Asosiy mavzular
8 mart 2022

Muxtor Ablyazov: «Yetib keldik! Putin Qozog‘istonni ham olmoqchi»

Qozog‘iston muxolifati lideri Muxtor Ablyazov Feysbuk sahifasida 7 mart kuni Rossiya kommunistlari lideri Zyuganovning navbatdagi shovinistik chiqishi ortidan quyidagi fikrni bildirdi.

«Putin aftidan vabank o‘yin boshladi. U Ukraina bilan urush tugashini kutmoqchi emas. Putin yaqin orada Qozog‘istonni ham qo‘lga kiritmoqchi. Xullas, yetib keldik…

Hech qanday Yevroosiyo ittifoqiga kirish ham yordam bermadi, balki Nazarboev va Tokaevning xiyonatkorona siyosati mamlakatimizni bosib olish qarorini tezlashtirdi.

Biz taslim bo‘lamizmi yoki ukrainlar yo‘lidan boramizmi?» dedi Muxtor Ablyazov. @eltuz

Zyuganov Qozog‘iston shimolida aksariyat ruslar yashashi va qozoq maktablarida rus tilida darslar o‘tilmasligi haqida gapirgan, bunga qarshi Rossiya hukumati keskin choralar ko‘rishi kerakligini bildirgan:  

«Shu bois, men bugun bu masalani Putin, rasman bizning hukumatimiz Davlat  Dumasiga olib chiqishi va bir qator masalalar muhokama qilinishi shart. Birinchi navbatda, bizning rus millatiga mansub aholimizni ushbu respublikadagi bunday o‘zboshimchalikdan himoya qilish kerak. U yerdagi bizning ob'ektlarimiz – Boyqonurdan tortib, uran qazib olishga va qurol ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarimizgacha ishonchlik himoya qilinishi uchun hamma kerakli ishlarni qilish kerak. Buning uchun Qozog‘iston raxbariyati bilan gaplashib, qat'iy choralar ko‘rish yuzasidan qarorga kelish kerak. Bu choralar bizga tegishli havfsizlikni ta'minlashi kerak. Ham tilga oid, ham madaniy, ham ma'naviy va masala zudlik bilan hal qilinishi kerak», degan Rossiya kommunistlari yetakchisi.

Zyuganovning bu gaplari Rossiyaning Ukrainadagi urushiga qarshi  Qozog‘istonda boshlangan namoyishlar ortidan yangradi. Undan oldin Qozog‘istonni, shuningdek Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham Rossiyaning guberniyalari sifatida qo‘shib olish g‘oyasini yana bir rus shovinisti LDPR lideri Jirinovskiy ilgari surgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 iyun 2018
O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari ...
17 may 2023
Bankdagi pulni o‘margan, 9 milliard 208 million 862 ming so‘mni  VonXBet o‘yiniga tikib yuborib yutqazgan Nukusdagi bank xodimi 8 yilga ...
2 yanvar 2018
Yangi yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda spirtli ichimliklar qimmatladi. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shma qaroriga ko‘ra pivodan tashqari ...
29 may 2023
Oliy Sud qabuliga borgan Eltuz obunachisi Odilbek shikoyat maktubi: “Juma, 26 may kuni Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...