Asosiy mavzular
29 iyun 2021

Kelinni qaynsinglisi o‘ldirgani iddao qilinmoqda

O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi.

Sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, uning o‘limiga paratsetamol va diazalin dorilarini ko‘p miqdorda ichgani sabab bo‘lgan. Qizning yaqinlari esa uni qaynsinglisi va qaynonasi kaltaklangani, keyin majburlab dori ichirishganini iddao qilishmoqda.

Qizning otasi Ikromjon Nazarov shu kuni ertalab soat 7 da qizi uyida janjal bo‘lganini aytib qo‘ng‘iroq qilgani, u esa qizini murosaga chaqirganini aytadi.

«Dada, bu uydan meni olib keting», deb qo‘ng‘iroq qildi. Men bordim. «Qizim, hamma oilada ham shunday bo‘lib turadi. Turmush – musht. Uning mushtlariga chidaysan. Sabr qil», deb qizimni yupatdim”, deydi Nazarov.

Qizning otasiga ko‘ra, o‘sha kuni janjal dastlab 2 litr sutning achib qolganidan kelib chiqqan.

«Eridan ajralib kelgan qaynsinglisi uni «Nega sutni uvol qilding!» deb urib, kuylaklarini yirtib tashlagan ekan», deydi qizning otasi.

Bu paytda uyda qizi bilan birga uning qaynonasi, qaynsinglisi va kuyovi Iqboljon A'zamov ham bo‘lgan.  

Qizning yaqinlariga ko‘ra, katta janjal otasi ketganidan keyin davom etgan. Qizning ayvonga borib yiqilganini ko‘rgan qayinlari uni hushiga keltirishga urinishgan. Kuyovi yetib kelib unga ukol ham qilgan.

Qizning otasi, shuningdek, uni reanimatsiyaga o‘lik holda olib borishganini, qizining ichki kiyimlari ham bo‘lmaganini aytadi.

“Tushlikdan keyin, soat 3.00 larda tez yetib keling, deb qo‘ng‘iroq qilishdi. Borsam, reanimatsiyadan boshqa joyga ko‘chirishgan ekan. Men o‘sha yerda qizimning badanida va iyagida jarohat izlari borligini ko‘rdim. Bu izlar uni ertalab ko‘rganimda yo‘q edi”, deydi Nazarov.

Nazarovning «Eltuz»ga aytishicha, tuman tibbiyot birlashmasi ekspertiza bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi va prokuraturasi bu ishni bosti-bosti qilmoqchi. Sababi, kuyovning tog‘asi katta ishda ishlarmish. Bitta tog‘asining o‘g‘li viloyat hokimining o‘rinbosari ekan.

«Qizim oliy ma'lumotli edi, uning orzulari ko‘p edi. Bir yarim yashar qizi bor edi. Men qizimning o‘z joniga qasd qilganiga ishonmayman», deydi Maftunaning otasi.

Uning qizi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani Tegirmon qishlog‘idan shu tumanning Kenagas qishlog‘iga kelin bo‘lib tushgan, bir yarim yashar qizi bor, eri tish doktori edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 yanvar 2023
Rassom Tuz @eltuz
19 sentyabr 2021
O‘zbekistonning “Orient Group” kompaniyasi bilan bog‘liq bir yillik tergov ishi shuni ko‘rsatdiki, uning O‘zbekiston prezidenti bilan oilaviy aloqasi mavjud ...
1 dekabr 2015
Akmal Nabiev Yeltuz.com Yaqinda men ishlaydigan qurilishga politsiya xodimlari kelib, hujjatlarimiz joyida bo‘lishiga qaramay barcha ishchilarni politsiya bo‘limiga olib ...
9 dekabr 2023
Aziz vatandoshlar, Barchangizni 2023 yil 9 dekabr, Shanba kuni, soat 16.00-20.00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...