Video
17 noyabr 2020

«Sabo, keltir xabar…»

Toshkentning shovqin-suronidan qishlog‘imning sokin va chang ko‘chalari tomon safarga otlandim. Yo‘llar o‘ydim-chuqur. Uzo-o-o-oq yo‘l yurakni ozdirib yuboradi. Kamiga yomg‘ir yog‘ib berdi. Avvallari uzoq yo‘lga chiqsam, zerikmaslik uchun manzilgacha simyog‘ochlarni sanab ketardim. Qiziq, tok yo‘q bo‘lsa, shuncha simyog‘och nima vazifani bajarishiga aqlim yetmasdi. Hozir ham aholida gaz yo‘q. Ammo hammayoq zapravka. Yo‘l-yo‘lakay o‘zim 40 tachasiga ko‘zim tushdi.

Horib qishloqqa kirib keldim. O‘zgarishlar katta. Ko‘chamiz boshida esimni taniganimdan buyon bitta suv minora bor. Ammo aholi ichadigan toza ichimlik suv yo‘q edi. (Tavba, g‘alati paradokslar. Simyog‘och bor, tok yo‘q, sanoqsiz yoqilg‘i quyish shoxobchasi bor, ammo yoqish uchun gaz yo‘q, bir vaqtlar suv minora bor edi-yu toza suv icholmasdik…).

Xullas, bu safar u ikkita bo‘lib qolibdi. Xuddi poytaxt markazidagi kurantlar singari. Xiyobondagi kurantlar nima vazifani bajaradi, bilmadim, ammo eski suv minora yonida qurilgan yangi suv minora qishloqni toza ichimlik suv bilan ta'minlaydi.

Yaxshi bo‘libdi, endi qishloq odamlari ham toza suv ichadi.

Gaz past. Goh-gohida umuman o‘chib ham turadi. Shuning uchun hamma uyiga ham o‘tin, ham gaz yoqsa bo‘ladigan pechkalar qurib olgan. Qishlog‘imiz odamlari ko‘nikuvchan. Har qanday vaziyatda ham o‘zlariga sharoit qilib olishadi. Toksiz, gazsiz kunlarga ham oldindan tayyorgarlik bor.

Qishloq ob-havosi, muhiti boshqacha-da. Tanga rohat bag‘ishlaydi. Qorni och qolgan sigir, qushlar ovozi, tor ko‘cha, ariq ustiga qurilgan qo‘lbola osma ko‘prik, qurilishi tugamagan, chala uylar. Odmi va sipo uylar… Bu yerda ham O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qilmoqda. Bu yerda ham odamlar o‘zining Vatanning bir bo‘lagi ekanini his qilib yashayapti.

«Eltuz»ning toshkentlik blogeri hikoyasi

Tag‘in o‘qing
9 noyabr 2015
Qarshi shahar militsiyasi boshlig‘i muovini Akmal Qultoev va IIB jinoyat qidiruv bo‘limining o‘ndan ziyod xodimi, tergov paytida gumonlanuvchiga jinoyatni ...
26 fevral 2021
Yil o‘tub, yillar o‘tub tobora loyg‘a botamiz, Iblisning suprasinda vahdat mayini totamiz. Onamiz, balki gumroh, balki so‘qirdir otamiz, Ko‘r ...
6 iyun 2017
Andijonlik Bahromning mutaxassisligi injener-texnolog edi. Ammo u O‘zbekistonda mutaxassisligi bo‘yicha ish topa olmadi va boshqa qishloqdoshlari qatori Rossiyaga ishlagani ...
22 yanvar 2023
Joriy yil boshida sobiq jismoniy tarbiya va sport vazirligining  bir nechta yuqori mulozimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining  167-moddasi 3-qismi, «a» ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...