Asosiy mavzular
20 oktyabr 2020

Jurnalist Abdullaev Bosh prokurordan unga tahdid qilgan DXX tergovchisiga chora ko‘rishni talab qildi

19 oktyabr kuni jurnalist Bobomurod Abdullaev feycbukdagi sahifasida Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga murojaat qilib, unga Davlat xavfsizlik xizmati tergovchisining tahdidlari haqida gapirdi.

Bobomurod Abdullaev so‘zlariga ko‘ra, uni 19 oktyabr kuni soat 10 da DXX Tergov boshqarmasi katta tergovchisi Mansur Ergashev so‘roq qilish uchun chaqirtirgan. 

Bobomurod Abdullaev DXX bosh boshkarmasiga ikkinchi advokati Arslon Shoymardonov bilan birga borgan. Ammo u tergovchiga advokati Sergey Mayorov harbiy sudda ishtirok etayotgani bois kela olmasligini aytib, tergovni boshqa kunga qoldirishni iltimos qilgan. 

Abdullaevning ta'kidlashicha, advokat Mayorov jinoyat ishi materiallari bilan tanishgan yagona advokat, shuning uchun uning so‘roq jarayonida ishtirok etishi juda muhimdir. 

Abdullaev bilan 1,5 oydan ko‘proq vaqt oldin shartnoma tuzgan advokat Arslon Shoymardonovga esa hanuzgacha jurnalistga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi materiallari bilan tanishish imkoniyati berilmagan.

Shundan so‘ng Mansur Ergashev kabinetdan chiqib ketgan va boshqa bir odam bilan birga qaytib kelgan. Abdullaevning aytishicha, Mansur Ergashev hamrohligida kabinetga kirib kelgan va o‘zini bo‘lim boshlig‘i deya tanishtirgan Bahrom Karimov unga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirib, hibsga olish bilan tahdid sola boshlagan. U jurnalistni tergovga to‘sqinlik qilishda ayblagan. 

Bobomurod Abdullaev o‘z videomurojaatida DXX xodimi Bahrom Karimov advokat Arslon Shoymardonovni ham haqorat qilgani, uni “soya” va “surat” deb ataganini bildiradi.

Bahrom Karimov jurnalistdan 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16 da advokat Sergey Mayorov bilan birga, hatto uning yoqasidan sudrab olib kelib bo‘lsa ham yana so‘roqqa kelishni talab qildi. 

Abdullaevning fikricha, DXX tergovchisi advokat Mayorov shu kuni harbiy sud majlisida bo‘lib, u yerdan chiqib kela olmasligini bilgani holda shunday talab qo‘ygan. 

Abdullaev DXX tergovchisi uni tergov tadbirlariga to‘sqinlik qilishda ayblash uchun shunday bahonalar o‘ylab topayotganini ta'kidladi. 

“Menga va advokatimga nisbatan tahdid va haqorat uchun Bahrom Karimovga chora ko‘rishni, uni tergov ishidan chetlashtirishingizni so‘rayman”, deyiladi jurnalistning Bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga murojaatida.

Bu voqeadan bir kun oldin, 18 oktyabr kuni Bobomurod Abdullaev Prezident Shavkat Mirziyoev unga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira sovg‘a qilganini jamoatchilikka bildirgan edi. 
Prezidentni haqoratlash va konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish aybi bilan ustidan jinoyat ishi ochilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston so‘rovi bilan Qirg‘izistonda qo‘lga olinib, 2020 yilning 22 avgustida Uzbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

U maxsus harbiy samolyotda Toshkentga olib kelinib, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan sakkiz soat so‘roq qilingach, uyiga qo‘yib yuborilgandi.   

Mamlakatga qaytarilishi bilan darhol jinoyat ishi maxfiylashtirildi, shu sababli Bobomurod va uning advokati Sergey Mayorov tergov jarayoni to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot berishmaydi.

Bobomurodning Bishkekda jurnalistlarga aytishicha, “Qora mergan” taxallusi ostidagi maqolalarni yozganlikda gumon qilib, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani sudi 23 iyul kuni unga nisbatan “sirtdan ayblov e'lon qilgan”.

Telegramdagi “Qora mergan” akkaunti prezident Mirziyoevning qarindoshlari va kuyovlariga qarshi jiddiy ayblovlar aks etgan izohlarni chop etgan edi. Bobomurod Abdullaev bu akkauntiga hech qanday aloqasi yo‘qligini bir necha bor ta'kidlagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 avgust 2018
Bugun Eltuz.com nashri O‘zbekistondagi korruptsion boshqaruv tizimini aks ettirgan rassom Elsevarning yangi hajviy suratini aqdim etadi. Bu kleptokratik inshootdan ...
19 noyabr 2018
Ijtimoiy tarmoqda Namanganning 5-mikrorayonida qurilayotgan Eyfel minorasi nusxasining dastlabki fotosuratlari paydo bo‘ldi. Parijning mashhur Eyfel minorasi nusxalarini bugungi kunda ...
30 noyabr 2016
Namangan shahridagi byudjet idoralari va maktab xodimlariga Artel do‘konlarida sotilayotgan lampochkalardan kamida ikki donadan sotib olishga majbur etilayotgani haqida ...
Bloglar
1 dekabr 2020
«Oshin» – 1983 yilda Yaponiyada suratga olingan ko‘p qismli film. Bosh rollarda Nobuko Otova, Yuko ...
25 noyabr 2020
Kuzda ketib kuzda qaytdim Sovet Armiyasi safidan. Bizni armiya safiga oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limidan ...
24 noyabr 2020
“Humo” nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda “Humo” ...