Asosiy mavzular
8 sentyabr 2022

600 CYeKUND: Andijon sobiq hokimi sudi, Lavrov hasrati, Zelenskiy oilasi bayrami


Eltuz «600 sekund»ning 8 sentyabr 12-sonini taqdim etadi.

+++

Farg‘ona viloyati sudida Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov va hamtovoqlari ishi bo‘yicha sud bo‘lib o‘tmoqda. Oliy sud matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, jami 44 sudlanuvchining 29 nafari erkak, 15 nafari esa ayol bo‘lib, ular 63 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘ini o‘marganlikda gumonlanishyapti. Talon-toroj boshida turgani aytilayotgan 50 yoshli B. Haydarov 3 oy muqaddam hibsga olingan edi.
+++
Buvisining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillaeva Toshkentga keldi, uning so‘zlariga ko‘ra ular tushgan mashinani «xar 5 minutda mirshablar to‘xtatgan»
“O‘zbekistonda bizni har besh daqiqada GAI (YPX – tahr.) xodimlari to‘xtatyapti. Har besh daqiqada! Ular rulda o‘tirgan mast haydovchilarni to‘xtatishlari kerak, lekin bizni to‘xtatyapti. Xullas rasvo kun, rasvo kayfiyat”, deya yozirdi prezident nabirasi Maryam Tillaeva. U 5 sentyabr kuni O‘zbekistondan uchib ketdi.
+++
Moskva sudi kasal tug‘ilgan o‘zbek bolakay o‘limiga sabab bo‘lgan kaliningradlik ikki rus doktorni 9 yil qamoqqa hukm qildi. O‘zbekistonlik 27 yashar Zamiraxon Ahmedova bolasi tushganidan keyin yana ikkiqat bo‘lgan va bu o‘g‘il bola 23 xaftalik paytda 700 gramm bo‘lib nimjon va kasalvand tug‘ilgan. Bolani kasalxonada mavjud bo‘lgan «kurosurf» dorisi bilan davolash mumkin bo‘lgan. Bu dorining 20 ming rubl bo‘lgani uchun vrachlar o‘zbek bolasi uchun «ayalgani» ham aytilmoqda. Bolani davolash o‘rniga o‘ris doxtrlar «u ona qornida o‘lgan edi» deb rasmiylashtirishgan. Bu hujjatni asoslash uchun vrach tirik o‘zbek bolakay tanasiga shprits bilan zaxar yuborib o‘ldirgan.
Anonim manba bu qotillik haqida prokuraturaga ma'lum qilgan. Bu oshkor bo‘lgani ortidan prokuratura vrachlarni ayblab sudga bergan. Kaliningrad sudi qotil vrachlarni oqlagan. Moskva viloyatidagi appelyatsiya sudi bu ikki vrachni bola o‘limida aybdor deb topdi. Zamiraxon Ahmedova yaxshi ovqatlanmagani bois xomilasi nimjon bo‘lgan. Ahmedova tibbiy uchetga turmagan. O‘zbekistonga borib «tug‘ib kelishni» rejalagan. Rasmda qotil duxtr Elina Suskeevichni ko‘rayapsiz.
+++
Elboshi tug‘ilgan kuni davlat miqyosida nishonlanmaydigan bo‘ldi
Qozog‘istonda deputatlar “Qozog‘iston Respublikasining kinematografiya va madaniyat masalalari bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma'qulladi. Endilikda Birinchi Prezident tug‘ilgan kunini (1 dekabrda) davlat miqyosida nishonlash bekor qilindi.
+++
Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatida semiz melisa hodimlariga tarixiy joylarga borish va ko‘proq piyoda yurish tavsiya qilindi. “Ozodlik” radiosi tojik xizmati manbasiga ko‘ra, bu kabi buyruq IIV rahbari Ramazon Rahimzoda tomonidan berilgan. “Shu tariqa ular ham tarix bilan tanishib, ham o‘z salomatchiligini yaxshilashadi”, degan manba. IIVning do‘mboq xodimlarini ozdirish amaliyoti, prezident Mirziyoev topshig‘iga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda ham o‘tkazilgan.
+++
Hollandiyaning Garlem shahrida rasmiylar dunyoda birinchi bo‘lib jamoat joylarida go‘sht mahsulotlari reklamasini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Mahalliy “yashillar” fikricha, bu iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yordam beradi. Taqiq 2024 yildan kuchga kiradi.
+++
Rossiya 2022 yilga rejalangan Oyga chiqish missiyasini bekor qildi. “Roskosmos” korporatsiyasi rahbari Yuriy Borisovning aytishicha, “Luna-25” kosmik apparatini uchirish keyingi yilning o‘rtalariga qoldirilgan.
+++
Ukraina parlamenti asbestni qurilishda ishlatishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonunga ko‘ra, asbest va tarkibida asbest bo‘lgan har qanday jihoz ishlatilishi mumkin emas. Germaniyada minglab uy va saroylar asbest ishlatilgani uchun buzib tashlangan. Asbest rak keltirib chiqarishi ilman tasdiqlangan. O‘zbekistonda asbestdan shifer¸ quvur va ustunlar shaklidagi jihozlar keng ishlatiladi.
+++
Latviya, Litva va Estoniya Shengen vizasiga ega Rossiya va Belarus fuqarolari uchun quruqlik chegaralarini kesib o‘tishni chekladi.
+++
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov G‘arb davlatlarini sanktsiyalarni bekor qilish va'dasini bajarmaganlikda aybladi.
Rus diplomatining so‘zlariga ko‘ra, gap BMTning “Rossiya g‘allasi va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga erkin chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi logistik sanktsiyalarni bekor qilish” va'dasi haqida bormoqda.
Oldinroq Putin sanktsiyalar Rossiyani kuchliroq qiladi degan edi. Bundan avval ishg‘ol qilingan bo‘lgalardan ruslarning Ukraina donini kemalarga ortib o‘g‘irlab ketayotgani aks etgan video va axborotlar tarmoqda sizgan edi.
+++
Yevroparlamentdagi eng yirik siyosiy birlashma bo‘lgan Yevropa xalq partiyasi Ukraina xalqi va mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyni Andrey Saxarov nomidagi mukofotga nomzod qilib ko‘rsatdi. Fevral oyidan buyon rus bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalq mazkur mukofotga “Fikr erkinligi uchun” loyiq topilgan. Saxarov mukofoti Yevropa Ittifoqining inson huquqlari sohasidagi eng yirik mukofoti bo‘lib hisoblanadi.
+++
Pokistonda yoz davomida tinimsiz quygan jala 1355 kishi umriga zomin bo‘ldi. Pokiston Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida 481 nafar bola va 273 nafar ayol bor.
Tabiiy ofat oqibatida 1 712 514 uyga shikast yetgan, 753 187 bosh chorva hayvoni nobud bo‘lgan.
Suv toshqinlaridan jami 33,4 million kishi jabrlangan, ulardan 634 749 nafari vaqtincha boshpana vazifasini o‘tayotgan chodirlarga ko‘chishga majbur bo‘lishgan.
+++
Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass hukumat rahbari sifatida ish boshlagan 6 sentyabr kuni xorijlik liderlardan birinchi bo‘lib telefon orqali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashdi. Muloqot paytida Zelenskiy Trassni Ukrainaga taklif qildi, Britaniya yangi bosh vazir esa bu taklifni qabul qildi. Trassning salafi Boris Jonson ham bosh vazirlik paytida urush borayotgan Ukrainaga bir necha bor safar qilgan edi.
+++
Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi talafotlarini sanab boradigan Oryx blogi ma'lumotiga ko‘ra, 6-7 sentyabr kunlari rus qo‘shinlari Balakleya yo‘nalishi bo‘ylab 76 ta harbiy texnikasidan ayrilgan. Ukrainaliklar ruslarning 6 ta tankini yo‘q qilib, yana 6 tasini tortib olganlar, 20 ta zirhli texnikani yo‘q qilib, 13 tasini egallab olganlar, bitta Su-25 qiruvchi uchog‘ini urib tushirganlar, ikkita “Grad” (BM-21) moslamasini qo‘lga tushirganlar.
+++
Atom energiyasi xalqaro agentligi rahbari Rafael Grossi BMT Xavfsizlik kengashida Zaporoje AESiga hujum davom etayotganini, bu qabul qilib bo‘lmas holat ekanini, stantsiyaning barcha tizimlari to‘laligicha ishlashi lozimligini bildirdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya va Ukrainani Zaporoje AESi yo‘nalishi va stantsiya hududidan jangovar harakatlar olib bormaslik haqida va'da berishga chaqirdi.
+++
Ukraina urushdan keyin 185 ming kvadrat metr maydonni minadan tozalashi kerak bo‘ladi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati vakili 6 sentyabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. Aytilgan maydon qariyb Belarus hududichalik keladi.
+++
FRG kantsleri Sholts Ukrainaga yangi Leopard 2 tanklari yetkazib berilishini rad qildi, Bu haqda Die Welt nashri Ukrainaning hukumatdagi manbalariga tayanib xabar qildi.
+++
Zelenskiy oilasi bugun turmushining 19 yilligini nishonladi. U qanchalik yolborishmasin urush ichida qolgan vatanini bosqinchi ruslarga tashlab ketmadi. Ukrain pahlavoni oilasi urush kunlari bilan Kievda qoldi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2023
Shu yilning fevral oyida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi bir hafta davomida Xitoyda bo‘lib qaytdi. O‘zbekiston ...
28 aprel 2021
«Abdulla G‘arip Prodakshn», rassom Elsevar, rassom Tuz va «Eltuz» yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining uchinchi qismini taqdim etadi. ...
25 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir. Bu haqda Eurasianet nashri yozdi. 15 may kuni BMTning Oila xalqaro kuniga bag‘ishlab ...
15 iyul 2017
Londonda yashovchi o‘zbek akteri, 42 yosh Rashid Shadat (Abdurashid Shodiev) O‘zbekistonda taqiqqa uchragan filmlar yuzasidan Eltuz muxbiriga intervyu berdi. ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...