Asosiy mavzular
14 sentyabr 2020

Ta'lim tizimini kim o‘ldirdi? Mirziyoevmi yoki ta'lim vaziri Shermatov?

O‘zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab ayrim maktablar an'anaviy tarzda navbatdagi o‘quv yilini boshladi.

Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, poytaxtdagi 318 maktabdan 143 tasida 14 sentyabrdan o‘quvchilar an'anaviy tarzda o‘qiy boshlaydi. Qolgan maktablarda esa o‘qish onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Toshkent shahridagi 110-maktabni oligarx Alisher Usmonov ta'mirlab berdi. Targ‘ibot roligidagi bolalar “Rahmat, Alisher doda”, deya pufaklarni osmonga uchirishdi.

Bilgichlarning aytishicha, 110-maktab dunyodagi eng qimmat ta'mir bo‘yicha barcha rekordlarni ortda qoldirgan.

7 yulduzli mehmonxonalar ham orzu qiladigan unitazlar o‘rnatilib, italyan marmari qoplangan hojatxonalar va barmog‘ing bilan silasang gapiradigan smart doskalar. Aqlli bo‘r va oltin durbinlarda Mars sayyorasi ko‘rinadigan rasadxona, planetarium.

Svorovskiy javohirlari bilan bezatilgan qandillar. Birdaniga 200 bola cho‘miladigan basseynga Florentsiyadan keltirilgan maxsus marmar qoplangan.

Kmyo laboratoriyasi San-Frantsiskodagi Selikon vodiysidagi laboratoriyani changda qoldiradi. Bu maktabni ko‘rib Kaliforniyadagi milliarderlar bolasi boradigan maktab o‘zini osvorsa kerak.

110-umumta'lim maktabi O‘zbekiston ta'lim tizimiga kiruvchi oddiy maktab. Bu maktab huquqiy jihatdan Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab bilan bir xil huquqiy maqomga ega.

Mana bu Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab. Bu maktabda ham O‘zbekiston vatandoshlari o‘qiydi. O‘zbekiston kastalarga bo‘linmagan. Hamma teng huquqli.

10 mingta “Enamyaxshi” usulidagi maktabga bitta “Alisher Burxonich” usulidagi hashamatli maktab to‘g‘ri keladi.

Yaqinda sobiq deputat Qobil Do‘sov ta'lim tizimini tanqid qilgani uchun xalq ta'limi vaziri Shermatov tarafidan sudga berildi.

Do‘sov Mirziyoev yaxshi, ammo vazir yomon, degan mujda beradi. Ammo 14 yil bosh vazir bo‘lgan Mirziyoev ta'lim tizimini shu holga keltirgan asosiy sababchi emas.

Samarqanddagi Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab tomi qiyshayib qolgan paytda Mirziyoev Samarqand hokimi edi-ku.

Ta'lim tizimini kim o‘ldirdi? 14 yil bosh vazir bo‘lgan Mirziyoevmi yoki 2 yil vazir bo‘lgan Shermatovmi?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2019
Shoir Mahmud Rajabning “Toshkentga yurishi”ni yoritgani uchun 10 kunlik qamoq jazosini o‘tagan bloger Nafosat Olloshukurovaga 4 oktyabr kuni jazo ...
3 avgust 2016
“Ahmadboy Chinazskiy” niki ostida feysbukda mikroblog ochgan shaxsning ta'kidlashicha, katta moliyaviy firibgarlikda Ahmadboy ikkinchi darajali shaxsdir. “3-4 yil avval ...
26 mart 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
27 noyabr 2018
Qiz bolaning sazoyi qilinib, jinsiy zo‘rlangani aks etgan video 27 noyabr kuni “Eltuz”ga keldi. Videoda avvaliga bu qizni boshqa ...
Bloglar
22 oktyabr 2020
Milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish degan bahona, niqob yordamida monopollarimiz qonimizni so‘rib yotibdi. Tashqaridan iste'mol tavar-buyumlar ...
20 oktyabr 2020
Bundan o‘n yil ilgari poytaxdagi o‘rtacha ikkita amaldor tushlikka bir millionga yaqin pul sarflashini eshitib ...
15 oktyabr 2020
O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, ...