Asosiy mavzular
23 dekabr 2022

7 yilda 44 milliard qarz olgan davlat haqida

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Ko‘cha sovuq ammo qalbingiz olov. Megabayt qizg‘anmay Rassom Tuz va'zini eshitib o‘tiribsizlar.

Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila. Opojon dayan suvuqlarda nishatib o‘ngiship o‘tiripsizlar? Shorlovuqdagi kadila nichiksizlaa. Gechda dandirab yurmin o‘yda o‘tiringlar. Milisa tutib qamab qo‘yishi mumkin maqsadsiz yuribdi dap.

Matchonboy mana ko‘chada ikki qiz ketmoqda qanaqadir ozabochenniy so‘tak og‘zidan so‘lak oqizib qizlarga shilqimlik qildi. Qizlar 102 ga telefon qilsa o‘sha 102 dagi milida bu qizlarga aql o‘rgatyapti. Kechqurn yurmanglar shahar to‘la manyak. O‘zimiz ham berkinib o‘tiribmiz kontorani ichida deb nasihat qilgan. Bu shunchaki gap emas balki bloger Diyora Abdujabborova bilan bo‘lgan xolat. Ichki ishlar idorasi «Otalar so‘zi» tipidagi nasihat kontorasi emas.
Nega zo‘ravon erkak ta'qibidan qochgan bloger Diyora 102 ga telefon qilganda IIB xodimi arizani rasmiylashtirish o‘rniga qizlarga «ko‘chada yurmang,» deb nasihat qilgan?

MS: O‘rtoq Bobojonov, bu ashak bozorni yo tartibga solib ramkaga tushiring, yoki geting ishdan. Bir guningizni go‘rarsiz axir. Ministr o‘mosongiz minnirooq odom bo‘lorsiz. Zato dinch yurisiz. Bikayam dinsin bikacham.

2017 yil avgustida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, «Tun» tadbiri davomida kechki soat 9 dan keyin «bemaqsad» yurgan 3706 nafar shaxs huquqbuzar sifatida ushlagani xorijiy matbuotga chiqib ketib kulgiga sabab bo‘lgandi.

«Bemaqsad yurganlar» degan kalima Xorazm viloyat IIB tomonidan yoyinlangan matbuot xabarnomasida keltirilgandi.

O‘sha paytda IIB matbuot xizmatida ishlagan Zokir Ismoyilov «bemaqsad» tunda «sayr qilish»ning o‘zbekistonliklarga qaysi qonun asosida taqiqlanganini tushuntirib bera olmasdan «yaxshi odamlar bemahalda ko‘chada yurmaydi» degan umumiy gap bilan kifoyalangandi. Qizig‘i shundaki ko‘chani to‘rt tarafidan o‘rab odamlarni «o‘ptim qamash» tadbiri o‘tgan 2017 yili Xorazm viloyatida xozirgi ichki ishlar vaziri Bobojonov yoshulli edi.

Tavsiya: Mabodo sizni IIB xodimi ko‘chada to‘xtatib nima maqsadda yuribsan deb so‘rada prezidentning kechagi nutqining lyuboy joyidan iqtibos ayting. Masalan «Sun'iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korruptsiyaga imkon beruvchi barcha bo‘shliqlarga barham berish»maqsadida ko‘chaga chiquvdim desangiz bo‘ladi.
MS Siymaka chiqdim dasa bo‘lmiyimi og‘o…
(kulgi ovozi)

Matchonboy aslida yig‘lash kerak xolat bu. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, janob general mayor Aziz Toshpo‘latovni akademiyada o‘qitgan o‘qituvchisi bilan gaplashdim. Harholda ayollarga qarshi zo‘ravonlikning zamonaviy dunyoda muhimligi haqida yetarli bilimi bor ekan. Ammo negadir bu bilimdon general rahbarligidagi shahar IIB tarkibidagi xodimlar ayollarga qarshi shilqimlik va seksual xarrasment holatini qayd qilish o‘rniga tazyiqqa uchragan qizlarni o‘zini aybdor qilib nasihatgo‘ylik yo‘liga o‘tishgan. Arizani qanday qabul qilish, yo‘l yo‘riqlari o‘rgatilmaganmi bu xodimlarga? Eltuzga ma'lum bo‘lishicha, 20 dekabr kechqurun shahar markazida dugonasi bilan ketayotgan bloger va faol Diyora Abdujaborova taxminan «Xalqlar do‘stligi» metrosiga yaqin joyda noma'lum erkak tarafidan ta'qib qilingan. Abdujaborova 102 ga telefon qilganida ayolning arizasini rasmiylashtirishi shart bo‘lgan xodim o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab, «o‘zlaring aybdorsizlar», deya shundoq ham qiyin axvoldagi qizlarga aql o‘rgatib, ruhiy bosim qilgan.

Muhtaram general Aziz Anvarovich, sizdan soliq to‘lovchilarning yagona talabi shu: shaxsiy tarkibni o‘z kasbini biladiganlar bilan to‘ldiring. Harholda Toshkent – mamlakat poytaxti. O‘zidan nasihatgo‘y avrat qorovuli yasab olgan «aqlli»lar emas, inson huquq va erkinliklari nima ekani va huquq tartibot organida ishlash nimadan iborat ekani va IIB vazifa maqsadlaridan xabardor, madaniyatli xodimlar tizimda ishlashini talab qilamiz.

Dunyoda politsiya haqida slogan – shior ko‘p, ammo menga yoqadigani mana bu: «Politsiya sizlardan biringiz¸ faqat u sizning huquqlaringizni himoya qiladi». Muhtaram general, Toshkentda favqulloda holat yoki komendant soati joriy qilinmagan. Vatandoshlar konstitutsiyada kafolatlangan harakatlanish erkinligidan foydalanib shahar maydonlarida bemalol sayr qiladi. Sizning «aqlli» xodimingiz esa «kechqurun yurmang» deb nasihat qilishi aslida vatandoshlar erkinligini cheklash chorlovidir. Eng yomoni esa xotin qizlarga tazyiq O‘zbekiston rahbari tilidan tanqid qilingan kunning o‘zidagi bu sovuqqonlik IIB tizimida sistemali muammo borligini ko‘rsatdi. Bu muammo barham topmaguncha shahar xotin-qizlar uchun xavfsiz bo‘la olmaydi.

MS: Soyoq yursang toyoq yiysan dap cho‘nqir mo‘llolar oytib o‘tiribdi. Odomlarni ikki narsa tartipa soladi. Biri kaltak. Biri mo‘lloni gappi.
Din bu ijtimoiy ong formasidir. Ruhoniylar el-ulus ongini manipulyatsiya qilib, egallab olib tijorat qilishadi. Zombiga aylanganlar bu ruhoniylarga pulini, molini, qonini va jonini, hatto, norasida qizini ham beradi. Hali ona qornidagi qizni ismini Nazira qo‘yib, murshidga nazr qiladi. Yevropa bu xatarli halqani sindirib, dinni cherkov ichiga qamaganidan keyin, rivojlanishga erishdi.

Karimov o‘lganidan keyin, xuddi kunlar iliganda mikroblar tirilgan kabi, diniy zombilar qimirlab boshladi.

Mutaxasislar ilm-fan terminlari qolib, cho‘pchak tilida gapira boshladi. Sahnaga dinni siyosatga aylantirib, konstituttsion demokratik davlat tizimiga qarshi bo‘lgan ummatchilar chiqa boshladi. Davlat tizimlariga Hizbu taxrir¸ Vahobizm kabi sekta mansublari siza boshladi. Vazirlar diniy voizlar bilan quda-anda tutinib, ashir-nashir bo‘lib ketdi. X minutda bir signal bilan davlat xuddi Erondagi kabi mullalar qo‘liga o‘tishi uchun qimirlash boshlandi.

Birgina Uchtepa tumanidan yuzlab o‘quvchilar Misrga olib ketilib, zombi hujralarda miyasi yuvilib, ertangi kun o‘zini po‘rtillatadigan radikallar yetishib chiqishi potok asosida tashkil qilindi. Bo‘layotgan hodisa yuzasidan tekshiruvlar qaysidir mulozim ishorasi bilan to‘xtatildi. Vujudni rak qamrab olgani kabi radikal klerikallar jamiyatni ich-ichidan sakkizoyoq kabi chirmay boshladi.

Bugun prezident o‘z nutqida «dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘ymaymiz», deya ta'kidlaganida shuni nazarda tutdimi yo yo‘qmi, bilmaymiz. Ammo davlat va millat manfaatlari bu ko‘rmuridlar armiyasi va ularning millat dushmani bo‘lgan murshidlarini zararsizlantirishni taqozo qiladi. Davlat xavfsizligi talabi shudir.

MS: Duz og‘o lekin yoxshi gaplaram bo‘lib duribti ina so‘nggi 7 yilda ko‘payib 68 yetgan ho‘ko‘mat idoralari soni kamayodon bo‘libdi. Suvinib suvitlara chiqib getasim galdi og‘o.
Matchonboy bu noshukur yaxudiy va shum ravin hikoyasiga o‘xshadi.

MS: Oyting qoni og‘o!

Noshukur yaxudiy va shum ravvin

Bir yahudiy odam o‘z ravviniga «hayotim og‘ir», deb shikoyat qildi. Ravvin unga hovlidagi mol, qo‘y, echki va eshakni uyinga obkirib, bog‘lab qo‘y, debdi. Yahudiy ravvin aytganini qildi. Lekin uning hayoti battar yomonlashdi. Uyda qo‘y maraydi, eshak hangraydi, mol tezaklab tashagan. Yahudiy ravvinga borib, «hayotim jahannam bo‘ldi,» deya yana shikoyat qildi. Ravvin unga, «uydan eshakni chiqarib, hovliga bog‘la,» dedi. Yahudiy shunday qildi. Endi u xursand edi. Chunki eshshak hangrashidan charchagan edi. Yana sal noligan edi, ravvin unga, «molni tashqariga chiqar,» dedi. Oxirida uyidagi barcha hayvonlarni chiqarib tashqariga bog‘lagan yahudiyning baxtiyorlikdan ko‘zi chaqnar edi. O‘zbekistondagi reformaga o‘xshaydimi bu rivoyat?

MS: Bu qodimgi gap. Birav tushundi birav tushunmadi. Hamma so‘quship ongi pas bo‘lib qog‘on. Nishatish garak diysiz.

RT: Matchonboy men mana bu gapni 2015 yildan beri aytib og‘zim qavardi. O‘zbekistondagi vazirlik va unga tenglashtirilgan agentliklar sonini radikal qisqartirsa bo‘ladi. Ko‘p xollarda parallel ish qilayotgan vazirliklar qisqarsa byudjet zimmasidagi yuk ozayar edi. Masalan Madaniyat vazirligini tugatish kerak. (Turizm va madaniy meros vazirligi yetadi) Vazirliklar nomi qisqa va aniq bo‘lsin. Bugungi O‘zbekistonga sakkizta vazirlik yetib ortadi.

1. Tashqi ishlar vazirligi.

2. Ichki ishlar vazirligi.

3. Mudofaa vazirligi.

4. Adliya vazirligi.

5. Moliya vazirligi.

6 Ta'lim vazirligi

7. Turizm va madaniyat vazirligi.

8 Iqtisod va transport vazirligi.

Shu 8 tasi yetib ortadi. Bosh vazir lavozimi bilan prezident adminstratsiyasi rahbari lavozimini bitta qilib qo‘shvorish kerak. Xozirgi sharoitda Umrzoqovni qoldirib Abdulla akani pensiyaga uzatvorish kerak. Maqol esa mana budir: Cho‘pon ko‘paysa qo‘y xarom o‘ladi.


MS: Shuni indi ertak atip oytib baring. Avval bir marta oytqon ertakni yena oyting. Haqiqiy bangi tirgakchini topish uchun o‘t qo‘yg‘on ertakni. Ulli yoshullini oytqoni top shu ertakni o‘zginasi bo‘ldi og‘o.

Bangi vazir

Bir do‘latni poshshosi vazirlik tuzishga ishqiboz ekan. Shunday vazirliklardan birini oti ko‘knori vazirligi ekan. Buni yoniga nasha¸ geroin¸ lirika¸ tramadol¸ kokain¸morfin kabi o‘nlab vazirliklar qo‘shilibdi. Qoidaga ko‘ra¸ eng uchiga chiqqan bangilar vazir bo‘lar ekan. Bir kuni Moliya vaziri bilan Hazina vaziri ularni ortidan iqtisod, qog‘oz pul va chaqa vazirlari poshshoni oldiga kelib shu narkotik sektordagi o‘nta vazir yaxshi ishlamayapti. Shuni tarqatib bitta qisak deyishibdi. Poshsho rozi bo‘lib bittasini qoldiringlar debdi. Vazirlar qaysi birisini deb so‘rashibdi. Poshsho ularga qarab “Hammasini bir xonaga yig‘ing. Kayf qilib o‘tirishsin. Keyin o‘t qo‘yib yuboring. Kim qochmasa o‘sha vazir bo‘ladi” debdi.

Narkotik sektoridagi 10 ta vazir uzun qisqa bo‘lib kelishibdi. Bittasi tomiriga urdi. Bitasi xidladi. Bittasi chilim chekdi. Xullas o‘tirishibdi vazirlar qiyshayib kayf taraq. Qo‘lllarida bloknot. Shu payt shotirlar kelib xonaga o‘t qo‘yvordi. Vazirlarning kayfi tarqab qochib keta boshladi. Bittasi bo‘lsa suzilganicha o‘tiraverdi. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan xilidan edi. Shotirlar ko‘pik sepib o‘tni o‘chirishdi. 9 ta vazir ishdan olinib barcha narkotik vazirlari birlashtirilib bitta vazir bo‘ldi.
Qog‘oz pul¸ bankomat¸ chaqa va sariq chaqa vazirliklari xursan bo‘lishdi. Iqtisod¸ moliya¸ cho‘ntak va poshsho oilasi cho‘ntagi vazirlari ham sevindi.
Ishsizlik¸ qashshoqlik¸ sovuq uy¸ chiroqsiz ko‘cha¸ uyquszilik va uysizlik vazirlari xafa bo‘ldi. Chunki ishsiz qolgan bu 9 bangi ularni ixtiyoriga o‘tgan edi.
Ertagim tugadi. Endi siyib kelib, uxlanglar bolajonlar. 120 vazir soyasida do‘latda tinchlik. Suv bu obi hayot..

Aqlli gap

RT: Matchonboy men bir aqlli gap aytsam.
MS: Og‘o siz quri oqlli gap oytosiz. Sizni ishitsam o‘zimni nimkalo jilli dapam o‘yliymon.
RT: Xullas o‘zgarishlar bu dengizda kutarilgan shamol kabi. Dengiz shamol bir kema yelkanini shishirib manziliga eltadi. Boshqa kema esa shamolga chiday olmay g‘arq bo‘ladi.Gap qaysi kemada bo‘lishda. Ikki kemani boshini tutgan esa g‘arq bo‘ladi. Ham Rossiya tarap bo‘lib ham Amerika tarap bo‘lib bo‘lmaydi. Odamda bo‘lgani kabi davlatda ham tuturiq printsip va yo‘nalish bo‘lishi garak. Bir mo‘lloni ikki xotini bor ekan. Biri yosh biri qari. Mo‘llo yosh xotinni oldiga borganda soqolidagi oq tuylarni yularkan. Qari xotinni oldiga borganda qora tuylarni.
MS: Keyin nishattdi bu yetim mo‘llo?
Oxirida ko‘sa bo‘lib qolibdi bu mulla
MS Kutarildi shamol ko‘rindi ilxom. Buni yozdi G‘afur G‘ulom
(kulgi jingl)

Qand

MS: Og‘o shu gunlarda tozo yil uchun horojotlo belgilandi. O‘lmasak hazzatodon voxtlaoro yetsak garak. Bu getishda tuyalar oltin tazzaklidi
Matchonboy byudjet haqida shoyan vatandoshimiz Aziza Umarova yozgani o‘qib bersam
MS: O‘qing og‘a. Aziza apika hamma vox do‘g‘ri gapni dik yuzinga oytodi. Kandirni bo‘sh tutsong qo‘lingni kasadi.

Aziza Umarova: XUPTsA hukumat xususinda

Parallel shaklda uch yo‘nalish uch trend mamlakatning istiqbol degan sarob surati ustinda yaltirab ko‘rinmoqda. Har birisi o‘zicha go‘zal. Agar har uchchalasi haqida birdan gapirsak bir qop informatsiya chig‘adi.

  1. Imtiyoz – Navbatdagi davlat hisobidan imtiyozlar (xalq cho‘ntagidan deb tushunovuring) yangi davlat byudjet loyihasida bezrayib o‘tiribdi. Inflyatsiya, yemaklar narxi ko‘kka sakragan¸ mardikor migrantlar dodlagan bir paytda byudjet defitsitini yaqinda 3 foizdan 4%,ga oshirib qo‘yishdi. Maqsad davlat harajatlari uchun qo‘shimcha 8 trln so‘mni yeb yutish. A tut – shapaloq!!! Albatta elning yuziga shapaloq. Ular mazoxist emasku o‘zini o‘zi urib. Xullas yangi byudjetda utilsbor uchun kompensatsiya avtopromga ato qilindi. Ashi Asakadag‘i hamma la'natlaydigan avtoprom. Ashi hali yasalmagan moshn uchun klientladan bir yil oldin pul oladig‘on bezbet. Uni tanqid qig‘an Antimonopolnыy komitetni so‘tga berib sudraydigan yaratiq. Do‘dadan qolgan arzanda. (qo‘shilib so‘kish olqishlanadi)
  2. O‘risning jundor qo‘li:
    Rossiya investorlari ofitsial ma'lumotlarga ko‘ra O‘zbekistondagi qo‘shma korxonalar ichida birinchi o‘rinda turibdi. Bu «kar (kor emas) xonalar»lar favqulloda ishtaxa va oshig‘ich g‘ayrat bilan mamlakat strategik aktivlarini g‘ajib yeb yotibdi. (Ha napsingga o‘t tushkur) ‘Investorlaram ’ ashag‘dan (Puleristondan) Bonka, neftegaz, metallurgiya, oltin, mis to‘yintiradigan fabrika va katod uchun mis, kumush, Samarkand aeroporti , tsement zovut¸ telekommunikatsiya , selxoz irrigatsii uchun katta xartumli nasoslar va hokazoni o‘rislar ovogan. (O‘zi nima qoldi? Ma sanga ma sanga. Palonim qoldi Hasanga)
    Qizig‘i shundaki ashag‘dan kegan o‘rislar bir voxtti o‘zida mintaqadagi ikki do‘latning katta sohalarini o‘ptim ob qo‘ymoqda. Masalan O‘zbekistondagi yagona shina zovutining egasi Qozog‘istonda ham bizani do‘latda ham bitta odam. Har ikkalasining egasi Rossiyada. Yiliga 7 million o‘g‘it chiqaradigan O‘zbek o‘ris qo‘shma korxonasiyam ashnaqa. (Bular hali maydasi¸ yirigiyam bor)
  3. Qarz botqog‘i:
    Ho‘ko‘mat katta ishtaha bilan dunyo finans idoralaridan olgan tog‘day tog‘day qarzlarni yashin tezligida yeb yutib tashamoqda. Gazeta.uz yaqinda yozuvdi Vsemirniy bonkadan yana bir milliard kevotti deb. Exx enajonima. Bu qarz nimaga berilgani va nimaga sarf qilganini o‘qisang eding emchaginga boshimni qo‘yib jilardim quvonganimdan. (Bank juda yaxshi reforma¸ ravon yo‘l va boshqalari uchun qarz beradi ammo xuddi Afg‘onistondagi kabi bu qarzni mulozimlar o‘maradi) Agar mabodo eshitmagan bo‘lsangiz yana aytay. Tashqi qarz 7 yilda 44 mlrd dollar bo‘ldi!!!! Do‘latti qarzi (po dannыm Minfina) 2022 yil 1 iyul xolatida 26 mlrd dollar bo‘ldi. Bu degani VVPning 35,1% deganidir janoblar. Xullas bizaga qarz berganlar. ABR – 5,4 mlrd dollar. VB– 4,4 mlrd, Xitoy eksim bank – 1,9 mlrd., Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – 1,8 mlrd, Xitoy do‘lat bonkasi 2,2 mlrd, Islom taraqqiyot bonkasi 1 mlrd. Qog‘an mayda chuyda bonkalardan – 2,7 mlrd do‘llor qarz olinib yeb yutilgan. O‘rtada yumurto yo‘q ammo jo‘ja chig‘adi deb o‘tiribsiz siz qashshoqlar. Yo‘q yumurtodan jo‘ja chig‘maydi.
    Yaxudiylarda ‘xutspa’ degan so‘z bor. Bu bezbet naxal ochko‘z¸ o‘likdan bir tishlam et olib pishirib yeydigan kispurush degani. Tak vot. Tinimsiz qarz ovuradigan ammo bekitib yeb elga va qarz bergan bonkaga otchet bermaydig‘onlarning ismi ashnaqa. XUPTsA. Qarzga yashab mamlakatning eng semiz strategik aktivlarini rossiyaliklarga berib berib tashab yetishmovchilk uchun chok chokidan jirtilib ketayotgan gosbyudjetdan monopoliyaga pul chig‘orib beradigan ipplaslarni ati ashnoqa XUPTsA chert vozmi.
    Bo‘ldi men borib qatig‘ ichib tashay.
    MS Aziza apika o‘richcha yozodi. Bni kim qo‘tordi
    Rassom Tuz o‘zicha tarjima qildi.
    MS Novvi dasangiz dang og‘o lekin yurtdo o‘g‘lon bolo bilan go‘t o‘yinchi ko‘paydi.

NAG‘MA BAZMI BADARG‘A BO‘LIB YaNA BAChChALAR VASFI SAHNAGA QAYTG‘ONI XUSUSINDA

Jadidlar bundan 100 yil oldin bachchabozlik va bachchalarga atalgan oh zorlardan iborat qo‘shiqlarga qarshi bo‘lishgan.
MS: Ozodbek janri bu.
Jadidlar bachchalar raqs tushadigan to‘ylarni tanqid qilishgan.
Jadidlar nazarida badiiy did tarbiyalansagina millat rivojlanadi. Shu bois ular teatr va zamonaviy simfonik musiqani targ‘ib qilishdi.
Zokirjon Furqat va Hamza Niyoziylar klassik yevropa musiqasi muhtasham sahnalarda yangrashini istashdi.
Toshkentda ilk simfonik orkestr kontserti 1890 yilda o‘tkazilgan edi.
Bu kontsertni tomosha qilgan shoir Zokirjon Furqat “Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida” g‘azal yozib, “Turkiston millatidan ham nag‘ma bazmida soz chaladirg‘on ustodlar yetishuvi” haqida orzu qilgan edi.
Furqatning orzusi 1936 yilda amalga oshdi.
1936 yili O‘zbekistonda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniya tashkil qilindi.
Bu Markaziy Osiyoda tashkil bo‘lgan ilk filarmoniya o‘laroq 78 yil umr ko‘rdi xolos. 2014 yili hukumat qarori bilan O‘zbekistonda 78 yil ishlagan filarmoniya tamomila tugatildi.
O‘sha paytda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi deb atalgan bemaza kontoraning 1936 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston davlat filarmoniyasini tugatish to‘g‘risidagi 402-sonli qarori ijrosi oqibatida filarmoniya tarkibidagi sakkizta jamoaning 300 musiqachisi ishsiz qoldi.
Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi akademik va xalq badiiy jamoalar direktsiyasidagi filarmoniya davlat byudjetida pul yo‘qligi uchun tugatilgan edi.
Xamza va Furqatdan keyin yevropa klasssik san'atini eng ko‘p targ‘ib qilgan Toshkent Davlat Konservatoriyasi professori, O‘zbekiston xalq artisti marxum millat oydini Zohid Haqnazarov filarmoniyaning yopilishini millatni taraqqiyotdan qoldiradigan vahshiylikka tenglagan edi.
O‘zbeklardan yetishib chiqqan ilk dirijyorlardan biri bo‘lgan Zohid Haqnazarov ijodi mamlakatda klassik musiqa o‘chog‘i bo‘lgan filarmoniya bilan chambarchas bog‘liqdir.
Rahmatli Zohid aka Haqnazarov jadidlar orzusining ro‘yobi o‘laroq 1936 yilda ochilgan filarmoniyaning johil mulozimlar tarafidan tugatilishiga mutlaqo qarshi bo‘lgan edi.

Men filarmoniyaning yopilishini mutlaqo qoralayman. Bu taraqqiyotdan orqaga qaytishdir. Bu vahshiylikdir. Jahon mumtoz musiqasini ijro qilib ulkan madaniyat o‘chog‘iga aylangan maskanni yo‘q qilinishini hech bir tarzda oqlab bo‘lmaydi, – degan edi. Zohid Haqnazarov.
Filarmoniya (yunoncha phileo — sevgi va harmonia — garmoniya, musiqa) mumtoz musiqa targ‘iboti bilan shug‘ullanadigan davlat homiyligidagi muassasa.
Filarmoniyalar XIX asrda Peterburg, Moskva, Berlin, London, Nyu-York shaharlarida tuzilib, asosan simfonik musiqani targ‘ib qilishgan.
Jadidlar nazarida simfonik musiqa bu bachchabozlik ulug‘langan¸ bachcha ishqida zor bo‘lgan pedofil dardi aytilgan yig‘i sig‘ining antonimi edi.
Sovet ittifoqida 1991 yili 136 filarmoniya ish yuritgan. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi sobiq sovet hududida sobiq sovet hukumati tashkil qilgan ilk filarmoniyalardan biri edi.
Bugun opera va balet hamda simfonik musiqaga ola qaraganlar o‘sha jadidlar qoralagan bachchavoz ota-bovolarning yig‘i-sig‘i repertuarini jon qulog‘i bilan eshitishmoqda.
«Jonon bo‘lish uchun asralgan yoshgina va qilig‘i qizdakkinalar» haqidagi xonishlarni berilib eshitadiganlar taraqqiyot va umuminsoniy rafoqdan benasib qolishga mahkum.

MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting.
RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak.

Rassom Tuz

@eltuz

Tag‘in o‘qing
1 avgust 2017
O‘tgan yili o‘lgan Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan yelkama-elka FondForum tashkiloti tadbirlarida faol ishtirok etgan amaldorlardan biri 54 ...
15 oktyabr 2015
Shuhrat Bobojon, Eltuz.com Salvador Dalining bir asari bor. «Grajdanlar urushini oldindan his qilish» degan. Rassom do‘stim Hakimjon Turdiev esa ...
8 fevral 2021
O‘zbekiston birinchi prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovani “O‘zbek malikasi” deb atashardi. U estrada xonandasi, moda va zargarlik buyumlari bo‘yicha ...
12 fevral 2021
Minutlar, soatlar va kunlar o‘tib yana siz bilan muloqotdaman. Bugun 2021 yilning 12 fevrali. Bundan 140 yil avval Rossiya ...
Bloglar
19 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...