Asosiy mavzular
17 avgust 2022

Aldagani yetim yaxshi, Ullibog‘ga gaz, Termizga suv kerak…

Salom qadrli tomoshabinlar, Eltuz portalining bugungi soni odatdagi formatda. Ya'ni undan navbatdagi beshta shikoyat o‘rin olgan. Shikoyatlar mazmuni yangi qurilishlar bilan bog‘liq muammolar, uylarga gaz, suv yetib bormayotgani shuningdek Yakkabog‘da tuzilgan yangi futbol klubining ro‘yxatga olinmagani yuzasidan. Dastlabki shikoyat Qashqadaryoning Koson tumanidan. Nadejda ismli yetim qiz, deputat ayol uni aldab unga tegishli pullarni o‘zlashtirgani, Eltuz Portalida uning shikoyati e'lon qilingach, shikoyat qilishni to‘xtat deya telefon qilib bezor qilayotganini aytmoqda.

Yetim haqini yegan deputat tag‘in bolani aldamoqda…

«Qashqadaryo viloyati Koson tumanda yashovchi bir guruh fuqarolar video murojaat yo‘llaganidan keyin hokimlik vakillari bosim ostida «davomi yo‘q…» deb yozib beringlar deb kelib, telefon qilib bezor qildi. Deputat ayol ota-onasi yo‘q chin yetim qiz Nadejdaga «Menga ona deb murojaat qil, men seni davolataman»  deb pulni qaytarmaslik uchun nayrang qilyabdi. Biz deputat prokuror ustidan xizmat tekshiruv o‘tqazib berishingizdi so‘raymiz.»

Ullibog‘ga gaz kerak

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ hududidan murojaat yo‘llayapmiz. Bu yerga ko‘chib kelganimizga 5-6 yil, ayrim oilalar kelganiga esa 10 yil bo‘ldi. Shuncha yildan beri gazsiz yashayapmiz. Holbuki, bizdan 100 metr narida ham gaz bor. Bolalar, keksalar, nogironlar qiynalyapti. Gaz yo‘qligidan qishda ayrim oilalar kvartira ijara olib yashashga majbur bo‘lmoqda. Avgustda o‘tkazib beramiz deb va'da qilishgan edi. Endi byudjetda pul yo‘q deyishyapti. Bizga ko‘mak bering! Nima uchun kimningdir qilgan xatosi uchun aholi aziyat chekishi kerak?»

Yuqori qavatlarga ichimlik suvi chiqmayapti

«Assalomu alaykum, biz Surxondaryo viloyati Termiz shahri Tuproqqo‘rg‘on mahallasi Boboqo‘rg‘on ko‘chasi 9 uydan murojaat qilyapmiz. Bizning uy 2 qavatli uy bo‘lib, shaharsozlik qoidalariga zid ravishda old qismida 5 qavatli uy qurilgan. Ushbu xonadonning ichimlik suvi tarmog‘i past bosimli 2 qavatli uyning suv tarmog‘iga ulangan. Natijada yaxshi ichimlik suvi kelib turgan 2 qavatli uygayam 5 qavatli uygayam yuqori qavatlariga suv chiqmayotganligi sababli 5 qavatli uyning podval qismiga mator o‘rnatib suv chiqarishmoqchi. Buning natijasida 2 qavatli orqa tomondagi yashash uyimizga suv bosimi pasayib suv kelmasligi yoki umuman yo‘q bo‘lish xavfi ostida.
Kimningdir qilgan xatosi uchun aholi aziyat chekishi kerakmi? Suv ta'minoti degan tashkilot nimaga yechimini qilib bermaydi…»

Quruvchilar tunda aholi tinchini buzmoqda

“Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Istiqbol MFYda qurilgan ko‘p qavatli uylardan murojaat qilyapmiz. Hududimizda quruvchi bir oy avval qurilish boshladi. Shu bir oydan buyon aholiga tinchlik yo‘q. Kunduzi uylarimizni chang bosib ketadi, kechqurun esa texnika ovozidan bolalarimizning uyqusi qochib injiqlik qiladi. Aholi tinchini buzib tunda texnika ishlatish mumkinmi? Holatni nazoratga olishlarini so‘raymiz”.

“Yakkabog‘” futbol klubini ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘mak bering

«Men – Odil Elmurod, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidan yozmoqdaman. Futbol ishqibozlari ko‘magida tumanda iqtidorli futbolchilar to‘planib, klub tashkil etildi. Klub bugungi kunda futbol musobaqalarida yaxshi natija ko‘rsatmoqda. “Yakkabog‘” futbol klubi rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagani bois hamma xarajatlar klub ma'muriyati tomonidan amalga oshirilmoqda. Klubni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa turli to‘siqlar kuzatilmoqda. Agar klub rasmiy ro‘yxatdan o‘tsa, kelgusida Yakkabog‘ tumanidan ham milliy terma jamoamiz uchun iqtidorli futbolchilar yetishib chiqishiga ishonamiz».

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Bu turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlar Eltuz Portalining telegram sahifasida chop etilgan. Bugun o‘qiganimiz va qolgan boshqa shikoyatlarga ham tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Eltuz Portali

Tag‘in o‘qing
13 dekabr 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
22 aprel 2019
Qadimgi turkiy tilning ikkita asosiy alifbosi bor — O‘rxun-Yenisey (ko‘kturk, runik) yozuvi hamda uyg‘ur alifbosi. Bizgacha yetib kelgan matnlarning ...
29 may 2017
O‘zbekistonning kengayib borayotgan yaxna ichimliklar bozori, o‘nlab o‘zaro raqobatdosh shirkatlarning tobora shiddatli jang maydoniga aylanmoqda. Ayni jarayonda «Smile Lux» ...
25 dekabr 2017
22 dekabr kuni Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etarkan, to‘rt soatlik uzluksiz nutqida, jumladan, deputatlarning o‘ta passivligini kesatib ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...