qurg‘oqchilik nafaqat ekinlarga, balki o‘rmonlarga ham tahdid soladi.
Issiq havo oqibatida yong‘inlar ham kutilmoqda. Ëng‘indan chiqqan tutun esa parnikovыy effekt hosil qiladi.
Ummonlar suvi har qachongidan iligan. Muzlar erimoqda.
Yevropa va Amerikada qurg‘oqchilik bo‘ladi, deyishdi.
Qashshoq mamlakatlarda (O‘zbekiston ham 2019 dan boshlab shu mamlakatlar ro‘yxatida) so‘nggi yuz yillikdagi eng ulkan gumanitar inqiroz kutilmoqda.
Boz ustiga, bo‘ron va qasirg‘alar.
Chigirtkalar hujumi esa bonus kabi.
Yo‘g‘on cho‘zilib, ingichka uziladigan mavsum.
«Qutadg‘u bilik»da aytilganidek, o‘ksiz (etim) o‘z kindigini o‘zi kesadigan davr.
Boshqa paytda bunday falokatlar dunyo yelkasini zirqiratmas edi.
Bir amallab bartaraf qilinardi.
Ammo Covid-19 bois cho‘ntaklar bo‘shagan, resurslar xarjlanib ado bo‘lgan. Byudjetda esa pul yo‘q.
Birovning uyiga yig‘lab borsang, uvillab chiqadi.
Yil tugashiga yana sakkiz oy bor.
Topishmoq va savol-javob
Tuz og‘a, bizga umid bering, optimist bo‘ling, deyishdi ko‘rarmonlar. Yaxshisi, men sizlarga topishmoq aytay. Javobini video tagiga komment qilib yozing va albatta kanalga obuna bo‘lib, qo‘ng‘iroqcha rasmini ezib qo‘ying.
Xo‘p, topishmoq.
Chilonzor soliqchilari 1200 butilka yog‘ni muhtojlarga berdi. Savol: Soliqchining yog‘ zavodi bormi? Kimdan siqib oldi yog‘ni?
Prezidentning xotini besh ming nafar ayolga besh milliard so‘m pul berdi. Uy bekasida shuncha pul qaerdan?
Javoblarni kutib qolamiz. Eng aqlli va to‘g‘ri javoblarni keyingi va'zda o‘qib beraman.
Savol-javobning eng zo‘ri Toshkentdagi kolltsentrda bo‘lmoqda. Bu idorani to‘liq oti …
– Alyo, muhtojlarga yordam kolltsentri eshitadi.
– Oka, bugun iptor nechchada ochiladi, bilib bering.
– Siz muhtojmisiz?
– San naga mani haqorat qivossan. Mani Sergelida ikkita magazinim, ippodromda konteynerim bor.
– Uka, salom, erimni poprisi tugab qopti, popris obkebering bir blo‘k. Palmal deganidan chekadi xo‘jaynim.
– Alyo, meni yigitim tashab ketdi. Bevafo.
– Siz muhtojmisiz?
– Ha, muhtojman.
– Nima kerak? Kartoshka, tuxum, shakar?
– Sevgi kerak menga. Siz nechinchi yilsiz? Uylanganmisiz?
– Bolam, yordam ber.
– Xolajon, assalomu alaykum. Nima yordam?
– O‘g‘limning «Malibu»sining oyna yuvadigan suvi tugab qopti. O‘shandan bir litr obkelib ber.
– Salom, meni sevgilim obqochib ketdi.
– Bizdan nima yordam?
– Xataga produkta obkebersangiz. Shampanskiy bor, ammo zakuska yo‘q.
– Alyo, plastigimga pul tashab ber, internetda ot poygasiga tikishga pul qomadi. Ola otga tiksam, to‘rt hissa qilib chiqarvolaman. Alyo. Nega jimib qolding? Davay, plastikka pul tashaber.
– Alyo, portalmi bu? Anavi kinodagi qiz bilan yigit bir-birining qo‘lini ushab tashadi. Ro‘za oyida naga bunaqa kino ko‘rsatvotti?
– Alyo, itim qochib ketdi. O‘shani tutib uyimga obkeberinglar. Bo‘masa karislar ushab so‘yvoradi.
– Kolltsentr eshitadi.
– Eshitmayam bir ko‘r. Prezidentning xotini pul tarqatibdi, qiziyam. Mani dolyam qani? Qani?
– Salom, yordam beradig‘on idorami bu? Alisher aka bizaga million rossiyskiy rubl bersin va bitta katej abersin, aytib qo‘ying.
– Oka, lo‘mka qiynab tashadi. Bir pachka lirika yo tramadol obkebermasangiz, o‘zimni balkondan tashayman.
– Qaysi qavatta uyingiz?
– Birinchi qavatda.
Agar sen zo‘r bo‘lsang, nega o‘liksan?
Toshkent markazida o‘ris bosqinchilarga qo‘yilgan butxona haqida hamma bildi. Yana takror aytsam. Toshkentni bosib olishda to‘ng‘izday o‘lgan 25 o‘ris askari sharafiga 1865 yili chor jallodlari tiklagan butxona davlat hisobidan ta'mirlandi.
Putin va Jirinovskiyga yaxshi ko‘rinish uchun bir-ikki o‘zbekning uyi ham buzib tashlandi.
Dunyoning hech bir yerida bosqinchiga haykal qo‘yilmaydi.
Mabodo, bosqinchining o‘zi haykal qo‘yib ketgan bo‘lsa, buzib tashlanadi.
O‘tgan oy Pragada o‘ris generali Konevga qo‘yilgan haykal qo‘porilib, axlatga tashlangan edi.
O‘zbek hukumati qilgan ish mazoxizm deyiladi.
Mazoxist deb tahqir, kamsitilish, oyoqosti qilinishdan huzur oluvchiga aytiladi.
Sovet davrida bu butxona madaniy obida hisoblanmagan. Hozirgi kunda ham butxona O‘zbekiston yodgorliklari milliy ro‘yxatida yo‘q. Xullas, o‘sha sovet davrida komxoz odamlari mahallaga kelib, yo‘lga xalaqit beryapti, buzib, g‘ishtini olinglar, deyishgan.
Ammo Kamolon mahallasidagi duxoba do‘ppi kiygan shilpiqko‘z oqsoqollar, bizga bu tavarik o‘risdi o‘ligi, deb asrab-avaylab yurishgan. Endi o‘sha asraganlarning uyi buzildi. Karma deydi buni.
Ilon asraganni o‘sha ilon chaqib o‘ldiradi. Umuman, Toshkentda katta bir yig‘inda bittagina o‘ris bo‘lsa, oqsoqol chiqib: «Sredi nas Ivan aka sidit. Iz-za uvajeniya Ivan aka, davayte, pagavarim pa russkiy», deydi. Mana, 150 yil bo‘libdiki, Ivan aka o‘zbekcha o‘rganmaydi. Asbobini qo‘ygan o‘zbek tiliga. O‘zbeklaram shunga loyiq. Necha marta o‘zbek degan bu mute, sharafsiz to‘dani va'zlarimda tanqid qildim. Darrov dodlab, biza zo‘rmiz, deyishdi. Zo‘r bo‘lsang, nega buncha tubansan? Amerikada bitta gangster o‘z oyog‘i tagida o‘lib yotgan odamga qarab, sen zo‘r bo‘lsang, nega o‘liksan, deb so‘ragan ekan.
Qorin g‘ami va so‘z qadri
Shu yerda rejaga ko‘ra she'r o‘qilishi ko‘zda tutilgan ekan. O‘qiymiz, eshiting.
Tarixning shiddatin to‘smoqchi bo‘lib,
“Ortga qayting!” – deya da'vat etasiz.
Qo‘yib bersak, bizni, qahrga to‘lib,
Yana jar tomonga boshlab ketasiz.
Qizil bayroqlarni baland ko‘tarib,
Qaytaylikmi yana qullik, yolg‘onga?
Qaytaylikmi yana shahid bobolar
Qonlari sachragan Qizil maydonga?
Qay inson o‘zligin bilgani sayin
Istibdod quturgan makonga qaytar?
Qay bir xalq erk hissin tuygandan keyin
Yana o‘zi istab zindonga qaytar?
Qaytish – avlodlarning yuragini yeb,
Ajdodlar qonini ichish emasmi?!
Qaytish – bir kunning g‘am, tashvishlari deb,
Buyuk saodatdan kechish emasmi?!
Qaysi kovaklardan chiqib keldingiz,
Chiqdingiz qaysi bir mog‘oralardan –
Nahot hamon mastsiz shahid insonlar
Terisi qoplangan nog‘oralardan?!
Hurlikmas, bir burda non aziz sizga,
Erkdan muhimroqdir qorinning g‘ami –
Ammo qaytganlarni kutadi qondan
Zanglab ketgan zulm qilichin dami.
Girdobdek yashirin har bir o‘yingiz,
O‘rgimchak to‘ridek makringiz pinhon –
Yangi uy qurmoqchi bo‘lasiz, ammo
Navqiron bog‘larni qilasiz payhon.
Eskidan odat bor:
Yangi uy mozor
Va yoki vayrona uzra solinmas.
Yangi uy tiklamoq uchun qadimdan
Yong‘in bo‘lgan uydan bir cho‘b olinmas.
Siz esa sog‘inib o‘tgan kunlarni,
Eski poydevorni izlab yuribsiz,
Kuygan to‘sinlarni, mo‘rt ustunlarni
Yana ishlatmoqqa sozlab turibsiz.
Tarixning yo‘lini to‘saman deya,
Qanchalar urinmang – qo‘lingiz qisqa.
Siz tarix karvoni o‘tar yo‘llarda
Ezilib ketasiz xuddi qumursqa.
Bu shoir Xurshid Davronning 1996 yilda chop qilingan «Bahordan bir kun oldin» kitobida bosilgan. Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
Xurshid Davron so‘zning qadri baland bo‘lgan sovet zamonida yashagan. Chexov zamonida so‘z qadri bundan ham qimmat bo‘lgan.
Dang‘aralik mirob shoir Rahmatjon aka Anton Chexov (20-asr boshidagi rus yozuvchisi) qancha gonorar olgan, deb yozibdi.
Anton Chexov «Strekoza» jurnalida bosilgan o‘zining ilk hikoyasi – «Pismo k uchenomu sosedu»ning har bir satri uchun besh tiyindan haq olgan. Hikoya 1880 yilda chop qilingan. O‘sha paytda bug‘doy unining bir kilosi 5 tiyin bo‘lgan. Demak, yozuvchi har bir satriga bir kilo unga teng haq olgan.
5 tiyinga har biri 400 gramm bo‘lgan ikki dona baton (non) sotib olish mumkin edi.
Endi so‘yilgan suyaksiz mol go‘shtiniing kilosi 1880 yilda 40 tiyin bo‘lgan.
20 so‘mga aravaga qo‘shiladigan ot, 40 so‘mga sog‘iladigan sigir bergan o‘sha paytda.
Anton Pavlovich Chexovniing ilk chop qilingan asari haqida bu gap.
Albatta, keyinchalik yozuvchining qalam haqi ancha oshdi va bozordagi narxlar 1913 yilgacha o‘zgarmay (hatto pasayib) turdi. Demak, 1904 yili «Znanie» nashriyoti A.P.Chexovga «Gilos bog‘chasi» asari uchun 5000 so‘m to‘ladi. Bu o‘sha davrda katta pul edi.
1904 yilda bu pulga yuzta zotdor sog‘in sigirni bemalol sotib olsa bo‘lardi. Bir xizmatkor bir oyda 5 so‘m oylik olsa sevinardi.
Davlat mulozimi esa oyiga 20 so‘m olardi.
Chexov esa bir asariga besh ming so‘m olgan. Bu 10 grammlik 500 dona oltin tanga degani.
Mana sizga so‘zning qadri, Rahmatjon aka. Lekin hozirgi odamlar gap-so‘zni emas, kuchni tan oladi. Shoirni kamsitadi, mirshabning soyasiga ko‘rpacha soladi.
Xiva xonining otilmagan qurollari
Karantin paytida stolim ustida turgan pistoletga qarab o‘y surdim. Qurolni sevaman. Kichkina paytimda onam Moskvadan o‘yinchoq avtomat olib kelib bergan edi. Batareya bilan ishlardi. Buvim bergan pulga Maksim degan pulemyot o‘yinchoq sotib olgandim.
Rogatka cho‘zmalarni o‘zim yasardim. Eng yaxshi ko‘rgan qurolimni 10 yoshimda o‘zim o‘ylab topgandim. Ënimizda metallolom uyumi bor edi. Men o‘sha uyum ichida g‘alati simni ko‘rdim. Metall simning har bir qarich joyida yong‘oqdan sal kichik temir sharik payvandlangan edi.
Men bu simni sudrab kelib, napilnik bilan bir qarich, bir qarich qilib kesib chiqdim. Sharikning uch tarafida 3 sm uzunlikda sim qoldirdim. Tepa qismida esa 12 sm. Uch qismini egovlab, ninaday o‘tkir qildim.
Tepa qismiga to‘rtta tovuq patini o‘ninchi ip bilan yaxshilab bog‘ladim. Hozir dart degan o‘yinda qo‘llaniladigan parli nayza hosil bo‘ldi. Men u bilan g‘ulu-g‘ulu tovuqlarni nishonga olardim.
Shu kunlarda Kievda rassekrechit qilingan KGB materiallari bilan tanishib, Xiva xonligi Rossiya oyoqlari ostiga tushishidan oldingi holat haqidagi ma'lumotlar bilan tanishdim. Urush arafasida Xiva xoni Muhammad Rahimxonnining ukasi mamlakat mudofaa tizimini poroxli qurollar bilan mustahkamlash haqida maslahat qiladi.
Muhammad Rahimxon ukasini fitnada ayblab zindonga tashlaydi. Maslahatda qatnashganlar Ichan qal'a chetidagi chuqur (yama)da so‘yiladi. Mamlakatda qurol ishlab chiqarish, mudofaa masalalari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Raqsga tushish, tanbur dutor chalish va she'r yozish davlatda asosiy vazifa qilib belgilanadi.
Rus generallari bir tarafdan, Hazorasp ikkinchi tarafdan Mang‘itga yetib kelganida ham Xiva xoni saroy orkestri bilan repititsiya qilib o‘tirgan bo‘ladi. Ruslar kelganini eshitgan xon qo‘liga Ogahiyning g‘azallar kitobi va yaxshi ko‘rgan ikki bachchasini olib Qoraqumga, turkmanlar orasiga qochib ketadi.
1873 yilning yozida rus armiyasi Xivani ishg‘ol qiladi. Rus generali Kaufman xonning bo‘m-bo‘sh saroyiga kirib, devorda bezak kabi osig‘liq turgan Winchester rusumidagi ingliz vintovkalarini ko‘radi. Bu qurollarni Britaniya qiroli hadyaga yuborgan va xon uni bezak deb o‘ylab devorga osib qo‘ygan. General Kaufman: «Agar bu oltita vinchesterni to‘g‘ri ishlatishganida, biz Amudaryodan kecha olmagan bo‘lardik», deb o‘ylaydi. Qissadan hissa: Adabiyot va musiqa bilan shug‘ullanish davlatchilik uchun eng muhim narsa emas. Madrimxon qurol haqida o‘ylasa, ko‘proq foyda bo‘lardi. Darvoqe, Muhammad Rahimxon yaxshi shoir bo‘lgan. U Feruz taxallusi bilan mug‘bachalar haqida g‘azallar bitgan.
Bu haqda keyin gaplashamiz. Yaxshisi, Pavel Durov ijod etgan telegramni sayr qilsak.
Telegramdagi yozishmalar
Telegram – bu xabar almashish uchun qulay bo‘lgan ijtimoiy tarmoqning bir butog‘i.
Ochib qarasam, tarmoq butog‘i chappar urib gullab ketibdi. Bir o‘zbek qizi Havo ona qiyofasida ochildasturxon bo‘lib devonda yotibdi.
«Tanishuli! Qale!?» degan yozuv turibdi tagida.
Buning tagida esa go‘sht qiymalagichga qo‘li kirib ketgan bolakay fotosi.
Kimdir Kozim degan yigit va Nozi degan qizning yozishmalarini ham qo‘yibdi:
«Nozi.To‘yimizga 38 kun qoldi. San yuborgan mebelni yig‘dik. 38 kundan keyin mana shu paytda ikkimiz mana shu karavotda bir-birimizni quchoqlab yotgan bo‘lamiz. Men— sening yuraging». Bu gapning tagida qirmizi yuraklar rasmi qatooor turibdi.
«Kozim aka, manam shuni o‘ylab yotgan edim. Faqat meni deysiz-a».
«Otam-onam, singillarimdan keyin sani deyman, Nozi».
«Yo‘o‘q, Kozim aka, faqat meni deysiz. Ota-onangiz o‘tib ketadi, singillaringiz uzatiladi. Uzoooq siz bilan qoladigan ayolingiz-ku. Faqat meni deysiz».
«Nozi, hazillashmayapsanmi?»
«Nega hazillashar ekanman, faqat meni deng-da, Kozim aka».
So‘nggi yozuvdan bir soat o‘tib Kozimdan kelgan xatda romantikadan asar ham yo‘q:
«Ey, suka, Nozi. Nega men sanga o‘xshagan ipirisqini otam-onamdan ustun ko‘rishim kerak. Gapning qisqasi, to‘y bo‘lmaydi. Ertaga mebelingni mashinaga yuklab oborib tashlayman (uyat gap yozilgan)».
«Kozim aka, hazillashuvdim, kechiring».
«Kozim aka, nega opamga tel qilib, fotihani buzaman, dedingiz».
«Kozim aka! Rahm qiling, hayotimni barbod qilmang!»
«Kozim aka, nega tel qilsam ko‘tarmiysiz”.
«Kozim aka, tog‘am keldilar. Uyda janjal. Hamma meni ayblab yotibdi. Telegramda yozishmasdan qisib o‘tirsang bo‘lmiydimi, deb tog‘am urishib tashladi. To‘y qilamiz, deb shuncha rasxod bo‘ldi. Kozim aka, meni kechiring, telefonni ko‘taring».
«Kozim aka, sizga tog‘am tel qilmoqchi. Qaytarib yuborgan mebelingizni yo‘lda bir-ikki joyi sinibdi».
Ana shunaqa gaplar shu kunlarda telegramda.
Assalom, O‘zbekiston, juma muborak.
Rassom Tuz