Asosiy mavzular
9 oktyabr 2020

RTdan va'z: Mirziyoevning qiziga ta'zim qilish boshlandi

Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda bardavom bo‘lishdi.

O‘zbek xalqi qirg‘izlarni sabrsizlikda aybladi. Mana, biz oldingi prezidentning tagida 27 yil «g‘ing» demay yotib berdik. Xudo umr bersa, Mirziyoevning tagidayam  30 yil yotamiz, chiroyli, sabr qilib…

Shunaqa deb tursam, chapani shoir birodarim Shukur Jabbor ko‘kragiga shappatlab dakki berib qoldi:

«E,  solishtirmanglar unaqa.

Ko‘p postlarda o‘zbek bilan qirg‘izni solishtirish boshlanibdi. Hah, yer bilan osmoncha farqi bor. Hatto 180 daraja yaqin kelmaydi. Eh-he, sizlar Arktika muzligi bilan Sahroi kabirni qiyoslabsizlar. Umid ham qilmang!!! O‘zbekchalik yolg‘onchi xalq yo‘q dunyoda. Buning nomini andisha deb o‘zimizcha nomlab olganmiz. Qorni och odam mehmonga kelsa, oldiga ovqat qo‘ysangiz, “Yo‘q, rahmat, qornim to‘q”, deydi. Bu  andisha emas, qip-qizil yolg‘onchilik. Amaldorlar zulmidan bir qancha kasallik orttirib olgan, choldevor xarobada yashayotgan bir oyog‘i go‘rda turgan cholning yoniga kelib TVga intervyu olish uchun “Qanday yashayapsiz?” desa, “Osmonimiz tinch, yaxshi yashayapmiz”, deydi. Eh-he, yolg‘on mulozamatlarni fazilat sanaymiz. Shunday ekan, solishtirganlaringizni ko‘rib, ko‘rsavod ekaningiz uchun rosa kuldim.

Qirg‘iz-chi? Hokimlariga tikka  gapiradi. Yoqmasa, quvib yurib uradi. Farazan siz biror qirg‘izga yoqmasangiz, basharangizga qarab “Sen jaqmayatirsan”, deb dangal aytadi, hatto mehmon bo‘lsangiz ham. Ichida gap saqlamaydi. Bu chindan eng to‘g‘ri yo‘l. Xudoga ham xush keladi bu ochiqlik. Ularning ichida yashaganman, qarindoshlarim  bor.  O‘zbekka o‘xshab, orqasidan gapirib, gina-kek saqlab yurmaydi, betiga qarab shartta aytadi. Shuning uchun ham Xudoga yaqin ular.

Hatto bir safar qirg‘izda saylov payti 60 ta partiya bo‘lib ketdi. Bunday holatni dunyo  hali ko‘rmagan. Mayli-da.

Shunday ekan, kulgimni qistamanglar…»

Ha, Shukur Jabbor – senda bir gap bor! Rostan ham qirg‘izlar boshliqning oldida bizga o‘xshab bo‘ynini qisib, urushda yengilgan qanjiq itday bo‘lib yurmaydi. Mana, masalan, O‘sh shahri kengashi raisi Japar O‘rmonov qo‘zg‘olonchilar tarafidan do‘pposlandi. Birovlarning aytishicha, uni urib, qoziqday qilib yerga kirgizvorishibdi.

Shu o‘rinda savol: “Jangnomaiy Abo Muslim Sohibqiron” kitobidagi bir masalaga shubha qilib qoldim. Abo Muslimi Sohibqiron bilan Nosiri Sayyor Beor dashtu Xurosonda jang qilganida ul janobning boshlariga Nosiri Sayyor to‘qson olti ming botmonlik gurzigaron bilan urgan edi. Shunda ul janob tizzasigacha yerga botgan edilarmi yoki beligachami?

Bu savol javobini, albatta, yozib video tagiga post qilib yozib qo‘yinglar. Keyin kanalga «podpisatsa» qilib qo‘yinglar, safimiz ko‘paysin.

Odam anatomiyasi

Bilasiz, rassomman. Rassomlar ham do‘xturlar kabi o‘likxonaga borib odam anatomiyasini o‘qiydi.

Plastik anatomiyadan ilk saboq olganimga ham 30 yilcha bo‘libdi.

Haykaltarosh Abdimo‘min Boymatov bir sehrboz kabi inson badani deb atalgan inshootning “g‘isht”larini bizga bir-bir ko‘rsatgan edi.

“Inson badanini libos yashiradi, libosdan mosuvo bo‘lgan tana – yarim haqiqat. Agar tana ustidagi teri shilib olinsa, biz inson haqidagi butun haqiqatni bilib olamiz”, degan edi ustoz.

Ammo tuppa-tuzuk odamning nega vahshiyga aylanish sirini haykaltaroshlik san'ati menga aytib bera olmadi.

Bu sir adabiyotning sarg‘aygan sahifalariga yashirin ekanini keyin angladim…

Bog‘i ko‘karmagan baxillar

20 yil oldin imorat qurish kabi mashaqqat ichida edim.

Uy g‘ishtini terayotgan ustalardan biri yon-atrofda qad ko‘targan hashamatli imoratlarga kin va nafrat bilan qarab, “Kechqurun kelib, bu uylarning birini ham qoldirmasdan o‘t qo‘yib ketsang”, dedi.

Uning ko‘zlaridagi nafratdan qo‘rqqulik edi.

Men bu odamning suratini qaerda ko‘rdim, deb o‘ylanib, o‘ylanib oxiri topdim. Chingiz Aytmatovning «Bo‘tako‘z» romanidagi Abakr edi bu.

O‘qish-yozishga chanqoq, tiyran o‘spirin Kamolni tahqirlab, “Ey, akademik, tumshug‘ingga tushiraman”, deydigan va pirovardida talonchiga aylangan salbiy qahramon.

Ëki «Oq kema» qissasidagi otasi tengi cholni tahqirlab huzur oladigan aroqxo‘r O‘rozqul edimi u?

Chinlikka ko‘chgan to‘qima

Bir yili AQShda istiqomat qiladigan qirg‘iz oilasi bilan hamsuhbat bo‘ldim. Suhbatdoshlarim Chingiz Aytmatovdan norizo ekanlarini izhor qilishdi.

«Qirg‘izni vahshiy qilib ko‘rsatib, butkul elga sharmanda qildi», deyishdi ular.

«Hech zamonda qirg‘iz otasi tengi odamni soqolidan sudrab uradimi?» deyishdi.

«Hech zamonda qirg‘iz qo‘liga bolta olib, beshikni tolqolaydimi?», deyishdi.

«Hech zamonda qirg‘iz molday ichib xotinini kaltaklaydimi?» deyishdi.

«Hech zamonda qirg‘iz qurolsiz bir bechorani saksovulga oyog‘idan osib tagidan o‘t qo‘yadimi?» deyishdi…

Ha, endi, bu badiiy to‘qima obraz, degandim o‘shanda.

Ular esa «adabiyot to‘qimasin va chinlikni aks ettirsin», deyishdi.

Bu suhbatdan besh-olti oy o‘tib, O‘sh va Jaloloboddagi vahshiyliklar yozuvchi Chingiz Aytmatov qissasidagi chinlikdan ko‘ra dahshatliroq bo‘ldi.

Koshki shunday bo‘lmasa edi. Koshki bu vahshiyliklar kitob sahifalarida qolsa edi.

Koshki.

Aytmatovning «Qiyomat» romanida Mo‘yinqumdagi bir jurnalist bir guruh vahshiylar tarafidan qatl qilinadi.

Beshta mahalliy aroqho‘r – Ober Kandalov, Mishash, Kepa, Gamlet Galkin va Aborigen Uzoqboy bir jurnalistni ushlab olib saksovulga osib tagidan o‘t qo‘yishadi.

Bularning vahshiyligini ko‘rgan kitob qahramoni – ikkita bo‘ri Akbara va Toshchaynar ham yig‘laydi…..

Qissadan hissa

«Oq kema» asaridagi bolakay O‘rozqul qilgan vahshiyliklarga chidamasdan o‘z joniga qasd qilib bu dunyodan ketadi. O‘rozqul esa aysh-ishratni davom qildiraveradi.

«Bo‘tako‘z» qissasidagi talonchi Abakr oltin tangani olib ovuldan katta shaharga ravona bo‘ladi.

«Qiyomat» romanida jurnalist Avdiy Kallistratovni tahqirlab o‘ldirgan Ober Kandalov¸ Mishash¸ Kepa¸ Gamlet Galkin va Aborigen Uzoqboylar sayg‘oq go‘shtidan kabob yeb¸ qo‘lbola aroqni simirib¸ nafrat va kin to‘la hayotlarini davom ettirishaveradi.

Aytmatov kitoblaridagi ijobiy qahramonlar bir-bir o‘lib ketishdi¸ salbiy qahramonlar esa yashamoqda.

Sovet nomenklaturasi chig‘irig‘i ularni lavozimlar tashqarisida saqlagan bo‘lsa¸ ittifoq tarqagandan keyin ular biylik deb atalgan marjonga tizilishdi.

Oldin Abakr («Bo‘tako‘z»dagi obraz) akademikning tumshug‘iga tushirishni orzu qilgan bo‘lsa¸ bugun u akademiklarning tumshug‘ini bemalol ezmoqda.

Mamlakat siyosiy ufqlarida esa Ober Kandalov¸ Mishash¸ Kepa¸ Gamlet Galkin va Aborien Uzoqboylar turishibdi..

Bugun O‘zbekiston prezidenti haqida bir yaxshi gap aytib qo‘ysam. Shavkat Mirziyoev bir paytlar qadimchi mullalar tarafidan Qarshida so‘yilgan ma'naviy padarim Behbudiyni orden bilan mukofotladi.

Sevindim. Har xolda bobom. Zulmatda yo‘l ko‘rsatguvchi yo‘lchiroq. Dengiz qasirg‘alarida meni qutqaradurg‘on kompas usturlob.

Bugun qadimchilar bemaza qovun kabi urchib¸ taraqqiyot va irfonga betsizlarcha hujum qilib turgan paytda jadid, ya'ni modernist bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyni esladim.

Turkiston g‘oyasi bayroqdori bo‘lgan bu bobomizning 1918 yil yanvarda yozgan maktubini birga  o‘qishda xayr bor, deb bildim.

Haq olinur, berilmas:

Mahmudxo‘ja Behbudiy maktubi

Aziz qarindoshlarim! Musulmon birodarlar! Hammangizga ma'lumdurki, Turkiston, demak — turkiy el bo‘lib, mundagi xalqning qozog‘i, qirg‘izi, sarti, o‘zbegi, turkmani, tatari — hammasi aslan… jahongir… Temurning avlodi yoki og‘a-inisidurlar. Turkistondagi arab, xo‘ja va sayidlar-da o‘z tillarini yo‘qotib, balki bilkulli turklashib va hatto, arabliklarini eslaridan chiqorib… har jihatdan birlashib ketgandurlar. Turkistoning eng oz shaharlarida va ba'zi tog‘larida bir oz fors, ya'ni tojiklar borki, alar ham kamolan musulmon va siz ila hammazhabdurlar.

Tirikchiliklarining o‘zbeklardan farqi yo‘q darajadadur. Endi ishlar shu holda ekan, biz hammamiz, ya'ni qirg‘iz, qozoq, o‘zbek, turkman, arab, fors, xullas, Turkistondagi, Qozog‘istondagi va Turkmanistondagi barcha musulmonlar va ham mundagi yahudiy va xristianlar birlashib, ittifoq ila shu muxtoriyatning amalga kelishiga sa'y va ehtimom etmog‘imiz lozimdur.

Bobokalonlarimizning mashhur nasihati bor, u o‘z o‘g‘ullariga qilib ediki, birlashingiz. Masalan, bir dasta tayoqni birga bog‘lasangiz, kimsa sindirolmas. Agarda ajratsangiz, birin-birin har kim sindurar. Mana, bobongizning buyrug‘i.

Chirog‘larim! Boshqa xalqlar, masalan, serblar, italyanlar, armanlar, slavyanlar, polyaklar va boshqalar, hatto dunyoning u bir uchidagi qarindoshlari ila birlashur ekanlar, boshqa katta va kuvvatli davlatlarga tobe' bo‘lub, yutilub, hatto tilini yo‘qotgan o‘z jinsdoshlarini ajratib olib, birlashmoqg‘a jon va kuchlarini sarf etar ekanlar, biz o‘z ichimizdagi qarindoshlarimizdan ayrilsak, uyatdur, axmoqlikdur. Turk tomuriga bolta urmoqlikdur.

“Ollohning ipiga birlashingiz va tarqalib ketmangiz” Tangrining so‘zidur. Boshqa gazetalarning ko‘chirmaklarida rajo o‘linur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

Samarqand, “Hurriyat” g., 1918 yil 26 yanvar

Islom, Karim va Abdug‘ani hikoyasi

Kuni kecha Shofirkonda tug‘ilgan uch egizakka Miromon, Mirziyo va Saida deb ism qo‘yildi. Bu esa menga manavi hikoyani eslatdi.

Bundan 18 yil oldin bir ta'magir padxalim o‘zbek oilasida uch egiz tug‘ildi. Bolalarga Islom, Karim, Abdug‘ani deb ism qo‘yib, eshikka qarab o‘tirishibdi. It ham kelib bir narsa bermadi.

Qashshoq, ammo laganbardor oilaning bu uch farzandi zo‘rg‘a harf taniydigan dangasa bo‘lib yetishdi. Bu uch yigit avtobusga chiqib, Qozog‘iston orqali Rossiyaga ishga borishdi.

Bir oy ishlamay, Islomning boshiga qurilishdagi beton ustun tushib ketdi. Islom darrov til tortmay o‘ldi. Karim bilan Abdug‘aniga qurilishdagi o‘zbeklar pul yig‘ib berishdi.

Shu pulga Islomni temir tobutga solib O‘zbekistonga yuborishdi. Ammo Karim bilan Abdug‘ani chipataga pul topmay Rossiyada qoldi. Sal o‘tmay Karim qamaldi.

Bolalar maydonchasidagi alyumindan yasalgan oqqush haykalini tagidan kesib, metollolomga topshirayotganida qo‘lga olindi. Abdug‘ani hozir ishsiz. Rostov Donda chodirda bitiga botib yotibdi.

O‘g‘rilar va laganbardorlar

«Ulug‘vor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtidan yovni quvsa, mendurman o‘shal», degan satrlarni  ulug‘ shoir Maqsud Shayxzoda yozgan.

Demak, Botir Ergash degani shunchaki plagiat, Shayxzoda 1967 yil olamdan o‘tgan. U 1944 yilda “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan.

O‘zbekistonda har qanday g‘oya, har qanday dissertatsiyani oling – hammasi PLAGIAT. O‘g‘irlangan. Amir Xudoyberdi degan shoirning «Devonalarmiz» degan she'rini bitta Moshayon degan dindor shair o‘g‘irlab Yulduz Usmonovaga sotvorgan.

Botir Ergash degan aprs esa Shayxzodaning she'rini meniki deb Ozodga pullabdi. Samarqanddagi turizm universiteti rektori printerda Bo‘shnoq universiteti diplomini print qilib, o‘zini doktor deb e'lon qilibdi. Gdlyan bularga qarata «O‘g‘ri» deganida haqsiz edimi?

Rasmda prezidentning xotinidan tug‘ilgan tirrancha Saidaga qarab ta'zim qilayotgan amaldor aks etgan. Bu egilib ta'zim qilayotgan taviyaning oti Abdujabbor Abduvohidov.

Abdujabbor, senda bir gap bor. Bu Abjabbor degan taviya prezidentning ilm-fan bo‘yicha maslahatchisi. Pishgan kalladay tirjayib ta'zim qilishini qarang bu fan maslahatchisini.

Voy, seni tuqqan onangni hangi eshshaklar quvalasin. Turkmaniston ancha changda qolib  ketdi. Yaqindagina bu Abdujabbor Karimovning o‘ris xotini tuqqan Gulnora oldida ta'zim qilardi. Umuman, 99 foiz O‘zbekistonda odam shunaqa, mol. Umurtqasiz hayvon bular.

Muzlarning erishi

«Ottepel» – bu muzlar erishi degan ma'noni beradi. Siyosiy termin.

1956 yili SSSR rahbari Xrushchev kommunistlarning XX qurultoyida nutq so‘zlab, Stalin shaxsiga sig‘inishga barham bergan edi.

Xrushchev o‘z nutqida Stalin amalga oshirgan repressiya va qatli om ko‘lamini ochib beradi.

Jamiyatda iliqlashuv boshlanadi.

Hukumat deya atalmish tuzilmaning sakralligi va quddusligiga shubha paydo bo‘ladi.

1968 yil. Urganch. Birinchi may namoyishini viloyat TVsining bir guruh jurnalistlari ko‘chma TV stantsiya orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatmoqda. (O‘sha paytda O‘zbekistoning Toshkent, Urganch va Nukus shaharlaridagina telemarkaz bo‘lgan).

Lenin haykali ostidagi minbarda obkom va raykomlar qo‘l siltab turibdi.

Maxsus ko‘tarma kran ustidagi yumaloq supada ulkan TV kamerani  operator boshqarmoqda. Ënida esa yaqindagina Sverdlov shahridan qaytgan sochlari jingalak jurnalist.

U Sverdlovskda «Uralskiy voin » gazetasi redaktori bo‘lib ishlagan edi.

O‘sha paytda Boris Yeltsin Sverdlovsk obkomi kotibi edi. Undan oldin esa Sverdlovsk DSK boshlig‘i edi.

Xullas, Boris aka bilan birga ishlab,  hamshisha bo‘lib, chapanilikdan saboq olgan xorazmlik muxbir «minbaringga palonimni qo‘ydim», deydi.

Operator esa «davay, amalda ko‘rsat», deydi va kran lot richagini bosib qurilmani obkom kotibining naq peshanasiga boradigan qilib siljitadi.

Shunda bu chapani muxbir viloyat rahbariga asbobini chiqarib ko‘rsatadi (va jazolanmaydi). Mana bu «ottepel» edi.

Bu muxbir uzoq umr ko‘rdi. Jurnalistika sohasida 40 yildan ko‘p ishladi. O‘z arizasi bilan KPSS safidan chiqib, “Erk” partiyasiga a'zo bo‘ldi. Hurmat va izzatda olamdan o‘tdi.

U asbobini chiqarib ko‘rsatgan obkom sekretari esa paxtani qo‘shib yozishda ayblanib, qamalib ketdi. Qamoqda hamma safdoshlarini bir-bir sotdi.

Qissadan hissa shuki, laganbardorlikdan ko‘ra chapani jasorat ma'qul. Hukumatda esa faqat kozyollar bo‘ladi.

Yapon turnasini qovurish

Rossiyadagi uch o‘zbek Qizil kitobga kirgan yapon oq turnasini yeganlikda ayblandi. Zooparkdan qochgan turnani ishchilar qovurib yegan.  Yeydi-da endi. Ularga tomoq pishirib beradigan oybikalar O‘zbekistonda qolgan bo‘lsa.

Kap-katta oliy ma'lumotli ayollar erlarini XO‘JAYINIM deb gapirishadi. Men bilgan eri bor barcha jurnalist opalar ham shunday deydi. Qulning xo‘jayini bo‘ladi. Itning egasi bo‘ladi.

Mabodo it tilga kirsa, xo‘jayinim deb gapirardi. Xo‘jayin so‘zining oppoziti qul. Erim deng. Shu yaxshi. Qozoq-qipchoqlar boyim deydi. Endi hozir ko‘pchilik erlar vaaabshe kambag‘al.

Cho‘ntagi hech qachon pul ko‘rmagan. Ularni boyim desa, kesatganday bo‘ladi. Xorazmda ËShULLI deydi. Endi hozir ba'zi alfons erkaklar puli bor yoshi katta juvon opa halimaxonlaru sapurabegimlarga tegib ketyapti.

Turkmanlar «Eshshini qaqasi» deydi. Ya'ni katta o‘g‘ilning dadasi deganday. Murakkab ekan. Yaxshisi biri xotinim desin, yana biri erim. Bo‘ldi, tamom. Xo‘jayin degan so‘zni chiqindi qutiga oting.

Yonib-kuyib yashash…

Izboskanda paxta bunkeri mashaqqatga chidamay yonib ketdi. Ënib- kuyib yashash shumi? «Temir xotin» kinosidagi robot opayam o‘zini yoquvdi. O‘tgan hafta Namangan shahrida Gulandom Dadaboeva o‘zini MIB xodimlari oldida yoqib yuborgan edi.

Bir paytlar amerikalik Samanta Smit degan qizcha o‘lganda butun o‘zbek shoir va shairkalar srazi she'r va g‘azallar bitib tashagandi. Xuddi ular qachon Samanta o‘larkan deb qalamini charxlab turganday.

Xuddi shunday, Gulandom o‘zini yoqishi bilan O‘zbekistondagi shoir va shairka zoti bo‘lsa, shig‘ir yozib, jilab yotibdi. Eh, shoir elim.

Menga she'rdan ko‘ra qo‘qonlik opaginam Malika A'zamjonovna hikoyasi yoqdi.

:..Bir ayolni bilaman. Ikki farzandi bor. Er jonivor dangasa, takasaltang. Kaptarvoz. Osmonga kaptarini uchirib, soatlab tomosha qilib turaveradi.

Bu erga biror ish topilsa, ish yoqmaydi, ish yoqsa, oyligi yoqmaydi.

Ayol hamshira bo‘lib ishlaydi. 0,50 stavka ish. Kim otpuska olsa yoki kimdir o‘rnimda ishlab bering desa, hech yo‘q demay ishlab beradi. Qo‘shimcha har qanday halol ish bo‘lsa, ishlaveradi. Ba'zan qo‘shnilaridan sut olib kelib, ishxonada sotadi. Qishda tandirga kerak bo‘ladi, deb fermerdan faqat g‘o‘zapoyasi uchun paxta joyi olgan.

Ayni vaqtda esa ishxonadan otpuska oldi. Nega, bilasizmi? Atay paxta terish uchun!

Hikoyaning davomi yanada qayg‘uli. Bu bechora ayol 16 yashar bolasini duradgorga shogird qilib bergan ekan, ko‘ziga mix kirib ketibdi. Qayg‘u alam va qashshoqlik birga yuradi.

Ammo hech narsamiz yo‘q bo‘lsa ham tilimiz bor. Dardimizni aytadigan, yolborib yoqaradigan tilimiz. Bundan 30 yil oldin o‘zbek tili davlat tili deya e'lon qilingan edi. Mitinglarda eldoshlarimiz tilimiz ozod bo‘lsin, degan edi.

Taniqli o‘zbek shoiri Mirzo Kenjabek esa turli sabablar bilan chet ellarga chiqib ketgan o‘zbeklarga atab “Tilingizni asrang”, deya she'r yozgandi.

(video)

21 oktyabr – Til bayrami barchaga muborak bo‘lsin.

Assalomu alaykum, O‘zbekiston, juma muborak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2018
Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent markaziy sayilgohida joylashgan bosh qarorgohi boshqa joyga ko‘chirilayotgani haqida «Eltuz»ga ma'lumotlar yetib keldi. U yerga ...
6 dekabr 2021
Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi istalmagan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik dizayner, 46 yoshli Artyomiy Lebedev katta ...
30 yanvar 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 40-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) “Erkni istagan ruh ...
10 may 2017
Joriy yilning mart oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi (O‘zbekiston tarkibidagi respublika) 39 yoshli huquq himoyachisi A'zam Farmonovni ozodlikdan mahrum ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...