Asosiy mavzular
23 avgust 2022

600 CYeKUND: Toshkent prokurori hadya tarqatmoqda, Andijon hokimi arzgo‘ylarni poygakda qabul qilmoqda

DXX Chegara qo‘shinlari Surxondaryo viloyatida Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 24 nafar Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olinganini ma'lum qildi. Ularning Amudaryo o‘rtasidagi Payg‘ambar oroliga qizilmiya ildizini qazib olishga o‘tgani aniqlandi.
+++
Andijon shahrida psixotrop dori vositalari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ushlandi. Gumondorlarga tegishli avtoulovda 100 dona «Tropikamid» va 224 dona «Regapen» dori vositalari borligi aniqlangan.
+++
Prezident Shavkat Mirziyoev 22 avgust kuni tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Sherzod Asadov feysbuk tarmog‘ida ma'lum qildi. U avvalroq muloqot oldidan tadbirkorlardan qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgani, ularning 72 foizi allaqachon hal etilganini aytgan edi. Lekin, Eltuzning o‘rganishicha uchrashuvda  faqat tanlangan tadbirkorlargina qatnashish imkoniga ega bo‘lgan.
+++
Toshkentlik deputatlar tomonidan poytaxtda biometrik ma'lumotlar asosida inson yuzini tanish tizimi ishga tushirilishi muhokama qilindi. Bu haqda yozayotgan mahalliy matbuot xabarlarida mazkur tizimning jamiyat xavfsizligi uchun naqadar muhimligi har tomonlama ta'kidlanmoqda. Ammo hech kim bu tizimning inson huquq va erkinliklarini qanchalik cheklashi mumkinligiga e'tibor qaratmayapti. Ayni tizim Xitoy rasmiylari tomonidan Shinjonda uyg‘urlar va boshqa musulmonlarga qarshi qatag‘on siyosatini yurgizishda qo‘llanib kelinadi.
+++
Tarmoqda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdievning tuman fuqarolarini noan'anaviy tarzda qabul qilayotgani aks etgan fotosurat tarqaldi: Yuzerlar e'tiborini hokimning baland ayvonchaning to‘rida o‘tirgan, fuqaroning esa poygakdan joy olgani tortmoqda.
+++
Bosh prokuratura xodimlari Toshkentning Sergeli tumanida pavloniya daraxtlari ekib tashashdi. Nega pavloniya? Nega masalan begonvil emas? Terak eksa yaxshimasmi edi?
+++
Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov esa 21 kishiga tekin noutbuk va 2 odamga invalid kolyaskasi berdi. Prokurorning vazifasi nima o‘zi?
+++
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo MTM rahbarining bog‘cha farroshi onasi bilan jinsiy aloqa qilish istagi aks etgan navbatdagi video paydo bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Sultonmurod Donaevning qabuliga kirgan 12-bog‘cha farroshi (kir yuvuvchisi) Sadoqat Gildieva, muammosi yechilmaganidan so‘ng, rahbar bilan qattiq aytishib qolgan. Osnoda uni ishdan haydashini bildirgan rahbar uni «Onangning faloniga falon qilay» deb so‘kkan.
+++
Surxondaryo viloyatidagi balandligi 4 ming metrdan oshiq Hazrati Sulton cho‘qqisini  zabt etgan Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Kristian Chobanu o‘zbeklarni mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Diplomat Mustaqillikning 31 yilligiga bag‘ishlangan o‘z tabrigini o‘zbek tilida yo‘lladi.
O‘zbekistonga elchi etib tayinlanganiga atigi bir yilgina bo‘lgan Chobanuemen o‘zbek tilini o‘rgangani o‘zbek tilini bilmaydigan ko‘plab o‘zbekistonliklar uchun ibratdir.
+++
Xitoyda oxirgi 60 yilda eng issiq harorat kuzatildt. Yantszi daryosida suv ozayib ketgani XXR rasmiylarini elektr energiyasi taqsimotida favqulodda choralar ko‘rishga majbur qilmoqda. Bi-bi-si xabariga ko‘ra, mamlakatning ayrim viloyatlarida mutasaddilar qurg‘oqchilik tufayli sun'iy ravishda “bulut chaqirish”dan boshqa chora topa olishmayapti.
+++
Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi yo‘l-transport hodisasi chog‘ida 16 nafar kishi qurbon bo‘ldi, ularning 14 nafari qirg‘izistonliklardir. Avtohalokat 21 avgust kuni M-5 “Ural” avtoyo‘lida sodir bo‘lgan. Hodisa ortidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev qirg‘izistonlik hamkasbi Sadir Japarovga hamdardlik maktubi yo‘lladi.    
+++
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Staro-Petergof shohko‘chasidagi devorga Google qidiruv tizimi sahifasi shaklida “Goolag” graffitisini chizmoqchi bo‘lgan to‘rt rassom qo‘lga olindi. “Yav” art-guruhi a'zolari bo‘lgan yigitlar “Goolag” (“Gulag”) so‘zi ostidagi qidiruv katagiga “Qanday qutilish mumkin?” (“Kak vыbratsya?”) jumlasini ham yozishni rejalaganlar. Biroq ular devorga trafaret yopishtirishlari bilan tutib ketilgan. Rassomlar “Mayda bezorilik”da ayblanmoqda.
+++
BMT “rus dunyosi” targ‘ibotchisi Aleksandr Duginning qizi Daryaning o‘limi ortida turgan faktlarni aniqlash uchun surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi. BMT rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning bildirishicha, bu suiqasdga oid bahslar tinish o‘rniga kundan-kun avj olmoqdv.
Kremlga yaqin telekanallar bilan hamkorlik qilib kelgan Darya Dugina 20 avgust kuni mashinasiga qo‘yilgan bomba portlagani natijasida halok bo‘lgan. FSB suiqasdda ukrainaliklarni ayblagan, Kiev esa bu o‘limga aloqasi borligini qat'iyan rad etmoqda.
Rossiya prezidenti Putin Duginani o‘limidan so‘ng “Jasorat” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.  
Ayni paytda o‘tgan oyning o‘zida Ukrainada Duginning qizi bilan tengdosh 27 nafar ayol tiriklayin yoqib yuborilgan, beton devorlar ostida qolgan, portlashlar natijasida parchalanib ketgan, bo‘g‘ib va zo‘rlab o‘ldirilgan.
Urush boshlangandan buyon esa kamida 20 ming yosh ayol Putinning bombalari va nayzalari bilan o‘ldirildi. Ularning aksari yosh bolali edi.  Deyarli barchasining ismi ma'lum.
+++
Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiya fuqarolariga viza taqiqini joriy etish niyatida emas. Bu haqda 22 avgust kuni AQSh Davlat departamenti vakili ma'lum qildi.
Mulozimga ko‘ra, bu yerda Rossiya rasmiylari va ularning Ukrainadagi xatti-harakatlari bilan oddiy rossiyaliklarni farqlash lozim. Departament vakili Rossiyadan bo‘lgan barchaga viza berishdan bosh tortish rossiyalik dissidentlar hamda vatanida ta'qibga uchrayotgan barcha uchun xavfsizlik yo‘lini yopib qo‘yadi.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy The Washington Post gazetasiga bergan intervyusida g‘arb mamlakatlarini rossiyaliklarga viza taqiqini joriy qilishga chaqirgan edi. Latviya, Chexiya va Estoniya Rossiya fuqarolariga sayohat uchun shengen vizasini berishni to‘xtatgan, Finlyandiya esa bu kabi vizalar soni cheklanishini e'lon qilgan edi.
+++
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Facebook tarmog‘idagi  sahifasi orqali Kievning Kreshchatik maydonida tasvirga olingan videoni taqdim etdi. Unda mamlakat hududiga bostirib kirib, Kievga yetgunicha Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ishdan chiqarilgan harbiy texnika, jumladan, tanklar, BTR,  BMP va boshqa jangovar mashinalar aks etgan.
O‘z posti ostiga yozilgan qisqa izohda Zelenskiy “Rossiya texnikasining Ukrainadagi paradi faqat shunday bo‘lishi mumkin”ligini aytgan. Shundan so‘ng “Rus tanklari paradi” deya kinoyali nom olgan bu video tarmoqlarda yashin tezligida tarqala boshlagan.
+++
Hindiston shimoli va sharqida tinimsiz quygan jala ortidan yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar sababli dam olish kunlari o‘nlab odam halok bo‘ldi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, tabiiy ofat Uttarakxand, Jarkxand va Odisha shtatlarida 50 kishining umriga zomin bo‘lgan. Uttarakxandda 13 kishi bedarak yo‘qolgani, Odishada esa 800 ming kishi boshpanasiz qolgani aytilmoqda. Shtatda yo‘llarga shikast yetgan, suv va elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilyapti.
+++
Bu 600 sekund ichida Eltuz sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlar edi. kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
31 oktyabr 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Shoh Bobur o‘z ona vatani haqida yozar ekan “Oshlig‘i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi ...
1 iyun 2022
Toshkentga xizmat safari bilan borgan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining prezidenti Jeymi Flay va Ozodlik O‘zbek Xizmati bosh muharriri Pahlavon Sodiq, ...
2 mart 2016
Mehnatkashlar huquqi Xalqaro Forumi (ILRF) 2016 yil Mehnatkashlar huquqi himoyachilarini mukofotlar bilan taqdirlashi haqida e'lon qildi, ular orasida o‘zbek ...
9 iyun 2020
“Uzauto Motors”ning Asakadagi zavodida avtobuslar garajida navbatchi mexanik bo‘lib ishlagan, ikki o‘g‘ilning otasi, 53 yoshli Ahrorbek Sayfiddinov ko‘richakning zo‘rayishi ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...