Asosiy mavzular
29 iyul 2022

RTdan va'z: «Ro‘molim» qo‘shig‘i

Shu kunlarda qochgan ham quvgan ham ro‘mol deb tomoq yirtmoqda. Bu to‘qsonlar oxirida Turkiyani dunyoviylikdan mosuvo qilmoqchi bo‘lgan oqinchilar harakatini eslatdi. Ular qadam ba qadam Turkiyani xalifalikka aylantirishni maqsad qilishgan va ular nazarida avvaliga o‘ta kichik talablar qo‘yib, g‘alabaga erishilgach, keyin navbatdagisiga o‘tilishi joiz bo‘lgan.

MS: Ha bildik. Strategiya ekan bu. Rossiya Ukrainani bosib olishni Qrim orolidan boshlagani kabi. Oldin Qrimni oladi, keyin Donbasni, keyin esa butun Ukrainani qirib o‘ldirib tap-taqir qiladi. Step – bay step deydi buni. Qizlarni o‘raganda ham, asta asta o‘raysizku. Oldin qo‘lidan asta ushaysiz, keyin belidan, keyin..

RT: Suyulma Matchon. SSSR plastinka firmasida 1937 yili yuz ming tirajda chiqqan «Ro‘molim» qo‘shig‘ini eshitganmisan xalq artisti Tamaraxonim Petrosyan kuylagan.

MS: Aslida bu Xorazm xalq qo‘shig‘i bo‘lgan. Tamaraxonim o‘zining shaxsiy uchog‘ida Xivaga kelib, bu qo‘shiqni o‘rganib ketgan. «Ro‘molim tushdi yopo, olib bering hay opa, Ro‘molim uji shoyi, olib baring hay doyi»

Suyaklar uzra qazilgan kanal

RT: Tamaraxonim bu qo‘shiqni Iosif Stalin nomidagi Katta Farg‘ona kanali qurilish maydonlarida kuylagan. Tamaraxonim boshchiligidagi o‘zbek san'atkorlari ketmonchilar hordig‘ini chiqarishga safarbar qilindi. Kanal qurilishi O‘zbekistonda ulkan targ‘ibot kampaniyasi vositasida ulug‘landi.“Pravda” va “Izvestiya” kabi ittifoq, “Qizil O‘zbekiston” kabi respublika gazetalari kanal qurilishini ulug‘lovchi maqola va ketmon ushlab do‘ppi kiygan mehnatkashlar surati bilan to‘ldi. Odamlar kun issig‘ida ketmon chopib «Ro‘molim» qo‘shig‘ini eshitishgan.  

MS: Farg‘onalik qiziqchi Yusufjon qiziq  o‘sha paytda ketmonchilar ustida simfonik duxovoy orkestr klassik kuylar chalib turganlarga qarab” osh yo‘q, non yo‘q egri karnayingga suqay” deb odamlarni kuldirgan ekan.

RT: Iosif Stalin nomidagi Katta Farg‘ona kanali (hozir Usmon Yusupov nomida) 1939 yili 45 kun ichida qurilgan.

O‘sha davr targ‘ibot matbuotida “kolxozchilar tashabbusi bilan qurildi” deya aytilgan bu kanal Stalin buyrug‘iga ko‘ra 160 ming kishining majburiy mehnati evaziga barpo qilindi.

45 kun ichida 160 ming kishi maosh olmasdan, ochin-to‘qin holda o‘z shaxsiy ketmoni bilan 270 kilometr trassadan 17,8 million kubometr tuproq qazib chiqardi.

42,2 ming kubometr beton qo‘lda qorilib qo‘lda quyuldi. 45 ta katta va 275 mayda gidroinshootlar tiklandi.

MS: Xoziram kun issiq. Narxlar osmon. Pul topish qiyin. Hukumat tepasidagi oligarx kapitalistlar odamlarni sariq chaqa evaziga ishlatib, o‘zlari milliardalarni o‘marmoqda. Shunday paytda odamlarni aldash uchun «ro‘molim» plastinkasi aylantirilmoqda. Ammo, Tuz og‘a, Said Ahmad kitobida yozishicha odamlarni o‘zlari yugurib borib shessekundda tekinga qanal qazib berishgan.

RT: Said Ahmad yolg‘on yozgan. Qamoqqa kirib chiqqanidan keyin yolg‘on yozishga majbur bo‘lgan. «Katta Farg‘ona kanali xalqning o‘z ixtiyoriga ko‘ra qazilgan muhtasham loyiha» degan afsona sovet davrida parvarishlanib, bizning kunlarimizgacha yetib keldi.

Katta Farg‘ona kanali qurilishini pushti rang afsonaga aylantirganlardan biri yozuvchi Said Ahmad bo‘ladi.
Said Ahmad o‘zining “Ufq”, “Qirq besh kun” asarlarida sovet kishilarining o‘z azmi ixtiyori bilan kanal qaziganini madh qildi.

MS: Bir marta Do‘rmon mehmonxonasida ko‘ruvdim Said Ahmad degan yozuvchini. SSSR jaxannam edi, mustaqillik sharapati bilan ko‘kragimga shamol tegdi deganida hammamiz kuluvdik. Chunki Sharapat degan fohishani obkleuvdik Do‘rmonga maishat qigani. Shundan keyin Sharapatni nomini Mustaqillik sharapati qo‘yganmiz.

RT: Albatta, umrining oxirida Said Ahmad bu borada pushaymonlik satrlarini ham yozdi:
“Biz hammamiz, jami ijodkorlar oftobda kuyib, kechalari chivinga talanib, qum bo‘ronlarida yuz-ko‘zini doka bilan o‘rab ishlayotgan yupun odamlarni yurak amri bilan vatanparvarlik burchini ado etgani kelgan, chinakam fidoyi, ongli, ilg‘or sovet grajdanlari deb ta'rifladik”. degan adib maqola davomida : “Aslida shundaymikin?” degan savol qo‘yadi va shunday alamli mushohadalarni o‘rtaga tashlaydi: “Bu to‘g‘rida biron daqiqa bo‘lsin o‘ylab ko‘rmadik. Qaytaga ularni baxtiyor, to‘kin sovet oilasi, deb ta'rifladik. Hatto, cho‘l shamollaridan qorayib sopolga o‘xshab ketgan yuzlarini go‘zallik timsoli, deb tasvirladik. Ketmondan qadoq bo‘lib ketgan qo‘llarini “oltin qo‘llar” dedik”. Eng achinarlisi, “Ichingda shuncha gap bor ekan, nega miq etmay yuribsan, deb hech kim so‘ramadi…”

Said Ahmad bu misralarni yozgan mustaqillik davri hali Stalinizm asoratlaridan qutulish va tazarru davri emas edi.

Shu bois mustaqillik davri matbuoti Katta Farg‘ona kanali tagida qolgan o‘zbek mehnatkashlarining suyaklari haqida bir satr ham yozmadi..

MS: Tuz og‘a, nahotki hech kim yozmadi?

RT: Sovet davrida siyosiy mahbus sifatida jazo o‘tagan 72 yashar Mirtemir Mirabdullaev yozgan bu haqda. Unga ko‘ra, bu kanal Stalin tarafidan o‘zbeklarni majburan qulday ishlatish evaziga qurilgan:

«Suyaklar ustiga qurilgan kanal bu. Odamlarni gala-gala qilib, majburan olib kelib ishlatishgan. Har bir mahalla, har bir guzar raznaryadka asosida kanal qurilishiga qul yetkazib turish majburiyatini olgan. Kim qarshi bo‘lsa, xalq dushmani deb otilgan. Qancha-qancha odam kanal qazish chog‘ida sillasi qurib o‘lgan.

Brigadirlar urib o‘ldirgan holatlari ham bo‘lgan. Nimasini aytasiz, o‘sha paytda barcha qurilishlar majburiy mehnat evaziga barpo etilgan», deb yozgan edi Mirtemir Mirabdullaev.

MS: Odamlarni tekin ishlatib, kanal qazish degan super ideya kimdan chiqqan? Oxunboboevdanmi yoki Usmon Yusupovdan?

RT: Katta farg‘ona kanali Belomorkanal tajribasi asosida qurilgan. Stalin nomini tashigan (Belomórsko-Baltíyskiy kanál) 1931 yilda rekord qisqa muddatda qurilgan edi.

MS: Shunday popiris bo‘lardi. Dayravarsin otes chekardi shu papirosni. Arzon edi. Kosmos 70  tiyin bo‘lgan paytda belomor 25 tiyin edi. Bir buxanka non berardi 25 tiyinga.

RT: Stalinparast narkom Genrix Yagoda va qamoqxonalar boshlig‘i Matvey Berman rahbarligida Belomorkanal mahbuslarning majburiy mehnati asosida qurildi.

120 ming mahbus tarafidan qazilgan Belomorkanal, Katta Farg‘ona kanali qurilishi uchun namuna bo‘ldi.
MS: Faqat O‘zbekistonda kanal qazishga loyiq shuncha mahbus yo‘q edi, buning yo‘lini qanday topishdi?

RT: O‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbarlari  xozirgi rahbarlarga o‘xshab  butun o‘zbek xalqini qamoqdagi mahbusdan ham past ko‘rishgan. Butun Farg‘ona aholisi qul kabi kanal qazishga tashlangan. Maxsus instruktsiyaga ko‘ra, faqat o‘ta zarur hollarda texnika ishlatilgan. Katta Farg‘ona kanali mardikorlari ixtiyorida o‘zlari bilan olib kelgan 160 ming ketmon, 1500 dan ziyod ot, 11881 ta arava, 7205 ta ko‘tarma zambil g‘altak bor edi.

Asosiy mehnat quroli esa ketmon edi. Mardikorlarning kuchi yetmagan joylardagina maxsus texnika ishlatilgan.

MS: Traktorni sovetlar olib kelgan deb o‘qitishgan. Kanalni ekskavator bilan qazsa bo‘lmasmidi?

RT: 245 ta traktor, 14 ekskavator va 420 avtomobil maxsus nazorat ostida avaylab ishlatilgan. Katta Farg‘ona kanalida ishlagan mahalliy aholi tuganmas resurs sifatida ko‘rildi. Katta Farg‘ona kanali qurilishi haqida Malik Qayumov suratga olgan kinokadrlarda yarim yalang‘och tarzda ketmon chopayotgan minglab mehnatkashlar armiyasi aks etgan.

MS: Tuz og‘a, yaqinda uyda mardikor ishlatdim. Gullikchi deydi biza tarafda. Lekin lodir, tanbal, arinjak, ishyoqmas ekan. Bir tualetga kirib ketsa ikki soat o‘tiradi. Piva uradi. Lekin, ish qizib durg‘an vaqtda nomoz o‘qishim garak deb bir musha girib getadi. Shu odamni men pul berib ham ishlatib bilmadim. Odamlarni qanday majburlashgan u paytda:

RT: Qamoqdagilarni ham oborishgan konvoy bilan.  Kanal qazib sillasi qurigan mehnatkashlar ochlikdan ildizlarni yeyishgan. Pistolet bilan ustingda tursa, ishlayverasan Matchon.

Musaffo osmon

MS: Bugungi musappo osmon mamlakatiga qaytaylik. Qo‘ying u tarixni.  Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov yagona maktab formasi majburiy emasligini aytib, hijobga «yashil chiroq» yoqdi. Hayraton ko‘prigining naryog‘idagi «toliblar» rejimiga yana bir ikki metr yaqinlashdik. Darvoqe, narx navolar oshkanda, tolib quvnar Toshkanda.  Toshkentda erkak xotini, farzandi, qaynonasi va qaynsinglisini pichoqlabdi. Anjanda bitta milliarder o‘zini osvoripti puli ko‘pligidan.
RT: Milliarder emas millioner. 46 yashar anjanlik  millioner o‘zining shaxrixondagi bog‘ida osilgan xolda topildi. Karakalpak Sement va  Smes Stroy Savdo hammuassisi Rash Milk sohibi  Rahmiddin xoji Mirzaevning umri shu tariqa yakun topdi. Voqea 25 iyul kuni soat 16 dan 40 daqiqa o‘tganida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
MS: Ie, o‘zini osgan Rahmiddin hojimidi? Rahmatlik to‘ppa-to‘g‘ri jannatga tushadi. Vip paket bilan. Qancha machit madrasa qurilishi uchun yo‘talgan edi.
RT: O‘zini osgan anjanlik millioner Rahmiddin Mirzaev janazasida ishtirok etgan Eltuz manbalariga ko‘ra, janjal 4,5 million dollar ustidan boshlangan. Aytishlaricha, marhum o‘z sherigi, qarshilik yirik tadbirkor Anvardan qarzdor bo‘lgan, qarz masalasining janazada ko‘tarilishi marhum sheriklari g‘azabini keltirgan.  Xabar tafsilotini Andijon huquq tartibot organlaridan kutib qolamiz. O‘zini osgani aytilayotgan andijonlik millioner tadbirkor Rahmiddin Mirzaevning kecha bo‘lib o‘tgan janazasida marhumning ikki tijoriy sherigi – andijonlik Botir va qarshilik Anvar o‘rtasida janjal yuz bergan. Janjal sababi o‘rtada bo‘lgan katta pul uchun talash ekani aytilmoqda. Botir 25 tacha odam chaqirib, Anvarni urib tashlagan, dedi Eltuz manbasi. Bu janjalni ko‘rgan marhum Rahmiddinning otasi hodisa joyida vafot etgan. Ikki kunda bir uydan ikki o‘lik chiqdi. Ota-bola go‘rda, o‘rtada pul sarson!

Yozuvchilar molxonasi

MS: Menam puldi yaxshi ko‘raman. Buni xotinimga ham aytdim. Sendan ko‘ra pulni yaxshi ko‘raman. Ko‘p pulim bo‘lsa, yana bitta xotin ovolaman dedim. Pulga ne to‘lka xotin, qo‘y osayam bo‘ladi. Tuz og‘a, bitta narsani tushunmayman. Mana deravarsin otesni qo‘ylari bor edi. Har yili ko‘payardi. Nega Ëzuvchilar soyuzi molxonasidagi davlat puliga olingan qo‘ylar ko‘paymaydi?
RT: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yozuvchilar uyushmasi a'zolarining ijtimoiy, moddiy ahvolini yaxshilash, nazarda tutilgan qarori asosida 50 gektar yer ajratilib, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Zafarobod MFY, Birlik mahallasi, Hayotobod ko‘chasida – asosiy faoliyati “Yirik shoxli qoramollarning sut beradigan zotlarini ko‘paytirish“ bo‘lgan “OQ-QUM FAYZ BARAKA” sho‘'ba korxonasi tashkil etilgan. Sho‘'ba korxonasi tarixidan boxabar yozuvchilarning guvohliklariga ko‘ra, dastlab 500 bosh qo‘y sotib olingan bo‘lsada, o‘tgan yillar mobaynida “Do‘rmon Ijod uyi” yoki uyushma a'zolari ta'minoti uchun hech qanday oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmagan?!
Ijod ahliga doxil deputatning aytishicha, hozirgi Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Senat raisi lavozimida payti: – qo‘ylaringiz qancha bo‘ldi shoir? deb so‘raganida Sirojiddin Sayyid: – uch mingta, degan. Senat raisi: – ikki yil oldin ham uch mingta edi, nega ko‘paymaydi, yo qo‘chqorlar yo‘qmi?, deb luqma tashlagan ekanlar.
MS: Tuz og‘a yaxshi gumonda bo‘laylik. Qo‘chqorlar hezalak bo‘sa kerak. O‘zi nega kerak bu Ëzuvchilar uyushmasi? Nomiga zid idora. Hech uyushmaydigan idora. Faqat to‘y qilishu, qo‘y yeyish haqida o‘ylaydigan maddohlar suruvi. Bulardan qo‘ylarni himoya qilish kerak. Hech bir o‘zini hurmat qilgan qo‘y o‘zbek yozuvchisi oshqozoniga tushishni istamaydi. Undan ko‘ra sport haqida gaplashaylik Tuz og‘a.
Sport xabarlari
Marhamat tuman hokimi Bobur Yo‘ldoshev bilan shu tuman IIB boshlig‘i o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi. Avvaliga Yo‘ldoshevning keyin esa milisa nachalnigining qo‘li baland keldi. Ular «boy bez pravil» janrida uzoq mushtlashishdi. Yo‘ldoshevning qorniga berilgan aniq zarbalar tomoshabinlarda zavq uyg‘otdi. Kun kech bo‘lib qolgani uchun mushtlashuvga tanaffus e'lon qilindi. Hozir kim g‘olibligi aniq emas.
Joriy yilning 16 iyunida tuman hokimi Bobur Yo‘ldoshev Marhamat tumanida sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan yangi “promzona” hududida aholi murojaatlari uchun sayyor qabul  jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida katta mushtlashuv bo‘lganidan muxlislar xabardor.
MS: Bundan 30 yil oldingi xokimlar mushtlashmas edi. Chunki ular Marksning Kapital va Engelsning Kautskiyga yozgan maktublarini o‘qishgan.

Marks va uning kapitali

RT: Mustaqillik davridagi Xorazm viloyati ilk hokimining ismi Marks edi. Rahmatli yaxshi odam edi. 1992 yil Reyim ota degan kulolning pensiyasi masalasida oldiga kirdik. Marks aka bu muammoni hal qildida, Reyim otani olib kelinglar, bir choy ichiray dedi. Marks akaning stolida Qur'on kitobi turardi. «Bundan buyon bizlar endi shu kitob bo‘yicha ishlaymiz. Mana bu kitobning esa umri tugadi», deb, Karl Marksning «Das Kapital» degan kitobini chetga surdi. Bir oy o‘tib Reyim ota bilan yetaklashib Marks aka oldiga kirdik. To‘xta opaning nosidan  birga chekib, xumor yozdik. Qarasam, stol ustida Qur'on kitobi yo‘q. «Ëshulli kitob qani», desam, Marks aka nosini tuflab kelib, tortmadan kitobni oldida Reyim otaga padarka qildi. «Yaqinda Islom og‘am Namangan hokimini uyaltirib, sen yo hokim bo‘l, yo masjida borib imom bo‘l,» deb urishdi. To‘g‘ri qildi. O‘zbekistonda turli xil odamlar yashaydi. Ularni bitta kitob, bir mafkura qolipiga tiqish noto‘g‘ri. Masalan, Gurlandagi karislar ham – biz bilan teng huquqli grajdanin. Ularga borib, sen kofirsan, deb aytsam, to‘g‘ri bo‘lmaydi.  Shuning uchun bu kitob Reyim otani uyida turaversin.
Boshqa tarafdan, o‘qishni bilmagan Reyim otaga nega kerak bu kitob? Marks aka fikrini davom ettirmadi.
Marks Jumaniyozov yordami bilan xonqalik kulol Reyim ota Matchonovga «O‘zbekiston qahramoni» unvoni berildi. Ustaxonasi soliqdan ozod bo‘ldi.
Bugun ularning ikkisi ham hayotda yo‘q. Ammo tabiatan donishmand odam bo‘lgan Marks akaning aqlli gaplarini eslab turaman. Men uchun Marksning kapitali shu!
MS: U paytlarda odamlar aqlli edi. Xozir aqlsiz. Mana Eltuz TG kanalida komentlar qismini ochib qo‘ydik. Aqlsiz jinnilar alaxsirab yozgan gaplarni ko‘roverasiz endi.

Eltuzdagi izohlar

RT: Tasavvur qiling, men mana bu yozuvni yozdim:
«27 yashar Sumayya bir yashar bolasini tovada qovurib yedi. Bola oshqozonda, Sumayya qamag‘da».
Izohlar esa buyuk ehtimolda mana bunday bo‘lardi:
«Och bo‘lgandan keyin yeydida», «Sababini o‘rgandinglarmi? Nima uchun tovada qovuribdi¸ qozoni yo‘q ekanmi?»
«Bu bola tug‘ilganida taqdiriga tovada qovurilish yozilgan. Onada ayb yo‘q», «Boshqa nimaniyam yeydi. Go‘shtni qimmat qig‘an przident aybdor», «Nega Sumayya deb yozding? Dindorligiga sha'ma qivossanmi. Musulmonmisan san jalap, gandon, g‘ar», «Bir yashar bolaning go‘shti oz bo‘ladi. Yana bir yil kutsa, ancha semirardi», «Tanganing ikkinchi tarafiini o‘rganish kerak. Bekarga yemagandir», «Bu ayoldi nikohimga to‘rtinchi qilib olaman, lichkaga adres tashang», «Nega shakar qimmatladi?», «Och qogan odam o‘lmaslik uchun to‘ng‘iz yeyishi mumkin deyilgan, buku bir ko‘tibo‘q bola ekan», «Donbassda ukroplar bundan battarini qig‘an. Putin olg‘a», «Xo‘p mayli bugun bolasini yepti. Ertaga nima yeydi? Ë bolasi ko‘pmi? Muallif savolimga javob bering», «Tuzsiz tuz, chetda turib harbaloni yozaverasanmi, suka, vatangado! Tinchligimizani ko‘romiyopsan, LGBT. «Menam ikki bachamdi do‘latga bildirmay yeb qo‘yg‘anman. Endi meni qomaydimi?
MS: Men ko‘rdim, izoxlarda o‘nlab bir biridan fanttastish variantlar keltirilgan
Arzu Parlak:
«Bolasini o‘zida ayb, onasini ishtahasini qitiqlab, ko‘zini oldida do‘mbillab o‘ynab yurgan»
Olimjon Suyarov:
Paxta yog‘ida pishirildimikan, semichka yog‘ida? ! 

👀

Izzatilla Rakhmatillaev:
O‘tganda bir gruppada o‘qigan edim , Saud arabstoni ulamolari fatvosiga ko‘ra, Er och qolsa xotinini so‘yib yeyishga izn berilibdi. 

😅

Farid Usmanov:
Ikkinchi, (ya'ni qovurdoq bo‘gan bola) tarafni eshitmasdan xulosa kilmaslik kerak.
Aleks Koltsova:
Qaergadir tashlab ketmabdiku. O‘zi yegan-ku. O‘zining bolasi. Nima qilsa haqqi bor
Jingli kulgi
Loxlar va firibgarlar
MS: «Xudoni o‘rtaga qo‘yib, qasam ichib, pulimdi opketdi. Hanuz bermadi», degan gaplarni ko‘p eshitamiz. Hatto, buyuk kidala Ahmadboy ham, aprstlikni xudo nomidan oqlab beradigan bitta imomberdini shtatga kiritib, oylik berib qo‘ygan. «Palonchi mahr beraman deb, tekin itarib taloq qivordi», degan shikoyatlarni ham eshitamiz. Buni qanday reshat qisa bo‘ladi?
RT: Bu muammolar bo‘tqasi O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligini unutish bilan bog‘liq. Nafaqat avom. Balki hokim, sudya, prokuror, xalq ta'limi xodimlari ham mamlakatdagi barcha masalalar mavjud dunyoviy qonunlar vositasida hal etilishini allaqachon unutishgan.
Mol so‘yayotgan qassob oldiga borib, hindilar cho‘pchagiga ko‘ra, bu ishing yomon deyish qanchalar bemaniligini tushunsangiz kerak.
Xuddi shu tariqa, oldi-sotti, oila qurish va ta'lim davlat qonun va qoidalari asosidagina ishlashi shart.
Cho‘pchak, ertak va boshqa besh mingdan ziyod sig‘inoq va topinoq mansublarining moral diktovka qilmasligini davlat ta'minlab berishi kerak. O‘zbekiston – dunyoviy davlat.

Shoir Tuz

MS: Tuz og‘a oldin ko‘p she'r aytardingiz, xozir nega kamayib ketdi.
RT: Oldin aytganimdek, ichimda bir o‘lik shoir bor. Umuman, har bir o‘zbekni umr bo‘yi «shig‘ir yozish» degan ofat ta'qib qiladi. Men uchinchi sinfda ekanimda «Sehrli nay» degan she'riy ertak yozgandim. Viloyat TVdagi jurnalist opa istagi bilan bu shig‘irni TVga chiqib o‘zim aytib berdim. O‘shanda TV rassomi Kuznetsov otpuskada bo‘lgan. Jurnalist opa (Bekposhsho apika edi ismi yanglishmasam) «sen o‘zing chiz, bu ertakka mos suvratlarni», dedi. Chizdim rangbarang qilib. Shu orada TV rassomi Kuznetsov ham adashib keb qoldi. Rasmlarni maqtadi.»
Bizda daraxtni ursang shoir to‘kiladi. Sen rassom bo‘laqogin bolam. Qo‘ling kelisharkan», deb, to‘g‘ri aql berdi. Shu tariqa men shoir bo‘lish qismatiga chap berdim. Ammo, vujud ichiga kirgan virus tirilib, kasal qaytalagani kabi yana ora-sira shig‘ir yozib boshladim. Agar bir mard chiqib «yozma» desa, shartta to‘xtayman omo lekin.
MS: Tozo yozg‘on sherlardan eshitaylik indi. Qozonga borib kelibsiz sanksiyalarni aylanib o‘tib.
RT: Qirqlar elining yozari Rahmatjon aka «shoirligimdan iymanaman», deb yozibdi. Men esa shoirman deb aytsam, ko‘pchilik ishonmaganidan xafaman. Qo‘yli, Xolli va Absattorlar haqida yozib, o‘zimning yozuvchiligimga odamlarni bir qadar ishontirdim. Ammo, baxt tugal bo‘lishi uchun shoirligimni ham tan olishsin. Shig‘irimni o‘qigan o‘smir qiz uksus ichsin, poezd tagiga o‘zini tashasin, yo arqon olib og‘ilxona boloriga ossin. Ëzgan shig‘iri hech kimga ta'sir qilmaydigan shoir bo‘lishning o‘zi g‘irt baxtsizlik.
Mana bu esa men  matur Qozon shahrini ziyorat qilib yurib opera teatrida bilet sotadigan qiz Suyumbeka bilan tonishganimdan keyin yozg‘an shig‘irim. Ilk marta e'lon qilinoqda.

Suyumbeka

Suyumbeka Suyumbika
Go‘zlarinda quyun bika
Sut ichinda domizliqim
Tovoq ichra uyun bika
Ko‘zlarima do‘yin bika.
Sinda totor minda totor
Sevgi bizni ichga tortor
Quvonchimiz indi ortor
Kimdir olor, kimdir sotor
Suyumbika Suyumbika
Yaxshiyam bor Suyumbeka
Sevgiga zor Suyumbeka
Suluv totor Suyumbeka
Uxlab yotor Suyumbeka
Toshday qotor Suyumbeka
Sochlarida shamol uxlar
Qoshlarida kamon uxlar
Kiprigida zamon uxlar
Qozon uxlar. Totor uxlar
Endi uyg‘ooon Suyumbeka!
Suyumbeka Suyumbeka
Qachon endi to‘ying beka?
Qovushsangchi man o‘zbeka
Sovliq so‘yay, kesay serka
gal bag‘rima, gal, ey arka.
Suyumbeka Qozon qani?
Sevgimizni yozon qani?
Go‘rimizni  qozon qani?
Qamishzorda to‘zon qani?
Qashqir qani, ko‘zon qani?
O‘rinburun Do‘rmon qani?
Otang sani totor obziy
Boyliqlari qator obziy
Qizin manga sotor obziy
Jonin jona qotar obziy
Ënboshina  yotor  obziy
Suyumbeka Suyumbeka
Qo‘shil endi san o‘zbeka
Suyumbeka Suyumbeka
Ko‘zlarida quyun beka
Qo‘llarinda duyun beka.
Qozon ortda, oldda Koson
Qadam tashlab yurgin beka.
Suyun beka, Sevin beka
MS: Yashang. Buni madvazir Ozodbekka bersak, qo‘shiq qilib aytsin. ayniqsa Sochlarinda shamol uxlar, Qoshlarinda kamon uxlar, Kipriginda zamon uxlar degan jumalarni Muxriddin uslubida aytsa hammani ag‘daradi.
RT: Suyumbeka degan shig‘irim ko‘plarga yoqib ketib, mana bunday variantni ham taklif qilishdi.
Suyumbeka, Suyumbeka
El. Tuzni deb kuyun  beka.
Faqat yurgin to‘g‘ri yo‘ldan
Aslo egma bo‘yin beka.
Suyumbeka, Suyumbeka
Hayot yo‘li qiyin beka.
Aldovlarga ko‘p ishonma
Bu barisi o‘yin beka.
Undan ko‘ra kelgin Koson
Barcha ishing bo‘lar oson.
Shu shaharda qolgin beka
Bir er topib olgin beka.
Suyumbeka, Suyumbeka
Bir kun bo‘lar to‘ying beka!
MS:  Kozonga Koson, Kosonga Oson qofiya bo‘lgani uchun Suyunbekaga Kosondan er topibsizda. Ëmonsiz shoir. Mayli qani qo‘lni oching. Iloyim ko‘rganimiz to‘y, yeganimiz qo‘y, moshinlar jip, telefonlar vip, sroklar nol bo‘lsin!

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

RTdan va'z: «Ro‘molim» qo‘shig‘i

Tag‘in o‘qing
9 avgust 2023
Dehqonobodlik ziyoli olim «hokimlarni saylash kerak» degan fikr aytdi. Quloqqa yaxshi eshitiladi, ammo qoramolga aylantirilgan to‘daning tanlovi davlatni tanazzulga ...
13 oktyabr 2021
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 35-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Ibrohim G‘afurovning shaxsiyati ...
18 iyun 2024
40 yoshli Elyor Imomov “Hojiakbar Hojimurod bog‘i” fermer xo‘jaligi rahbari. Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining cho‘l hududida 2017 yildan buyon ...
5 fevral 2024
Bu avtoavariya o‘tgan hafta, 31 yanvar oshqomida Qarshi shahridagi “Shabada” restorani o‘ngida yuz bergan. Yengil avtomobil qattiq tezlikda borib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...