Asosiy mavzular
13 may 2022

RTdan va'z: Dushman bayrog‘i tikilgan o‘lka

“Laylak keldi – yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi”. Nega laylakning qanoti qog‘oz bo‘lganligini oldin ham tushunmagandim, xozir ham tushunmayman. Har xolda buni yozgan shoir “yoz”ga qofiya izlab, “qog‘oz” deb qo‘ya qolgan. Bugun siz bilan gaplashadiganimiz mavzuga mana bu video sabab bo‘ldi.  Urganch shahrining Avesto mahallasida yashovchi Bobojonov Yusupbay joriy yilning birinchi mayidan boshlab o‘z uyi tomiga Sovet ittifoqining qizil bayrog‘ini osib qo‘ydi. Qo‘shnilar milisa chaqirishganida kelgan IIV xodimi hech qanday chora ko‘rmadi. O‘zbekistonning alohida olingan viloyatida Sovet hukumatini o‘rnatishga urinishni IIV qo‘llab quvvatlaydimi?

Matchon Suqilish: Buxoro hokimi Barnoev o‘lganidan keyin «katyusha» aytish behosiyat bo‘p qoluvdi. Lekin shu kunlarda hamma «katyusha» aytdi. Hatto oliy sud raisi ham avj pardada aytibdi. Shu «katyusha» aytadigan xofizlarga litsenziya bergan madvazir Ozodbek Nazarbekov do‘ppisini yerga olib qo‘yib, kal boshiga shappatlab o‘ylansa bo‘lmaydimi?

Rvssom Tuz: O‘ylashga miya kerakku. Ozodbekda miya nima qilsin. «Anjan polkasi»ga o‘ynatganiga xalq chidamaydi, deb yozdi kimdir. Mazza qilib o‘ynashdi. Mana uch kundan beri  «katyusha» o‘ynab yotishibdi anjan do‘ppi kiygan chollar. Doktor Abduraxim Po‘latov «Qoramol» deb shularni atagan edi.  Maktablardagi o‘qituvchilar rosa tirishdi o‘risqul tadbir o‘tkazishga. Kecha «oyligim o‘tmadi» deb ko‘zidan siygan o‘qituvchilar bugun o‘risni qo‘llab tadbir o‘tkazib yotibdi.

MS: Ming la'nat bu o‘qituvchilarga. Umringiz qashshoq, sochingiz supurgi va qo‘lingiz kosov bo‘lib o‘tadi. Chunki sizda vatan tushunchasi yo‘q. Boshluq nima desa, shuni qiladigan ta'viya hasharotlar suruvisiz. Battar bo‘ling!

RT: Xalq ta'limi vazirligi qayoqqa qarab turibdi? Bizning maktablarimiz O‘zbekiston fuqarolarini emas, Putinga sadoqatli qullarni yetishtirish korxonasiga aylandimi?

9 may kuni Toshkentdagi sovetqul putinparastlar hech kimdan so‘ramasdan namoyish o‘tkazdi. Namoyishda sovet timsollari va Sovet O‘zbekistoni qizil bayrog‘i ko‘tarildi. Kim ularga bu jur'atni berdi?

MS: Endi bu tarix. Ota bovolarimiz otasini o‘ldirgan stalinga enasini berishga tayyor edi. Xozir xoji ona, xoji ota bo‘lib yurganlar yoshligida Lenin bobom deb she'r aytgan. Ular xoziram Stalin va Leninni otasidan ham yaxshi ko‘radi.  Katyusha aytishni yaxshi ko‘radi.

RT: Matchonboy ular nimani yomon ko‘radi?

MS: Ular mustaqillikni, erkinlik va ozodlikni yomon ko‘radi. Endi Tuz og‘a sizdan boshqa yo‘qmi bu masalada qayg‘uradigan?

RT: Bor matchonboy mana tarmoq faoli Abdukhalik Abdurazakov nima yozibdi?

«Po‘lat og‘a Bobojonov! Yurt egasiz qoldimi? Bosqinchilar (Putinning bosqinchilik siyosatini oshkora qo‘llayotganlar) qizil bayroq ko‘tarib, mustaqil O‘zbekistonning konstitutsiyaviy birligiga ochiq-oshkora dahl qilmoqda. Qonun ijrosini nazorat qiladigan Respublika Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Konstitutsiyaviy sud bu voqeaga javob berishi shart. “

MS: Shimoliy Koreyada ham stalinni yaxshi ko‘rishadi, xuddi bizning rahbarlar Putinni sevgani kabi.

RT: Bu rasm 2022 yil  9 may kuni Olmaotada olindi. O‘risqullar jallod Stalin va Beriya rasmini ko‘tarib olishgan. O‘rislar Turkistonni to‘la bosib olishdan avval, Olmaota (Verniy) shahrida pistirma qurishgan. Xivaga o‘rislarni yetalab borgan piligrimlar ham qozoq edi.

Mana bu rasm 2022 yilning 9 mayida mamlakat boshkenti Toshkentda olingan. O‘risqullar dushman bayrog‘ini ko‘tarib turishibdi. Na DXX, na IIV g‘iring deya olmaydi. Chunki davlat sotqinlar qo‘liga o‘tib bo‘lgan. Ey, sharafsiz rahbarlar. Hesh aqrobingiz 50 ming pora olsa kechiramiz. Lekin davlatni sotmang! Jadid otamiz Fayzulla Xo‘jadan omonat bu davlat.

Smuta

Smuta degan so‘z bor ruschada. Bu taxminan tubanlik davri degan mazmunni beradi. Masalan, sening uyingga kimdir kirib olib, seni xo‘rlasa. Bayrog‘ingni yerga otib, o‘z bayrog‘ini tiksa shunday tubanlik davri bo‘ladi. Mana 6 yildirki Rossiyaga oshkora vassallik degan isnod va uyatli davrda yashayapmiz. Ikki tirmizak va ularning erlaridan iborat xonadon ko‘tiga taxt svarkalagan Putin bu ishi evaziga mamlakat rahbariyatidan ra'iyat, shukrona va taslimiyat olmoqda.

Olti yil burun Rossiyaning orqa bog‘chasiga qaytadan aylantirilgan O‘zbekistonning sovetparast rahbarlari «G‘alaba bayrami»ni nishonlash uchun Cho‘lponu, Fitratlarni otib o‘ldirgan qizil askarlarni ulug‘lashga  rosa tirishishdi.

MS: O‘zbekistondagi sovetqul rahbarlarning joni Putin rejimining ichida. Putin rejimi qulagan soatda bularning kuni bitadi. «Katyusha» aytganlarni ro‘yxatga olib boringlar.

RT: Bittasi troynoy hojiona Yulduz Usmonova, – O‘zbekiston xalq artisti, sobiq deputat huquqshunoslik nomzodi. U ota-bolarimizni qirgan qizil armiya kiyimini kiyib rasmlarga tushdi.

Mustaqillik haqida tomog‘ini yirtib kuylagan bu ayol Karimov o‘lib, mamlakatda «rusparastlik» moda bo‘lishi bilan darrov qizil armiya jallodlari kiyimini kiyib, o‘zining bosqinchi o‘rislar tarafida ekanini namoyish qildi.

Uyat, isnod, nomus, vatanparvarlik yoki qizil armiya askarlari qirib tashlagan ota-bobolarimiz xotirasining hurmati yo‘qmi!

Qo‘qon muxtoriyatini ag‘dargan, Farg‘ona vodiysida go‘daklarni qilichdan o‘tazgan shu qizil armiya ediku.

Xurmatli o‘rtoq general Bobojonov, Bosh prokuror Yo‘ldoshev. Eslatib qo‘ysam, O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan tasdiqlangan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiya bor.

Sovet bayrog‘i, SSSR timsollari va «katyusha» qo‘shig‘i qaerdan chiqdi? Siz buyruqni Moskvadan olasizmi yoki Toshkentdanmi?

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Lekin dunyoda birorta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrog‘idek tanita olmaydi.

Binobarin, milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan.

O‘z vaqtida Rossiyadan o‘lpon olib Moskvaning kulini ko‘kka sovurgan o‘zbek To‘xtamishxon  davlat ramzlariga jiddiy e'tibor qaratganini bilasizmi? Jang maydonida bir askar omon qolsa ham, Vatani bayrog‘ini baland tutishiga farmon berganidan bilsa bo‘ladi.  To‘xtamish, Shayboniy, Jaloliddin, AmirTemur, Bobur kabi otalarimiz g‘oliblik bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, ular  barpo etgan ulug‘ saltanatni esa siz sig‘inib, bayrog‘ini o‘payottaningiz – bosqinchi Rossiya xor zor qildi.

Muhtaram rahbarlar, balki sizga Sohibqiron Temur tuzugidan dars bersam qulog‘ingizga kirar.

Temur tuzugi

Temur zamonida dushman bayrog‘ini tikish sotqinlik sanalgan. Millat uchun  bayroqni past tutish yoki cherikning qo‘lidan tushib ketishi xosiyatsiz sanalgan. Bunga sohibqiron alohida e'tibor bergan. Bayroqning pasaytirilishi mag‘lubiyat va ortga chekinish ishorasi bo‘lgan.

MS: Bu tarix – yo rost, yo yolg‘on. U vaqtda video yoki kino bo‘lmasa. Maddoh tarixchilar yoshullilarni maqtab yozishini bilamizku?

RT: To‘g‘ri Matchonboy, tarixning huquqiy majburiyati yo‘q. Ammo qonunchi?  «Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir», deb belgilab qo‘yilgan.

Olti yildan beri o‘zbek rahbariyati suyanib turgan va yangi o‘zbekiston muhtaramlarining najot qal'asi bo‘lgan Rossiya kun sayin moxovistonga aylanmoqda. Litva parlamenti – Seym bugun Rossiyani «terrorchi davlat» deb tan olish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sovet ramzlarini taqiqlagan o‘nlab mamlakatlardan biri Litvadir.

MS: Nega o‘rislar Ukrainada yosh go‘dak va xomilador ayollarni zo‘rlashmoqda. Biz ko‘rgan kinolarda o‘ris soldati nuqul yaxshilik qilardi. Hatto, Maxarashivili degan sovet soldati Germaniyadagi uzum novdasini tank bilan bosib o‘tishni istamaydi.

RT: Matchonboy, yolg‘on bu kinolar. Polshalik haykaltarosh Yeji Bogdan Shumchik (Jerzy Bohdan Szumczyk) Covet qizil askarining ikkinchi jahon urushi davrida homilador ayolni zo‘rlagani aks etgan haykal yaratdi. «Komm Frau» («Kel xotin») deb nomlangan asarda sovet askari va homilador ayol tasvirlangan. Dubulg‘asida yulduzi bo‘lgan jangchi uni to‘pponcha bilan qo‘rqitmoqda va shu bilan birga uning sochlaridan changallab turibdi. Shu tariqa bu sharafli rassom Yevropani fashist bosqinchilaridan ozod qilish paytida Sovet askarlarining ayollarga nisbatan tizimli zo‘ravonligini eslashga qaror qildi.

MS: Yaxshiyam, rassomlar bor. Bo‘lmasa, bu piyl haqiqatni bilmay, shirin yolg‘on afyuniga mast holda o‘lib, tuproqqa kirardi. O‘zbekiston pasportiga yozilgan arabcha fuqaro so‘zini o‘zbekcha qilib yozilishini talab qilaman. Menimcha, yo‘qsul yoki qashshoq so‘zi ma'qul. Bomj bu o‘rischa so‘z. Bitch inglizcha. Tuz og‘a siz qaysi so‘zlarni sevmaysiz?

Rassom Tuz sevmaydigan so‘zlar:

1. Xo‘jayin – qulsifat xotinlar va salim o‘g‘rini sevadigan xezimlar ishlatadi;

2. Fuqaro – Pasportga yozilgan bu so‘zning ma'nosi o‘taketgan qashshoq va kambag‘al degani. Haqorat bu;

3. Motivatsiya – loxlarni pulini shilish uchun aytiladigan gipnoz so‘zi;

4. Shukrona kuni – Tug‘ilgan kunni xarom deb bilgan ammo juda ham nishonlagisi kelgan riyokor soqoltoy va hijob o‘ragan eks satanglar o‘ylab topgan gap;

5. O‘g‘irladim rozi bo‘ling – Odatda tug‘ma ovsar bo‘lgani bois ikki jumlani kelishtirib yoza olmaydiganlarning birov yozgan matnni ko‘chirib, o‘z sahifasiga qo‘yganida o‘zini ovutish uchun takrorlaydigan mantra. O‘g‘irlik bu o‘g‘irlikdir. Uni oqlab bo‘lmaydi.

Rassom Tuz sahifasi qaerda?

MS: Ba'zilar Rassom Tuz sahifasi ko‘rinmay qolganidan ajablanishibdi.. Sizga yoqmagan odamlarni pashsha o‘ldirganday qirib tashadingizmi?

RT: Ajablanishga luzum yo‘q. Demak, blok qilingan. Demak, qaerdadir Putinga sig‘ingan. Demak, qaerdadir O‘zbekiston mustaqilligiga shak keltirgan, qaerdadir diniy fanatizmni targ‘ib qilgan. Qoidalar Chingiz armiyasidagi «Yasa» kabi qat'iy. Kim dushman tarafiga sevgi ko‘zi bilan qarasa, u ko‘z o‘yiladi. Kim dushmanga yordam qo‘lini uzatsa, u qo‘l chopiladi. Kim davlat va millatni Rossiyadagi cho‘ltoq supurgiga almashtirsa, unday taviyadan voz kechiladi. Hukm qat'iy, shikoyatga o‘rin yo‘q. Ammo, ba'zan robot opalar bilmay blok qilib qo‘ygan bo‘lsa, uni to‘g‘irlaymiz. 1994 yil Xorazmning Sorimoy degan joyidagi televishka ortida ko‘zoynakli amerikalik matematik Erik bilan gaplashuvdim. Erikning bir gapi yillar davomida eng to‘g‘ri ekaniga kechgan yillarda amin bo‘ldim. Bu asr va kelajak asrda eng qimmatli narsa – informatsiya. Eltuzdan blok bo‘lganlar o‘sha eng qimmat narsadan mahrum bo‘ladi.

Mustaqillikmi yoki tonirovka?

O‘zbekiston Rossiya tarkibiga gubernya bo‘lib kirishga rozilik bersangiz, tonirovka tekin bo‘ladi deyishsa, necha foiz o‘zbek rozi bo‘ladi? – Ushbu ritorik savolga salkam 12 soat ichida 2528 kishi javob berdi. Ulardan 44 foizi 90% , 16 foizi 50% va 40 foizi 20% o‘zbek rozi bo‘ladi, degan fikrda ekan. Umumiy xulosa qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda jamiyatimiz uchun mustaqillikdan ham tonirovka muhim.

MS: Boshqa yangiliklar yo‘qmi? Pozitiv, odamga hush yoqadig‘on, nafis. Nafosatu, nazokatli. Sporti oz, ishvasi ko‘p yangiliklar.

RT: O‘zbekistonda 1 iyundan har bir tashkilot o‘z xodimlari uchun yiliga bir marta mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratib berishi kerak bo‘ladi. Bu menga sovet davrini esga soldi. Sovet O‘zbekistonida har bir ishchi Leningradga borib Ermitajni ko‘rishi joiz edi.

Leningradda ertalab gostintsa oldida o‘zbek mehnatkashlarni ustiga ermitaj deb yozilgan avtobus kutib turardi. Anjan do‘ppiyu, marg‘ilon do‘ppi kiygan qorinboy tog‘alar uzun qisqa bo‘lib ko‘kaldoshlar haqida askiya aytib, avtobusga chiqardi. O‘ris sho‘pr mikrofonni olib «ermitajga oboraymi yoki har doyim o‘zbek turistlar boradigan  avtozapchast magazinigami» deb so‘rardi. Hamma «magazinga» derdi. Bitta ko‘zoynak kiygan shlyapali tarix muallimi «Ermitajga boraqolaylik, Rembrandtni ko‘rmoqchi edim» deydi tortinibgina. Olomon bu mallimning ustiga yopirilib, musht o‘qtalib «ovozingni o‘chir pirapsor.» deyishardi. Bechara tog‘a mulzam bo‘lib, boshini ikki oyog‘ining ichiga ko‘mib, bu olomon sazoyisidan qo‘rqib rozi bo‘lardi.

Marshrutni buzgan sho‘pr ivan uchun do‘ppi aylantirilardi. Ya'ni bir marg‘ilonlik aka kal boshining sassig‘i urib qogan do‘ppisini ichiga bir so‘m solib o‘rtaga qo‘yvorardi. Hamma do‘ppiga bir so‘mdan tashardi. Bechara «prapessor» ham.

Xojakalar va ularning hesh aqrobalari mendan hozir «Ermitaj nima? Rembrand nima?» deb so‘rashi aniq. Demak, Ermitaj bu rus qirolichasi Yekaterina asos solgan dunyodagi eng boy muzeylardan biri. Rembrandt esa har bir asari 20 million dollar turadigan  Golland rassomi. Yana ham aniq aytsam Ermitajda Rembrand asarlarining boy kollektsiyasi bor. Masalan, «Danaya» degan bo‘liqqina ayolning qip yalang‘och bo‘lib, to‘shakda noz bilan yotgani suvrati bor. Rosa ko‘rishlik. Danaya raxmalli Rebrandtning zavjaiy haloli edi.

Bechara o‘zbek mallimni Rembrand asarlarini ko‘rishdan mahrum qilgan joxil olomonning nevaralari bugun Piter ko‘chalarini supurib har bir o‘risdan dashnom eshitib yuribdi…

O‘tlab ketdim. Mavzuga qaytsam. Oltiariqda maktab direktori ashi maktabdagi tarix mallimini Samarqanddagi amirning go‘rini ko‘rishga yuboradi va harajatining bir qismini qoplaydi. Ammo bu mallim amirning go‘ri o‘rniga ippodromga borib, bir talay emchak xalta obkeb, Beshariqdagi bozorchi xojakaga berib sottiradi. E amiringning go‘riga s… deydi mallim.

MS: Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Hizbut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori ushlanibdi. Tuz og‘a xizbutlar yomonmi?

RT: Agar O‘zbekistonda «tolibonlashuv» tendentsiyasiga chek qo‘yilmasa, mamlakat xuddi Afg‘oniston kabi mangu tanazzul ichiga kiradi. Odamlar uchoq qanotiga osilib qochadigan moxovlandga aylanadi. Mamlakatda xuddi rak kasali kabi ikki xavfli o‘simta bor. Bittasi o‘risparastlik bo‘lsa, yana biri diniy muttasiblik. Bu ikki yo‘lning «borsa kelmas» ekanligini intuitiv tarzda tushungan aksar xalq grin kard o‘ynab, Amerikaga talpinadi. Bor sarvatini sotib bo‘lsa ham, liberal qadriyatlar hokim bo‘lgan Yevropa Shengen vizasini olishga tirishadi. Men odamlarning tilidagi emas, dilidagi istagini o‘qib turib, bu gaplarni yozyapman. O‘risqullik va diniy fanatizm bu millatni o‘ldiradigan zaxar zaqqumdir.

Oltin narxi nega oshdi?

MS: Tuz og‘a oltinning narxi nega oshdi? Ë bizani rahbarlar Ramzanga oltin suvenir sovg‘a qigani uchun oshdimi?

RT: Dunyoda oltin narxini Hindistondagi eng johil va saviyasiz xotin belgilaydi. Hindiston odatiga ko‘ra, eri haydab yuborgan xotin faqat ustidagi kiyim-bosh va taqinchoqlarigagina ega bo‘la oladi. Shu bois, bu xotinlar topgan-tutganiga oltin olib, bo‘yniga osadi. Qizi borlar ham «qizim xor bo‘masin» deb, nuqul oltin olib, bolasining bo‘yniga taqadi. Lo‘li baronlarining ham oltinga ishqivozligini bilasiz. Turkiyaning eng qoloq sharqiy qismida ham to‘ylarda kelin bolaning bo‘niga kilolab oltin osiladi. Yaqin yaqinlargacha boy o‘zbeklar sog‘ tishlarini sug‘urib, oltin tish qo‘yardi. Mabodo bu johillar o‘qib, ilm-irfonga kirsa, oltin arzonlaydi. O‘qimishli odamlar uchun qadriyatlar boshqa narsalarda belgilanadi – kartina, haykal, noyob kitob va tarixiy obida parchalari. Oltin buyum sovg‘a qilish – johillik belgisi. Olti yil avvalgi O‘zbekiston rahbarlarining birovga oltin buyum sovg‘a qilganini eslamayman. Hatto Gulnoraga ham kartina, qadimiy kitob, qadimiy buyum, atlasu adras sovg‘a qilinar edi. Nemis biznes delegatsiyasi rahbariga Maks Penson tushirgan noyob negativ shishalar sovg‘a qilinganini eslayman. Hozirgi rahbariyat esa sof oltindan bo‘lgan, ammo shaklan kitch suvenirlarni padarka qilishni urfga kiritdi (Yaqin sharqdagi bemaza traditsiya). Qancha yaltirasa, shuncha yaxshi deb o‘ylaydigan, dunyoni faqat o‘zlarining qashshoq qarichi bilan o‘lchaydigan bu saviyasiz va ko‘zi och rahbarlar millat va davlat obro‘yini tushirayotganidan xafaman.

MS:  Sannikov yeri degan kinodagi aborigenlarda ham oltin ko‘p bo‘lgan. Yoshligimda ushbu filmni berilib tomosha qilardim. Butunlay o‘zga bir dunyoga tushib qolgandek xis etardim o‘zimni.

RT: Matchonboy 1973 yilda katta ekranlarga chiqqan «Sannikov yeri» filmi juda mashhur bo‘lgandi. Men vaqti kelib Sannikov yeriga boraman deb o‘ylagandim. Orzuyum amalga oshdi.

Sannikov yeri

Umrimda bir marta Yaponiyaga borganman. Shunga ham 10 yildan oshibdi. Men uchun qimmat ko‘ringan bu safarga chiqishga Aytmatovning kitobi sabab bo‘luvdi. Kitob «Fudziamaga ko‘tarilish» deb ataladi. Yaponlar umrida bir marta o‘z kechmishini anglash uchun yonar tog‘ Fudziamaga chiqadi. Mendan oldin borgan  nemis rassom do‘stlarimdan yo‘l yo‘riq va duoiy fotixalar olib yo‘lga chiqdim. Bugun eski yo‘l daftarimni topib o‘sha safarni esga oldim….

Ertalab sakkizlarda  men mingan JAL uchog‘i  Narita xalqaro qo‘nalg‘asiga qo‘ndi. Nemis tilida gapiradigan gid qo‘lida ismim yozilgan karton qog‘oz ushlab turardi. Probkalar bois nonushtani mashina ichida qilamiz¸ bugun sizga Tokioni ko‘rsatay dedi. Ilk borgan joyimiz Tokio hokimi qarorgoxi bo‘ldi. 202 metrlik bu bino ustidagi ayvondan butun shahar ko‘rinadi. (Bulutlar va tuman orasidan g‘ira shira ko‘rindi o‘sha kuni) Keyin pastga enib imperator saroyi oldidagi bog‘ni tomosha qildik. Bu tuman nomi Asakusa atalar ekan. Keyin gid birat meni sudrab turistlarga magnitka va boshqa suvenir sotadigan Nakamise bozoriga obordi. Men unga «oyog‘im zirqirayapti¸ magnitka va boshqa suvenirlardan nafratlanaman» desam ham shizofren shaklda tirjayib «Oka meni suvenir sotadiganlar bilan kelishuvim bor. Har kun kamida bitta turist oborishim kerak. To‘g‘ri tushuning» deganga o‘xshagan gap qildi. Bozorni g‘irrr etib aylanarkanman nuqul qochish yo‘lini izladim. Qornim ochganini bahona qilib gidni kafega sudradim. «kayseki»  degan menyu bor ekan shuni yeb yutdik. Ko‘pchilik dubaydagi palma oroli rasmini ko‘rgan. Dubaydagi bu orol dengizga qum sepib sun'iy barpo qilingan. Bu usulni yeri kam yaponlar ixtiro qilgan. Tokioga borgan turist zoti borki qum sepib barpo qilingan Odayba orollarini ko‘radi. Joiz. Ko‘rishlikda xayr bor. Kun qoraydi. Chamadonim haliyam gidning ruli boshqa tarafda bo‘lgan ikki eshikli toyotasi bagajnigida. Narxi arzon bo‘lishi uchun otelga soat kechki oltidan keyin joylashish rejalangan edi. Torgina bo‘lsa ham bu xonaga ikki kishilik yotoq yerlashgan edi.  Tobutning ichidan sal kattaroq xonada o‘likday uxladim. Zotan charchagan edim.

Ertalab gid telefon qildi. Fudziga boriladigan liliya rangli avtobus otel oldida turganini eslatdi. Pastdagi magazindan suv va quritilgan baliqli chips sotib olishni tavsiya qildi. Yo‘l ikki yarim soat. Tokio mehmonxonalarida nonushta inklyudet qilinmaydi. Puling bo‘lsa xaltada ovqat yeysan Yaltada… Puling bo‘lmasa xaltada qatiq bormi Yaltada….

Gidning ishi bitgan edi. Avtobusda u menga yo‘ldoshlik qilmadi. Avtobus Fudzi tog‘i yaqinidagi bitta choyxonaga o‘xshash joyda to‘xtadi. Bu prokat punkti ekan. O‘sha yerda toqqa chiqqanda kiyiladigan kiyim¸ o‘kchasi nayzali krossovka¸ tizzaga kiyiladigan sovut¸ xassa va yana nimalarnidir oldik. Nimani prokatga olish kerakligini ular belgilaydi. Siz emas. Ammo pulini siz to‘laysiz. Tog‘dan ag‘darilib o‘lib netib qolsangiz «biz hamma narsa bilan ta'minladik.O‘zi aybdor» deyishi uchun. Fudziamaga ko‘tarilishning o‘z darajotlari bor. Xuddi so‘fiylik tariqati maqomlariga o‘xshaydi. Avtobus bizni beshinchi maqomga olib bordi. Bu maqom dengiz satxidan

2305 metr balandda. Sakkizinchi maqqomgacha ko‘tarilish besh soatdan ko‘proq vaqt oldi. Keng oyoq yo‘li sichqon quyrug‘iday torayib boradi. Odam qo‘rqqulik darajada xavfli burilishlar bor. Oyog‘ing toysa pastga qulaysan yo o‘lasan yo qolasan. Safar og‘asi bizga darrov fudziamaga ko‘tarilmay uchinchi maqomda dam olishni taklif qildi. Uchinchi maqomdagi  palatkalardan birini kiralab darrov yotib oldim. Oyoqlarim¸ belim zirqirar. Kislorod siyrak bo‘lgani uchun boshim og‘rir edi. Palatka kirishidagi zvonokni kimdir bosdi. Palatkaga deraza vazifasini bajaradigan yelim oynali teshikdan qarasam. Bir qirg‘iz bashara qiz kulib turibdi. Deraza zamogini g‘izzz etib ochib «Yaxshi qiz tanishulik» deganga o‘xshagan gap qimoqchi edim. Bu qiz menga jilmayib lanch boks uzatdi. Plastik quti ichida ovqat bor edi. Pastda 8 yevro turadigan bu yemak uchinchi maqomda 30 yevro edi. Rahmat deb pulini to‘lab tomoq solingan qutini olib shes sekundda yeb yutdim. Bugun uchinchi maqomda tunashga qaror berdim. Musulmonchilik asta asta. Safar og‘asi menga ertalab kun chiqmay yo‘lga chiqishim haqida ta'limot berdi. Hadaf 3776 metrlik Fudzi cho‘qqisi. Tong yorishmay palatka zvonogi chalindi.

Endi shirin uyquga ketuvdim. Uyquni ham ko‘tiga tiqvorishdi enag‘arlar. Hamma yoq qop qora. Fonarik yoqib uzun qisqa bo‘lib yo‘lga tushdik. Tong otishini ilk bora tog‘ cho‘qqisidan turib kuzatdim. Yaponiya kun chiqar mamlakat degan so‘z ma'nosni tushundim. Lanch bokslarni ochib qizil laks baliqlari va guruchdan iborat yemakni yedik. Po‘rtaxol suvini ichdik (joiz).

O‘sha yerda ilk bora vulqon kraterlarini ko‘rdim. Ulkan laqqa baliq og‘ziga mengzar edi bu kraterlar. Ënimdagi taqvosi kuchayib g‘uluga ketgan yaponlar o‘sha yerdagi Kususiy ibodatxonsiga borib topinib cho‘qinib, o‘sha yerdagi parazit monaxlarga exson berib kelishdi. Men bu din tujjorlaridan tez uzoqlashib tog‘ yon bag‘ridagi issiq qaynar buloqlarda cho‘milish orzusida edim. Chunki yoshligimda «Sannikov yeri» degan kinoda ko‘rganim vulqonli tog‘larda bo‘ladigan termal chashmalarda cho‘milish men uchun Kususiy ibodatxonadagi butu sanamlardan ko‘ra yoqimli edi. (O‘zi sayoxatni eng yoqimli qismi  ham shu qaynar buloq bo‘ldi) «Fudziyama-onsen» degan qaynar buloqda miriqib cho‘mildim. Tog‘ bag‘ridagi qaynoq lavalar huddi o‘choqday bo‘lib bu suvlarni isitgan edi.

Dengiz satxidan  3776 metr balndlikdagi Fudzi po‘chta idorasidan Urganchdagi kadilarga otkritka jo‘natdim. Safar og‘asi kim istasa Kavaguti ko‘li bo‘yidagi otelda qolishi mumkinligini aytdi. Pulni ayaganlar uchunchi maqomga enib palatkada uxlashi mumkin edi. Shundan shunga tirmashib chiqqan bo‘lsam. Qirq yilda bir eshak o‘yin. Qimmat bo‘lsa ham otelga joylashdim. Oynadan ko‘l manzarasi ko‘rinadi. Bu go‘zal manzaraning ijodkori vulqon edi.

Ertalab uyg‘onib otel lobbisidagi bir o‘yinchoqni ko‘rdim. 1 yevro pul tashab suvsiz shisha akvarium ichidagi kranni boshqarasiz. Mabodo o‘sha kran panjasiga akvarium ichidagi panda ayiqni ilintirib teshikka tashasangiz siz o‘sha panda ayiq egasiga aylanasiz. Oldin ham yozganimdek maktabni bitirganimda kran boshqaruvchi degan prava ham olganman. Ko‘tarma kran va ekskavator boshqarganman Shorlovuqda. Xullas butun mahoratimni ishga solib panda ayiqni kran panjasiga qisib o‘lja oldim.

O‘yinimni kuzatib turgan yaponlar irg‘ishlab meni olqishladi. Nima ekan desam, pandaning bo‘ynidagi xaltachada bilet bor ekan. Bu Osaka shaxriga  oboradigan vertolet bileti edi. Hamma xarsillab yurganida men lyuks vertoletda Osakaga bordim va Fudzini vertoletdan tomosha qildim. Anjan biqinidagi Asakaga bormagan Rassom Tuz og‘ang tog‘ tepasidagi Oskaga borvolsaya. Mana buni omad deydi.

Navoiy Xirotda gul hidlagan paytda Osakada qadimiy binolar qurilgan ekan. Osaka qal'asini kezib tomoshalar qildim. Bitta yapon qiz kelib «nerdansiz og‘o» deganga o‘xshash gap qildi. «Urganchdanman. Raytsentr bozorni orqasidan» dedim. U yapon bo‘lsa «O, Urganch! Avangard va lazur gurunch…» desa bo‘ladimi. Keyin qo‘limga bilet berdi. 8 yevrolik bilet «Fusima Inari» monastirini tomosha qilish huquqini beradi. Inari guruch xudosi ekan. Borib urganchliklarni boy badavlat qilgan guruch xudosi haykalini ko‘rib qaytdim.

Keyin Sin-Osakadan tezyurar «Pule Sinkansen» poezdiga chiqib Tokio aeroportiga yaqin vokzalgacha bordim. O‘sha gid bola meni vokzal platformasida tabassm bilan kutib olib Narita aeroportigacha kuzatib qo‘ydi. Bahaybat layner meni kunchiqar o‘lkasidan kunbotar taraflarga olib ketardi. Endi meni Fudziamaga ko‘tarildim deya ayta olardim. Vulqon yaratgan bu maskanga borib bir kungina bo‘lsa ham o‘zimni «Sannikov yeri»da his etib bolalik orzusiga erishgandim.

Eng muhimi yoshligimda orzu qilganim «Sannikov yeri» filmidagi vulqonlar o‘lkasiga borib qaynar buloqlar bag‘rida yayraganim edi. Men endi Fudziama uchun «Ët kishi» emasdim…

Eng katta xato

MS: Yo‘lbitik yozishga usta ekansiz. Endi qissadan hissa nima?

RT: 10 may kuni Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk 89 yoshida olamdan o‘tdi. U SSSR degan yovuzlik saltanatini tugatish hujjatini  imzolagan uch botirning biri.

«Mening eng katta xatoim – Rossiyaga ishonganim» deya yozgan edi 1991-1994-yillarda davlat rahbari lavozimida ishlagan  Kravchuk. Bugungi O‘zbekiston rahbarlari ham Rossiyaga ishongani uchun bir kun kelib afusu nadomat qiladi.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
16 oktyabr 2019
“Bizdan jiz-z!”ning bugungi sonida Shvetsiyada yashovchi o‘zbek faoli Do‘stnazar Xudoynazarov “Eltuz” muxlislari uchun pishloqli sharchalar (sыrniki) qanday tayyorlanishini namoyish ...
6 aprel 2018
1899 yilning 6 aprelida Moskva yo‘llarida elektr bilan yuradigan tramvay paydo bo‘ldi. Bu tramvay ot tortib yuradigan ko‘nka aravalar ...
30 may 2018
Xorazmlik shoir Mahmud Rajab va yana uch nafar shaxs 29 may kuni viloyat prokuraturasiga chaqirildi. Maxmud Rajab «Eltuz» muxbiri ...
3 may 2021
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti matbuot xizmati “Eltuz”ning telegram kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida joriy yil 24 aprel kuni ...
Bloglar
20 iyun 2022
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Mamlakat ...
17 iyun 2022
Biz nima uchun o‘zbek jamiyatida «ayollar huquqi» deb gapiramiz va bu ko‘pchilikka yoqmaydi?Buning sabablarini bilish ...
7 iyun 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 54-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan) AMAL ...