Asosiy mavzular
7 sentyabr 2022

EP 29: Ishlamayotgan konstitutsiya, buzuq transformator, yordamga muhtoj insonlar

Bugungi maktublar, ishlamayotgan konstitutsiya, buzuq transformator, yordamga muhtoj ikkinchi guruh nogironi, attestatsiyadan yiqilgan o‘qituvchi, o‘quvchi formasi olishga qurbi yetmagan ota-onalardan kelgan.

«Transformatrni buzib ketganlar yana ishlatib qo‘ysin…

«Assalomu alaykum tuz og‘a. Men Jizzax viloyati Zomin tumanidagi, «Diyorbek-Durbek-Dilbek» fermer xo‘jaligi raisiman.

2022 yil 9 avgust kuni Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxslari hamda Zarbdor ETK energosotish bo‘limi boshlig‘i tushlik payti soati 13:19 da kelib f/x ga tegishli transformatorni buzib ketishgan. Ushbu masalada tegishli tashkilotlarga murojaat qildim lekin natija bo‘lmadi. Ushbu masalaga yordam berishlaringizni so‘rayman.»

Keyingi maktub Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidan, ikkinchi gurux nogironi, ishga yaroqsiz deb tashxis qo‘yilgan fuqaro prezidentga qilgan videomurojaatini yo‘llagan.

Ikkinchi gurux nogironi yordamga muxtoj

Navbatdagi maktub tag‘in o‘qituvchilardan kelgan

“Attestatsiya – oliy toifali o‘qituvchilar mutaxassis darajasiga tushirildi…»

“Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 572-sonli qarori 1-ilovasida ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar majburiy attestasiyadan o‘tmasligi belgilangan. Shunga asosan 2017 yilda oliy toifa olgan va 15 yildan ortiq stajga ega pedagoglar 2022 yil may-iyun oylarida attestasiyaga jalb etilmadi. Biroq oradan 3 oy o‘tib Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yil 425-sonli qarori 2-ilovasiga asosan bu tartib bekor bo‘ldi. 2022 yildagi attestasiya jarayonida 572-sonli qaror amalda bo‘lgan. Muammo shundaki, endilikda oliy toifaga 2017 yilda o‘tgan va staji 15 yildan ortiq yuzlab pedagoglar sentyabr oyidan oddiy mutaxassis toifasiga tushirib qo‘yildi, shu asosda haq to‘lanadigan bo‘ldi. Bu yerda pedagogning aybi nimada? Qiziq, vazirlik bu bilan pedagoglarni kasbdan bezdirishni maqsad qilganmi?
Bu yerda gap toifalar orasida to‘lanadigan mablag‘da yoki attestasiyadan qochishda emas. Shunchaki o‘qituvchi ustidan kulgandek, oliy toifali o‘qituvchilarni birato‘la mutaxassis toifasiga tushirib qo‘yilganida va noyabr oyida bo‘ladigan attestasiyagacha aynan 572-sonli qarorning yuqoridagi bandiga ishonib attestasiyadan o‘tmagan pedagoglarga imkoniyat bergan holda toifalari saqlanib turilishida. Unda nega o‘sha may-iyun oylarida shu kabi pedagoglar attestasiyaga jalb etilmadi?
Ushbu muammo ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozara va e’tirozlarga sabab bo‘lsa-da, adliya vazirligi jim turganiga hayronman. O‘zbekistonda qonunlarning aniq va bir xilda ishlashiga mas’ul bo‘lgan yana bir organ bor. Bu – prokuratura. Ushbu idora qaror ijrosidagi nomutanosiblikka aniqlik kiritib, masalani ijobiy hal qilib bersa, 1000 ga yaqin pedagogning qonuniy huquq-manfaatlarini himoya qilgan bo‘lardi”.

Va nihoyat so‘nggi beshinchi maktub Xorazmning Xonqa tumanidan:

«Oyligim 3 nafar farzandimning majburiy formasiga zo‘rg‘a yetyapti…»

«Assalomu alaykum bizni Xorazm viloyati Xonka tumanidagi maktablarda ham forma majburiy deb hamma o‘quvchilarga majburan oldirmoqdalar, uch nafar farzandim maktabga boradi o‘zim bir millon ikki yuz ming so‘m oylik olaman.
Uchalasini forma puli bitta oyligimga teng bo‘layapti. Hali o‘quv qurollarisiz. Forma majburiy emasku desam o‘qituvchisi XTB boshlig‘i H. Bektimirov hamma maktablarga majburiy deb topshiriq berganmish. Bu yoqda kitob ijara puli har biriga 108000 so‘mdan, beshinchi sinfda o‘qiydigan bolamni ustozidan qancha kitobi eski qanchasi yangi desam ikkitasi yangi qolgani eski deydi, nimaga oldingi yillar boshqa ota onalardan olgan kitob pullari uchun yana keyingi yil ota onalar yana pul tulashi kerak, o‘sha ikki dona yangi kitobni pulini to‘latib qo‘yasa bo‘lmaydimi.
O‘zi bu XTB tizimi korrupsiyaga botib ketgan. Xamma viloyat XTB va tuman XTBlar mudirlarini va o‘rinbosarlarini ham eski yosh kadrlarga almashtirish vaqti kelib o‘tib ham ketdi.
Ushbu postni kanalingizda chiqarsangiz nur ustiga a'lo nur bo‘lardi.»

Bu sizga o‘qib eshittirganimiz bugungi so‘nggi maktub edi. Turkumga kirmagan ko‘plab shikoyatlarni Eltuz Portalining telegram sahifasida o‘qishingiz mumkin. Ularga tegishli idoralar e'tibor qaratadi deya umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.

PS: Rasmda aks etgan Po‘rtaxollarning Eltuz portaliga aloqasi yo‘q. Video bu yerda: https://youtu.be/QupvbehotGo

Tag‘in o‘qing
11 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan ...
23 avgust 2018
Turma boshlig‘i polkovnik Mavlonovning buyrug‘i bilan Muhammad Bekjonni nihoyat ancha yengilroq ishga, etikdo‘zlik sexiga o‘tkazishadi. U yerda jurnalist so‘zga ...
7 dekabr 2017
1 dekabr kuni O‘zbekiston fuqarolik jamiyati tashkilotlari – Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi va O‘zbek-german inson huquqlari forumi Vashingtonda ...
2 iyun 2017
Qoidalar Rossiya prezidentining «2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari» haqidagi 202-son farmoni bilan bog‘liq. Havfsizlik choralariga ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...