RTdan va'z: Sigir yilida sog‘ilmasak bo‘ldi
Mana, o‘lmagan qul siz bilan 2021 yilning ilk kunida diydorlashib o‘tiribman. 364 kunlik kitob turibdi oldimda. Bir-bir varaqlayman. Ko‘chada qor. Qalbimda esa bahor.
Hamid Olimjon o‘z she'rlarida Qozog‘istonni boy-badavlat, Ukrainani esa erksevar deb ataydi. O‘zbekiston esa Hamid Olimjon nazarida nuqul baxtiyor odamlar yashaydigan «baxtlar vodiysidir».
O‘zbekiston haqida yozarkan, Hamid Olimjon «Omon bo‘lsin dohiysi uning», deb qo‘shib qo‘yishni unutmaydi.
O‘zbekiston haqidagi shoir misralari:
Bir vatankim, bunda yo‘qdir dard va hasratdan nishon,
Bir vatankim, yer va osmonida odam topdi shon,
Bir vatankim, har gulistonida mangudir bahor,
Bir vatankim, bunda elning baxti mangu barqaror.
Odamsimonlar
5 yil oldin Moskvadagi «Mosfilm» kinostudiyasi oldiga taniqli va sevimli aktyor Yevgeniy Leonovning «Dotsent» obraziga o‘rnatilgan bronza haykalni yetti o‘zbek o‘g‘irlab, metallolomga topshirvorgan edi.
Bu o‘zbeklar tergov paytida Leonovni tanimasligi va, umuman, savodiyam yo‘qligi ma'lum bo‘ldi. TV boshlovchi Pimanov bu o‘zbeklarni «odamsimonlar» deb atagan edi.
Ya'ni hali odamga aylanmagan maxluqlar. Yeydi, ichadi, chichadi, seks qiladi, o‘g‘irlaydi, ammo miyasi yo‘q. Taqdirni qarangki, bu yetti o‘g‘ri o‘zbekdan ikkitasiga ota-enasi umid bilan Behzod deb nom qo‘ygan. Behzod kim deganlar uchun info. Behzod Navoiy zamonidagi ulug‘ rassom. Xullas, mana odamsimon haykal o‘g‘rilari ro‘yxati:
Bekzod To‘ychiboev, Usmonjon Umarov, Behzod Xayrullo, Abduhalim Rafiev, Fazliddin Shermatov, Sardor Rafiqaliev , Asqarbek Abduxalilov.
Bu o‘g‘ri o‘zbeklar o‘g‘irlab sotvorgan haykal yana bir yarim million evaziga qaytadan yasalib joyiga qo‘yildi.
Videokuzatuvga esa qo‘shimcha app o‘rnatildi. Ya'ni o‘zbekka o‘xshash maxluq haykalga yaqinlashsa, signal ishlab ketadi.
Palon haykal «edi», pistiyon haykal «emadi», deb baqirib ko‘tini yirtganlar va shu baqiroqlar gapini gap deb haykalni olib tashlaydigan odamsimonlarga aytadigan gapim shu:
Zar qadrini zargar bilar, chilangar nimani bilar?
Tasviriy san'at ichidan «adabiyot» va «ma'no» qidirish – bu kasallik. Masalan, Sezann chizgan natyurmortda olma tasvirlangan. Rasmning ma'nosi olma tasviri. Van Gogning «Kartoshkagul» asarida esa kartoshka guli tasvirlangan. Rasmning ma'nosi kartoshka guli. Malevichning «Qora kvadrat» asarida qora kvadrat tasvirlangan.
Bu uch asar narxi O‘zbekiston yillik byudjetidan ko‘p. Odamlar kalish haykalidan ma'no qidirishdi. Ma'nosi kalish.
Budapesht shahrida botinkalarga, Jenevada stulga, Moskvada portfelga haykal qo‘yilgan. Mana bu rasmdagi esa baliq konservasiga qo‘yilgan haykal. Ma'nosi baliq konserva.
Tarix darslari yoki Eshshi nega xonni o‘ldirdi?
Ta'til kunlarida Leyptsigdagi nemis do‘stlarim Xiva tarixi bo‘yicha jo‘natgan hujjatlarni varaqladim. Razolat¸ riyo va siyosiy ko‘rlik kabi tarixga muhrlangan holatlar meni mayus qildi.
Nahotki yaqin tarix Qodiriy aytmoqchi faqat kirli nuqtalardan iborat. Xayriyat, tariximizda bizga o‘rnak nuqta ham bor ekan. «Ësh xivaliklar» tashkiloti namoyish o‘tkazib, Isfandiyorxonning Nurullaboydagi saroyiga siyosat bilan kirib borgani otalarimizning biz o‘rnak olsak arziydigan jasorati kabi tuyuldi.
Bobooxun Salimov rahbarligidagi «Yosh xivaliklar» mamlakatda demokratik islohotlarni amalga oshirish uchun namoyish tashkil qilishdi.
“Yosh xivaliklar» tashkil etgan ko‘p ming kishilik kolonna “Yashasin ozodlik!”, “Yo‘qolsin zolimlar!” shiorlari ostida xonning Nurullaboy saroyiga yo‘l oladilar.
«Yosh xivaliklar» partiyasi a'zolari saroyga yetib borib, xondan davlatni konstitutsiya asosida boshqarishni, xonning ayrim mulozimlarini ularning qo‘liga topshirishni talab qiladilar.
Polvonniyoz hoji Yusupov, Nazir Sholikorov «Yosh xivaliklar» va shahar aholisining vakili sifatida Isfandiyorxon yoniga kirib, o‘z talablarini bayon qilishdi.
Birinchi bo‘lib Polvonniyoz hoji Yusupov so‘z boshlaydi: “Biz, «Yosh xivaliklar», sizdan hurriyat olib, “Idorai mashvarat” tashkil qilish uchun Xorazm fuqarolari nomidan vakil bo‘lib huzuringizga keldik”, deydi.
Isfandiyorxon ularga qarab: “Sizlar vakil bo‘lib kelgan bo‘lsangizlar, hurriyatni kuch bilan olasizlarmi yoki shariat bilanmi?” de(b so‘ra)di. Polvonniyoz hoji Yusupov xonning bu savoliga javoban: “Taqsir, hurriyatni shariat bilan olamiz”, dedi.
Xon «Yosh xivaliklar» vakillariga qarab: “Sizlar ham shariat yo‘lini bilasizlarmi?!” dedi.
Isfandiyorxonning bu so‘zlari Povonniyoz hoji va Nazir Sholikarovni g‘azablantirib yubordi. Nazir Sholikorov o‘rnidan sakrab turib Isfandiyorga baland ovoz bilan:
“Bizlar shariatni yaxshi bilamiz, lekin sizlar uni yaxshi bilmaysiz. Yosh qizlarni zo‘ravonlik yo‘li bilan ota-onasidan tortib olib, nomusiga tegish, uni boshqa bir odamga xotinlikka berish qaysi bir shariatda bor?!
Yoki qizlarning nomusiga tegib, ularni urib o‘ldirish, badaniga qaynoq suv quyish, begunoh xalqning mol-mulkini talash, qarshilik ko‘rsatganlarni zindonga tashlash, qiynab o‘ldirish qaysi shariatda bor?! Agar zarur bo‘lsa, biz sizning dahshatli qilmishlaringizni dalillar bilan isbotlab berurmiz”, dedi.
Isfandiyorxon o‘sha kuni «Yosh xivaliklar» bilan uchrashuv chog‘ida ularning keskin harakatga moyil ekanini sezib, bunday degan:
“Mening ota-bobolarim shariat yo‘li bilan ishlab kelganlar. Men ham shariat yo‘lidan chiqmayman. Agar bu ishlar kelajakka muvofiq bo‘lsa, hurriyat berdim”.
Shu so‘zlardan keyin u «Yosh xivaliklar»ning 7 moddadan iborat manifestiga imzo chekkan, qozikalon va uning yordamchisi bu imzoning qonuniy ekanini o‘z muhrlari bilan tasdiqlaydi.
Manifestning birinchi moddasida bunday so‘zlar yozilgan edi: “Tarixi hijriy ming uch yuz o‘ttiz beshinchi jumodul avvalning 25-kuni erdikim, milodiy yilning 1917 yil aprel oyining 5-kuni, men, Xiva xoni Sayyid Isfandiyor Bahodirxon, tubanda yozilgan o‘zimning xohishimni e'lon qilaman.
Avvalo, mening sodiq fuqarolarimga “Idorai mashrutiya” berdim, toki ular o‘zlarini xohlaganlaricha mamlakatni shariatga muvofiq idora qilsinlar. Chunonchi, o‘zlari xohlagancha fuqarolarning maslahati bilan saylov qilib, hukumat ishlariga o‘zlari xohlagan odil odamlarni tayin qilsinlar”.
Mazkur manifestga ko‘ra, Xiva xonligida shu kundan boshlab konstitutsion monarxiya tuzumi qaror topgan edi.
Isfandiyorxon garchand xonlik taxtini o‘z qo‘lida saqlab qolgan bo‘lsa-da, vujudga kelgan yangi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan murosai madora qilishni istamadi.
U saylov yo‘li bilan tashkil topgan deputatlar majlisi raisi Bobooxun Salimov va boshqa «Yosh xivaliklar»ga qarshi fitna uyushtirdi va Nozirlar kengashi raisi Jumaniyoz Matmurodov boshchiligida «Yosh xivaliklar»ning 14 vakilini qamoqqa oldi.
Qamoqqa olingan jadidlarning bir qismi qochishga muvaffaq bo‘ldi, qolganlari esa otib tashlandi.
Bobooxun Salimovni qo‘lga tushira olmagan Isfandiyorxon uning singlisi Ullijonbiyini tutib olib, qiynab o‘ldirdi.
Siyosat tugagan edi shu joyda. Siyosatning davomini urush deb bilgan Eshshixon esa Isfandiyorning oldiga kirib uni xanjar bilan so‘yib tashladi.
Bu voqea tarixga «Eshshi o‘ldirdi», degan kalimani kiritdi.
Yopiq labirint halqasi
Siyosat tugagan joyda urush boshlanadi, degan edi Birinchi jahon urushi arafasida nemis generali Klauzevits.
Nahotki siyosatning tugashi g‘alayonlar va isyonlar boshlanishiga, diktator kallasining kesilishiga sabab bo‘lsa?
Bir yopiq labirint halqasi – dunyo,
Aylanib chopasan unda befoyda…
Bu she'rni O‘zbekistonning birinchi prezidentining poraxo‘rlik, reket va jinoiy sindikat qurishda ayblanib, jazo o‘tayotgan mahbusa qizi Gulnora Karimova 2007 yil yozganini aytgan edi.
Talantsiz rahbariyat yangilik qila olmay, eskiliklarni takrorlash bilan band. Ëshlar forumi o‘tkazildi. Gulnora forumining takrori. Ëshlar yili deyildi. Holbuki, 2008 yili yoshlar yili bo‘luvdi.
Xalqlar do‘stligi, deyildi. Holbuki, bu sobiq sovet davridagi saqich. Sut bermagan sigir qisir deyiladi. Tug‘maydigan xotin bepusht¸ tug‘dirolmaydigan erkakka tumso deyiladi.
Boshqaruvni eplay olmaydigan¸ yangi g‘oyalardan mosuvo rahbarlarni nima deb atash kerak? Sigiri qisir bo‘lsa so‘yib¸ bepusht xotinni enasinikiga qaytaradigan xalq nega bularni boqib o‘tiribdi?
Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!
Rassom Tuz