Asosiy mavzular
5 yanvar 2021

Bo‘ka tumanidagi maktab o‘quvchilari eski dala shiyponida dars o‘qimoqda

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda.

Bu haqda bo‘kalik fermer va faol Anvar Qilichev 2020 yil 14 dekabr kuni tasvirga olib tarqatdi.

Videoda sovuq sinfxonalarda o‘quvchilar va o‘qituvchilarning qalin qishli kiyimlarda dars o‘tayotgani aks etgan.

“Maktabda issiqlik ta'minoti yo‘q. Sport zali yo‘q. Oshxona yo‘q. Hojatxonada qo‘l yuvish uchun suv ham yo‘q”, deydi Qilichev.

Ayni videoni tasvirga olgani uchun toshkentlik faol Anvar Qilichevni  tuman xalq ta'limi bo‘limi sudga bergan.

Huquq faoli Yelena Urlaevaga ko‘ra, Qilichev maktabdagi ahvolni tasvirga olish bilan o‘quv mashg‘ulotlariga xalaqit berganlikda ayblanmoqda.

Bundan ilgari «Eltuz» Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi tumanining Olmazor qishlog‘ida joylashgan 61-maktab o‘quvchilari  xarob ahvoldagi binoda dars o‘tayotgani aks etgan videoni e'lon qilgan edi.

“Eltuz”ga taqdim etilgan videoda beshinchi va yettinchi sinflarga dars o‘tilayotgan holat tasvirlangandi.

Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi bo‘limi ushbu videoni uyushtirilgan, deya baholadi. Rasmiylar o‘z ayblarini tan olish o‘rniga, “bu montaj”, deya rasmiy bayonot berishdi.

Undan ham oldin “Eltuz” Enamyaxshi qishlog‘idagi maktab bilan Toshkentdagi super ta'mirlangan maktabni solishtirib video qilgan edi.

Mazkur maktabdagi ahvolni tanqid qilgan sobiq deputat Qobil Do‘sovni xalq ta'limi vaziri Shermatov sudga berdi.

Maktablardagi ahvolni yaxshilash haqida o‘ylash o‘rniga xalq ta'limi mulozimlari bu sharoitlarga e'tibor qaratgan faollarga bosim o‘tkazishda davom etishmoqda.

«Eltuz» navbatdagi holat – Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabidagi ahvol yuzasidan  O‘zbekiston xalq ta'limi vazirligidan javob kutadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 yanvar 2016
Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan. Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 ...
24 dekabr 2018
Bosh vazir Abdulla Aripov 23 dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkentdagi barcha eski uylar buzilib, o‘rniga yangilari qurilishi haqida ...
5 aprel 2017
Moskvaga davlat tashrifi bilan borgan Mirziyoevni aeroportda mamlakat prezidenti emas, balki jinsi va drap kamzul kiygan, jamoatchilikka notanish bo‘lgan ...
21 may 2018
Prezident Mirziyoev 19-20 may kunlari Andijonda o‘tgan yig‘ilishda DXX xodimlariga uy qurish va maoshini ko‘tarishga va'da berdi. «Hozir qo‘l ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...