Asosiy mavzular
5 mart 2021

RTdan va'z: Kim nima eksa, shuni o‘radi

Qarg‘algan millati ho‘kizday ishlab,
Rahmatning o‘rniga eshitar minnat,
Bor-yo‘g‘ini dunyoning poyiga tashlab,
“O‘g‘ri” deb nom olar qarg‘algan millat.
Qarg‘algan millatning kelajagi tul,
Daryolari qurib, chirir yerlari,
Qarg‘algan millatning bolalari – qul,
Ayollari tumso, bepusht erlari.

Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning bu she'ri tez-tez yodimga tushadi. She'r 35 yil muqaddam yozilgan. Ammo shoir bu satrlarni shu hafta, hattoki bugun bitganga o‘xshaydi.

Biz qarg‘algan millatmizmi, deb so‘rayman har gal o‘zimdan. Javob topa olmayman hech. Ammo bu savolga va'zim davomida yana qaytaman.
Avvaliga qisqa xabarlar.

Shumaxer kuyov

Toshkentda avariyaga uchragan Otabek Umarovga 4 mart kuni Janubiy Koreyada jarrohlik operatsiyasi qilindi.

Qarz uziladi, saroy yonga qoladi

2020 yilda O‘zbekiston $ 5,4 milliarddan ko‘proq qarz oldi. Tashqi qarz $21 milliarddan oshdi.

Moliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 34,4 foiz (5,4 mlrd dollarga) o‘sib, 21 mlrd dollardan oshdi. Bu O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 36,5 foiziga tengdir.

2021 yil oxiriga borib O‘zbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda, shuning 18 milliardi — hukumat qarzlari, 7,5 mlrd dollar esa O‘zbekiston kafilligi ostidagi qarzlardir.

Nimayam derdik, qarz uziladi, suv omboru saroy yonga qoladi.

Hokim uchun maxsus konteyner

«Bir oyga bo‘lsa ham mahallaga ko‘chib o‘taman». Butun mamlakat bo‘ylab ayni nom ostida dabdabali spektakl-perfomans tomoshalari boshlandi. Unda asosiy rollarni viloyat va tuman hokimlari o‘ynashadi.

Buxoro hokimi ham o‘ziga konteyner qasr qurdirdi. «Samsung» konditsionerli konteyner. Namangandagi hokimning konteyner uyi 9 ming dollar.

Yuzni urganlar gurungi

105 yoshli otaxon opasini ko‘rgani boribdi, onaxonning yoshlari 108 da ekan. 2 asr avlodni ko‘rgan otaxon va onaxonning suhbatini eshiting.

Tohir go‘rda – Abusaid qamoqda

Qarshining Cho‘li ota massividagi tarvuz polizida 39 yoshli Abdusaid bilan Tohir qarz oldi-berdisi ustida urushib qolishdi.

Tohir uzoqdan yugurib kelib, «iyayaya» deya Abdusaidni tepdi.

Abdusaid guppa yiqildi.

Qarzni qaytar, deya baqirgan Tohir endi bir sakrab yerda yotgan Abdusaidning ustiga minvoldi.

So‘loqmonday mushti bilan Abdusaidning boshiga soldi.

Abdusaid bo‘lsa, belidagi shpaldan bo‘lgan, ustiga «Yo Ali» deb yozilgan Shahrixon pichog‘ini olib, Tohirning ko‘tiga tiqib, burab-burab tashladi.

Qon tirqirab oqdi.

Tohir shunday dodlagan ediki, hatto qarg‘alar «qag‘g‘» etib uchib ketdi.

Voqea 23 fevral kuni yuz berdi.

Tohir go‘rda, Abdusaid qamoqda. Qarz esa qaytarilmay, qiyomatga qoldi.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Abdusaid P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi ochildi.

Eh, Sarqo‘zi, Sarqo‘zi! 

Frantsiyaning 66 yoshli sobiq prezidenti Sarqo‘ziga 3 yil qamoq jazosi berildi. Korruptsiya uchun. Uni sudyalarni sotib olishda ayblashdi. Sarkozi o‘z prezidentlik kampaniyasining nolegal moliyalashtirilishi yuzasidan surishtiruv ma'lumotlari evaziga sudyaga mansab va'da qilgan edi.

Eh, Sarqo‘zi, Sarqo‘zi! O‘zbekistonga kelsang bo‘lardi, saroy qurib berardik.

Yebto‘ymaslar

Konlardagi oltin tugaydi. Qarzlar olinib, yerlar sotilib bo‘ladi. Baribir yetmaydi bu yuholarga. Shu payt bularning ko‘zi kambag‘alning to‘rvasidagi olti tangaga tushadi.

SODIQ SAFOYeV «aholida 10 milliard dollar bor, bu mablag‘dan foydalanish zarur», deb aytibdi. Aslida bu eski g‘oya. Sovet hukumati ham puli tugagan vaqtda zayom chiqarib, odamlarning pulini olgan.

Aholida 10 milliard emas, kamida 100 milliard bor. Zero, ko‘rinmas milliarderlar o‘nlab bo‘lsa ajabmas. Aholining cho‘ntagini kovlash o‘rniga chetdagi aktivlarni O‘zbekistonga qaytarish yo‘lini topish kerak.

Chetda yuvilgan milliardlarga amnistiya e'lon qilinsa, tortib olinmaslik kafolati berilsa, ular aytib keladi. Vaqtida Nazarboev ayni usulni qo‘lladi. Natijada Qozog‘istondan olib chiqilgan milliardlar yana qaytib keldi. So‘z moliyachi va bonkachilarga. Nima deysiz?

Klassik diktatura

Orqatog‘, Orqatog‘ deyavermanglar hadeb. Belarusdagi Batkagacha hali ancha bor unga. Hadeb Arqadag‘ va qo‘shni turkmanlar ustidan kulavermasdan, dunyoga nigohlarimizni biroz kengaytiraylik.

Mana bu videoda Belarus Qurolli kuchlari polkovnigi Andrey Krivonosov g‘aroyib nutq irod etgan. Polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, u davlat rahbari Aleksandr Lukashenko bilan qo‘l berib so‘rashib qaytgach, prezident qo‘lidan qabul qilib olgan energiya quvvatini barcha askarlariga tarqatib chiqibdi.

«Men Bosh qo‘mondon Aleksandr Lukashenko qo‘lidan energiya va qat'iylik quvvatini olish baxtiga muyassar bo‘ldim. Endi shu quvvatni Belarus Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga tarqatib chiqmoqchiman», deydi Krivonosov.

Yeltsin xatosi

Bu suratda ikki marhum siyosatchi – Rossiyaning ilk prezidenti Boris Yeltsin va muxolifatchi Boris Nemtsov.

Putinning ashaddiy tanqidchisi Boris Nemtsov 2015 yil 27 fevralda to‘rtta o‘q bilan otib o‘ldirilgan.

Suratni Rossiya sobiq prezidenti Boris Yeltsin 38 yoshga to‘lgan liberal siyosatchi Boris Nemtsovga hadya qilgandi.

Surat ustiga Yeltsin mana bu so‘zlarni bitgandi:

«Mutlaqo maxfiy. Estafetani topshiraman. B.Yeltsin».

Boshqachaa aytganda, Boris Yeltsin Nemtsovni o‘z vorisi sifatida ko‘rayotgan edi. Ammo reja rejaligicha qolib ketdi. 1999 yilda qudrat shohsupasiga ko‘tarilgan Vladimir Putin 22 yildan buyon ot o‘ynatmoqda.

Mustaqillik me'mori

Toshkentdagi «Ko‘k gumbazlar»yonida mustaqillikka atalgan obida qurishmoqchi.

Savol: O‘zi nimadan mustaqil bo‘luvdik?

Javob SSSRdan.

SSSRni kim tugatdi?

Kim SSSR tugashi haqidagi hujjatni imzoladi?

Bu aniq va tarixiy fakt.

SSSRni Mixail Gorbachyov tugatdi.

U SSSR tugashi haqidagi hujjatni imzoladi.

Ana shundan keyin boshqa 15 respublika qatorida O‘zbekiston ham mustaqil bo‘ldi-qoldi.

Demak, O‘zbekiston mustaqilligi sababchisi aniq Mixail Gorbachyov ekan.

Joriy haftada bu aziz va muhtaram siyosatchi 90 yoshga kirdi.

Tirikligidayoq haykallari Germaniya va AQShda o‘rnatilgan haqiqiy muhtaram zot.

Bir imperiyani qonsiz, o‘limsiz bir tugatgan buyuk zot!

Men Toshkentdagi «Moviy gumbazlar» yoniga ko‘chada yurib ketayotgan Gorbachyovning bronza haykalini qo‘yishni taklif qilardim.

Tagiga yozib qo‘ysa bo‘ladi, shu siyosatchi SSSRni tugatdi va O‘zbekiston mustaqil bo‘lishini ta'minladi, deb.

Minnatdor o‘zbeklardan, deb qo‘shsak ham bo‘ladi.

Parkka kelganlar uning peshanasini silasa, sevgilisi bilan muhabbati quyuq bo‘ladi, degan irim joriy qilinsa ham zarari tegmaydi.

Umuman, Shimoliy Koreya usulidagi hashamatdor stelladan ko‘ra ming marta samimiy va chiroyli bo‘lar edi.

Butun dunyo matbuoti yozardi. Turistlar kelardi.

Masalan, men tanishlarim orqali pop yulduz Nina Hagenni ochilish marosimiga taklif qilishim mumkin.

Uning «Mixail, Mixail» degan qo‘shig‘i to‘qsonlarda xit bo‘luvdi.

Bu ko‘rayotganingiz esa Germaniyada Gorbachyovga qo‘yilgan haykal.

Karimov merosi

Endi Islom Karimov qoldirgan meros haqida.

Amir Temur tig‘i va askarlari bilan zabt eta olmagan Yer sharini Karimov o‘zbek fohishalari va gasterbayterlari bilan zabt etdi.

Erkaklari Rossiya va Qozog‘istondagi eng arzon ishchilardir. Ayollari Istanbul, Dubay va hattoki Hindistondagi eng arzon fohishalardir.

Tasavvur qiling, o‘zbek iqtisodiyotini 8 million dangasa va yana minglab fohishalar boqyapti. Birinchi toifa tsement qorib, ko‘cha supurib, har yili O‘zbekistonga 4-5 milliard dollar investitsiya jo‘natib yotibdi.

Ikki oyog‘ining orasini va boshqa yerlarini sotib pul topayotgan o‘zbek fohishalari ham dunyoning turli burchaklaridan yurtga millionlagan dollar investitsiya jo‘natishmoqda.

Moskvada ishchi erkak va mehnatkash ayol haykali bor. U sovet iqtisodiyotini ko‘targan mehnatkashlar sharafiga o‘rnatilgan. O‘zbek iqtisodiyotini ko‘tarib turgan gasterbayterlar va fohishalar sharafiga Toshkentning qoq markazida “Ishchi va Ishvalak” haykalini o‘rnatsa arziydi aslida.

Karimov “dangasa” deb haqorat qilsa ham uning haykaliga borib sajda qiladigan, bronzadan bo‘lgan tuflisini artib, qonga botgan qo‘lini ushlab, rasmga tushadigan “nedogonlar” qoldi.

Karimovdan qishda gazciz va chiroqsiz bemalol yashab keta oladigan, atom bombasi ham o‘ldira olmaydigan suvaraklar qoldi.

Bu suvaraklar Karimov davrining yomonliklarini ko‘rib, SSSRni sog‘inishar edi. Endi esa Mirziyoev davrining yomonliklarini ko‘rib, Karimovni sog‘inishmoqda. Sal vaziyat og‘irlashsa, haq talab qilish o‘rniga nostalgiyaga berilib, o‘tmishni qo‘msashadi.

Karimovni va uning davrini sog‘inayotganlar diqqatiga bularni eslatib qo‘yaman:

1. Karimov davrida namozxonlar va qori akalar qaynagan qozonga solinib qaynatilar yoki g‘isht pishiradigan pechga tiqilib yondirilar edi. Karimov O‘zbekistoni dunyo bo‘yicha eng dahshatli qiynoqlar qo‘llaniladigan davlatlar 5 taligiga kirgan edi. Siz bugun zolimni sog‘inganda uning zulmini ham sog‘inyapsiz, janoblar!

2. Karimov oqposhsholar va kommunistlar 150 yilda qilolmagan ishni 27 yilda ortig‘i bilan bajarib ketdi. O‘zbekdan itoatkor biomassani yasadi. Karimov yana 25 yil ot o‘ynatib turganida O‘zbekistonni ulkan cho‘chqaxonaga aylantirishi aniq edi.

3. Karimov davrida O‘zbekiston qiynoqlar, bolalarni majburiy mehnatga chiqarish, korruptsiya, davlat miqyosidagi narkotrafik, ta'lim sifati va boshqa indekslar bo‘yicha dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylandi. Bugun har ikki gapining birida xato yozayotgan savodsizlar armiyasi ham aynan cho‘tirning davrida voyaga yetdi.

4. Karimov 1999 yilgi Toshkent portlashlarini uyushtirib, mamlakatni ulkan qamoqxonaga aylantirdi. 2005 yilda yuzlab andijonliklarni pulemyotdan otib tashladi. O‘sha mitingga qo‘llarida chaqaloqlari bilan chiqqan ayollarni ham ayab o‘tirmadi. Agar yana shunday qotilliklar va qama-qamalar qaytsin desangiz, Karimovni sog‘inishda davom etaveringlar, biojanoblar!

5. Agar o‘zbek gasterbayterlaridan va fohishalaridan iborat ulkan armiya yanada ko‘paysin desangizlar, Islom dodangizni sog‘ining, uning qayta tirilishini so‘rang. Balki siz manqurtlarga rahmi kelib, Tangri Taolo boshingizga Karimovdan ham battar birovini jo‘natar. Zolim istaganga – zolim, odil istaganga – odil beriladi, janoblar!

6. Ikkinchi, yomonroq erga chiqib, avvalgi erini sog‘inaveradigan yig‘loqi xotinlarga o‘xshab, avvalgi zamonlarni qo‘msayvergandan ko‘ra, toptalgan haqlaringizni talab qilishni o‘rganmaysizlarmi?! Ish izlab, dunyoning turli burchaklariga sochilib ketgandan ko‘ra, O‘zbekiston hukumatidan mamlakatning o‘zidan ish topib berishni so‘ragan yaxshi emasmi?

Ha, aytgancha, qo‘rqoq qo‘yligingiz esimdan chiqibdi. Qo‘y qachon haq talab qilgan? Qo‘y qachon bo‘riga aylangan?! Hech qachon! Qo‘ylarning qismatida ertami-kechmi baribir so‘yilib, yeyilish bor. Ularni yo bo‘ri yeydi, yo cho‘pon!

Sizlarni kim so‘yib yegani ma'qul, biojanoblar?

Navoiy haykalini kim burib qo‘ydi?

Rossiya imperatori xaritaning ustiga lineyka qo‘yib, qalam bilan Moskva va Peterburg o‘rtasini bog‘lovchi chiziq chizadi.

Qalam lineykaning barmoq tegib turgan joyiga kelganida sakrab ketib, kichik yarim oy yasab, yana to‘g‘ri chiziq davom etadi.

Demak, bu ikki shahar o‘rtasida temir yo‘l o‘tkazilishi kerak edi.

Muhandislar ikki shahar o‘rtasini bog‘lovchi yo‘l o‘rtasida birdan yarim aylana nega paydo bo‘lganiga hayron qolishadi.

Bu shunchaki podshohning barmog‘iga qalam tekkani bilan bog‘liq «podlog» ekanini o‘ylashmaydi ham.

Moskvadan «Krasnaya Strela» poezdiga tushib ketsangiz, yarim yo‘lga borganida poezd birdan burilib, yoy yasab, yana yo‘lida davom etadi. Bu endi tarix.

Ikki yil oldin prezident Mirziyoev Milliy boqqa borganida «Alisher Navoiy nega vovillashga ham yaramaydigan deputatlar o‘tiradigan Oliy Majlisga qarab turibdi? Men uning o‘rnida bo‘lganimda Said Ahmad haykaliga qarardim», deydi.

Shotirlar yugurib borib, palon million sarflab, haykalni burib qo‘yishdi.

Balki Yurtboshi askiya qilgandir. Balki prezidentning aqli arxitektura va nafis san'atga kelganda oqsaydir, deb o‘ylashmagan ham.

Bu ishni qilgan o‘zbek mulozimlari.

Uyaling, Po‘lat Bobojonov!

26 fevral kuni «Haqiqat va taraqqiyot» partiyasi lideri Xidirnazar Allaqulov uyi kuch tuzilmalari tomonidan qurshab olingani haqida xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqda qilgan jonli chiqishida Xidirnazar Allaqulov huquq-tartibot organlari tomonidan zudlik bilan Andijon viloyatiga yetib kelish talabi qo‘yilayotganini aytdi. Shu kunning o‘zida siyosatchi Andijon viloyatiga kuch bilan olib ketildi.

Andijon viloyati IIB tergov bo‘limi ofitseriga ko‘ra, qamoqqa olingan Xidirnazar Allaqulovning yordamchisi «hujjatlarni soxtalashtirish» degan jinoyatda ayblangan.

Allaqulov esa yordamchisiga bu haqda «ko‘rsatma berganlikda» ayblangan.

Andijon viloyati va Toshkent shahrining eng saralangan va tish- tirnog‘igacha qurollangan ofitserlari hamma ishni qo‘yib, faqat Allaqulovni «fosh etish»ga safarbar qilingan.

Kechaning o‘zida Toshkent va Andijonda¸ ayniqsa, Buloqboshida sodir bo‘lgan o‘nlab jinoyatlar e'tiborsiz qolgan.

Qissadan hissa shuki, Ichki ishlar vazirligi siyosiy o‘ch olish quroliga aylantirildi.

Po‘lat Razzoqovich, siz men nima deyayotganimni yaxshi tushunasiz.

Har kim o‘z ishini qilsin.

Prokurorlar devor oqlamasin.

DXX xo‘rozbozlar ortidan quvlamasin.

Bu gaplarni yozayotib balkondan qarasam, Toshkent markazida yo‘l chetida turgan mashina g‘ildiragini bezbetlarcha o‘marib ketishdi.

Sizning mirshablaringiz o‘g‘rini ushlash o‘rniga rejimning siyosiy muxolifini qamayman deb, tilini osiltirib yugurib yuribdi.

O‘zbek IIV xodimlari «fas» desa, rejim «dushmani»ni borib, sonidan tishlaydigan ko‘ppak emas.

Po‘lat Razzoqovich, uyaling!

Oddiy IIV xodimlari sizni hurmat qilmay qo‘ydi allaqachon.

Domlani moshinaga bosib olib ketgan va unga tuhmat tashlaganlar ham farovon hayot kechirmaydi.

Ularning uyi ham sovuq bo‘ladi¸ chirog‘i ham o‘chadi.

Bolalari sariq kasaldan o‘lib ketadi.

Ertaga o‘zlari qamalib ketishi ham hech gapmas.

Ular ham barchaga kelgan mashaqqatlar tagida ezilib o‘lib ketadi.

Bu mamlakatda faqat ming odam yaxshi yashaydi.

Millionlar esa mashaqqat ichida.

Hurmatli IIV xodimlari, sizlarning nomingiz qora bo‘lgani qoladi, xolos. Xalqqa zulm qilmang.

Xalq ichidan chiqib, mamlakatni o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga qanjiq itlarday tashlanmang.

Zulmga sherik bo‘lmaslik uchun sizning ortingizda Konstitutsiya bor.

Zolimlar esa Putinga sotilgan manqurtlardir.

Atavizm

Bulgakovning «Ityurak» asari qahramoni professor Filipp Filippovich Preobrajenskiy itni operatsiya qilib odamga aylantiradi.

Ammo tashqi ko‘rinishi odamga o‘xshagani bilan itning itligi tutaveradi.

Ilmiy tilda bu “atavizm” deyiladi.

Shu ma'noda G‘arb matbuotida Karimov o‘limidan keyin «ochilib, insoniy qiyofa kasb qildi», deya olqishlangan O‘zbekiston yangi boshqaruvining kundan kunga «itligi» tutmoqda. Kechagi bo‘rilar ustiga qo‘y terisini yopib ma'ragani bilan o‘zgarib qolmaydi. Bo‘rini ming boqsang ham baribir uvillaydi. Past pastligicha qolaveradi.

Pahlavon Mahmud aytganidek. «Xas xaslikcha qolur, agar uni shamol ko‘tarsa hamki osmonga qadar.»

Qullik tamg‘asi

Biz o‘zbeklarga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Bir-birimizdan bezormiz, bir-birimizdan qo‘rqamiz, bir-birimizga ishonmaymiz, bir-birimizni sotamiz.

Moskvayu Londonda, Istanbulu Seulda ko‘z-ko‘zga tushsa, o‘zimizni ajnabiy tutamiz. Iloji bo‘lsa, hamyurtlarimizni sotib yuboramiz, bo‘lmasa, pasportini o‘g‘irlab survoramiz.

Juma namoziga ibodat bahona o‘g‘irlikka chiqamiz, bo‘lsa sadaqa sandig‘i, bo‘lmasa kalish o‘maramiz.

O‘n yil to‘plab bir kunda to‘yga sochvoramiz va yana Rossiyaga suramiz. Yana o‘n yil to‘plab uy quramiz. Yo «gruz 200» bo‘lib qaytamiz yoki o‘z oyog‘imiz bilan qaytib qabr sotib olamiz.

Chunki biz erkning qadriga bormaymiz, hur insonday yashashni bilmaymiz. Haqqimizni talab qila olmaymiz. Qo‘rqamiz. Orol qurisayam baliq kabi unsizmiz, damba yorilsa ham miq etmaymiz, biz to‘lagan soliq hisobiga maktab yo kasalxona emas, siti va saroylar qurishadi.

Tuyaqushga o‘xshab boshimizni yerga tiqib olamiz, birov ko‘rmasin deya. Chunki qo‘rquvimizdan uyalamiz, chunki huquqiy ma'lumotimiz yo‘q. Qoloqligimiz va johilligimiz tufayli jasoratni jaholat, jaholatni jasorat deb tushunamiz.

Shoir va siyosatchi Muhammad Solih bu xulq-atvorimizni “pastkashlik kompleksi”, deya baholarkan haqli edi:

Qachon biz yengilishni qismat o‘laroq qabul eta boshladik? Siynalarda bu pastkashlik kompleksi qachondan boshlab urchiy boshladi?

Amir Temurning vafoti aqobinda yiqilgan saltanatmidi cho‘kishning boshlanishi?

Shayboniy saltanati edimi bizning so‘ng sapchishimiz?

So‘ngra millat va davlat sifatida parcha-parcha bo‘lish – qochib bo‘lmas qismatmidi haqiqatan ham? Xoinlar Toshkentning darvozalarini ruslarga ochib berayotganida Qo‘qon nega “To‘xta” deya hayqirmadi; nega Buxoro amiri joriyalarning quchog‘idan chiqib, rusga “Hey, nima qilayapsan?” demadi; nega Xiva xoni chilimdan boshini ko‘tarib, dushman “Toshkentni ishg‘ol etdi, hamma jihodga!” deya oyoqlanmadi?

Biz haqorat va xo‘rlikka ko‘nikkan edik. Bugun bu ko‘nikma bizning DNKamizdan o‘rin oldi!

Undan qutulish uchun 30 yil emas, yana 300 yil kerakka o‘xshayapti, vallohi a'lam.

Qarg‘algan millatning qozisi – fosiq,
Olimi savdogar, ilm sotib yashar.
Shoirlari esa aqldan ozib,
Dushmandan mukofot olmoqqa shoshar…
M. Solih

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 noyabr 2020
Rassom Tuz karikaturasi
25 may 2018
Kimligi unchalik muhim bo‘lmagan shaxs tomonidan «Mening fikrim» ijtimoiy portalida prezident Mirziyoevga «O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida bildirilgan taklif ...
26 sentyabr 2016
«Kun.o‘z» sayti banklardan hatto tashkilotlar ham maosh uchun naqd pul olishda muammolarga duch kelayotganini yozdi. O‘zbek matbuotidagi bu kabi ...
8 oktyabr 2021
Bu 20-asrning eng buyuk o‘zbek shoiri Muxammad Solih yozgan she'rdan iqtibos edi. Bir vaqtlar Gdlyan «O‘zbeklar o‘g‘ri» deganda, O‘zbekistondagi ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...