Asosiy mavzular
15 iyul 2022

RTdan va'z: Muhimni nomuhimdan ajratish ahamiyati

Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar yozuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi choy ichilmay qoldi. (Men o‘sgan qishloqqa ertalab to‘yib ovqat yeyish rituali yetib bormay qolgan) Xullas, bu yozganim ham qorni och odamning deganidir. Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor? Xo‘sh, qorni och odam nima haqida o‘ylaydi unda? Qorni och odam bir burda non haqida o‘ylaydi. Imonning ustuni nondir. «Ochdan qoch» degani ham shu.

Mening ochligim cho‘ntagimdagi pulim bilan emas ish rejimim bilan bog‘liq. Yugurib yurib bir narsa kavshangandan ko‘ra kechqurun ishni tugatib, bemalol qo‘yning duxopkada pishirilgan qo‘lini yeyishni ma'qul ko‘raman. Ornitologlarning o‘granishicha, qush parvoz qilayotgan paytida  emak yemas ekan. Ë yeysan yo uchasan degan dillemma. Muddao.

Bu almoyi jalmoyi kirishdan keyin asosiy aytmoqchi bo‘lgan gapimga o‘tsam. Bu gapim «muhim narsa va muhim bo‘lmaganni» ajratish haqida. Aytaylik, siz izquvarsiz. Bir zo‘ravon pedofil yoki qotilni jinoyat ustida ko‘rib, quvib ketayapsiz. Qotil yo‘lda ketayotgan tramvayga chiqib oldi. Siz uni ortidan tramvayga chiqdingizu ammo bilet olmadingiz. Kontrolyor kelib sizni shtraf qilmoqchi. Bu holatda sizning bilet olmay huquqbuzarlik qilganingiz – ikkinchi darajali. Chunki siz jamiyat uchun xatarni oldini olyapsiz.

Jamiyat buni taroziga qo‘yib, sizni haq deb toshishi joiz. Yana bir misol. Taniqli jurnalist¸ Britaniya vatandoshi Shohida Ëqub Yevropa ittifoqning 25 davlatining qalbaki pasportini  sotib olib YeI chegalaralarini kesib o‘tdi. Qalbaki pasport sotib olish – jinoyat. Ammo Shohida shu mavzuni matbuotda yoritish va jamiyatni xatardan ogoh qilish uchun bu ishga qo‘l urdi va Britaniya jamiyati olqishiga noil bo‘ldi.

Endi yana bir misol bersam. O‘tkan asrning oxirlarida Urganch bozorida guruch sotadiganlar kechqurun bozor yopilganidan keyin qoplarini qoldirib ketaverardilar. Bozor yonidagi bir odam shayka tuzib, har kuni kechqurun o‘sha qoplardan ozroq guruch o‘g‘irlashni tizimli yo‘lga qo‘ygan edi. Xalq uni bilardi. Lekin bu odam yilda ikki yoki uch marta o‘g‘irlagan guruchini bir qismidan palov pishirib, xalqqa sadaqa qilib turardi. Sadaqaga kelgan parazit imom bu o‘g‘rini maqtab duo qilar va xalq ham tekin tomoq bergan o‘g‘rini maqtardi. Bu yerda odamlar uchun o‘g‘rining tizimli jinoyati emas u bergan bir siqim tekin palov muhim bo‘lgan.

Mamlakatda gangstrezimni joriy qilib odamlarni qaqshatgan prezident qizi Gulnora Karimova ham yetimlarni to‘plab sunnat qilardi. Ahmadboy ham to‘rt marta sunnat bo‘lgan yetimlarni detdomdan ijraga olib kelib beshinchi marta «sunnat » qilib elga osh berardi. Mirzadan tortib Sheraligacha Ahmadboyni tekin ovqatini yeb, duo qilishardi. …

Misol qismi tugadi. Endi xulosa. Muhimni nomuhimdan ajratsangiz, vaqtingiz tejaladi. Muammoni u paydo bo‘lgan darajada hal qilish mumkin emas. Siz keyingi bosqichga ko‘tarilib, ushbu muammodan yuqoriga ko‘tarilishingiz kerak.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 oktyabr 2020
O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning Toshkentdagi tadbirda davlat rahbarining katta qizi Saida Mirziyoevga ta'zim qilgani sotsial ...
13 mart 2019
O‘zbekiston prezidentining mamlakatda katta hajmda achchiq qalampir yetishtirib, keyin uni xorijga eksport qilish orzusi birinchi yildanoq sarobga aylanishiga sabab ...
1 dekabr 2021
Rassom Kirpi
25 fevral 2022
“Vladimir Zelenskiy undan deyarli hech kim kutmagan rolni o‘ynamoqda: Ukrainaning urush davridagi prezidenti rolini”, deb yozdi New York Times ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...