Asosiy mavzular
20 avgust 2021

Huquqi uchun kurashgan ohangaronlik tadbirkor ruhiy kasal deb topildi

Joriy yilning 5 avgustida Oliy sudning sudlov hay'ati O‘zbekiston fuqarosi David Bagmanyanni ruhiy nosog‘lom deb topish to‘g‘risida avval qabul qilingan sud qarorlarini tasdiqladi. 

”Bir so‘z bilan aytganda, bizda oshkoralikni, haqiqatni gapirgan odamni yoqtirishmaydi”, deydi sud qaroridan norozi tadbirkor.

Ohangaronlik 42 yoshli tadbirkor David Bagmanyan hali ham o‘z boshiga tushgan bu ko‘rgiliklarga ishonmasligini aytadi.

“Ba'zan hatto ertalab uyg‘onarkan, hammasi tushda ro‘y berganday tuyuladi. 2019 yilning 23 aprelida men Ohangaron ShIIB tomonidan ushlandim. Meni ShIIBga taklif qilishdi. Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Nazarov Safar menga nisbatan ruhiy shifoxonaga majburiy davolanish uchun yotqizish haqida ajrim borligini bildirdi.

Men avval agar bu talabni rad qilsam nima bo‘lishini so‘radim. “U holda sizga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lamiz, qo‘lingizga kishan solamiz”, dedi, Men qarshilik ko‘rsatishdan ma'no yo‘qligini tushundim”, deya hikoya qiladi Bagmanyan.

Shu tarzda uni uchastka noziri 2019 yilning aprel oyida Toshkentning Sergeli tumanidagi respublika ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib boradi. Kasalxona atrofi temir panjaralar bilan himoyalangan, 1-yopiq bo‘limida uni 30 kun saqlashadi. 

David Bagmanyanni og‘ir ruhiy kasal deb tan olish to‘g‘risidagi ariza tuman sudiga 2019 yil fevral oyida Ohangaron shahri hokimligi tomonidan berilgan va mahalla raisi Mutalov tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. 

Mutalov o‘z arizasida Bagmanyanni: «Qo‘pol odam, o‘z ota-onasiga quloq solmaydi, davlatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishidan norozi bo‘lgani bois aholi orasida salbiy kayfiyat yaratadi», deya ta'riflagan.

Sud qarorida, shuningdek, Bagmanyanni ruhiy nosog‘lom deb tan olishning haqiqiy sababi ham ko‘rsatilgan – 2018 yil fevralidan to shu kungacha tadbirkor prezident qabulxonasiga 54 ta murojaat yozib, Ohangaron hokimligi mulozimlari harakatlaridan shikoyat qilgan. 

David buzilgan mulk uchun tovon to‘lashni talab qilib, ko‘plab shikoyatlar yozganini inkor etmaydi. 2018 yilda Ohangaron shahri hokimligi uning oilasiga tegishli ikkita turar joy binosi va do‘konini buzishga qaror qildi. Bagmanyanning so‘zlariga ko‘ra, unga vayron qilingan mulki uchun hech qanday kompensatsiya to‘lanmagan. 

Hokimlik Bagmanyanning «o‘z mulki buzilishi» bilan bog‘liq shikoyatlarini «asossiz shikoyatlar va tuhmat», deya hisoblaydi va Bagmanyan «jamiyatda asabiy va nosog‘lom muhit yaratadi»,  deya iddao qiladi.  Aftidan, hokimlikning Bagmanyanning layoqatsiz deb topilishini talab qilishi uning majburiy tarzda ruhiy davolanishga yuborilishiga asos bo‘lgan. 

Shu yilning mayida prezident Mirziyoev psixiatriya yordami to‘g‘risida yangi farmonni imzolagan edi, biroq bu farmon ham David Bagmanyan taqdirida hech narsani o‘zgartirmadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 iyul 2017
O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvda rosa ularning po‘stagini qoqqan prezident Shavkat Mirziyoev partiyalar nashrlari faoliyatini ham chetlab o‘tmadi. ...
19 dekabr 2016
Bosh vazir Abdulla Aripov yetakchiligidagi komissiya «Xalq qabulxonalari»ni ochishi lozimligi aytiladi prezident Mirziyoevning farmoyishida. Karimov an'analari ortidan borayotgan Mirziyoev ...
8 mart 2022
Qozog‘iston muxolifati lideri Muxtor Ablyazov Feysbuk sahifasida 7 mart kuni Rossiya kommunistlari lideri Zyuganovning navbatdagi shovinistik chiqishi ortidan quyidagi ...
13 may 2019
Bosh vazir Abdulla Aripovning 6 mayda imzolagan IIV, mudofaa, Milliy gvardiya, bojxona xodimlari bolalarining oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz o‘qishga ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...