Asosiy mavzular
3 avgust 2020

Akfa universiteti davlatdan 30 gektar yer va soliq imtiyozlari olmoqda

O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi vaziyat yomonlashgan bir paytda Toshkent shahri hokimi bilan bog‘liq xususiy universitet to‘g‘risidagi davlat hujjatlari g‘azablantirmoqda.

Kristian Lasslett

O‘zbekiston poytaxtida sog‘liqni saqlash infratuzilmasi og‘ir ahvolga tushib qolgan bir paytda Toshkent shahri hokimi tomonidan ta'sis etilib, konglomerat tomonidan tashkil etilgan yangi xususiy tibbiyot universiteti uchun hukumatning saxiy yordami borasida savollar tug‘ilmoqda. 

O‘tgan yili Eltuz Olster universitetining Toshkent shahri hokimi, biznesmen Jahongir Ortiqxo‘jaevga bog‘liq korxonalarga davlat tomonidan katta imtiyozlar berilishiga oid tadqiqotini e'lon qilgandi.

Ushbu imtiyozlar Ortiqxo‘jaevning O‘zbekistondagi “Akfa-Artel” guruhidagi korxonalar uchun Toshkentda yirik mulkni rivojlantirish maqsadida qurilish shartnomalarini tuzish va sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. O‘shanda Ortiqxo‘jaev barcha manfaatlar to‘qnashuvini rad etib, u guruhni boshqarishda qatnashmaganini ta'kidlagandi. O‘zbekistonning korporativ reestriga ko‘ra, hokim “Akfa-Artel” guruhida katta ulushlarga ega.

O‘zbekiston hukumati yangi xususiy oliy o‘quv yurti – Akfa universitetiga Toshkent viloyatidagi 30 gektar yer maydoni, shuningdek, soliq imtiyozlari berishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini e'lon qilganidan keyin jamoatchilik orasida yangi noroziliklar yuzaga keldi. Bu esa shaharning zaif sog‘liqni saqlash infratuzilmasi COVID-19 og‘irligi ostida cho‘kishi bilan bog‘liq.

Akfa universiteti rektorining so‘zlariga ko‘ra, universitet “2019 yilda “Akfa” kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan”. Universitet veb-saytida xodimlar, nizomlar yoki boshqaruvga oid ma'lumotlar juda kam.

Toshkent shahri hokimi bilan yaqin bog‘liq guruh tomonidan boshqariladigan xususiy tijorat tibbiyot universitetiga katta maydonlar va boshqa imtiyozlar berilishi, ayniqsa, Prezident Mirziyoev hokimning COVID-19 bo‘yicha hisobotini qattiq tanqid qilgani sababli munozarali taklifdir. Imtiyozlar va davlat aktivlaridan noaniq ravishda shaxsiy manfaatlarda foydalanish keng miqyosda bo‘lib, bu manfaatlar tuzumning yuqori martabali amaldorlariga borib taqaladi. 

Akfa universiteti uchun ajratilishi ko‘zda tutilgan 30 gektar maydonni hozir Toshkent shahri hokimligiga qarashli kompaniya egallab turibdi. Ortiqxo‘jaev boshchiligidagi shahar hokimligi biznesni boshqa joyga ko‘chiradi va mavjud inshoot soliq to‘lovchining hisobidan buziladi. Bu Akfa universitetining yangi binosi rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

Kutilmaganda O‘zbekistonning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu qaror loyihasini tanqid qildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ta'kidlashicha, Akfa universitetiga 30 gektar maydon va qator soliq imtiyozlari berilishi O‘zbekistonning raqobat to‘g‘risidagi qonunlarini buzadigan adolatsiz ustunlikdir. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi esa yerni ochiq va raqobatbardosh tender asosida taqsimlash kerakligini ta'kidlamoqda.

Shuningdek, qaror loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqidga uchrab, mahalliy talabalardan katta to‘lovlarni undiradigan (yiliga 5700 AQSh dollari, bu O‘zbekistondagi o‘rtacha yillik ish haqidan ikki baravar ko‘p)xususiy kompaniyaga bu qadar saxiy ko‘mak berilayotani g‘azablanishga sabab bo‘ldi. 

Akfa universiteti tanqidni rad etib, taklif etilayotgan davlat imtiyozlari O‘zbekistonda xususiy oliy o‘quv yurtini ochishga tayyor bo‘lgan xalqaro universitetlarga taqdim etilayotgan imtiyozlarga o‘xshashligini ta'kidlaydi.

Darhaqiqat, Shavkat Mirziyoev hukumati oliy ta'limni tezkor ravishda kengaytirish maqsadida xususiy universitetlarni ochish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Akfa universiteti misolida ko‘rsatiladigan yordam hajmi, shu jumladan, uch yillik soliq imtiyozlari va katta yer grantlari kabi boshqa so‘nggi bitimlar Britaniya menejment universiteti va TYeAM universitetiga taklif qilingan imtiyozlarga qaraganda ancha katta. 

Ammo hali hikoyaning endigina yarmiga keldik.

Akfa universiteti hukumatning 2019 yilgi qaroriga binoan Akfa Medline xususiy kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, uning asosiy egasi Toshkent shahri hokimining rafiqasidir. Bundan tashqari, Akfa brendiga bo‘lgan huquqlar J-United Group ga tegishli. Ushbu kompaniya 100 foiz hokim Jahongir Ortiqxo‘jaevga qarashli hisoblanadi.

Muallif 2019 yilda bu haqda savol berganida Akfa Medline manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini rad etdi. Akfa universitetiga tegishli biznes ishiga kirish huquqini hukumatga taqdim etish borasidagi so‘rov ham rad etildi. Buning o‘rniga kompaniya elektron pochta orqali xabarda: “Iste'molchilar talablari va yuqori malakali tibbiyot xodimlariga bo‘lgan talabni o‘rganish natijalariga ko‘ra, Akfa Medline zamonaviy universitetni tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi”, deyiladi.

Muallif Toshkent shahri hokimligining qurilish ishlari bo‘limidan Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni so‘raganida, hokimlik xodimlari manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini rad etgan.

Endi Akfa universiteti shahri hokimligi ko‘magi bilan 30 gektar maydonga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan paytda jiddiy manfaatlar to‘qnashuvi ehtimolini e'tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. 

2019 yilda muallif “Akfa-Artel” guruhi Toshkent shahrida 1,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi ko‘chmas mulk qurilishining asosiy benefitsiari bo‘lganini xabar qilgandi. Ushbu loyiha davlat tomonidan soliq imtiyozlari kabi muhim jihatlardan qo‘llab quvvatlangan. O‘zbekiston hukumati sarmoyadorlar va pudratchilarni tanlash, imtiyozlar taqdim etish jarayonlari to‘g‘risida ma'lumot olish so‘rovini rad etdi.

O‘sha yili “Kun.o‘z” sayti Ortiqxo‘jaev uning bir necha jurnalistiga tahdid qilgani haqida xabar bergandi. Keyinchalik soxtalashtirilgan suhbatlarning audio yozuvi tarqalib ketdi – unda bir kishi go‘yoki shahar hokimi sifatida hokim tomonidan asos solingan “Artel” kompaniyasi va hukumat haqidagi salbiy xabarlarga javoban o‘lim tahdidi va boshqa haqoratlarni aytadi. “Kun.o‘z”ning ikki nafar muxbiri bunga javoban ishdan bщshab ketdi. 

O‘zbekiston hukumati ilgari xalqning noroziligi ortidan ortga chekingan. Bu yana sodir bo‘lishi mumkin. Biroq Mirziyoev hukumati xalqaro investorlarni O‘zbekistonda katta maydon mavjudligiga ishontirish uchun soliq to‘lovchilarning katta miqdordagi mablag‘larini sarflayotgan bir paytda siyosiy ta'sirga uchragan tashkilotlarning nohaq imtiyozlarga ega ekanligiga oid da'volar hukumatning xalqaro biznesga ochiqligi haqidagi bayonotini yo‘qqa chiqaradi.

Ushbu holat Mirziyoev hukumatining O‘zbekiston iqtisodiyotini xususiylashtirish va tadbirkorlik faoliyatini sezilarli darajada kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlari bilan bog‘liq muammolarga ishora qilmoqda.

Bu, asosan, davlat tomonidan noaniq yordam ko‘rsatish, shu jumladan, soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat aktivlarini nol xarid qiymatida berish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston aholisi COVID-19 pandemiyasiga jamoat salomatligi va farovonligi uchun tegishli tizimsiz bardosh berar ekan, hukumat tomonidan mamlakatning eng badavlat shaxslari va tashkilotlariga berilayotgan yordam tobora avj olmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 noyabr 2023
Ota – Abduvali Abdullaev qidiruvga berilgan. O‘g‘il – Rahmatulla Abdullaev bir qator sudlarga ayblanuvchi sifatida qatnamoqda. Ota-bola sanoqsiz tadbirkorlardan ...
27 sentyabr 2017
27 sentyabr kuni transport prokuraturasi talabi bilan Yashnaobod tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurilloh Nurulloh ...
15 oktyabr 2023
Isroil tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Isroildagi qurolli to‘qnashuvlarda O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari bedarak ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...