Asosiy mavzular
22 iyul 2022

RTdan va'z: Shu atrofda qo‘tos bordir

Amerikada «Gazeta tog‘i» degan cho‘qqi bor. Bir paytlar hindu qabilalari shu cho‘qqi toshlariga o‘z kechmishlarini rasm chizib izhor qilib ketar ekan. Boshqa bir qabila kelib, bu rasmlarni ko‘rib, o‘z munosabatini bildirib, qo‘shimcha rasmlar chizib ketishgan.

MS:  Tuz og‘a, indeytslar tog‘larga rasm chizgan? Biz, yosh paytimizda Toshkentga o‘qishga kelgan bolalar, tualet ichiga yozuv yozardik. Buyam shunga o‘xshagan narsami?

RT: Ey, Marchon Suqilish, senga o‘xshash indeytslar tualetga uyat gap yozgan. Amriqo xindulari esa o‘z hayotini rasm qilib chizgan.

Shu tariqa bir-biri bilan jismonan uchrashmagan qabilalar, bir-biri bilan «gaplashgan». Odamlar gazeta orqali bir-biri bilan «gaplashadi» degan so‘zning ma'nosi  ham shu.

MS: Tuz og‘a, ikki yilcha avval siz duxtirxonada o‘lgan bir xotin haqida yozuvdingiz, shuni prezident Mirziyoevning o‘zi o‘qib, selektorda sizga rahmat aytuvdi. Demak, gazeta orqali prezident bilan ham gaplashsa bo‘lar ekan, Qoyil og‘a.

RT: Shunday Matchon. Masalan, masofa, pul va mavqe jihatdan mendan ancha uzoqda bo‘lgan Zafar Khashimov ni tarmoq deya atalgan gazeta orqali  vatanparvar sifatida tanidim. Agar tarmoq bo‘lmasa, men ul odamni tijoratning  semirgan  mushugi sifatida  salbiy faraz qilgan bo‘lardim. Na esa… Muloqotda xayr bor. Bugun kun bo‘yi sizlar bilan gaplashdim. Ba'zan qattiq, ba'zan asta, ba'zan esa xasta ovoz bilan. Kecha esa g‘ayratga minib, ko‘proq gaplashib yuborsam, FB roboti meni robot deb o‘ylab, bir muddat tushov solib qo‘ydi. Robot emas, odamman.  Behbudiy va Julqunboyni ustoz deb bilgan, oqni oq, qorani qora deguvchi odamman. Tabiatimdagi avtoritarlik yonida kechiruvchan mehribonlik ham bor.  Murosaga ham ochiqman. Millatni ma'rifat qutqaradi deb ishonaman. Meni o‘qiyotgan do‘stlarim, hossatan qizlarni qaroqlarim deb siylab gapiraman. Qaroq – bu ko‘z qorachig‘i.

MS: Tuz og‘a, biz  Toshkentda o‘qiganimzda tualetga erkak va ayol kishining uyat rasmlarini chizardik. Shunga bizani ham indeyts deyishardi. Amerikadagi indeytslar nima chizgan?

RT: Amriqo dashtlarida qo‘toslarni quvalagan hindu «gazeta tog‘i»ga bu qo‘tosni qanday ushlagani va qanday nimtalab yegani rasmini chizgan. Yana bir hindu esa bu rasmni ko‘rib, shu atrofda qo‘tos borligidan xabardor bo‘lgan. Jurnalistning vazifasi shu. Xabardor qilish. Intilganga tole yordir. Shu atrofda qo‘tos bordir.  

MS: Tuz og‘a Qo‘tos degani uyat gap emasmi? Xozir o‘zidan eron shariat posboni yasab olgan mulozimlar kelib sizni sazoyi qilmasin yana.

Reorientatsiya

RT: Guliston XTB vakilining «Ko‘cha-ko‘yda hijob o‘raganlarning sharmandali holatlaridan bezib ketdik» degan gapi vazirlikdagi  Eron uslubidagi konservativ  mulozimlarga yoqmabdi.

Guliston Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli Telegram-kanalda maktab o‘quvchilarining hijob o‘rashiga qarshi post joylandi. Mazkur post ijtimoiy tarmoqda ildiz otgan diniy radikal trollar sazoyisiga nishon bo‘ldi.  Shundan so‘ng Telegram-kanaldagi  post olib tashlandi. Mana bu matn esa o‘sha olib tashlangan post nusxasi:

«Diniy erkinlikni suiiste'mol qilayotganlar, sizlar islom dinini har biringizning miyangizga keladigan bo‘lmag‘ur fikrlar bilan har tomonga tortqilab tashladinglar. Odamlarni har xil tushunarsiz va ahloqsiz ma'ruza va videochiqishlar bilan zeriktirib yuborgansiz.

Sizlarning ahmoqona targ‘ibotingiz tufayli haqiqiy dindor bilan niqobdagi dindorlarni farqlay olmayapti xalq. Ko‘cha-ko‘yda hijob o‘raganlarning sharmandali holatlaridan bezib ketdik.

Biz farzandlarimizni o‘qib, bilimli bo‘lib, o‘z haq-huquqlarini to‘liq anglaydigan bo‘lib voyaga yetishlarini xohlaymiz. Guldek yoshligini senlarga o‘xshagan islomiy gazandalar qo‘lida qurbon bo‘lishiga jim qarab turmaymiz», – deyiladi postda.

Xalq ta'limi vazirlik shtatlariga sizgan qadimchi muxofazakorlar bosimi ostida qolgan Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaga ko‘ra, bu yuzadan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Bu vazirlik xodimlari o‘zlarini Eronda ishlayapmiz deb o‘ylasa kerak. Buni  siyosatda reorientatsiya, tibbiyotda esa galyutsinatsiya deyiladi.

Xurmatli vazirlik xodimlari, konstitutsiyani olib o‘qib ko‘ring (har xolda xarf taniysiz degan gumondamiz) O‘zbekiston ta'lim tizimi dindan ajratilgan.

Mayiz yemagan xotin

MS: Tuz og‘a, xotinlar burqa paranji va chachvon kiysa g‘ar bo‘lib buzilib ketmas ekan degan fikr bor. Bu haqda hatto Abdulla Qaxxor «mayiz yemagan xotin» degan hikoya yozgan.

RT: Ex, o‘qimagan Matchon. Abdulla Qaxxorning bu hikoyasi paranjiga o‘ralgan taqvosi kuchaygan xotinning o‘z uyiga o‘ynashini olib kelib, tagida to‘nqaygani haqida. Jadidlar paranjiga qarshi bo‘lgan. Men ham neojadid o‘laroq ustodlar yo‘lidaman. Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil!!!

MS: Andijonda mulla 2020 yildan beri 27 nafar voyaga yetmagan o‘zbek va qirg‘iz bolalarini urib, tan jarohatlari yetkazib, diniy saboq berib kelganligi uchun ushlandi.

Viloyat IIB gumondorning diniy bilimi hamda dars o‘tish uchun ruxsatnomasi yo‘qligini ma'lum qildi. Agar bu mulla Abo Muslim jangnomasini xatm qilgan bo‘lsa, bollarni urib o‘qitishga haqqi bormi?

RT: Agar diniy bilimi oshib toshib ketgan bo‘lsa ham hech bir mullavachcha bolalarni o‘qitishga haqqi yo‘q.

O‘zbekistonda ta'lim tizimi dindan ajratilgan.

Layfxak

MS: Yaqinda bir qatarlik missioner bilan gaplashib qoldim. O‘zbekistonda dinning salafiylik oqimini yoshlar orasida qanday yoysa bo‘ladi, deb so‘radi. Siz unga  qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

RT: Xullas qaysidir ariq (oltiariq, beshariq, uchariq) yoki masalan Uchqo‘rg‘onda «Zulu va boshqa tillar kursini» ochasiz. Spiska mana bunday;
1. Zulu tili o‘rgatish kursi.
2. Chicheva tili talaffuz kursi.
3.Varramunga tilida izofa.
4. Arab tili.
5. Pita-pita tilida jarangdorlik.

Shu beshta tilni o‘ragataman deb kurs ochiladi. Qovs ichiga gruppasi to‘lsa dars o‘tiladi deb yozib qo‘yiladi. Uchqo‘rg‘onda nima ko‘p, o‘lsam bolam go‘rimdi ustida tilovat qilsin degan mardum ko‘p. Guvvv etib kelib kursdi to‘ldirib beradi.

Endi bemalol missionerlar o‘z prozelitizmini oborovearadi. Abdulvahob Tamimiy, Ibn Taymiya va boshqa ibni xattoblar ucheniyasini o‘rgatovurasiz.

Tanapsda yelgebete yaxudiylar, massonlar va otaturkni zeklar tilida o‘richcha so‘kishni ham o‘rgatasiz. Ag‘i o‘zi ketouradi. Omi xalq borini obkeb to‘kib tashaydi.  Bolasini abkeb «etiyam, ketiyam sizdiki, nima qisongiz qivuring taqsir» deydi. Maqpti jixot parz bo‘ganiga kimam shak keltiradi. Mabodo, mufattish kelib «nega Zulu tili yoki Varramunga o‘qitilmayapti. Chicheva qani» deb so‘rasa kurs to‘lmadi, talab yo‘q¸ o‘qituvchiyam yo‘q deysizda, cho‘ntagiga exson tig‘ib qo‘yasiz. Xadyani olishlik joizligini har bir mufattish biladi. Ana bo‘ldi. O‘zbekistonning yoshlarini ummat yo‘lida xarjlashning boshqa bundanda samaraliroq yo‘li bo‘lsa oyting birodarlar. Umr g‘aflatu zillatda o‘tmasin. Izzat va rijollik badanimizga singib ketsin.

Ko‘prikdan nari…

MS: Bollarni urib-urib badaniga kirgizvorish kerakmi. Yaxshisi kim saodat asrini orzu qilsa shundoq Termizga borsin. Ashi joydagi biratlar qo‘lidan ushab hayraton ko‘prigidan o‘tkizib yuborsin. Ro‘molam, hijobam, bachchaning etiyam-ketiyam ashag‘da. Bir mazza qilishsin birodarlar. Bir martalik umrida oirzusiga yetsinda bu rijollar.

Tuz og‘a Parxona hali Iskobil nomi bilan yuritilgan paytdayam aldab pulini osa bo‘ladig‘on anoyilar shahri bo‘g‘an. O‘sha paytdagi gazitlar yozg‘on buni.

RT: Bu endi tarix. Bugunga qaytsak, 2021 yilning iyun oyida S.D ismli parxonalik aprs yana bir parxonalik lox  Yu.B.ning ishonchiga kirib, uni  Koreyaga ishga jo‘nataman deb 10.000 do‘llarini olib yeb ichvorgan. Aprstni ushab qamag‘ga olib kelishganda u «Bitttiyn pulim bo‘lsa onam xotinim bo‘lsin» deb non tepib qasam ichvordi. Tergovchilar uni ayag‘idan ko‘tarib boshini yerga qilib silkitib ko‘rishdi. Rostdan ham cho‘ntagida hemiriyam yo‘q. Nomidayam mol mulk yo‘q. Ursang o‘laman – bersang yeyman degan janvor. Qamag‘dagilarning qopiga och nazarini tikib, ozod bo‘sam silaniyam koreyaga yuboraman, deb ikki bo‘lak qazi bilan qotgan nonini ob qo‘yibdi.

MS: Aprs qamag‘dami yoki Ësh itlar kapilllikka oldimi?

RT: Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Parxonalik aprst agar so‘tni rozi qilmasa  sakkiz yilga qamaladi.

Dekan pora oldi

RT: Tilimizga yarashiq so‘zlar bor. Masalan «Bulbul sayraydi» Aytsang o‘zi aytilib ketadigan so‘z. Albatta bulbul bo‘lganidan keyin sayraydida. Shunday so‘zlardan biri «Dekan pora oldi»

MS: Oladida endi dekan bo‘lganidan keyin.

RT: Rishton tumani xalq ta'limi bo‘limi xodimi va Farg‘ona davlat universiteti dekani pora olayotganda qo‘lga olindi. Poraxo‘rlar  qamag‘da… Ular o‘rniga ishga taynlanganlar esa  porani qanday qilib bilintirmay olish haqida o‘ylashmoqda. Butun bir xalq bola-chaqasi va ota-enasi bilan qo‘shilib ishlamay pul topish, pora olish, o‘marish va tashmachilik haqida o‘ylaydi. Dekan degan lavozim esa poraxo‘rlik timsoliga aylangan.

MS: Tuz og‘a, dekan degan so‘zning ma'nosi nima. Dakan degani xotinboz xo‘roz. Dekani nima?

RT: Aslida Dekan. nemischa — Dekan. lotin tilida  — decanus cherkovdagi ruxoniy ota degan ma'noni beradi. Ba'zi cherkovlarda dekan deb  roxiblarning o‘nboshisiga aytilgan. Dekanlar har xaftaning yakshanba kuni o‘z qavmidan pul yig‘ib kun ko‘rgan. Cherkov dekani bizning o‘zbek dekanlariga o‘xshab ishlamay kun ko‘radigan parazit bo‘lgan.

Artistlar nega soliq to‘lamaydi?

MS: Tuz og‘a 122 ming dollarga Toyota olgan Murodbek Qilichev qo‘shiqchilarni soliqdan ozod qilgan ho‘ko‘matdan minnatdor.

RT: Kambag‘al deya soliqdan ozod qilingan arts Malika Ravshanova yarim million dollarga uchastka qurayotganini maqtansa, Poziljonov degani eski aravasini 42 ming dollarga sotib  100 minglik yangi moshn olmoqchi. Shahzoda Muhammedova degan arts esa mishiqi qizini oyiga 800 dollar turadigan boqchaga berganini aytib maqtandi. Yana bir soliqdan ozod bo‘lgan qiziqchi bir finjon kofe ichishga ketadigan paytda xunday sonata sotib olganini video qilib, soliq to‘lasa ham, moshina ololmay yurganlar ichini kuydirdi. Ro‘yxatni siz davom ettiring. Men savol beray.

Nega bu maqtanchoq artslar soliq to‘lashdan ozod qilindi? Nega Uchko‘prikda turp sotadigan mehnatkash soliq to‘laydiyu, arts bo‘lib pul shopirayotgan urodlar to‘lamaydi? Negaaaa? Kim u artslar? Atom reaktorining knopkasini ixtiro qildimi? Kurva kokain bilat.

MS: So‘kindingiza birat. To‘chniy so‘kindingiz.Abduraxmon degan rassom Toshkent ko‘chasiga Putin bilan Zelenskiyni teng qilib rasm chizgani uchun rosa so‘kishdi.

Zelenskiy rasmi nega o‘chirildi?

Rassom ukamiz Abduraxmon Inkuzart Incognita bilan do‘stimiz Nikita Makarenko gaplashibdi. Rassom «Mening gapimni noto‘g‘ri talqin qilishibdi» deya uzrini aytgan. Ammo bu orada Zafar Khashimovdan tortib, Akhunov Vyacheslavgacha rassomni malomat qilishdi.

Ësh rassom butun obro‘sini bir kunda yo‘qotish arafasida qoldi. Yana aytaman Putinni oqlash bu – rassom uchun o‘zini xarakiri qilish bilan teng. Bu mojaroda menga yoqqan narsa liberal tusovkaning Ukrainani qo‘llashidagi hamjihatlik.

Bu mutlaqo pozitiv. Biz Ukrainani qo‘llar ekanmiz, pirovardida O‘zbekiston mustaqilligi tarafida bo‘lamiz. Putin bu zamonamiz ajinasi. Gitler va Chikatilo kabi yovuzlar qatoridagi qonxo‘r. Uni qo‘llab quvvatlash kabi lyuks hech kimda yo‘q. Putinni maqtagan til kesilishi, unga egilgan bosh chopilishi kerak.

Tamom vassalom. Lekin rassom do‘stimiz Abduraxmonni kechiraylik degan o‘tinchimni yana takrorlayman. U vatanparvar vatandosh.

MS: Tovusning o‘zi chiroyli bo‘g‘ani bilan ovozi xunuk bo‘ladi. Ovozi yaxshi bo‘lgan bachchaning qilig‘ini ko‘rsang, qusging keladi. Ovozi yaxshi, deya maqtaladigan va amru ma'rif matnlar o‘qiydigan  artist Afzal Rafiqov  o‘risparastlik tomir tomirigacha singib ketgan taviya bo‘lib chiqdi. Mana uning Ozodik radiosida aytganlari:
“Albatta yaxshi, majbur bo‘ldi Rossiya. Rossiyani majbur qilishdi. Ukrainada fashizm tug‘ilyapti. Yevropada! Buni Yevropa tan olmadi. Amerika tan olmadi. Kechirasizu, Ukrainani ko‘tiga paxta qo‘yishdi. Maqsad, Rossiyani hozirgi bo‘layotgan ishlarga majburlash va niyatiga yetdi. Shu mening munosabatim, juda to‘g‘ri ish bo‘lyapti.
Rossiyaning g‘alaba qozonishiga men ishonaman. Rossiya haq!»

RT: Aytilgan so‘z – otilgan o‘q! Arts Afzal Rafiqov go‘daklar va bolalarni o‘ldirayotgan Putin patinkasini yalaydigan maxluq ekani tarix sahifalariga yozildi.

Agar u tug‘ilganida qulog‘iga azon aytilib, musulmon bo‘lgan bo‘lsa, bu gapidan keyin imoni kuyib, xotini taloq bo‘ldi.

Onasi tuqqan paytida ko‘ti bilan bosib o‘ldirib tashasa, insoniyat yanada baxtli bo‘lardi.

O‘zi boshidayoq ko‘rpachaga to‘kilib ketsa, dunyo yana ham nurafshon bo‘lardi.

Bir paytlar Cho‘lpponu Fitratlarni o‘ldirgan Stalinga sig‘ingan qul qoni oqmoqda bu arts tomirlarida.

MS: Beka ham tinchidi, bekach ham. Rassom Abduraxmon (Inkuzart Incognita) o‘z asarini o‘chirib tashladi. Nedolgo muzыka igrala – nedolgo fraer tantseval.

Yettinchi roddomning oynagi

MS: Buyuk rassomlar faqat o‘tmishda bo‘lgan. Xozirgilar ikki kursida o‘tirmoqchi bo‘lgan riyokor. Tuz og‘a o‘tkan xapta o‘zbekistondagi parazit balogirlar go‘mma nega qimmat deya dodlashuvdi. Yettinchi roddomning aynagi sinib ketdi.

RT: Mavzuga qopqoq. Bugun banketdagi go‘mma qimmat deb, yerlarga dumalab, boshlarini devorlarga tars-tars urib, tirsagini tishlab dodlayotganlar 27 iyun kuni davlatning tekin ziyofatini zahar zaqqumiga yutgan va ketayotib ertakdagi Qimmat kabi «sovg‘a qani», deb, betini bez qilib, so‘ragan mardumi g‘ofillardir. Ming dolllarlik soat, Artel led TV va boshqa padarkalarni olib, rasmini tarmoqqa qo‘yib, maqtanib  «ehson» qilganlarga xushomad qilayotgan balogirlar to‘dasi bir oynaga qarasin.

MS: Tuz og‘a mana Taym jurnali O‘zbekistonda adabiyot fetivali bo‘ladi deb yozib maqtab chig‘di. Lekin adabiyot sohasini monopoliya qilgan yozuvchilar uyushmasi bu festivalni yo‘qqa chig‘ordi.

RT: Haqiqatda O‘zbekiston ilk marotaba AQShdagi Taym jurnalida «Albatta borish kerak» deyilgan mamlakat sifatida yoritilib buning sababi «Buyuk ipak yo‘li adabiyot festivali» ekani urg‘ulangan. Endi nima deb javob beradi yozuvchilar soyuzida paxtali vatnik guppi kiyib o‘tirib, sovetdan qolgan miya bilan yurgan yetimaklar?

MS: Ëzuvchilar uyushmasi degan kolxozchi, johil, mudaklar kontorasi adabiyot festivalini taqiqlab, O‘zbekiston obro‘sini xalqaro maydonda tushirib yubordi. Shu yozuvchilar uyushmasi tirik bo‘lsa, bizga dushmanning keragi yo‘q. Tuz og‘a o‘zi adabiyot degani nima?

Adabiyot nadur?

Adabiyot nadur? Bu eski savolga mening javobim. Bu oramizdagi eng xissiy yetishkin odamning jamiyat haqidagi mustaqil taxlilidir. Chexov, Zoshenko, Aziz Nesin va Dovlatov hikoyalari, Emil Zolya, Tolstoy, Bunin va O‘rxon Pomuq romanlari. Bu romanlarni yozgan yozarlarning avomdan farqli aytar so‘zi (messedji) bor. Ular haqiqatda aql zakosi bilan avomdan farqlanadi. Shu ma'noda o‘zbek yozg‘uchi shoirlarining aytadigan original gapi yo‘q.  Umuman olganda ko‘pi ilmsiz joxil odamlar. Jaxon tamadduni, tasviriy san'at, balet, teatr, musiqa va moda dunyosidagi trendlardan behabar. (bir yo ikki istisno bor xolos) Aytadigan gapi avom aljirashidan ham tuban.

Masalan Maxamat Yusup degan shig‘irchi «So‘kavermanglar Stalinni siz. Uni ham ona tuqqan» deb yozishgacha boradi. O‘zbek she'riy estetikasini tubanlashtirgan bu yig‘loqi kalxoz shoiri minglab o‘zbek oydinlarini o‘ldirish mashinasini Stalin ijod qilganini bilishga aqli yetmaydi. Avom qatori bu qatl mashinasi murvatlarini ayblamoqchi bo‘ladi. Ichi bo‘sh nog‘oradan yaxshi sas chiqadi ammo ichi bo‘sh yozuvchining yozgani sariq chaqa.

Va'z nima o‘zi?

MS: Ertalab «molookooo» degan sas uyqumni buzdi. Turib ko‘cha aylandim. Yo‘l bo‘yida qovun uyumi yonida uxlab yotgan sotuvchini uyg‘otib bitta sapcha qovun oldim. Qovun yesang sahar ye, sahar yemasang zahar ye. Men choyni issiq qovunni esa muzday yeyishni sevaman. Olgan qovunim issiqqina edi. Kesib tuxumini ajratib morozilnikka sop qo‘ydim. Esimdan chiqib qolmasa bo‘ldi. Xozir esa devonga yonboshlab qavha xo‘playapman. Mana  juma va'zi chiqdi. Qochirmanglar. G‘oyat purma'no. Va'z nima o‘zi?

Bu aql o‘rgatish emas, balki yo‘l ko‘rsatishdir. Ëshligimda Oyoqdo‘rmon degan joyda yashagandim. Shovot kanali bo‘yida. Hali ponton ko‘pir qurilmagan paytlar. Kanalga tashqaridan qarasang, bir xil mavj urib yotibdi. Ammo qumloq yerlaridan kechib o‘tish mumkin bo‘lgan joyi bor. u joyni doyim menga ko‘rsatgan edi. Men esa suvning narigi betiga o‘tmoqchi bo‘lganlar oldiga tushib yo‘l ko‘rsatardim. Agar salgina yanglishsang, oyoqing chuqurga o‘yilib oqib ketish hech gap emas. Men ulardan bir qadam oldinda yurib, suvdan bexatar kechishni ta'minlar edim. Bexatar qirg‘oqdan qirg‘oqqa o‘tganlarni ko‘rib ichki qoniqish his qilar edim. Va'z aytib bo‘lgach, ham shu tuyg‘uni qayta yashayman. Ozgina bilganimni boshqalar bilan poylashish sevinchi bu.

Taniqli nemis kinochisi Fayt Xelmer o‘z filmi finali uchun qo‘shiq izlaydi. Uzoq izlanishdan so‘ng Chokar g‘azali bilan aytiladigan Mustaxzodni tanlaydi. Eltuz muxbiri bilan Berlinda uchrashgan Xelmer “qo‘shiq ichidagi original ritm uni lol qilganini” aytdi. Xelmerga ko‘ra dunyoda ritm va ohang ko‘p, ammo ular orasida originali kam.

Husning quli to bo‘ldi jahon mulkida paydo ey sho‘xi parizod
Solding oni ishqi boshima kulfati savdo qilg‘il manga faryod

Bu qo‘shiqni ko‘pchilik eshitgan ammo uning Muhammad Yusuf Muhammad Yoqub o‘g‘li Chokar tarafidan yozilganini ko‘pchilik bilmaydi.

Chokar Xiva adabiy muxitining bizgacha yetib kela olgan vakillaridan biri edi. Uning g‘azallarida nemis kinochisi daydi ritm deb atagan bir sir yashirin. Bu sir g‘azal ichidagi pauzalar bilan izoxlanadi.

Solding oni ishqi boshima kulfati savdo (pauza) qilg‘il manga faryod(pauza)
1889 yil Xiva shahrida tug‘ilib  maktab va madrasalarida tahsil olgan Chokarning otasi  Muhammad Yoqub Xarrot Xorazmda juda mashhur mashshoq bo‘lgan. Ayniqsa klassik kuylarni g‘oyat maroqli ijro qilgan. U, adabiyot bilan ham qiziqib, bo‘lajak shoir, kompozitor o‘g‘li Yusufning tarbiyasiga alohida ahamiyat berdi. Natijada Chokar juda yoshlikdan san'at va adabiyot bilan qiziqadi. O‘zbek va sharq klassik shoirlari ijodini havas bilan o‘rganadi va yosh vaqtidan boshlab ijod qila boshlaydi.

Chokarning tashabbusi bilan Xivada musiqa texnikumi — internat tashkil etiladi. Chokar uning direktori bo‘ladi va dars beradi. O‘sha yillari Chokar Xorazm xalq muzikasi va klassik kuylar asosida ikkita asar yozadi. Uning «Qisqacha Xorazm muzika tarixi» asari 1925 yilda Moskvada nashr etildi. Keyin Chokar Samarqand va Toshkentda ishlaydi. Chokar «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni sohibidir. U 1952 yilda Toshkentda vafot etdi.

Chokarning mana bu g‘azali bugun millatni xarob qilayotgan mirziyoevlar oilasiga xitob kabi yangraydi:

Eyki, sizlar qildingizlar mulku millatni xarob,
Ayladi bechoralar bag‘rin sitam o‘ti kabob.

Johilu nodonlar o‘rnidur taayyush masnadi,
Bo‘ldi donolarni joyi g‘am bila zeri turob.

Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2019
Kechgan haftada o‘qituvchi va ustozlar bayram qildi. Agar mendan ustozing kim deyishsa, hech ikkilanmay Mahmudxo‘ja Behbudiy degan bo‘lar edim. ...
24 iyun 2016
21 iyun kuni o‘shlik Rustamjon Turg‘unov ismli 33 yashar o‘zbek o‘zi bilan birga Fotixdagi arzon mehmonxona (Malabadi Beyazit Hotel)da ...
25 aprel 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi o‘z muassisi bo‘lmish shu nomdagi partiya o‘zbek tilining sofligini saqlash, adabiy til me'yorlari va qoidalariga amal ...
3 sentyabr 2018
Islom Karimovning o‘lganiga ikki yil bo‘lishi bilan O‘zbekiston hukumati marhum prezidentning shiorlari, rasmlari va kitoblarini yo‘q qilish kampaniyasini boshladi. ...
Bloglar
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan ...
10 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solix bilan may oyida o‘tkazilgan bu suhbat bevosita Eltuz ...