Asosiy mavzular
18 noyabr 2022

RTdan va'z: Toshkentdagi alvasti ovchilari

RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
Matchon Suqilish: Nichiksizla, mo‘chchi oybikala, xo‘jik birrila?
RT: Matchonboy, mo‘chchi degani nima o‘zi, tushuntirib ber qani?
MS: Mo‘chchi degani, takooy krasiviy qiz degani. Ësh voxtimda maqtanar adim. U menya mersedes shessotka, v rukax sotka, ryadom krasotka. Ax, aravay vay, vay, vay.
RT: Matchonboy, bir xonqalicha so‘zlaysan bir o‘rischa. Javobni aniq qilib aytib ber, xuddi Sarapoyonning o‘rtasini yorgan poezddek aniq qilib.
Matchon Suqilish: Ovong og‘o. Iyangni yegan bir damir go‘zzini yoqib Sarapoyonni yoriip o‘tiip getdi. Qorasam poezd. Ichi do‘li mo‘chchi qiz. Aldin mo‘llola bu mo‘chchi qizlani, kadilani zapret atgani uchun arkakla ashaklani, gechchilani, yosh o‘g‘lon bolalani atganla. Mo‘llolani siydiki yer do‘shmayan voxtda ashak atish, o‘g‘lon bola saqlash amallari yo‘qolib, normalniy arkak xotin-kadichilik atado‘n bo‘ldi. Lekin bu mo‘llola yana kavakinnan  o‘rmalap chiqib, xo‘shro‘y mo‘chchi qizlara napadeniya atib boshlodi. Inobi qiyzni qorong og‘o. Uzumni suvinnin. Shu qizni xo‘shroy bo‘g‘oni uchun Toshkentdayi ikki qorri g‘or besh so‘tkaga qomottiribdi. Neporyadok og‘o. Bu borishda yana ashak qidirip getamizmi sarapoyono qarap.  Ashakam qolmadi. Hammasini olot somsani ichina iyardila. Qolomasi xoji doyilani sexindo kolboso bo‘ldi. Manglayi qorola.
RT: Matchonboy Sevinchni seshanba kuni darrov ozod qilishdi. Matbuotda shov-shuv bo‘lgach, o‘z xatosini to‘g‘irlashdi bu korruptsionerlar. Matchon suqilish sen gapirsang ko‘pchilik tushunmaydi. Ayniqsa Toshkentning baq-baqalari osilib, bo‘yni  toshbaqaday bo‘lib ketgan zam hokimi Nodira Umarova. Aynan shu xotin Sevinch Sa'dullaeva ustidan jaloba yozib jabrlanuvchi bo‘ldi. Sevinch besh sutkaga qamalganidan keyin butun dunyoda «O‘zbekiston eron kabi ochiq kiyingan qizlarni qamaydigan mamlakatga aylandi» degan maqolalar chiqib ketdi. Xozir bilsang Eronda aynan shu masalada katta krizis bor. Nodira Umarovaning o‘ylanmay qilgan ishi bois O‘zbekiston imidjiga zarar yetdi. Investorlar hurkdi.
Toshkent hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nodira Nigmatullaevna Umarova insta-bloger Sevinch Sa'dullaeva ustidan huquq-tartibot organlariga ariza kiritishning o‘rniga Toshkentdagi minglab ayollar, onalarning qishda qiynalayotgani, aliment ololmagani va erlari kaltaklaganini o‘rgansa bo‘lmaydimi. Toshkentda million problema bor. Lekin bu tug‘ma ovsar xotin albatta davlatni puli, hamda vaqtini ketkazib ochiq kiyingan qizlarni  chotini poylab yurishi kerak.  
Shuncha mashina o‘marish, firibgarlik, diniy fanatizm, separatizm bilan bog‘liq jinoyatlar o‘g‘rilar va kisavurlar ishini bir chetga surib Mirobod sudi sudyasi Surayyoxon Xo‘jamqulova lineyka tsirkul olib qilarning emchagini o‘lchab, jazo berib o‘tiribdi.
Sudga huddi boshqa ishi yo‘qday. Mirobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari  Mirzaev, Mirobod tumani 4-sonli IIB xotin-qizlar bilan ishlash katta inspektori Baxmetova va milisa idoradan Bobojonov ham  yo‘rtqilab yetib kelishgan  tilini osiltirib. Xuddi bir narsadan quruq qolganday
Matchon suqilish: Ibiy, vazir Bobojonovni o‘zi galdimi? Boshqa ishi yo‘qmi vuni? Qamoqda odom  urib o‘ldirado‘n milisalani tartipa solsin bu yoshulli, xo‘shroy kadilani izinda yurgannan go‘ra.
RT: Sudda qatnashgan  xodim vazirning familiyadoshi xolos. Keyin hamma bobojonovlar ham milisa emas, orasida jurnalistlar ham bor. Birisi Qudrat og‘ongiz. Xullas, Toshkent zamhokimi bloger Sevinchning yuz  va tana tuzilishi ko‘rinishlari tarmoqqa qo‘yilganidan jabrlanibdi. Bloger Nozim Safariy mana bunday yozdi: «Seksual hayoti joyida bo‘lgan odam birovning seksi videosidan nafratga jo‘shib, sudga bermaydi. 5 sutkaga qamamaydi va internetta bo‘ralatib so‘kib, qarg‘amaydi. Nafrat bilan emas, muhabbat bilan shug‘ullaning»
Bloger Nikita Makarenko esa zam hokim Nodira Umarovaning hunuk basharasini tarmoqda ko‘rib, jabrlangani va ishchanlik qobiliyati yo‘qolgani sabab bu zamhokimning ustidan sudga berish kabi sarkastik taklif bilan chiqdi.
«Men zamhokim Nodira Umarovaning tarmoqdagi profilini qarab chiqdim. Bu xonimning basharasi hech kimni haqorat qilmaydimi degan ma'noda. Ko‘z oldimda jahannam manzarasi paydo bo‘ldi. Ba'zi fotolarda fokus yo‘q. Bijir-bijir bo‘p yotibdi. Katastrofik didsiz ustvosh kiyvogan. Botanicheskiy sad kakoy-to. Qanaqadir  «Milliy Tiklanish» partiyasi logotipi. Ya strashno oskorblen. Bu basharani ko‘rib, daxshatli darajada kamsitilib, ishchanlik qobiliyatim kamaydi. Bu  hunuk zamhokimni  kamida 12 sutkaga panelniyga tiqib taxta kanaga yem qilish joiz. Iltimos Mirobod milisasi va sudi hamma ishni qo‘yib shu xotinni qamash bilan shug‘ullansin.
Matchon Suqilish: Hamma badro‘y yoshulli xotinlarni qamab tashiyvarsak yurtda  yoshulli xotin qoladimi? Xo‘shroy kadilaram sotonini ochib, rasma tushib xoji doyilani  apetitini ochip yotibdilo, xoroplo.
RT: Aslida bu, Sevinch uchun pozitiv piar O‘zbekiston uchun negativ reklama bo‘ldi. Tarmoq faoli Alisher Samigjonov yozadi:
«Yana bir bor xalqaro internet tarmoqlarida O‘zbekistonda inson xuquqlarini poymol qilinishi fakti ko‘rsatildi. Bu go‘zalga degeneratlar shunday reklama qilib berdiki, u xatto Gollivud aktyorlar maktabiga taklif qilinishiga erishishi mumkin. Bunday go‘zallikning narxini faqat bo‘qqsho‘ng‘izlar bilmaydi, xasad xissiyoti bilan yotib turadiganlar.»

Alvasti ovi

RT: Matchonboy nega instabloger Sevinchning qamalishi va erotik bloger Asalxoneyning o‘ldirilishi g‘arb matbuotida havotir bilan qarshi olindi. Bilasanmi? Nega blogerlar qamaladigan va o‘ldiriladigan mamlakatga turist ham, investor ham kelmaydi.
M.S : Bilaman. O‘risni tilivizorinda oyttilo. Putin doyini o‘zi oytdi, yevropa sizlani bizjoq dadi. Lekin Putin doyini o‘zam kadichi. Urganchli sport master Marat og‘oni qizi Alinani atip yuribdi.
RT: Sham ushlab turganmiding, Matchonboy. Telegramda Sevinchning videosini biji-bijir qilganini qo‘ysam, uni yomonlab, o‘zidan avrat qorovuli yasab o‘tirgan xoji patrullar sekin lichkadan yozib, bu videoni bijillatilmagan variantini tashab bering deb iltimos qiladi. Boysunda o‘z o‘quvchisi bilan oral seks qilgan o‘qituvchi videosi tarqalgani haqida yozishim bilan, xoji zoti bo‘lsa lichkaga yopirilib, shu videoni tashab bering deydi. Pornhab degan dunyo porno video tarmog‘ini astoydil tomosha qiladiganlar ham O‘zbekistonda. Bular «dod-voy, qani ma'naviyat» deb yozib bo‘lib, sekin bankaga borib Dubayda jalaplik qilib yurgan xotini, yo qizi yuborgan pulni olib jit qiladi. Ikkiyuzlamachilik va riyo deyiladi bu. Men tanigan bir ikki bollar Yevropa va AQShdagi mehmonxonalar retsepshnida ishlaydi. O‘zbekistondagi har xil ma'naviyat markazlarida ishlaydigan mulozimlar trening va seminarlarga borishganida, shu otellarda qolishadi. Bu mulozimlarning birinchi qiladigan ishi porno kanalni ulab olish. Ikkinchi kiladigani esa xonaga fohisha chaqirtirish.
MS: Uchlamchi atado‘n ishi o‘g‘illiq. Xonadagi utikdan  tortib, sochiq bilan banniy xalatgacha o‘marishadi. Lekin yoshullilla faqat cheta chiqqandamas, yurtni ichindam kadichilik atadilar ozonnan gechacha.
RT: 1999 yili Xorazmda ma'naviyat bo‘yicha zam hokim bo‘lgan Botir Raximov degan doshovuzli degenerat bor edi. Ikki gunni biri men ishlagan telekanalga telefon qilib kinodagilar o‘pishmasin deb talab qo‘yardi. Lekin o‘zi, Xivadagi qadimiy Nurillaboy saroyini ishratxonaga aylantirgandi. Fohishalarni chaqirib, maishat qilar va qadimiy obidaga zarar yetkazardi. O‘sha mulozim haqiqiy ma'naviyat dushmani edi.
MS: Ey El Sini ildirgan Botirmi? Botir siyg‘on diydila uni. Siyg‘onnan botir chiqsa kapasina o‘t qo‘yadi diydila bizani Xonqada. Botir Xozorisa hokim bo‘g‘onnan keyin, narkoshlara krisha bo‘lib urilib getdi, Xozir Toshkentda yuripti, yekgo‘rinji bo‘lib.
RT: Matchonboy, qo‘y bu ikkiyuzlamachi mulozimlarni. O‘zbekistonda alvasti ovi nega yevropaliklarni havotirga soldi deb  so‘rading. Haqiqatdan ham seksizm, ayol qizlarga shilqimlik qilish, ya'ni xarrasmentga qarshi bo‘lgan Yevropa bu kabi voqealarga xavotir bilan qaraydi. Chunki Bundan atigi 500 yil oldin Yevropada dindorlar talabi bilan chiroyli qizlar gulxanda yoqilgan. 500 yil oldin Yevropada yashagan diniy ruoniylar nazarida chiroyli qizlar ichida jodugar va alvasti yashaydi. Ular narigi dunyoda qiynalmasin deb gulxanda yoqib yuborishgan. Bu xolat tarixga Witch-hunt ya'ni alvasti ovi deya muxrlandi.
MS. Bizanam yosh voqtimizda qo‘rqitar adilar olvosti galdi dap. Olvosdi deganni ma'nosi mo‘chchi qizla galib eraklarni g‘orso teyina bosadi. Ina, Chimkentda bir yigitni uch qiz  teyina bosib zo‘rlabdi. Lekin siz oytqon narsani kinoda go‘rganman Janna Dark degan qiyzni jodugar dab yoqib toshovadila.
RT: Chiroyli qizlarni jodugar deb hisoblab yoqib yuborish tashabbusi dindorlardan chiqqan. 1484 yilda Rim Papasi  Innokentiy VIII alvastilarni inkvizitsiya sudi qarori bilan gulxanda yoqish haqida fatvo berdi. Shundan keyin, qaerda chiroyli qiz ko‘rinsa ushab olib gulxanda yoqishdi. Bechora chiroyli qizlar atay yuziga qora kuya surtib, yuvinmay yurishgan, taqvodorlar ko‘ziga jodugar bo‘lib ko‘rinmay deb. Kim chiroyli qizlar haqida chaqimchilik qilsa, ularga pul ham berilgan. Masalan, 1628 yil  Offenburg shahrida har bir chiroyli qiz haqida xabar bergan chaqimchi qo‘liga 2 shillingdan berilgan. 1645 yilda o‘zini jodugar ovchisi deb e'lon qilgan Metyu Xopkins  o‘zi ushab topshirgan har bir chiroyli qiz uchun 1 funt sterlingdan haq olgan. U kamida yiliga ming funt ishlagan. Demak Xopkins yetalab borgan qizlar hisobiga ko‘ra, bitta shaharda yiliga ming go‘zal qiz yoqib yuborilgan. Bu daxshatli jarayon Markaziy yevropada to 18 asrgacha davom etdi. Tarixchilarga ko‘ra, jodugar ovi iqtisodiy yetishmovchilik, qashshoqlik, sovuqda o‘tin topolmay qiynalayotganlar fonida rivojlangan. Chunki bu iqtisodiy tanazzul aybdorini xalqqa ko‘rsatish uchun kerak edi. Sen och-yalang‘och bo‘lganing, sovuq azobining bosh aybdori mana shu chiroyli qizlar. Ularning jodusi bois, baraka ketmoqda deb aytishgan. Bugun ham o‘zbekistonda erinmagan imomberdi mullabachchalar shunga o‘xshash gapni kunora aytishadi. Asnoda Toshkent zamohokimi Nodira Umarova, sudya Surayyo Xo‘jamqulova kabi zamonaviy alvasti ovchilari paydo bo‘ldi. Bu qo‘rqsa qo‘rqqulik xolat.
MS: Duz og‘oo. Quri ishvalak g‘orloni tarapini olosiz. Ishvalaklaram odommi? Arkaklani kallasini bizib, ishdan guchdan qo‘yodi. Komiljon og‘o oytqonqu oxir. O‘zi bir kichkina qiz, gunda ilon o‘ldiradi. Qosh qoqib go‘zni qisib oltin, chervon o‘ndiradi. Jolotoychilik ming yorim bilan. G‘orloni arkaklani kiysasina iqtisodiy zararinam oyting oxir. Mani she'rim yodingizdomi. Yumurtovda g‘orlor bor degan…
RT: Matchonboy sen tushunchalarni chalkashtirma. G‘or boshqa – g‘ar boshqa. G‘or bu tekotonik erroziya oqibatida xosil bo‘lgan teshik. Tabiatga oid fizik tushuncha. G‘ar esa ijtimoiy muxofazakor qatlamning ular nazarida yomon bo‘lgan ayollarga qo‘llaydigan yorlig‘i. Men esa huquq  va qonun ustivorligi haqida gapiryapman. Menga aytishlaricha, sudya Surayyo Xo‘jamqulova yurfakda ikkichi bo‘lgan, sessiyalarni pora berib yopgan. Qonun va rim huquqiga oid kitoblarni ochib ham ko‘rmagan. O‘tgan asrning to‘qsonlarida Xorazmda OPS degan idorada Ro‘zimboy Eshchonov degan podpolkovnik ishlar edi. Axloq politsiyasiga o‘xshash vazifada edi. Har xil aktivist xotinlar o‘sha vaqtda urf bo‘lgan videosalonlar ustidan shikoyat qilib kelishardi. Ana porno qo‘ydi, mana iyot kino ko‘rtastdi deb. Ro‘zimboy bo‘lsa, erinmay qonun kitoblarni ochib, porno nima, erotika nima. Nima taqiqlangan, qaysi joyi qonunga zid ekanligini hijjalab o‘qirdi. Qonunga ko‘ra, erkakning jinsiy olati ayolning qiniga kirgani ochiq ko‘rinsa bu porno ekan. Aktivist shampatrul ayollar shikoyat qilgan videoda Otabek va Kumush o‘pishgan edi xolos. Ro‘zimboy, bu shampatrullarni haydab yuborardi «jinoyat sostavi yo‘q» deb. Chunki Ro‘zimboy maktabda ikkichi bo‘lsa ham, milisa o‘qishida yaxshi o‘qigan edi. O‘z ishini qonunga to‘g‘irlardi. Qonunga tupurish esa huquqiy nigilizmdir.
MS: Novvi vu og‘o, yuridik nigilizm degani. Uyot gapamasmi?

Huquqiy nigilizm nima?

Huquqiy nigilizm – bu yozilgan joriy qonunlarni inkor qilish, qonunlar va huquqning sotsial institut ekaniga tupurish degani.
Yuridik nigilizm huquqiy davlatni yemiradigan zangdir. Bir shisha Kola o‘margan o‘smir bolani IIB binosida urib o‘ldirilishi.
Tik-Tokda qaysidir bachchavozga malol kelgan sohibjamol blogerni Eron shariati uslubida besh sutkaga qamash.
«O‘zbek mentaliteti» degan qonunda yozilmagan uydirma asosida odamlarni qamash.
Ayni paytda insoniyatga qarshi Suriyada jinoyat qilgan terrorchi xotinlarni, Nukusda askarlarni o‘ldirgan separatchilarni oqlab, uyiga qo‘yib yuborish ham huquqiy nigilizmdir.
Surishtirib ko‘rsam, Sevinch blogerni qamagan Mirobod sudyasi yurfakda ikkichi bo‘lgan va nuqul pora bilan sessiya yopgan ekan.
Xullas, bu savodsiz sudyalar – boshimizga balo.
Birinchi navbatda o‘sha sudyalarning oyog‘iga tosh bog‘lab, ko‘lga tashab cho‘ktirvorish kerak.
Shunda mamlakat baxtiyor bo‘ladi.
MS: Indi nishatalik yoshulli. Xo‘shroy qizla yupqa kiyinsinmi yoki qalinroq? Kinoda arkak bilan xotin o‘pishsinmi yo o‘pishmasinmi?
RT: O‘zbekistonning yaqin tarixida sevgi sahnalari aks etgan kinolarni taqiqlash yoki qaychilash 1990 yilda boshlangan. “Kichkina Vera” filmi Moskvadan – Markaziy televidenie orqali namoyish qilinganida, O‘zbekiston bu translyatsiyani O‘zbekiston hududida to‘xtatib qo‘ygan edi.
Elyor Eshmuhammedov suratga olgan «Shok» filmidan esa, avvaliga basseynda cho‘milayotgan ayollar qismi kesib tashlab namoyish qilingan, oxirida esa butunlay taqiqlangan edi. O‘tgan 30 yilga yaqin davrda o‘zbek telekanallarida 20 ga yaqin film namoyishi taqiqlandi.
Ular orasida «O‘zbetelefilm»da davlat mablag‘iga suratga olingan «Sudxo‘rning o‘limi» va xususiy tadbirkorlar sarmoyasi asosida suratga olingan «Tohir-Zuhra 2» filmlari bor.
Bundan 13 yil oldin taniqli kulgi ustasi marhum Obid Asomov kinoprodyuserligida olingan «Tohir-Zuhra 2» filmining nega taqiqda qolayotgani hozirgacha noma'lum.
Dunyoni fohiashalar bilan ta'minlaydigan O‘zbekistonda  nimani ko‘rsatish mumkinu, nimani ko‘rsatish mumkinmasligi haqidagi munozaralardan tortib, liberalizm va an'anadorlik, davlatning axborot siyosati hamda media makonidagi raqobatga qadar turli farazlar ilgari suriladi. Asnoda nega «Nu pogodi» multfilmida plyajda yotgan cho‘chqaning emchagi ko‘rindi. Nega “Kinoteatr” telekanalida namoyish etilgan “Baunti” filmidagi g‘orda yashaydigan qadimiy xotinlar yarim yalang‘och yuribdi, xijob kiysa bo‘lmaydimi degan oxiri yo‘q bema'ni savollar yuzaga chiqadi. Aytadiganim shu, ishtoni yo‘q, tizzasi yirtiq ustidan kulmasin. Undan ko‘ra haqiqiy muammolar. Urug‘ aymoqchilik¸ nepotizm, mulozimlar o‘g‘irligi, maktabda bolalarni urayotgan o‘qituvchilar haqida bahs qilinglar. Qish kelyapti. Gaz yo‘q, svet yo‘q. O‘tin, ko‘mir yo‘q. Ishtoni yo‘q, birovning qo‘lidagi cho‘pdan qo‘rqar ekan.
Matchon Suqilish: Sho‘rda to‘xtab, yonqi gapni oytiparing.
Assalom O‘zbekiston, Juma muborak. 

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
6 dekabr 2017
Prezident Mirziyoevning 4 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, xorijiy sayyohlar uchun oldingi 7-15 kunlik qisqa viza muddati 30 kunlik qilib belgilandi. ...
10 iyun 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 9-qismini taqdim etadi. Rus ...
5 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
8 mart 2021
Klara Tsetkin xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faol kurashchi edi. Uning ismi Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash bilan uzviy bog‘liqdir. ...
Bloglar
3 yanvar 2023
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 20-qismida jurnalistning «Adabiyot nima?» degan ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim ...
20 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih suhbatning 17-qismi muxolifat va hokimiyatning kelajagi haqida ...