Asosiy mavzular
21 oktyabr 2020

G‘uzorda maoshsiz qolgan minglab ishchilar zavodni ostin-ustun qilishdi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi “Enter Engineering Pte.Ltd” zavodi ishchilari 21 oktyabr tongida g‘alayon ko‘tarib, zavod ma'muriy binosini ostin-ustun qilishdi.

«Eltuz» tahririyatiga taqdim etilgan videoda yuzlab ishchilar qo‘zg‘oloni aks etgan.

Video va «Eltuz» suhbatlashgan guvohlar so‘zlaridan ma'lum bo‘lishicha, stixiyali isyon paytida zavod ma'muriyati binosidagi orgtexnika va ma'muriy binodagi jihozlar sindirilgan.

Zavod ishchilari so‘zlariga ko‘ra, ular kamida uch oydan buyon maosh olmagan.

Ishchilar, shuningdek, ikki kun davomida ovqatsiz qolgani va bu g‘alayonga sabab bo‘lganini aytishmoqda.

Hodisa yuzasidan «Eltuz» muxbiri “Enter Engineering Pte.Ltd.” kompaniyasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 21 oktyabr kuni ertalab, ishchilar uchun mo‘ljallangan oshxonadagi monoblok tizimidagi (elektron kirish tizimi) texnik nosozlik tufayli sodir bo‘lgan, oqibatda ular doimiy ovqatlanadigan tamaddixonaga kira olmaganlar.

Bu esa noroziliklarni keltirib chiqargan.

G‘alayonda ishtirok etgan zavod ishchisining aytishicha, texnik xodimlar 2 soatdan oshiqroq vaqt davomida monoblok tizimidagi nosozlikni tuzatgan, biroq ishchilar ovqatlanishga kirishni xohlamagan.

Ular maoshlarning to‘lanishini talab qila boshlaganlar.

Ammo kompaniya matbuot xizmati xodimi ishchilar noroziligiga oylik maoshning daxli yo‘qligini aytdi.

«Eltuz» muxbiri bilan telefon orqali suhbatlashgan Bekzod ismli ishchi so‘zlariga ko‘ra, zavod ishchilari kamida uch oydan buyon maosh olishmagan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, tushlikka yaqin ishchilar g‘alayonini bostirish uchun Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati kuchlari tashlangan.

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida barpo etilgan “Uzbekistan GTL” zavodi sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

«Eltuz» voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2020
Havo bugun ham buzuq. Kechasi yana yomg‘ir yog‘di. Tuni bilan bezovta uxladim. Nam havoga oyog‘im og‘ridi. Ko‘rgan tushlarim esa ...
21 yanvar 2016
Sifatsiz xizmat uchun to‘lovlar oshadi Sputnik internet nashri 2016 yil 1 yanvardan O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari uchun soliq to‘lovidagi ...
22 mart 2017
Yil boshida Istanbulning Reina tungi klubidagi qirg‘in va o‘tgan yilning yozida o‘zbek vatandoshidan 1 million 900 ming dollar pulning ...
15 mart 2023
«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...