Catira
21 sentyabr 2020

O‘ktam Barnoev jasadi Germaniyadan keltirilib, Toshkentda dafn etildi

Germaniyaga davolanishga olib ketilib, o‘sha yerda o‘lgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoevning jasadi 21 sentyabr kuni Toshkentga olib kelinib, Minor qabristoniga dafn etildi.

Koronavirusga chalingan va insultga uchragan O‘ktam Barnoev jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun Germaniyaga yuborilgan edi. Barnoevni yaqindan bilgan shaxslardan birining «Eltuz»ga bildirishicha, uning jasadi Germaniyadan 21 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 13.00 da olib kelingan.

O‘ktam Barnoev 9 may tadbiriga yig‘ilgan omma qarshisida «Katyusha» qo‘shig‘ini kuylab, ijtimoiy mediada tanilgan edi.

2018 yilning 2 noyabrida Buxoroga kelgan Rossiyaning millatchi dohiysi Vladimir Jirinovskiy o‘z sharafiga uyushtirgan dabdabali ziyofatda o‘sha paytda Buxoro hokimi bo‘lgan O‘ktam Barnoevni Buxoro amiri deya ta'riflagan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2023
Xayrli kun, Eltuz kanali obunachilari! Xonimlar va janoblar! O‘zbekistonda Bosh vazir qarorini bekor qilgan rektor borligini bilasizmi? Bilmasangiz, ushbu ...
21 sentyabr 2021
O‘zbekiston mehnat qonunchiligi ko‘plab me'yoriy-huquqiy hujjatlardan iborat. Bular qonunlar, hukumat qarorlari, nizomlar, yo‘riqnomalar va hokazolardir. Jamoa shartnomasi nima va ...
17 avgust 2016
Rassom: Tuz Eltuz.com
25 aprel 2018
«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) tashkiloti 25 aprel kuni e'lon qilgan 2018 yilgi matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘tgan yilgi 169-o‘rindan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...