Asosiy mavzular
18 fevral 2022

RTdan va'z: It egasini mushuk bekasini tanimagan zamon

Mana fevralniyam belini sindirdik. Yana 15 kun chidab bersak bahor keladi. Balki ko‘klam kelsa prezidentga maqtov yozadigan maddoxlar bahor haqida shig‘ir yozar. O‘zi shu maddoh shoirlarga ota enasi bekarga ruchka bilan daptar obergan. Ularni qo‘liga ketmon berib yer ag‘darishga o‘rgatsak, jamiyat uchun ancha foydali bo‘lar edi. 14 fevral kuni dnyuxasi nishonlangan Bobur xazrati oliylari esa hamma narsani eplagan. Yugurib borib Xindistonni ham olib kelgan. Xozirgi shoirlar tokchadagi qozonni ham ko‘tarib olib kela olmaydi. Eng muhimi Bobur birat vaqtida survorgan. Kak raz bugungi avlod o‘rnak olsa arziydi. Matematikada bir raqamni yodda saqlab, boshqa raqamni yozamiz degan usul bor. Cho‘pchak o‘rniga normal maktabga borib, dars eshitgan noyob odamlar bo‘lsa buni biladi. 14 fevral kuni farxodlar  o‘z shirinlariga yurakcha shaklidagi kampit va qaymoqgullar padarka qilib «Bobir kuni muborak bo‘lsin, sevgilim!» deya otashin bo‘salar olishdi. Ya'ni o‘pip-o‘pib tashashdi. Aslida ular Valentin kunini nishonlashdi. Bu absurd manzarani toshkentdagi strit art qiroli Abduraxmon devorga chizib ko‘rsatdi.

Sevishganlar kuni haqida

Milodiy 269 inchi yilda ya'ni islomdan ancha oldin Rim imperatori Klavdiy Ikkinchi o‘z askarlariga uylanishni taqiqlab qo‘ydi. O‘sha paytdagi butparsatlardan farqli o‘laroq yagona tangriga sig‘ingan nasroniy (chunki hali qur'on nozil bo‘lmagan paytda) Valentin avliyo ota sevishganlarga yashirincha nikoh o‘qib qo‘ydi. Buni Klavdiy Ikkinchi bilib qolib 269 yilning 14 fevralida avliyo otaning kallasini choptirdi. Shundan keyin 14 fevral sevishganlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi. Masalan, bitta turk boboy Mamat 14-fevral kuni xotini Potmaga gul oberdi deylik. (Turkiyada sevishganlar bayrami keng nishonlanadi) Xo‘sh buning nima yomon tomoni bor? Avliyo Valentin pornovideo va nikoxsiz seksga qarshi bo‘lgani uchunam nikoh o‘qib qo‘ygan. Zotan, o‘sha paytda erinmagan odam somonxonada qo‘shilib yurgan. Tak chto pashshadan fil yasamanglar zombi biratlar. Bugun xavar keldi. Idlibda ham sevishganlar kuni nishonlanar ekan. Valentin kunini Bobir kuni deb o‘zgartirish masalasiga ham to‘xtalsam. Endi Bobirning sevginator bo‘lganini bilamiz. Glavniy xotini Oysha Sulton Begimdan tashqari yana ancha xotun va sanoqsiz joriyalari bo‘lgan. Bu xotinlardan 9 o‘g‘il 9 qiz tug‘ilgan. Barakali umr. Shu bois Boburni alohida xurmat qilish joiz. Pashsha aloxida kotlet aloxida.

Avtomobil boji

14 fevral kuni farxodlar shirinlaridan xabar olar ekan, mamlakat prizedenti import avtomobillar uchun bojxona bojini 2 baravarga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Vazirlar Mahkamasiyam shu gapga maxtal turgan ekan 3 kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga — 30 foizdan 15 foizgacha pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini shartta xozirlashdi. Chaqqon bular chaqqon. Xo‘sh Matchon suqilish sen nima deysan bu haqda?

Matchon suqilish: «Olamshumul yangilik bu. Eshitganimdan beri hayajondan olti marta ishtonimni xo‘l qilib qo‘ydim. Yugurib borib, Germaniyadan dizel mersedes obkelib aynagidan tirsak chiqarib yurishimni o‘ylab qoldim. Nega dizel? Chunki germaniyaning yangi yurtboshisi dizel yonilg‘isida yuradigan moshinlarni kamaytirmoqchi. Bir necha yil oldin Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan har ikkinchi yangi yengil avtomobil dizel yoqilg‘isida harakatlanar edi. 2021 yilda – har beshdan bittasi (20%). Shu bilan birga, KBA statistik ma'lumotlariga ko‘ra, benzinli dvigatellarning ulushi 2020 yildagi 46,7 foizdan 37,1 foizgacha kamaydi. Natijada o‘tgan yili yangi avtomobillarning atigi 57,1 foizi an'anaviy ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan. Xo‘sh qolgan mashinalarni nima qilishadi nemislar. Albatta o‘zbeklarga sotishadi. Germaniya elchixonasi mashina olib kelish uchun viza berishga tayyor. Yashasin Mirziyoev. Yo‘qolsin rastamojka.»

O‘zingni bos, Matchon suqulish. Katta gapirguncha nonni katta tishla.

Mana sen Germaniyada mersedes mashinasini 10 ming dollarga sotib olding. Nemislar senga isprapka bergan 10 ming dollarga oldi deb. Lekin bizning bojxonachilar nemisning qog‘oziga emas, kattaning buyrug‘iga ishonadi.

O‘zbekistonga mashinani olib kelganingda: Bojxona bu mashinani o‘z ro‘yxatidan qarab, ularda bor narxlar asosida bu mashinaga narx belgilaydi. Ro‘yxatda sizning mashinangiz narxi $20 000 bo‘lishi ham mumkin (shunday bo‘ladi ham). Ochiq ro‘yxat yo‘q. Shu bojxona narxidan endi 40% emas, uning yarmi – 20% to‘laysiz. $8000 emas, $4000 bo‘ladi.

Lekin bunga qo‘shimcha ravishda motor hajmining har bir kub sm uchun $3,0 to‘lash kerak. Utilizatsiya to‘lovi ham bor.

Bunga yana 15% Qo‘shimcha Qiymat Solig‘i qo‘shiladi.

Germaniyada 10 000 dollar turadigan mashina O‘zbekistonda Taxminan 28 000 ga aylanadi. Hozir $32 000 atrofida. Tushundingmi, Matchon suqulish. O‘zbekistonda «rastamojka ochildi», degan gapga skeptik qarash joiz. Ochilsa, rostakamiga lang ochilsin. Bir qadam oldinga, ikki qadam ortga yursangiz, hozir turgan joyingizdan yana bir qadam orqada bo‘lasiz. «Holva» degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. 30 foizdan 15 foizga qisqartirgani yetmaydi!

+++

Zamonaviy tibbiyotda gender tengligiga qarshi chiqqani uchun dunyo matbuotida «Ginekolog imom» nomi bilan tanilgan Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov O‘zbekiston adliya vaziri Ruslan Davletovning O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligi haqidagi gapiga shak keltirdi. Sayfuddinov odamlarga tamg‘a yopishtirish¸ takfirchilikni ochiqchasiga yoqlab gapirdi.

Bu domlaning gapini eshitib it egasini mushuk bekasini tanimaydigan zamon kelibdi deb o‘ylab qoldim. Ammo sal o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu imoberdiga qizil karta ko‘rsatdi.

Iqtibos:

«Afsuski, oxirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi mutaassib shaxslar, ayrim hollarda esa diniy soha vakillari tomonidan ham O‘zbekistonning din sohasidagi yagona davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunish va baholash, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilish, voqelikni bo‘rttirib ko‘rsatish, insonlar fikrida noxolis munosabatni shakllantirishga bo‘lgan urinishlar kuzatilmoqda.

Birinchidan, shuni unutmaslik kerakki, biz dunyoviy, huquqiy demokratik, ko‘p millatli va turli konfessiyali jamiyatda yashaymiz.

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda hech qaysi dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Uchinchidan, turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz xatti-harakat, gap-so‘z va sa'y-harakat – turli dinlarga e'tiqod qiluvchi aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga hamda diskriminatsiya va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida davlat idoralari mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekistonning dunyoviy, huquqiy demokratik davlat tamoyillaridan kelib chiqib, jamiyatda qonun ustuvorligi eslatilgan chiqishlariga nisbatan ayrim shaxslar, shu jumladan, diniy soha vakillari turli munosabat bildirmoqdalar.

Shu o‘rinda, ta'kidlash lozimki, Adliya vazirligi mamlakatda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga oluvchi yagona vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda diniy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunchilik hujjatlari talablari va o‘z ustavi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida respublikamizda vijdon erkinligini ta'minlashning asosiy ustuvorliklari sanab o‘tilgan. Ushbu moddada quyidagilar keltiriladi: fuqarolarning dinga munosabatidan qat'i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, mazkur Qonunning 7-moddasiga binoan, davlat turli dinlarga e'tiqod qiladigan va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi».

Endi xabarlarga o‘tsak

XABARLAR

11 fevralda Mirishkorning “Chandir” qishlog‘ida yashovchi Yusuf Sultonov IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan va oradan 6 soat o‘tib, yaqinlari uning o‘lganidan xabar topganlar.

Voqea guvohlariga ko‘ra, 37 yashar Yusuf Sultonov o‘sha kuni mast bo‘lib janjal chiqargani bois qo‘shnilari uning ustidan IIBga shikoyat qilganlar. Mirishkor IIBsiga ko‘ra, Sultonovni tekshirish uchun narkologiya dispanseriga olib borishgan payti uning sog‘ligi og‘irlashib, kasalxonaga yotqizilgan va shu yerda uning joni uzilgan. Marhumning yaqinlari esa Sultonovning o‘limiga unga nisbatan IIB xodimlari tomonidan kuch qo‘llangani sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda.  O‘sha gap: O‘lay desang ertaroq, milisaga bor, o‘rtoq!

+++

Farg‘ona viloyatida bir maktab o‘qituvchisi “ diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallarni tarqatish» ayblanib, uch yilga kesildi. Muallim qamag‘da.

+++

Hindistonda birinchi marta yovvoyi hayvonlarda KOVID-19 koronavirusi aniqlandi. Hindiston janubidagi Haydarobod shahri hayvonot bog‘ida sakkizta sherda infektsiya aniqlangan. Shu o‘rinda Toshkent zooparkidaagi Zu Zu nomli ayiqpolvon va boshqa hayvonlarning soppa sog‘ligini aytib qo‘ysam vatanparvar bo‘laman.

+++

Istanbul viloyati politsiya boshqarmasi Kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi tomonidan Istanbul shahrida o‘tkazilgan operatsiyada vizaga maslahat beruvchi firma nomi bilan fuqarolarni aldab yurgan 4 shaxs qo‘lga olindi. Hibsga olinganlar orasida o‘zbekistonlik Rustam Mo‘minov ham bor, u O‘zbekistonda ham qidiruvga berilgan. Tarmoqning olti oylik texnik va jismoniy monitoringidan so‘ng, Esenyurt va Beylikduzu tumanlarida operatsiya o‘tkazildi. To‘rttovlon Germaniya, Italiya kabi Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarga viza bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatuvchi xususiy firmalarning logotiplari va veb-saytlarini taqlid qilib, qalbaki viza xizmati ko‘rsatgan.

+++

Gulnora Karimova egalik qilgan mol-mulkni O‘zbekistonga qaytarish haqidagi Fransiya qaroriga Islom Karimov e'tiroz bildirib chiqdi.

15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora egalik qilgan mulkning 10 million dollari Fransiyadan O‘zbekistonga qaytarilganini ma'lum qilgandi.

Islom Karimovning nevarasi Islom Karimov Instagram sahifasida yozishicha, Fransiyadagi qaror joriy hukumat ayblarini yashirgan O‘zbekistonning yopiq sudlari qarorlariga asoslangandir.

Islom Karimov onasi Gulnora Karimovaga chiqarilgan hukumni siyosiy vajlarga asoslangan deya baholadi.

Uning ta'kidlashicha, onasiga hozirga qadar o‘zini himoya qilish imkoni berilmagan.

«O‘zbekistonning amaldagi hukumati korruptsiyaga botishda davom etmoqda, lekin nimagadir mamlakatdagi bugungi holat uchun mana 8 yildan buyon ozodlikni ko‘rmagan Gulnora Karimovani ayblash osonroq», deya istehzo qiladi Islom Karimov. 

U onasining davlat byudjetidan foydalanish imkoniyati yo‘qligini esga soldi.

«Agar amaldagi hokimiyat idoralari byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflangan deb hisoblasa,  bu haqda mamlakatning amaldagi Bosh vaziri – O‘zaSI bosh direktori, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasi rahbari lavozimlarida ishlab kelgan Abdulla Aripovdan so‘rash kerak,»  deya Abdulla Aripovni so‘roqqa tutish zarurligiga ishora qiladi Islom Karimov.

Abdulla Aripov prokurorlarning rasmiy so‘rovidan keyin ham Shvetsiyadagi sudga borishdan bosh tortdi.

O‘zi uzoq vaqt uy qamog‘ida bo‘lgan janob Bosh vazir nimani yashiradi? – deya ritorik savol beradi Islom Karimov.

Bu savol javobini Islom Karimov Ikkinchi yaxshi biladi, Bosh vazir Abdulla Aripov ham yaxshi biladi. Eltuz ham biladi. Faqat uch taraf ham ayta olmaydi hozircha. Yagona aytishimiz mumkin bo‘lgan narsa shuki, Gulnorning o‘g‘irlaganlari bugungilarning o‘g‘irlaganlari oldida semichka po‘chaq, o‘rtag‘!

Rassom tuzga maktub

Rahbar oldin sharoit yaratsin, keyin talab qilsin

Milliy gvardiya tizimidan yozmoqdamiz. Bugungi kunda, Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash bilan birga, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sportga qiziqtirishga ham qaratilgan. Ushbu tizim rahbarlari bizdan har kuni vatanparvarlik va sport tadbiri tashkil qilinglar, bu tadbirlar OAVda yoritilsin, deb, talab qilishadi. Biroq, tadbirlarni tashkil qilish uchun  diplom, turli sovg‘alar, kitoblarga pulni qaerdan olamiz? Hududiy boshqarmalarda matbuot shtati tashkil etilmagan, lekin yuqoridan ushbu xizmatga doir ko‘rsatmalar va topshiriqlar vagoni bilan yog‘ilmoqda. Ichki ishlar va qo‘riqlash xizmatida ushbu lavozim mavjud va ular ushbu lavozim uchun alohida oylik maosh oladi. Sizdan bir iltimos bor, shu gaplarimni tepadagi kursida yopishib qolgan vallomatlar ham o‘qisin. Oldin sharoit qilib qo‘yib, keyin qo‘l ostidagilardan talab qilsin.

Matchon suqilish: Tuz og‘a oldin ertak aytar edingiz. Endi aytmay qo‘ydingiz. Bitta ertak aytib bering. Ikkita bo‘lsa yana yaxshi. Faqat sichqonlarning nikox to‘yi haqidagisini aytmang iltimos.

Ertak

Mirziyoev Chilonzordagi ko‘chadan o‘tib ketayotib mashinasini to‘xtatdi. 4 qavatli beton uyning eshigi siniq yo‘lagidan o‘tib, tepaga ko‘tarildi. O‘ng tomondagi eshikni ochib ichkari kirdi. Bu uyda kambag‘allar yashaydi, dedi Aripov kal kallasini qashlab. Bilaman, dedi Mirziyoev. Uy egasi ikkita qo‘ltiqtayoqda yuradigan nogiron ekan. Bu odam urishadigan xo‘rozlarga ham qiziqar ekan. (To‘g‘risi xo‘rozni urishtirib, tirikchilik qilar ekan) Mehmonning sharofatiga yagona xo‘rozini so‘yib, dasturxonga qo‘ydi. Mirziyoev esa unga e'tiroz bildiribdi. Dimlama zo‘r bo‘libdi¸ ammo xo‘rozni bekor so‘ydingiz. Buning yoniga 9 ta tovuq olsangiz har kuni 9 ta tuxum qilar edi. ikkitasini o‘zingiz yerdingiz, ikkitasini mening kal vazirim Aripovga berardingiz, qolganini SNBdagi semiz Rustam… deb sanab ketibdi.

Ketar chog‘i bo‘lganida mezbon o‘rnidan turib, mehmonni kuzata olmabdi.

Nega?

Chunki gaz yo‘qligidan qo‘ltiqtayoqlarini o‘tin qilib yoqqan ekan.

Ertakni davomini siz yozing.

«Eltuz» so‘zining ma'nosi

«Eltuz» so‘zining ma'nosi nima deb ko‘p so‘rashadi. Bu birikma tom ma'noda «millatni shakllantirish» mazmunini tashiydi. Inglizchada create a nation.

Jumladagi EL so‘zi el, yurt, xalq ma'nosida.  TUZ ning birinchi ma'nosi – tuzish. Ya'ni buzishning oppoziti¸ antonimi. «Birov buzadi¸ birov tuzadi,» deyiladi-ku. Ikkinchi ma'nosi – oshga solinadigan tuz. Salt¸sol¸ namak. Uchinchi ma'nosi esa – karta o‘yinidagi quvvatli karta TUZ.

Nega bu ismni tanladim. 1994 yil boshida «Erk» gazetasiga «Eltuzar shuur» degan sarlavhali maqola yozib beruvdim. Shunda ustoz Muhammad Solih «Eltuzar» degan gazeta chiqarsa bo‘lardi deya maslahat beruvdi. 1994 yilning aprelida Urganchda telekanal ochganimizda shu nomni qo‘ymoqchi bo‘ldik. Ammo u davrdagi titr mashina TV burchagiga maksim 5 harflik logo ila olardi. Shu bois TV ALS deb qo‘ya qoldik. O‘qilganda Ey El Si o‘qilardi. 2010 yili Qirg‘izistindagi o‘zbeklar qirg‘in qilinganida¸ ularni qo‘llash uchun «Eltuzar» degan sayt ochdik. Ammo bu saytni yurita olmadik. Bundan 7 yil oldin yana sayt ochish imkoni tug‘ilganida bu saytning oti «Eltuzar» bo‘lishi kerak edi. Ammo o‘sha paytda faqat ELTUZ degan so‘z qolgan ekan. Shu tariqa ELTUZ bo‘ldi. Yaxshi nom. Turk ildizimizdan kelgan nom.

Yana bir gap. Mang‘itda qo‘ng‘irot o‘zbeklaridan bo‘lgan Eltuzarxonning avlodi bo‘lgan Bahodir jo‘ramiz yashaydi. Shu jo‘ramiz 1992 yili «Eltuzar» degan firma ochganida yonida edim. Sal keyinroq boboylardan surishtirsam, menam qo‘ng‘irot o‘zbeklaridan yetishib chiqib, Xivada xonlik qilgan Eltuzarxonga ona tarafdan qarindosh ekanman. Eltuzarxon 1804 yili taxtga o‘tirib, soxta hukmronlik davriga nuqta qo‘ygan va qo‘ng‘irot o‘zbeklarining saltanatini mustahkamlagan edi.

Ascalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
2 aprel 2021
Nodonlar to‘rga chiqdi, Zamonaga hayronman. Oqilni go‘rga tiqdi, Mashrabdayin giryonman. Itbaliq dengizdadir, Mudom ishin beshlaydi. Kit hovuzga tashlangan, Kit ...
21 sentyabr 2018
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ma'muriyati Rauf Parfining 25 sentyabrga mo‘ljallangan yubileyini to‘xtatish ortidan Cho‘lpon ijodiga bag‘ishlanib Frantsiya ...
18 mart 2020
(Hikoyamas, bo‘lgani…) Ergash o‘lipti…O‘zbekistonda hamma koronavirus vahmasi-yu, bozor davrasi tashvishida… Go‘yoki och qolib ketgudek. Men esa bahorning iliq tunlarida ...
15 oktyabr 2015
Shuhrat Bobojon, Eltuz.com Salvador Dalining bir asari bor. «Grajdanlar urushini oldindan his qilish» degan. Rassom do‘stim Hakimjon Turdiev esa ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...