Asosiy mavzular
16 sentyabr 2021

II qism: Yashin tezligida to‘plangan boylik. “Orient Group” bilan tanishtiruv

2019 yil noyabrda Londonda nufuzli sarmoyadorlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U yerda xalqaro moliyachilar, diplomatlar va tadbirkorlar O‘zbekistonning siyosiy va byurokratik sinflariga tegishli eng taniqli arboblar bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekiston rivojlanayotgan yirik bozorga aylanib, misli ko‘rilmagan darajada o‘sishga tayyor iqtisodiyoti boylik orttirish uchun ayni muddao ekani haqida bong urildi. 

Sobiq prezident Islom Karimov (1991-2016 yillar) hukmronligi paytida polkovniksifat shaxslar tantanali ravishda rus tilida nutq so‘zlaydigan postsovet davrining timsoli ikonografiyadan chiqib ketdi. Uning o‘rnini yosh, orqa sochlari silliq va gavjum auditoriya bilan gaplashadigan, “Ayvi Ligasi” o‘rgatilgan davlat amaldorlarining xushchaqchaq sinfi egalladi.

Investitsion konferentsiya jihozlari va manbalarining markaziy sahnasida uning bosh homiysi “Orient Group” emblemasi turar edi. Ularning rahbarlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining nufuzli vakillari bilan birgalikda chiqish qilib, konferentsiyaning asosiy namoyandalaridan biri bo‘lishdi.

Bu Markaziy Osiyodagi biznesga eng xayrixoh hukumatni va'da qilgan Shavkat Mirziyoevning islohotchi prezidentligi davrida ko‘p jihatdan yangi O‘zbekiston uchun ideal korporativ ko‘rinish edi.  

Ammo ommaviy reklama kampaniyalariga katta mablag‘ sarflagan “Orient Group”ning jimjimador tasvirlari ortida oshkor qilish talablari cheklangan korporativ yurisdiktsiyada jamoatchilikdan yashirilgan ancha munozarali dunyo mavjud.

“Orient Group” kompaniyasining kelib chiqishini 2010 yilda xususiy “Orient Finans Bank” tashkil etilgan hamda yaqinda “Asiamoney” kompaniyasining “Korporativ ijtimoiy javobgarlik” bo‘yicha eng yaxshi bank mukofotiga sazovor bo‘lgan paytdan boshlab kuzatish mumkin. Yaqinda “Standard & Poors” kredit reyting agentligi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Orient Group” kompaniyasining muvaffaqiyat tarixiga xos mavzu ostida “Orient Finans Bank” banki haqida quyidagilarni ma'lum qildi: “O‘zbekistonning boshqa kichik va o‘rta banklaridan farqli o‘laroq, u Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi”. 

2016 yildan buyon “Orient Group” qariyb yarim milliard dollarga yaqin sarmoya jalb qilgan holda nihoyatda gullab-yashnadi. Bu sarmoya konglomeratning qurilish, yuk tashish, qishloq xo‘jaligi, chakana savdo, moda, ko‘chmas mulk, og‘ir sanoat, ishlab chiqarish, supermarketlar, gipermarketlar, savdo markazlari, logistika, omborxona, franchayzing, bank, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar sohasida tez kengayishiga imkon berdi.

“Orient Group” bir qator taniqli brendlarni o‘z ichiga oladi. Munozarali qurilish tashkiloti bo‘lmish “Golden House” bunga misol.

“Golden House” Toshkent qiyofasini o‘zgartiradigan qator yangi turar joy, ofis va tijorat binolarini qurgan. U o‘zining keng ko‘lamli qurilishlariga yo‘l ochish maqsadida aholini, jumladan, ashkenazi yahudiylar jamiyatini qo‘rqitib, zo‘rlik bilan chiqarib yuborganlikda ayblangan.

Shuningdek, “Orient Group”ning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i ham qo‘rqitish taktikasida ayblanmoqda. 

“Orient Group”ning Toshkentdagi to‘qimachilik fabrikasida ishlaydigan ishchi “Ozodlik” radiosiga bunday dedi: “Ko‘pchiligimiz smenada – haftasiga 6 kun, kuniga 12 soat ishlaymiz. Shartnomada 8 soatlik ish vaqti ko‘zda tutilgan bo‘lib, undan ortiq soatlarga qo‘shimcha to‘lanishi kerak. Ammo ular to‘lashmaydi. Biz Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qildik, ammo natija bo‘lmadi”.

Sarlavhalar ortidagi nomlar

Hozirda oflayn bo‘lgan “Orient Group” veb saytida O‘zbekistonning so‘nggi besh yillikdagi misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat tarixi haqidagi hikoyalardan biri uchta asoschiga bag‘ishlangan. Payzullajon Mirzaev va Dilmurod Po‘latov nisbatan noma'lum shaxslar, uchinchi asoschi Saken Po‘latov esa boks dunyosida taniqli shaxs va Milliy olimpiya qo‘mitasining yuqori martabali amaldori.

“Orient Group” kompaniyasining yirik aktsiyadori Oybek Umarov ro‘yxatdan tushib qolgan. 2018 yilda “Ozodlik” radiosi professional futbol o‘yinlari natijasiga uning noto‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishga urinayotgani haqidagi dalillarni topgach, Umarovga oid xabarlarni e'lon qildi.

Ayniqsa, bu bayonotni yanada alangalatgan omil Oybekning yuqori martabali akasi Otabek Umarov edi. Otabek – prezident Mirziyoevning kuyovi hamda Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari.

Ularning oilaviy rishtalardan ko‘ra umumiy jihatlari ko‘proq. Otabek Umarov ukasi Oybekka tegishli bo‘lgan OU7 fitnes brendining ommaviy yuzi hisoblanadi.

Oybek Umarov, shuningdek, “Orient Group” kompaniyasining eng qimmatbaho korporativ aktsiyalariga ega.

Mazkur tekshiruv 2020 yil oxiri va 2021 yil boshida o‘tkazilgan paytda u 48 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega bo‘lgan “Bektemir metall konstruktsiyalari” kompaniyasining 14,58% aktsiyalariga egalik qilgan. U metall buyumlar, quvurlar, yo‘l to‘siqlari, yoritish ustunlari va aloqa minoralari kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyadir.

Shavkat Mirziyoevning bu zavodga tashrifidan so‘ng tvitda ma'lum bo‘lishicha, prezident kompaniyaga “sanoat klasteri bo‘lishni” maslahat bergan.

“Bektemir metall”ning boshqa aktsiyadori – Shotlandiyadagi ustav kapitalida 21 million AQSh dollari bo‘lgan “Yardrock Development LP” mas'uliyati cheklangan jamiyati 43,75% ulushga ega.Aktsiyadorlar safida uning 25% ulushini sotib olish uchun 12 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi ham bor. 

O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi – bu ikki institutsional sarmoyadorlar hisoblangan O‘zbekiston hukumati va Ummon sultonligi kapitalini boshqaradigan aktsiyadorlik fondi.

Oybek Umarov, shuningdek, O‘zbekiston-Ummon investitsiya fondi bilan “Orient Group”kapitalining asosiy qismini tashkil etuvchi boshqa bir qator korxonalarda hamkorlik qilgan. Bularga “Binokor Temir Beton Servis”, “Golden Dried Fruit Export” va “Binket Group” kiradi.

Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan aktsiyadorlik kompaniyasi ushbu kompaniyalarga jami 62 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ kiritgan bo‘lsa, Oybek Umarov yana 11 million AQSh dollari miqdorida o‘z hissasini qo‘shdi. Boshqa yirik investorlar jumlasiga “Scottish Limited Partnerships”, “Empire Industrial LP” va “Downtown Distribution LP” kiradi.

“Orient Group”ning yana bir muhim vakili Bobur Parpiev bo‘lib, u Oybek Umarov 17% aktsiyagaega bo‘lgan “Orient Finans Bank” boshqaruv kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. Parpiev – Davlat soliq qo‘mitasining sobiq boshlig‘i va hozir Mirziyoev hukumatida vazir o‘rinbosarilavozimida ishlayotgan siyosiy vositachi Botir Parpievning o‘g‘li.

Bobur Parpiev ham, Oybek Umarov ham xalqaro qonunchilikda siyosiy fosh etilgan shaxslarhisoblanadi, chunki ularning yaqin qarindoshlari yuqori davlat lavozimlarida ishlaydi.

Ikkala shaxsning, aniqroq aytganda, “Orient Group” kompaniyasining siyosiy fosh etilishinoqonuniylik yoki jinoyat sodir etilganini anglatmaydi. Biroq mazkur tekshiruv nuqtai nazaridan, bu konglomeratning hukumat bilan tijorat munosabatlarini, ayniqsa, O‘zbekistonkabi siyosiy xavfi yuqori bo‘lgan mintaqada tekshirish uchun ishonchli asoslar yaratadi.

“Orient Group” masalasiga kelsak, ehtimol, 2016 yildan keyin uning moliyaviy parvozida davlat pul mablag‘lari katta rol o‘ynagan.

Moliyaviy parvoz

“Orient Group” kompaniyasining eng yirik institutsional sarmoyadorlaridan biri O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.

Prezident farmoni bilan 2009 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi 200 million AQSh dollarilik sarmoya bankini 2016 yilgacha tarqatishni boshlamadi. Kompaniya hisobotlariga ko‘ra, bu kapitalga 25/75 % miqdorida O‘zbekiston hukumati va Ummon sultonligi hissa qo‘shgan.

O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi “Orient Group”ga tegishli “Binket Group”, “Universal Logistics Services”, “Dorkomplektsnab Servis” va “Mall Estate” kabi loyihalarga jami 161 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan.

“Orient Group” kompaniyasining yana bir yirik institutsional mijozi  “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat korxonasi hisoblanadi. Uning “Orient Group” kompaniyasiga joriy sarmoyasi 29 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Shuningdek, u “Orient Group”dagi “Metal Invent”, “Steel Property Construction”, “Dorkomplektsnab Servis” va “Qurilish Universal Kompakt Servis” kabi bir qator kompaniyalarning asosiy xaridoridir.

“Orient Group”ning logistika va yuk tashish tarmog‘i ham “O‘zbekiston temir yo‘llari” ko‘magida gullab-yashnadi. “Orient Group” reklama materiallarida aytilishicha, u “O‘zbekiston temir yo‘llari” bilan Chuqursoyning eng yirik temir yo‘l vokzalidagi eski yuk tashish maydonidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma imzolagan”. Yana davom etiladi: “Bu markaz, birinchi navbatda, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy va Janubiy Osiyo mamlakatlaridan keladigan barcha yuk tashishlarini qabul qiladi”.

Biz, shuningdek, “Standard & Poors” tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tahlillardan bilamizki, “Orient Finans Bank” O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tashabbusi bilan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishda to‘liq ishtirok etadi. Ammo bu rolning mohiyati va ko‘lami haqida hamma uchun ochiq bo‘lgan tafsilotlar kam.

Shotlandiya ma'suliyati cheklangan 8 ta shirkati tomonidan umumiy qiymati 128 million AQShdollarilik offshor investitsiyalarning katta qismi bilan bir qatorda hukumat sarmoyalari va bojxona 2016 yildan buyon konglomeratning yuksalishiga katta turtki berganga o‘xshaydi.

Ushbu sarmoya “Orient Group” kompaniyasi ustav kapitalining kamida 728 million AQSh dollarigacha o‘sishiga olib keldi.

Ammo shuncha katta miqdordagi mablag‘ jamoat hamyoni va shaffof bo‘lmagan offshor kompaniyalardan katta siyosiy ta'sirga ega bo‘lgan konglomeratga yo‘naltirilgani shubha uyg‘otmay qolmaydi.

Siyosiy aloqalar tarixan biznes muvaffaqiyatining manbasi hisoblangan mamlakatda “OrientGroup”ning tez o‘sib borayotgani haqidagi faktlar ayrim tahlilchilarning O‘zbekistonda ko‘p narsa o‘zgarganidan ko‘ra ko‘proq narsa  o‘zgarmagani xususidagi xavotirlarni kuchaytiradi.

 “UzInvestigations” tomonidan yo‘llangan savollarga “Orient Group”  javob bermadi.

Tag‘in o‘qing
10 yanvar 2019
Olmaliqdagi «Ammofos-Maksam» shirkati ishchisi, 2018 yilgi paxta mavsumida majburiy terimga olib chiqilgan  24 yoshli Sohibjon Mutalibov Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani ...
23 yanvar 2017
O‘zbekiston vatandoshi 35 yashar Gulsanam Y. va 28 yoshdagi Hakima K. Fatxiya tumanidagi avtoparkda bir kecha uchun 200 lira ...
7 aprel 2017
Erkaklarning doyalik qilishini «sharmandalik» deya atagan 42 yoshli toshkentlik imom xatib Rahmatulloh Sayfutdinov chaqirig‘i ortidan vazirlikka shikoyat qilgan Farida ...
26 may 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 51-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) «O‘limni o‘ylash payti kelmadimi?» savol ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...