Catira
28 aprel 2021

Avtobus-3

«Abdulla G‘arip Prodakshn», rassom Elsevar, rassom Tuz va «Eltuz» yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi.

Avtobus oldida Putin va avtobus haydovchi.

Putin: Chto eto?

Haydovchi: Avtobus. O‘zingiz 4 yil oldin o‘tqazib ketuvdingiz. Hali tushganim yo‘q.

Putin: Mendayam avtobus bor. U senikidan 38 marta katta. Lekin men uni doim haydamayman. Ayiqpolvonga avtobus haydashni o‘rgatganman. Binoyiday haydab yuribdi. Gelenjikdagi qasrimda yotaman.

Haydovchi: Mendayam qasr bor. Bir milliardga qurdim. Shovvozsoyda. Lekin menga sho‘pirning kabinasi ko‘proq yoqadi.

Putin: Tы tak mnogo ne rabotay. A to sapsem bashka budet bolet. Sen borib, Shovvzzsoydagi qasringda nos chekib tur. Bitta malchikni Shovvozsoygacha olib ketib, choy-chilimidan xabar olib tur. Ashag‘da tinch bo‘ladi. Yo‘lda qornini to‘yg‘izasan. AQSh sanktsiya ro‘yxatiga kiritmoqchi uning nomini.

Alisher U: Zdrasti.

Haydovchi: Shu malchikmi?

Putin: Malchik, albatta. Qizcha emas-ku.

Haydovchi: Avtobusni kim haydaydi? Bizda ayiqlar yo‘q. Hammasini xalqimiz otib o‘ldirvorgan.

Putin: Anavi mo‘ylov kim? Boshi kal? Ayiqdan ham ovsar ko‘rinadi. Shu haydasin.

Haydovchi: Bu bechora Abdulla G‘arib. Narigi o‘lgan sho‘pir davrida qiynalgan yetim. Yo‘l-po‘lda o‘lib qomasin deb boshini silab qo‘ynimga oganman. Rosa sodoqatli. O‘zi kallaxonadan.

Abdulla G‘arib: Zdrasti.

Putin: Bor, rulga o‘tir.

Abdulla G‘arib: Spasibo nachalnikning nachalnigi.

Putin: Bir-ikki oy haydab tur. Manavi Shovvozsoyda o‘tirib tursin. Keyin reshat qilamiz.

Abdulla G‘arib: Rul ishlamayapti. Prosto gir-gir aylanadi. Bolti bo‘shab ketibdimi yo?

Putin: Senga rul nima kerak, kal. Baribir men boshqaraman. Distantsionno! Manavi pultim bilan. Zamondan orqada qopsan, G‘arib.

Abdulla G‘arib: Spasibo nachalnikning nachalnigi.

Sahna almashadi. Abdulla G‘arib avtobusni haydab ketyapti.

Xonim sotuvchi: Alg‘ov-dalg‘ov zamonlarga qoldik. Mo‘ylovli sho‘pirni endi ko‘rishim.

Chol: Mo‘ylovli sho‘pirni men ko‘rganman yoshligimda. Bileti yo‘qlarni shartta otib tashardi.

Pattachi xotin: Shunaqa qilish kerak. Demokratiya – bu anarxiya emas. Har bir odam aytgan so‘ziga javobgar bo‘lsin. Biletsiz yurganlar va og‘ziga erk berganlarni otib tashash kerak.

Stilyaga bola: U davr boshqa edi. Hozir zamon ko‘tarmaydi. Telefoniga olib chiqarvorishadi.

Galstukli odam: Demokratiya yo‘q, bo‘maganam. Nega manavi mo‘ylov rulga o‘tirvoldi? Nega bizdan hech kim so‘ramadi?

Pattachi xotin: Avtobus sho‘pirining o‘zi biladi kimga haydatishni. Bu mo‘ylov ham o‘rgansin haydashni. Bo‘masa o‘zi haydardi. Qachongacha muhtaram sho‘ipr qiynalib rul buraydi. U ham dam olishi kerak. Sho‘pirlarga oson emas. Tekin qatiq berish kerak ularga.

Stilyaga bola: Tekin qatiq? Harflarni adashtirvormadizmi, xola? (Kulgi ovozi).

Shu payt avtobus g‘ildiragiga mix kiradi. Pooq etib portlagan ovoz eshiriladi.

Mulla: Aytgandim-ku siyosatga aralashmanglar deb.

Stilyaga bola: Kimdir qattiqroq o‘sirvordimi?

Abdulla G‘arib: G‘ildirak teshilibdi. O‘zi men sho‘pir emasman. Sho‘pir Shovvozsoyda. Nima qilishni bilmayman.

Xonimchi ayol: Men erga tegmasimdan oldin kalishim teshiluvdi. Borib yamatib kelganman.

Stilyaga bola: Rostdan ham kalish teshilganmidi? (Kulgi).

Chol: Avtobusda zapas g‘ildirak bo‘lishi kerak.

Stilyaga bola: Zapas g‘ildirakni yo‘lda boshqa avtobuslarga sotvorishgan.

Abdulla G‘arib (yorilgan ballonni yumalatib ketyapti): Men bir traktor topib kelsam, shatakka olsin.

Pattachi ayol: Yaxshisi sho‘pir rulni burab o‘tirsin. Biz esa xuddi tez yurayotgan avtobusda ketayotganday rol o‘ynab turamiz.

Shovqin-suron ko‘tariladi. Sho‘pir magnitofon knopkasini bosadi. Muzika yangraydi:

Daryo – toshqin, suvlar – to‘lqin, o‘tolmayman-ey,

Otim – oriq, manzilimga yetolmayman-ey.

Otginamni oriq qilgan shu mayda tosh-ey,

Ranginamni sariq qilgan shu qalamqosh-ey!

Daryolarning u yuzida o‘ylaringiz-ey,

Oqarishib ko‘rinadi bo‘ylaringiz-ey,

Ipakmidi, baxmalmidi kiyganingiz-ey,

Bizlardan ham ortiqmidi suyganingiz-ey!

3-qism tugadi. G‘oya muallifi rassom Tuz, 2021 yil 28 aprel.

Tag‘in o‘qing
27 sentyabr 2017
Prezident Mirziyoev va'dalariga ishonib vatanga qaygan dissident yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurullox Muhammad Raufxon)ning, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida hibsga ...
6 sentyabr 2018
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga ...
15 fevral 2016
Bugungi o‘zbek gazetalari ham suvi ko‘pu ko‘miri oz maqolalarga to‘la bo‘ldi. Ajnabiylar tilidan gapirayotgan «Xalq so‘zi»ga ko‘ra, O‘zbekiston «dunyodagi ...
8 mart 2021
Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...