Sobiq hokim: Yerni xususiylashtirib berish vaqti keldi
Respublika iqtisodini ko‘tarish uchun, eng avvalo, yer xususiylashtirilishi kerak, deya hisoblaydi Navoiy viloyatining Konimex tumani sobiq hokimi, qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov.
«Dunyo o‘zgaryapti. Avtoritar, diktatorlik rejimlari hammasi yiqilyapti. Oddiy odamlar bilan hisoblashmasa bo‘lmaydi. Mehnatkashlarning sharoiti juda og‘ir. Yer adolatli tarzda taqsimlab berilishi kerak», deydi o‘z qishloq xo‘jaligida ko‘p yillar mehnat qilgan Ismoil Ospanov o‘z videosida.
U yerga egalik masalasida O‘zbekistonda sovet davridagi eski siyosat hamon saqlanib qolayotgani, shu bois, unumdorlik pastligi, shaxsiy manfaatdorlik yo‘qligini aytadi.
«Erkinlik bo‘lmagan joyda iqtisodiyot yo‘q. Paxtadan, g‘alladan bugungi kunda faqat monopolistlar foyda ko‘ryapti. Agar fermerga yerga egalik huquqi berilsa, bunday nohaqliklar bo‘lmaydi. Nima ekib, kimga sotish masalasini dehqonning o‘zi hal qiladi», deydi Ismoil Ospanov.
Video: https://youtu.be/tVAnsR1EjIc