Asosiy mavzular
3 oktyabr 2022

IIB xodimlari paxtani topshirmagan fermerni kaltakladi

2022 yil 28 sentyabr kuni Payariq tumani “Yakkasaroy” MMTP hududidagi “Oqqush zamin dalasi” fermer xo‘jaligiga tegishli paxta egasining roziligisiz majburiy tarzda olib ketildi. Boz ustiga, paxtaning egalari kaltaklandi.

Ma'lum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligi ishchisi Doston Esirgapov xo‘jalik dalasida terilgan paxtani uchta tirkamaga ortib, “Payariq klaster” MChJga qarashli paxta qabul qilish punktiga olib borgan.

Ammo laboratoriyada paxtaning navi past baholangach, Esirgapov uni tozalab qayta topshirish maqsadida fermer xo‘jaligi raisi bo‘lgan akasi Muhiddin Islomovning uyi oldida tirkamalarni qoldirgan.

Ammo shu kuni yarim tunda tuman IIB xodimlari kelib, tirkamalardagi paxtani qabul punktiga topshirishni talab qilgan. Muhiddin Islomov ertalab topshirishini aytganida, IIB xodimlari uni haqoratlab, tahdid qilishgan. Oradan bir necha soat o‘tib, paxta ortilgan 2 ta tirkamani IIBning 4 nafar xodimi hech qanday hujjatsiz va fermerning ruxsatisiz olib ketgan.

Aka-uka fermerlar o‘z paxtasini sarson bo‘lib izlab, Chelak paxta qabul qilish punktidan topgan. IIBning bir necha xodimi ularni bu yerda ko‘rib, aka-ukani bo‘limga olib ketgan va qattiq kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.

Doston Esirgapov boshiga tekkan zarbdan hushini yo‘qotgan. Ammo IIB xodimlari birinchi yordam ko‘rsatmagan. Shundan so‘ng Esirgapovni Chelak tumani shifoxonasiga akasi olib kelgan va u hanuz davolanmoqda.

“Ular men va akamning qo‘limizni qayirib, bo‘limga olib kirib ketishdi. Bo‘limdagi zalning chirog‘ini o‘chirishib, panjara va eshiklarni qulflashdi. Ichkarida 2 navbatchi xodim, bular 4 kishi, jami 6 kishi bizni urishdi. Men u yerdan hushsiz chiqdim. Boshim yorildi, uni tikishdi. Bugun shifoxonadan chiqdim”, dedi Doston Esirgapov “Eltuz” bilan suhbatda.

Uning aytishicha, IIBning zo‘ravon xodimlari go‘yoki o‘zlariga tan jarohati yetkazilgani bahonasida jabr ko‘rgan kimsalar sifatida hozir tibbiy ekspertizadan o‘tib yuribdi.

Klaster va fermer o‘rtasidagi muammoga IIB xodimlari nega aralashib yurgani, bundan kim manfaatdor ekani borasidagi savollar hozirgacha ochiq qolib kelmoqda.

Tag‘in o‘qing
27 avgust 2021
Rassol Kirpi
21 mart 2019
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida Navro‘z bayrami sifatida nishonlanadigan 21 mart yilning kun va tun teng keluvchi sanasi hamdir. Bu kun ...
28 fevral 2019
“Azon.uz” saytida etnograf olim Anvar Bo‘ronov bilan katta intervyu chiqibdi. Uning asosiy mavzusi — tangrichilik dinining o‘tmishi va buguni. ...
15 mart 2020
Joriy yilning 15 mart kuni soat 06.00 da Respublika virusologiya instituti laboratoriyasida Frantsiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...