Asosiy mavzular
7 sentyabr 2020

Eri urib qo‘lini sindirib, axlatli pampers yedirgan ayol muammosini mulozimlar bosti-bosti qilmoqchi

Eri tomonidan ayovsiz kaltaklanib, bolasining axlati to‘la uch kunlik pampersni yeyishga majburlangan samarqandlik 25 yoshli Mustahkamning do‘pposlangani videosi tarqalganidan so‘ng 5 sentyabr kuni Samarqand shahri hokimligi bu haqda xabar berdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Samarqand IIB eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan ayolni o‘z himoyasiga olgan. Uni ish bilan ta'minlab, yangi uy olishida ham ko‘maklashishini va'da qilgan.

Mustahkam tibbiyot kollejida o‘qigan, hamshira, to‘rtta tilni biladi. Shahar hokimligi ayol bir necha yildan beri tahqir, xo‘rlanishlar ostida yashab kelsa-da, biror marta na mahallaga va na boshqa tashkilotga murojaat qilmaganligi bois, bu oila notinch oila sifatida ro‘yxatda turmasligini bildirgan.

«Qaynona-qaynotasi kelini haqida juda yaxshi fikrda. Ularning aytishicha, o‘sha kuni kelini ogohlantirmay qarindoshinikida qolib ketgan. Janjal shundan kelib chiqqan», deyiladi hokimlik axborotida.

Bundan avval tarmoqda ayolning eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani, hatto o‘sha xonadondagi itning ham ayolga rahmi kelib himoya qilishga uringani aks etgan video tarqalgan edi.

Voqealarni yoritib kelayotgan bloger Aqida Xonim 3 sentyabr kuni olgan videosida Mustahkam 2018 yili eri uni urib, majburlab uch kunlik axlatli pampersni yedirgani haqida hikoya qiladi:

«Yemayman» deganimda, grafin bilan boshimning orqasiga urib, «Yeysan!» deb majburladi… Urib-urib yedirdi, qusganimni ham yedirdi. «Sen yolg‘ondan qusyapsan, qusganingni ham yeysan», deb yedirgandi», deydi ayol.

Joriy yilning 5 sentyabr kun Aqida Xonim navbatdagi jonli yoyinida Samarqand shahri hokimligi vakillari jabrlanuvchi ayolni oilasi bilan yarashtirish uchun unga bosim o‘tkaza boshlagani, buning uchun ayrim mas'ullar hatto ayolning qaynotasidan pul olganini ta'kidlab o‘tgan.

«Umuman qaytmayman, bormayman, chunki u yerdan mening o‘ligim chiqadi, men bolalarim uchun yashashim kerak», deydi kaltaklangan ayol blogerga bergan intervyusida.

O‘zbekistonda ayollarga qarshi zo‘ravonlik ko‘lami aniq o‘rganilgan emas. O‘tgan hafta oxirida Andijonning Marhamat tumanida yashaydigan qiz qo‘shnisi tarafidan zo‘ravonlik nishoni bo‘lgani ortidan o‘z joniga qasd qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 fevral 2020
Joriy yilning 15 fevral kuni o‘zbek ijtimoiy mediasi IIB xodimlari va aholi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi videolar muhokamasiga ...
9 mart 2020
Koronavirus: Men ham kirsam maylimi? Eshikbon: Prezidentimiz koronavirusni kiritmanglar, deb buyurgan! Rassom Kirpi Eltuz.com
8 noyabr 2015
Navoiylik nogiron va ikki farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan Boymurodova Dildora pensionerlar haqini talab qilib norozilik aktsiyasida qatnashgani uchun jazoga tortildi. ...
10 aprel 2017
«XXI asr» gazetasi (06.04) o‘z muassisi bo‘lmish partiya – O‘zLiDePning «avvalgilardan farqli tadbirlari endi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgani»ni bildirdi. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...