Asosiy mavzular
1 iyul 2022

RTdan va'z: Orqa oynasi tekin qoraygan millat

Qullik zehniyati nima degani, bilasizmi? Birgina qorni uchun ajnabiyga tobe bo‘lgan xalqda qullik zehniyati bor. Misol uchun, «Mustaqillik bizga nima berdi, yaxshimi-yomonmi, Rossiyaga borib oila tebratyapmiz, Rossiya bo‘lmasa, O‘zbekistondagi yaqinlarimiz ochlikdan o‘lardi», degan fikrga qo‘shilsangiz, demak, sizda qullik zehniyati bor.

Rossiyada sizni “churka” deb tahqirlasalar ham mayliga, “chyornojopыy” deb kamsitsalar ham mayliga. “Cpasiba” deysiz-u, ko‘chani tozalashda davom etasiz.

Boshingizda faqat bir fikr: qanday qilib bo‘lmasin, uyga har oy ikki yuz-uch yuz dollar yuborish:  to‘y qilish kerak, o‘g‘il bo‘yga yetgan, qolaversa, xotin gap o‘ynaydi har oy, qo‘shnidan kam joyingiz yo‘q, “Spark” olish kerak. Spark olgandan keyin uni orqa aynagini palon pulga qoraytirish kerak.

Matchon suqilish: Birinchi iyuldan boshlab orqa oyna qoraytirish mut bo‘ldi, tekin bo‘ldi. Old oyna olti baravar arzon bo‘ldi. Sevin millat!!! Senam sevin Tuz og‘a!!!

RT: Nega sevinishim kerak? Sro‘k no‘llashgani haqida jim turganlar uchun to‘lovmi bu? Qachon xalq bu qadar arzonga sotilishga o‘rgandi?

MS: Tarixni o‘qi Tuz og‘a. Mana Kolumb amerikani kashf qilganida o‘sha yerdagi aborigen va xindilarga arzon munchoq berib, o‘rniga kilolap oltin va javohirlarni olgan. Chunki Kolumb aqlli edi aborigen va xindilar arzon munchoqqa sotiladigan johil va avom bo‘lishgan. Mabodo o‘sha aborigenlar ham spark minganida Kolumb ularga quyoshdan saqlaydigan plenka berib, o‘rniga ularni abadiy qul qilish huquqini olardi.

RT: Matchonboy, shu yerda jadidlar bosh toji Bahbudiy bobo gapini esladim. Jaxil olomon o‘qishni bilmagani uchun ularga voqelikni teatr qilib ko‘rsatish kerak degan edi.

MS: Qani shu tonirovka mavzusini tiyotir qilib barsangiza og‘a.

Tonirovka

U bu gapga ishonmadi. Ko‘zoynakni kiyib qarorni hijjalab o‘qidi. Ha, haqiqatda ham shunday. Balki, rozыgrыshdir bu? Amaki adliyada ishlaydigan do‘stiga telefon qildi.

«Ha to‘g‘ri shunaqa» dedi do‘sti.

Amaki «Nahotki» dedi va yuragi qattiq ura boshladi. Keyin butun gavdasi qattiq silkina boshladi.  
Keyin amakining boshi shilq etib yelkasiga tushdi.  Jag‘i ochilib ko‘zlari g‘ilay bo‘ldi. Amaki o‘ldi.  
Amakini hayajonga solgan narsa tonirovka cheklovi bekor bo‘lgani edi.

MS: Siz besh minuti kam avliyosiz og‘a. Bir oy oldin shu toniropka temasini yozvadingiz

Dialog

– O‘zbekiston Bosh vaziri o‘risdan orden olsinmi?
– Ovursin. Omo lekigin tonirovkani tekin qib qo‘ysin.
– O‘zbekiston Rossiyani qo‘llab quvvatlab ukrainlarni o‘ldirishga sherik bo‘lsinmi?
-Bo‘vursin. Faqat anu tonirovkani tekin qiptashasin.
– O‘zbekistonni avtonom respublikaga aylantirib Rosiyaga qo‘shvorsa tonirovka tekin bo‘ladi samo soboy. Bunga nima deysan?
– Jon deyman. Qaniydi bir uxlab turib hammavuzamizni cho‘ntagimizda Rossiya passporti bilan uyg‘onsak. Issiqda tonirovkasiz qiyinde…

MS: Tuz og‘a, gaplaringiz ulli yoshullini tanqdid qilgandek eshitildi. Nerda yoshiysiz o‘zi?

RT: Men Chilonzordagi do‘mda yashayman. Do‘mdaqa do‘m. Hamza metrosidan bir ostanovka narida. To‘qsonlar boshida balkonga chiqib, eng krutoy va qimmat mashinalarni tomosha qilardim. Uyimdi oldida mashina ko‘rgazmasi yo‘q. Prosta uyim Toshkent shahar prokuraturasi yonida. Prokuror degani odamni qaqshatib topgan puliga qimmat tachka oladi. Ammo gap hatto prezident nafratlanadigan goluboy forma prokurorlar haqida emas. Gap qo‘shnim haqida.  

Qo‘shni haqida

Qo‘shnimning ovozi menga aniq eshitilib turadi. Yupqa beton devorli uy sharapati bilan. Gap uy sifati haqida emas. Gap siyosat haqida. Qo‘shnimning ismini aytmay qo‘ya qolay. Karimov davrida internetga kirmay faqat «Komsomolskaya pravda» o‘qiydigan qo‘shnim xozir tarmoqda nima yoziladi, komentlarda nima deyishmoqda, hammasini nuqta verguligacha o‘qib chig‘adi.  O‘qib qolsa oramiz buziladi. Ammo gap tarmoqlar haqida emas. Siyosat yoki qo‘shnim timsolidagi siyosat talqini haqida.  

Karimov davrida u jim edi. Faqat ora sira Gulnora o‘tkazgan marafonda tekin futbolka kiyib yugurar va Gulnorani maqtardi. Gulnora qamalgach, darrov Gulnora rasmi tushirilgan maykalarni xovliga obchiqib yoqivorib, jim bo‘ldi.  

Karimov o‘lgan degan xabar tarqalishi bilan tilga kirib: «Doda tirik», dedi. Keyin doda aniq o‘lgani haqida bir xapta o‘tib rasman TVda aytilganida eng baqirib yig‘lagan ham shu qo‘shnim bo‘ldi.

Tabiatan ziqna bu qo‘shnim atay bir quchoq oq xrizantema olib Karimov murdasi olib o‘tiladigan yo‘lda rangini bo‘qday qilib turib oldi. Haa o‘sha. Gazetalarda rasmiyam chiquvdi. G‘am chekkan fuqaro rasmi. Bir xafta yig‘lamisirab yurdi. «Biz u kishini borligida, ko‘zi tirikligida qadrini bilmabmiz, mana o‘lganida eng qadrdon odam sifatida sevib qolganimizni bildik,» deb, ko‘z yoshini artib qo‘yardi.  

Birdan bu odam yana jim bo‘ldi. Ertasiga.  

«Ay lavyu Mirziyaev» deb yozilib qizil yurakcha tushirilgan  futbolkani kiyib chiqib: «Konstitutsiyada nima yozsayam, Yo‘ldoshev emas, mana shu odam bo‘lishi kerak» dedi.

«Mamlakat boshiga musibat tushganida nafaqat tobut dastasini balki iqtisodni ham ko‘taradigan lider kerak», dedi u ko‘chada o‘tirgan semichkachi kampirlarga qarab.  

Aynan shunday dedi. Ammo uch kun oldin u shu gapni uyida Rustam Azimov haqida ham gapiruvdi. Yupqa beton devor sharapati bilan uning gapiga quloq musofiri bo‘luvdim.

Bilmaganlarga eslatib qo‘yay, Karimov murdasi ortilgan tobutning bir dastasini Azimov ham ko‘targan edi.

Oradan ikki kun o‘tib bir lo‘li bolaning eshshak aravasi bizning pod'ezda to‘xtadi. Qo‘shnimning uyidan 132 to‘m Karimov kitoblarini aravasiga yuklab olib ketdi. Rodnoy zagarli achavatlik sharafli vatandosh bu kitoblarni birin birin tashidi.  

«Uy tor. Kitobni internetda o‘qisa ham bo‘ladi» dedi lo‘li bola bergan pulni ikki qayta sanab turgan qo‘shni. Bir kun qarasam, balkonida limon o‘stiryapi. Bir kun qarasam, sakkizta jo‘ja solingan qapas paydo bo‘ldi o‘sha balkonda. Propiska tarafdori va konvertatsiyaga doimo qarshi bo‘lib ketgan bu qo‘shnim buning teskarisini gapiryapti.  

Tojiklarni tazik deb kamsitib Rog‘un Gesni o‘zim po‘rtllataman deb yurgan odam endi o‘zi menam  asli tojikman tagim o‘ratepalik, Rog‘un GESi suvsizlikdan qiynalayotgan mintaqa uchun asosiy zaruriyat deb turibdi.  
Oldin Jirinovskiyni so‘kadigan do‘stim: «koshki xotinim yosh bo‘lsa, Jirikning yotog‘iga bir kecha qo‘shardim,» degan gaplarni ham aytishga bordi.  

Ramzanni esa xuddi passiv hamjinsboz kabi sevib qoldi. Menimcha, tushida Ramzanga beribam chiqsa kerak. Xotini shunday gumonda.  

Mart oyidan boshlab Ukrainlarni so‘kib boshladi. «Ukroplarni o‘rayotgan Putinga shon sharaf,» deb  baqirardi xar kuni. Xullas, bu qo‘shnim shu kunlarda «Kechuvda otlarni almashtirib bo‘lmaydi» deya aqlli gaplarni gapirib boshladi. Yaxshiyam shunday qo‘shnim bor.  

Siyosat sohasida barometr kerak emas. Oqsaroyu Ko‘ksaroylardagi kallalar nima o‘ylayotganini aniq bilib turasiz. Hovli olma, qo‘shni ol. Chilonzor 3 dagi beton do‘m hovli emasu, endi gap kelganida aytdim qo‘ydim.  

MS: Faqat muhtaram prezidentni kechuvdan o‘tayotgan aravadagi otga o‘xshatgani siyosiy odobga zid emasmi yo yo‘qmi bilolmay turibman.

Balogirlar va tsenzura

MS: Tuz og‘o oxshom jurnalist va balogirlar sipsani dik qo‘yib yommon hazzatibdilar. Tanzila opoy degani har donasi ming do‘llar turadig‘on soat tarqatibdi. Soat olganlar soniga qaraganda o‘zbekistonda tumonat jurnalist bor ekan. Samarqandni o‘zida xokim 300 balogirni 100 million so‘m to‘lab baqibdi. Mana ishonmasangiz restoran diriktirining gappini eshiting.

(videodan qisqa parcha)

MS: Shu mut ovqat yeb yotganlar TVda qizlarning emchagini bijillatsa kerak

RT: Asli Eronda tug‘ilgan «turki sheroziy» amaki bilan tanishman. Asl kasbi tarixchi bo‘lgan bu og‘aning jiyani Shveytsariyadagi jurnalistika fakultetini tugatib, Texronga ishga borgan. «Ish»da esa ayol kishi bo‘lgan bu jiyanning qo‘liga qora flomaster berib, xorijiy jurnallarda ko‘ringan va mulozimlar nazarida «iyot» bo‘lgan suratlar ustini qoraga bo‘yash  buyurilgan. Shu «ish» ekan. Toshkentda jurnalistika fakultetini bitirgan bir qizni bilaman.  G‘ij-g‘ij harf xatolari bilan yozadigan, kuni bo‘yi lichkada erkaklar bilan virtuaal seks qiladigan bu qiz TVda bo‘salarni aniqlab, bijjillatish bilan shug‘ullanar ekan. Qissadan hissa, eks hizbutlar Madaniyat vaziri bo‘lgan zamonda ayollarning qichini bo‘yab, bijillatish kabi ish o‘rinlari ko‘payganidan ko‘payaveradi. O‘zbekiston dev qadamlar bilan Eron tarafga qarab ketmoqda.

«Iyot» rasmlar

MS: Inobi rasmni kim chizgan?

RT. Rasmni ulug‘ syurrealist rassom Rene Magrit chizgan . Bu «Bo‘sa» deb nomlangan kartina.

MS: Inobi rasmni kim chizgan?

RT: Rasm emas bu haykal. «O‘pishish» —  Bu barcha davrlarning eng buyuk haykaltaroshi Ogyust Roden yaratgan va 1889  yili Parijdagi xalqaro ko‘rgazamada ilk bor namoyish qilingan marmar asar. Keyinchalik asar bronzaga ko‘chirilib Parijdagi mashxur parkga o‘rnatilgan. Xozir bu shedevrni ko‘rish uchun Parijdagi le jardin des Tuileries bog‘iga yiliga sakson million odam keladi.

Bu  post O‘zbekiston TV kanallari, Madaniyat vazirligi va boshqa idoralarda ishlaydigan qovoq kalla va tolibon zehniyat mulozimlar uchundir.  Chunki aynan ular o‘zlari o‘taketkan g‘ar bo‘laturib  «O‘tkan kunlar» kabi klassik filmlaridagi o‘pich sahnalarini qaychilashmoqda.

MS: O‘zbekistondagi tolibonbashara va IShID zexniyatli TV mulozimlari taniqli kinochi Ali Xamraevning «Ër Ër» filmidagi  o‘pishish sahnasini kesib efirga uzatishdi.

RT: Bu voqea aholisi porno kanallarni eng ko‘p ko‘radigan, Xitoy va Xindiston kabi milliarder mamlakatlarni  fohisha bilan ta'minlaydigan¸ seksual ahloqsizlik amaldorlarning asosiy sifatiga aylangan mamlakatda yuz bermoqda. Dindor va tujjor qatlamning lug‘atida asosiy bog‘lovchi so‘z «jalab» bo‘lgan ikkiyuzlamachi  riyokorlar yashaydigan diyor.

Legal g‘arxona ochish…

MS; Tuz og‘a sho‘rda bir  savol: O‘zbekistonda legal fohishaxonalar ochilishi mavzusiga qanday qaraysiz?

RT: Fohishaxonalar bu zaminda 20000 yildan beri mavjud. Rus Turkistonida  esa  bu faoliyat legal bo‘lgan. Talab bor joyda taklif ham bo‘ladi. Xozirgi dindor Erdo‘g‘on Turkiyasida ham legal g‘arxonalar bor. Demak bemalol g‘arxona ochib davlat mijozlar va xizmatchilar salomatligi va xavfsizligini ta'minlab qo‘ysa bo‘ldi. De fakto de yure bo‘ladi xolos.

MS: Shu xalol g‘arxona ochsa bo‘lmaydimi? Xalol fohishaxona qanday bo‘ladi? Siz bir xonadonga borasiz. Iddasi chiqqan ayolga bir erkak ikki xotin guvohligida sizni o‘sha yerdagi dejurniy imom nikohlab qo‘yadi. Guvohlarga 20 Imomga 30 dollar beriladi. Keyin kelin obrazidagi fohishaga «maxr» deya 100 dollar beriladi. Ertalabgacha kuyov bola bo‘lasizda kelin bolaga uch marta «taloq taloq taloq» desangiz ish bitdi. Hammasi sha'riy. Zino yo‘q. Vijdon azobi yo‘q. Mazzami?

RT:  Bu bizning ponyatkadagi islomda yúk!

MS: Adashgan shialarda, Eronda bor. Lekin kimning adashganini aniqlash tangri taborakning ishi.

Qurolga izn…

MS: O‘zbekistonda axoliga qurol sotishga izn berilishi kerakmi?

RT: Yaqinda AQShda aholiga qurol sotish qoidasi ancha keskinlashdi. Qurol olmoqchi bo‘lgan odamga mahallada ikki odam tavsiya berishi kerak. «Bir vaqtlar zo‘ravon va zaif bor edi, pistolet sotuvga chiqqanidan keyin ikkalasi tenglashdi» deyiladigan amerika yaxshi misol emas. Har oilada bitta ov miltiq va to‘rtta to‘pponcha bo‘lgan Turkiya ham. Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat bo‘lgan Shveytsariyada qurol bilan bog‘liq jinoyatlar o‘ta kam. Chunki xalqning ma'rifiy darajsasi yuqori.  Endi O‘zbekistonga kelsak. Ichi nafrat bilan to‘lib toshgan o‘z xis tuyg‘usini jiovlay olmaydigan aholiga qurol sotish maymunning qo‘liga granata bergan bilan teng. Har kuni pichag‘labdi, so‘yibdi degan xabarlar o‘rniga kalashnikov bilan 20 ta odamni tarillatib otib tashabdi degan xabarlar chiqa boshlaydi. Shu bois aholiga qurol sotgandan ko‘ra ularni o‘ngacha sanash va xarf tanishga o‘rgatsak yaxshi bo‘ladi.

MS: Ha o‘ngacha sanashni o‘rgansa bloger bo‘lib, Samarqand hokimi Turdimov osgan qozondan tekin shavla yeydi. Tanziladan soat, Hokimdan zanjir, bog‘bondan anjir, cho‘pondan ayron, oysha xoladan rayxon oladi.  Tuz og‘a mana kecha Qoraqalpoqdan Sulton degan jurnalist bola chiqib konstitutsiyada bizani huquqimiz  kamayibdi indi ko‘chaga chiqib prava kachat qilamiz dedi. Shunga nima deysiz?

Ayirmachilik

RT: Qoraqalpog‘istonda pashshadan fil yasash yoki stakan ichida to‘fon qilishga hojat yo‘q. O‘zbeklarning qoraqalpoqlar bilan konflikt tarixi yo‘q. Hech kim u yerni bosib olmagan. Tarixda bu ikki turkiy el orasida  urush va nizolar ham bo‘lmagan. Rim huquqiga ko‘ra, bu yerlar 1873 yilga qadar Xiva xonligiga oid bo‘lgan. 1919 yildan boshlab Xorazm Respublikasi yeri bo‘lgan. Bir muddat o‘ris qo‘lida bo‘ldi  keyin  O‘zbekiston SSR va 1991 yildan – mustaqil O‘zbekiston. Mamlakat bir va bo‘linmasdir. Hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida o‘zbek, qozoq, koreyts, rus, totorlar istiqomat qiladi. Ularning hammasi – O‘zbekiston vatandoshi. Ayni paytda men tanigan qoraqalpoqlar mardligi, qo‘rqmas va botirligi bilan ajralib turadi. Men ham jon deb o‘zimni qoraqalpoq deya atayman. Bugun Ukrainada separatchilik olovini yoqqanlar katta pushaymon bo‘lishgani – davr realligi. Chunki separatizm nizosi bois bu nizoni ko‘targanlarning o‘zlari va oilalari zarar ko‘rdi. Uylari yondi, mol-mulki o‘rislar tarafidan g‘orat bo‘ldi. Men yoqtirmaydigan narsa – nizo sho‘rvasida Kremlning tuzi borligi. Qoraqalpoq bovurlarim, o‘risning o‘yiniga qo‘shilmang. O‘zimiz kelishib olamiz. Bo‘ladigan el bir-birini botirim, deydi.

Rassom Tuz nega xafa?

MS: Tuz og‘a negadir hafa ko‘rinasiz. Ko‘chada to‘y tomosho bo‘lsa? Agar sizni asirga olishgan bo‘lishsa ko‘zingizni yumib-ochib ma'lum qiling.

RT: Har qachongidan erkinman, ammo qo‘limda ko‘p informatsiyalar bor. Bu informatsiyalar meni jo‘n populist matnlar emas, farqli tafakkur va tanqidiy tahlil qilingan bitiklar yozishga  undadi. Ma'yusligim sababi bor… Xafta ichida men shaxsan tanigan ikki kishi olamdan o‘tdi. Erk uchun kurashgan buyuk kishi o‘ldi. Ibrohim Haqqul dunyodan o‘tdi.

U kabi ulug‘ odamga zamondosh bo‘lish bizga ko‘plik qildi. Ibrohim aka bilan Erk gazetasida birga ishlaganmiz, birga ayblanganmiz. 

Xafta ichida injener, shoir, dramaturg va «Matros jimligi» qamog‘ida nohaq o‘tirgan sobiq maxbus Komil Avaz olamdan o‘tdi. Komil og‘a 1942 yil Xivada tug‘ildi. 1963 yili Toshkent to‘qimachilik institutini bitirib muxandis bo‘ldi. Xorazmdagi paxta zavodlarida rahbar bo‘lgani ortidan Gdlyan va Ivanov uyushtirgan qama qamalarning ilk nishoniga aylandi.  Komil Avaz Moskvadagi «Matros jimligi» turmasining eng chuqur zindonining bir kishilik xonasida faqat sho‘r karam yeb oylar yillar azob chekdi. Keyin oqlandi. Qolgan umrini ijodga sarfladi. Ogahiy teatrida direktor bo‘lib ishladi…

Xorazmda uch shoir bor – Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar. Bu uch shoirdan ikkisi o‘ldi. Biri tirik. O‘lganlarni yodlab qolganlarga umr tilaymiz…. (quyida xorazmlik marhum shoir Jumanazar Matyoqubov she'ri)

Xorazmda bor-yo‘g‘i uch shoir,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar,
Uchovi ham bir-biridan g‘o‘ch shoir,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.
Doshqin bobo yonin qilib qarorgoh,
She'r yozishar, Zarifiy ham borar goh,
Bo‘lib ketar ohda-ohu, vohda-voh,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.
Anjirdan boshlaydi biri so‘zini,
Feruz kabi tutar biri o‘zini,
She'r o‘qisa biri yumar ko‘zini,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.
“Qo‘ymadingiz” deya olib ehsonlar,
Qutlug‘ bo‘lsin kiygan zarbop choponlar,
Biryon chetda qolib ketdi Omonlar,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.
Mehmon ensa uyushmadan Toshkentdan,
Qaysi biri quruq kelib, bo‘sh ketgan,
Aeroflotga chiqib xayru-xo‘sh etgan,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.
Chingizning qirinda Rustamda ne hol,
Daryoning bo‘yinda Mahmuddan ahvol,
So‘rash yo‘q, istash yo‘q, bu na ola-ol,
Oshiq Erkin, Komil Avaz, Matnazar.  

Assalom O‘zbekiston Juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
27 iyun 2016
Teledayjestimizning bu galgi sonini oy oxirini kutmasdan e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. Chunki bu oyda Toshkentda «dunyoning eng qudratli ...
9 mart 2020
Koronavirus: Men ham kirsam maylimi? Eshikbon: Prezidentimiz koronavirusni kiritmanglar, deb buyurgan! Rassom Kirpi Eltuz.com
29 oktyabr 2023
Bugun turk millati o‘z tarixida ilk marta demokratik respublika qurgan kunga yuz yil to‘ldi. O‘zini turk deb bilgan Rassom ...
28 iyun 2021
Bu tabiat va inson huquqlarini himoya qilish maqsadida jamoatchilikning xalqaro banklarga qanday ta'sir o‘tkazishi mumkinligi haqida Benkvoch tomonidan tayyorlangan ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...