Asosiy mavzular
25 oktyabr 2021

Yulduz Usmonova shoirni “Axlatiy” deya haqorat qildi

22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan sud majlisida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ishonchli vakili qatnashdi. 

Birinchi sud majlisida Yulduz Usmonova kelmagandi. Uning ishonchli vakili ishtirok etgan bu galgi sud majlisida esa tomonlarning fikrlari eshitildi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng javobgar tomon taklifiga binoan navbatdagi sud majlisi 29 oktyabrga ko‘chirildi. Ungacha tomonlarga o‘zaro kelishish taklifi berildi.

Bu orada 22 oktyabr kuni Yulduz Usmonovaning bastakor Shahboz Nosirjonov bilan bo‘lgan suhbati ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Unda xonanda sudlashuvga oid holatga shaxsiy munosabatini bildirib, shoir Yo‘lchi Ro‘zievga “Axlatiy” deya ta'rif bergan. 

Bundan qattiq norozilik bildirgan shoir Yo‘lchi Ro‘ziev xalq artistining haqoratiga tegishli idora vakillari baho berishini so‘ramoqda.

– Yulduz Usmonova meni ijtimoiy tarmoqda “shoir Axlatiy” deb haqorat qildi, – deydi shoir. – She'rning 95 foizini men o‘zim yozganman, deb aytib o‘tgan. Fuqarolik sudiga she'rning meniki ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tartibda taqdim etganman. Xalq artistining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylangan videoda shaxsimga haqoratlar bor. Ushbu holatga tegishli tartibda baho berilishini so‘rayman.

“Eltuz” muxbiri holat yuzasidan xonanda bilan bog‘lana olmadi. Uning ma'muri bu bo‘yicha tayinli gap aytmadi.

Shoir Yo‘lchi Ro‘ziev suddan ikki she'rini qo‘shiq qilib kuylagan Yulduz Usmonovadan qalam haqini undirib berishni so‘ramoqda. 

Shoirning so‘zlariga ko‘ra, bundan bir necha yil avval qo‘shiq qilingan she'rlari uchun xonandaning ma'murlari uning nomidan qalam haqi va'da qilgan. Ammo va'da va'daligicha qolib ketgan. 

“Uning o‘zi meni rozi qilishini aytdi. Qalam haqi evaziga kitobimni chop etish taklifini berdi. Men rozi bo‘ldim. Hisob ishlarini turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliev amalga oshiradi, dedi. Ammo bu va'da ham bajarilmadi”, dedi Yo‘lchi Ro‘ziev. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2020
Prezident Shavkat Mirziyoevning eng ishongan davlat amaldorlari MXX (hozirgi DXX)ning sobiq raisi Rustam Inoyatovning josuslaridir. Bunday aql bovar qilmas ...
23 avgust 2018
Internetda yosh ayol bilan jinsiy aloqa ustida tasviri olingan  xorazmlik 61 yoshli A.O. ismli shaxs videosi tarqaldi. Voqeadan xabardor ...
2 dekabr 2024
Prezident Shavkat Mirziyoev farmoniga muvofiq, Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatiladi. Prezident ...
17 dekabr 2015
Bugun mashhur rossiyalik honanda va bastakor, Afsonaviy «Akvarium» guruxi solisti Boris Grebenshikov Muhammad Bekjon ozodligiga bag‘ishlangan http://marafon-pisem.org/2015/index.html#uz xeshtegi ostidagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...