Asosiy mavzular
10 iyun 2021

Avtobus-9. Qarabtepar

“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 9-qismini taqdim etadi.

Rus traktori shatakka olgan avtobus yurib ketyapti.

Chiptachi ayol (karnaydan): “Hurmatli yo‘lovchilar! Muhtaram bashorat qilgan nurli kelajakka ko‘taringki ruhda yetib borishimiz uchun avtobusda “qarabtepar” o‘yinini tashkillashtirishga topshiriq berildi.

Ko‘zoynakli yigit: Qaramasdan tepmasa bo‘lmaydimi? Birinchi haydovchimiz 27 yil orqaga qaramasdan tepishni o‘rgatib ketdi-ku!

Chol: Yoshligimizda bu o‘yinni “lanka” deyishardi. Bir parcha qo‘y juni va uni ostida tangadek qo‘rg‘oshin yopishtirilgan, uni xohlagan usulingizda tepaverasiz, muhimi, yerga tushirib yubormasangiz bo‘ldi.

Xonimsotar ayol: Meni ba'zilar «lanka» deb masxara qilishlarini hech tushuna olmasdim (kulgu).

Haydovchi: Bizda hamma narsa tizimli bo‘ladi.“Qarabtep—lanka” xalq o‘yinini ommalashtirish uchun alohida federatsiya tashkil qilinadi. Qarori ijrosi uchun allaqachon Vishloq xo‘jaligi vazirligi va metallurgiya zavodlari ishga kirishdi.

Mulla: Olimu ulamolarimizning yulduzlarga qarab bashorat qilishlaricha, lankadan ko‘p naf bordur. Uning yanada samarali o‘yin bo‘lishi uchun avtobusning bir burchagiga issiqxonayam qurish kerak. Lanka o‘yinchilariga qulay bo‘ladi. Ammo avval Zangi buvaga borib, bir nazr ato qilish kerak!

2-mulla: Ulug‘larning maqbaralarida Allohning rahmati bo‘ladi. Shuning uchun boramiz u yerga. U yerdan biz kuchli motivatsiya olamiz o‘zimizga. Fayz olamiz va ularni vasila qilib duo qilganimizda, duoyimiz ijobat bo‘ladi.

Yo‘lovchilardan biri: Aynan bu issiqxona ishga tushgandan keyin Janubiy Koreya bilan kontrakt qilganmiz.  Besh million dollar rejalashtirganmiz bu yilga.

Ismat Xushev: O‘zbekistonda bugun juda ko‘p sohalarda adolat tiklanyapti. Prezidentning farmonini men tilla topgan gadoyday quvonaman, men uchun juda bir katta haqiqatning va adolatning tiklanishi bu.

Yo‘lovchilardan biri: Bu lankani etikni terisidan ham yasasa bo‘ladi

Chiptachi ayol: Xudo xohlasa, hokimbuvalar lanka o‘ynashni boshlab yuborishdi, endi tuman va shahar markazlarida odamlar gala-gala bo‘lib lanka tepishadi.

Qudrat Bobojonga o‘xshagan yo‘lovchi: Har ehtimolga qarshi qo‘rg‘oshin va qo‘yning junini g‘amlab qo‘yaveringlar.

Toshkent shahri hokimi Jo‘xaga o‘xshagan yo‘lovchi: Junlar chetga chiqarilmayapti. Kunning issiqligi va junlar yaroqsiz holga kelgani uchun pul qilishning yangi usuli. Lyubaya biznes xarasha…

Mulla: Bilasizlarmi, bir savdogar nima qilibdi deng? Odam bolasining xayoliga kelmaydigan ishlar. Urushga boribdi. O‘lgan askarlarning etiklarini yig‘ib, bir vagon qilib Toshkentga olib kelibdi.  

Avtobus shatakka olingan holda ketyapti.

Chol: Eshshakmindi o‘yiniyam esdan chiqmasin, toshloqliklar yaxshi bilishadi.

Hokim: Bozorning ustidan yozadiganiyam Toshloqdan, bozorda bir-birining ustidan eshakmindi o‘ynaydiganiyam Toshloqdan.  

Haydovchi: Lanka ortidan oshiq o‘ynash federatsiyasi ochiladi, ana undan keyin chillak federatsiyasi. Federatsiyaga avtobus chiptasidan tushgan puldan oylik ajratiladi.

Qora ochkilik yigit: Endi qo‘rg‘oshinning narxi ko‘tarilishi aniq. Avval qo‘rg‘oshin bo‘lgan akkumulyatorlarning ham narxi ko‘tariladi, agar akkumulyator ko‘tarilsa, avtobus chiptasining narxi oshadi.

Qora ko‘zoynakli yigit: Lankachilik rivojlanib ketib O‘zbekistonda lanka bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilib, 1-2 yildan keyin qo‘y terisi qolmasa, o‘rniga turkman alabay itlarining terisiniyam ishlatsa bo‘larmikin ??!!

Akmal Saidov: Yaxshi fikr, shuniyam lanka reglamentiga kiritib kuyish kerak! Avval yo‘l xaritasini tuzib olaylik!

Yo‘lovchilardan biri: Biz lanka o‘ynagan paytda «Shahnozalar» degan qo‘shiq bo‘lardi… (qo‘shiq yangraydi).

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 mart 2016
26 fevral kuni qabul qilingan qaror ijrosi shu kunlarda viloyatdan Toshkentga kelganlar uchun jiddiy muammoga aylanib ulgurdi. Guvohnoma olish ...
13 oktyabr 2016
Operatsiya stolida qolayotgan sho‘rlik bemorning paxta tugashini kutishdan boshqa chorasi yo‘q. Chunki tibbiyot xodimlari uchun inson sog‘lig‘idan ko‘ra, paxta ...
7 iyul 2019
Xayrullo Fayz 1970 yilda Ho‘jandda tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitkazgan. Bi Bi Si radiosining o‘zbek xizmatida ishlaydi. Ochilgan ko‘zdan ...
21 sentyabr 2016
O‘zbekiston Ichki ishlar organlari haqida qonun qabul qilinishi ortidan, Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar almanishi kuzatilmoqda. Biroq, ekspertlar fikricha ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...