Asosiy mavzular
9 yanvar 2023

RTdan va'z: Qishloqilar nega kerak?

Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila. Opo dayan suvuqlarda nishatib o‘ngiship o‘tiripsizlar? Qishloqdayi ongi pasla qish galadi suvuq bo‘ladi dap yozda o‘ylamisizlo. Ëzi bilan to‘y atdingizla, mo‘llo choqirip is chiqordingizlar. Vunnan go‘ra o‘yni issi atishni o‘ylash garak adi. Qishloqli do‘ddilo!

(Video klip)

RT: Matchonboy bu videoklipni 1998 yili Urganchda TV ALSda ishlagan edik. Videoda qo‘shiqchi Ilxom Minjiq qishloqli odam rolini o‘ynaydi. Bu qishloqli odam kir guppisi¸ kir yoqasi yuvilmagan sochi bilan shaxarlik go‘zal qiz sevib qolishini istaydi. Klip finalida shaharlik qiz bu qishloqli kir chir va tishi yuvilmagan odamni sevib qoladi. Ammo bu faqat klipda bo‘ladi.
MS: O‘zim kal ko‘nglim nozik degani shu?
RT: «Qishloqilarni o‘ldirish kerak», deya zakiy turk shoiri Shukri Erboshdan iqtibos keltirgan o‘zbek yozar Tillanisoni tarmoq omilari toshbo‘ron qilib o‘ldirishmoqchi. Yana ham to‘g‘risi, och mushuk bilan qopga solib, tiriklay yerga ko‘mishmoqchi. Och mushuk timdalab qiynab o‘ldirsin bu tirrancha qizni, deya. Hey to‘xtanglar. Anjanliklar aytmoqchi, «Jichcha to‘xtash», «Meni eshitish».
MS: Og‘o Avvali shoir Shukri Erbosh biratni she'rini o‘qiylikq. Qoni novvi yozig‘ti?

Shukri Erboshdan tarjima:

Qishloqlilarni nega o‘ldirishimiz zarur?
Chunki ular tepsa-tebranmas odamlar.
O‘zgargan dunyoga qarshi karvuch devorlar kabi qattiq.
Chaqir tikonlar kabi suvsiz.
Qayddan o‘tmay tirmashib yashaydilar.
Qovoq kalla va o‘jardir ular.
Bemalol yolg‘on gapirishadi va bu yolg‘onga ishonishadi. Cho‘ntagida puli bo‘lsa ham o‘zini qashshoq ko‘rsatish kabi hunarlari bordir.
Hamma narsaga e'tiborsiz qarashadi.
Ëmg‘irga shamolga va quyoshga.
Kunlardan bir kuni ekkanlari qurib qolishini o‘ylashmaydi. Bir birlarining chegarasidan buzib o‘tib yer uchastkasini kattaytirish uchun tirishib yotishadi.
Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur?
Chunki ular o‘z xotinlarini kaltaklashadi.
Baqirib gapirishadi qishloqilar.
Tashqarida boshqadan tepki yeb ichkarida bola chaqasini tepishadi.
Gazeta o‘qishmaydi. Faqat o‘z boshiga kelgan zulmgagina qarshi chiqishadi.
Qishloqda har qadamda bir buloq yoki ariq bo‘lsa ham yuvinmay kir chir yurishadi bir qarich soqolni osiltirib.
Bolalarini yaxshi yetishtirishmaydi. O‘qitishmaydi.
Uylarida kitob¸ muzika va rasm yo‘q.
Umrida bir marta ham tishini yuvmaydi ular.
Kun bo‘yi kiygan sassiq shapkasini faqat yotganda yechishadi.
Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur?
Chunki ular itlari bir birini bo‘g‘guniga qadar janjal qilishadi.
Bir birlarining uylariga faqat o‘lim yoki to‘y bo‘lsa borishadi. Qo‘shiq aytishdan yoki hissiyotga berilishdan uyalishadi.
Ular nazarida kulish ayb¸ o‘yin kulgi qilish zaiflikdir.
Faqat aroq ichishsa ta'sirlanib yig‘lashadi.
Minglarcha yilning qalin qobig‘i ostida bular.
Yuraklari almisoqdan qolgan gaz lampasi kabi.
Aldanib qolishdan qo‘rqib tinimsiz bir birini aldashadi. Agar bir joyga bormoqchi bo‘lishsa xotinidan kamida o‘n qadam oldin yuradilar.
Ëki o‘ziini erkak deb ko‘rsatish uchun xotinlarini hammaning ko‘z o‘ngida kaltaklashadi.
Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur?
Chunki ular yanglish partiyalarga ovoz berishadi.
O‘zlariga o‘xshaganlardan arazlab¸ g‘alati bir shaklda yotlarga ishonishadi.
Davlat ular uchun kadastr idorasi¸ kredit olish uchun bonka va kasalxona.
Davlatdan qo‘rqishadi ammo davlatga qarshi eng ko‘p xiyla qilganlar ham shular.
Armiyada dedlar urgan kabi yiqitib tepsalar davlatni.
Ammo bir amaldorni ko‘rishsa qo‘rqib ezilib yerga kirib ketishadi.
Inflyatsiya ular uchun bug‘doy va o‘g‘it narxi.
Machit devoriga suyanib ¸ choyxona yoki daraxt soyasida yastanib 11 oy ko‘kdan marhamat tilanib o‘tirishadi.
Oxiratdan qo‘rqqani uchun dindor ular.
Ammo ko‘chadan o‘tgan xotinning to‘pig‘iga qarab emchagini ko‘radigan darajada shilqimdir ular.
Xirmon ko‘targandan keyin yilda bir marta shaharga boradilar (jalabga)
Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur?
Chunki ular avtobusda paypoq yechishadi.
O‘rindiqlarga burnini qoqib tolesiz qizlari va xayrsiz o‘g‘illarini baland ovoz bilan g‘iybat qilishadi.
Yo‘qsizlik¸ mashaqqat va umuman barcha muammolarga faqat shukr qilib bunga xudoning lutfi deb qarashadi.
Ammo sal o‘tib uzoq shahardagi boy qarindoshi bilan maqtanishadi.
Ko‘chada ovqat yemaymiz deb o‘zini katta olishadi ammo tinimsiz ko‘chaga tupurishadi.
Keyin esa shaharning toza ekani va unda yashash qulay ekani haqida gapirishadi.
Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur?
Chunki ular ilk oqshomdan uxlab toshday qotishgan.
Yarim kechada bedor uyg‘onib¸ yulduzlarga boqib o‘zga dunyolar haqida hayol surmaydi ular……

RT: Yana ancha qatori bor. Ag‘darishga erindim…

MS: Bildik. Shukri Erbosh she'ri akan bu. Aslida dang‘aralik fermer Rahimjon Rahmat Shukri Erboshdan ham o‘tirib qishloqliklar haqida yozib qo‘yibdi.

RT: Ha devoring Rahmatjon og‘o.
Rahmatjonni aytishicha O‘zbekiston tengdir O‘zbekistonga.
MS: Bu degani O‘zbekistonda qishloqam bir shaharam degani.
1.Shaharda aholi siyosiy faol bo‘lishi kerak. Amalda unday emas.

Shaharda ilm-fan taraqqiy etgan bo‘lishi lozim. Amalda unday emas. Ag‘dan-bag‘dan ko‘chirib yuzaki (xaltura) ilmiy ish yozib olim bo‘lganlar yetarli. Hatto shaharliklar fizika va ximiya fanini o‘qitish kerakmas deyapti.

Shaharda ishlab chiqarish, sanoat rivojlangan bo‘lishi darkor. Amalda unday emas. Shaharlik boylar asosan to‘yxona, supermarket va klinikalar tashkil qilyapti.

Mamlakatning asosiy boyligi qishloqdan tashib kelinadi: neft, gaz, paxta va boshqa foydali qazilmalar. Yo Hadrada gaz koni bormi?
5.Mana, biz sizlarga go‘sht, non, kartoshka, piyoz yetkazib beryapmiz. Sizlar bizlarga nima beryapsizlar? Bozorlarimiz sifatsiz va qimmat tovarga to‘la. Dorixonalarimizga zaharli dorilar olib kelyapsizlar va bu dorilarni ichib bolalar o‘lyapti.

Ziyolilaring sust, qo‘rqoq va maddoh. Hatto o‘z ona (davlat) tilimizni ham himoya qila olmaysizlar.
7.O‘g‘it, solyarka va shu kabilar narhini har yili oshirasizlar, lekin maxsulotlar narhi oshmaydi.
8.Salkam yigirma yil qishloqdan poytahtga kelib o‘rnashaman degan qishloq odami yo‘liga «propiska» degan to‘siq qo‘ydilaring. Shaharni biz qishloq o‘zbegidan qizg‘ondilaring.

MS: Lekin bu gaplar hech kima yoqmaydi. Parijga almashmasman og‘ilxonamni deb shig‘ir yozadi qishloqdan shaharga qochib kelgan shairlar.

RT: Nega bu to‘ppa to‘g‘ri gaplar odamlarga yoqmaydi. To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmaydi.
Boshqa tarafdan SSSRda «Qishloqni ulug‘lash» degan maxsus kompaniya olib borilgan. Odamlar qishloqni tark qilmasin deb 1963 yilgacha pasport berilmagan. Odamlar qishloqni tashlab shaharga ketmasligi va SSSR uchun paxta¸ kartoshka¸ bug‘doy yetkazishi kerak edi. Shu bois qishloqdan mingga qo‘yib shaharga qochgan shairlar shig‘ir yozib tappi¸ og‘ilxona va botqoq yo‘llarni ro‘montiklashtirishgan. Xotinlarning sassiq lozimi¸ erkaklarning kir yaktagini ulug‘lashgan. (Zadaniya shunday bo‘lgan) Aslida qishloq bu moxovxonadan ham battar joy. (6 yil qishloq maktabida dars bergan mallimman) Bitta misol aytay. Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur? Bir yigit Toshkentda o‘qib kelgach o‘z qishlog‘idagi uyida hammom qurdi. Bog‘ yonda uch metrga uch metrlik uycha va bir daxlizlik hammom. Temir bochka ichida suv isiydigian oddiy mexanizm. Ammo ana shundan keyin qiyomat qoyim bo‘ldi. Avvaliga butun qishloq yigitning ustidan kuldi. Bitta tefal bilan suv isitib yuvinish o‘rniga «palon pul sarplap mo‘rcha qurgan» isrofgar go‘riga g‘isht qalandi. Keyin esa odamlar kolxoz hammomig‘a kelgan kabi kelib betini bez qilib yuvinib keta boshlashdi. Bitta kelin qatiqqa bosh yuvay deb shishada qatiq obkegan. Shisha ontarilib sinib keyingi kelgan kampirning tovonini kesgan. Kafel qonga bulanib yotibdi. Qo‘shni juvon pska olib kelib junini qirib pskani ham junga qo‘shib yerga tashab ketgan. Bu yoqda hammom ocheredini talashgan qishloqilar galasi. Oxiri bu yigit ulkan quvaldi to‘qmoq bilan hammoni buzib tashladi. Hamma tinchidi. Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur? Mana shu kunlarda fermerlar davlat yoki klaster bilan fyucher shartnoma imzolaydi. Shartnomada barcha narsa shu jumladan narxlar ko‘rsatiladi. Ammo bu ahmoq qishloqi fermerlar to‘ldirilmagan blankani imzolaydi. Keyin yil oxirida dodlab yuradi avtobusda cho‘ntagi kesilgan ziqna kabi. Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur? Chunki ular o‘zlari kabi qoloqlikni urchitib ko‘paytirishadi. Agar Maxtumquli Qoraqumdagi o‘z o‘bosida yashaganida mutafakkir shoir bo‘lmasdi. Maxtumqulini Maxtumquli qilgan Xiva shahridir. Sherg‘ozi madrasasidir. Agar Sadriddin Ayniy Soktere qishlog‘ida qolganida yozuvchi yoki jadid bo‘lmasdi. Uni jadid qilgan¸ ilm irfonni tanitgan Buxoro shahridir. Agar Pikasso Malagada qolganida buyuk rassom bo‘lmasdi. Uni rassom qilgan Madrid va Parij kabi shaharlardir. Shoirlar qishloqda tug‘iladi lekin shaharda shoir bo‘lib yetishadi. Odamni qishloqdan shaharga olib kelish mumkin ammo uning ichidagi qishloqni chiqarib tashlash qiyin masala. Nega qishloqlilarni o‘ldirish zarur? Tushundingizmi?

MS: Tushundim. O‘zbekiston qishloqlarindagi boxti qoro .fermerlar Avstaliyadagi fermerlardan ko‘ra 87 marta ko‘p suv xorjliydi.

Avstraliyani qo‘y Matchon shu qo‘ngshi Qozoqistondagi fermerdan ko‘ra besh marta ko‘p suv sarflaydi. Masalan bir tsentner paxta yetishtirish uchun qozoqdan ko‘ra besh marta ko‘p sug‘oradi. Chunki irrigatsiyani bilmaydi. Qishloq odamini o‘ldirish kerak.

MS: Yugurip borib o‘ldirib galinmi qishloqdagilarni. Baribir bugungi yashashi it o‘limidin. Unnan go‘ra o‘lgani yaxshi bu manglayi qoralarni.

Qishloq odamining miyasida temir po‘stloq bor. Unga biror fikrni mix bilan qoqib singdiraman desang ham, o‘sha po‘stloqdan o‘tmaydi.
Qishloq odami ertalab turadi. Qaraydi hammayoq sovuq. Ish yo‘q. Cho‘ntagida pul ham yo‘q. Ish qidirib ketadi.

MS: Qishloq odamining bilgani pul. Quri plni o‘yliydi. Pl kavopi. Lekin shu shommiloda hech qachon yetarli pul bo‘lmagan.

RT: Qishloq odamining birortasi moshina olib qolsa, boshqalari endi moshin olganning og‘ziga qaraydi. Qishloq odami uchun yagona status bu pul.

Qishloq odami hokimlikka tayinlangan qarindoshi butun urug‘ini boylikka ko‘mib tashlamagani uchun qarg‘aydi. Undan landavur odam yo‘q deb biladi.

Qishloq odamini ko‘rganingda yig‘laging keladi, dodlaging keladi. Chunki ular eng to‘g‘ri gapning zig‘irchasiniyam qabul qilmaydi. Agar buni puli yo‘q odam aytsa. Qishloq odami hayotini uyida necha mahal go‘shtli ovqat yeyishi bilan o‘lchaydi hayotini. Qishloq odamining ayollari faqat qizlarini erga berish, o‘g‘illarini uylantirish haqida o‘ylaydi – latta puttani o‘ylaydi. Bundan boshqa o‘ylaydigan o‘yi yo‘q. Qizlari, kelinlari bir kunda qancha joyni supurgani, qancha o‘t o‘ra olishi, qancha, o‘tin yora olishi bilan maqtanadi. Qishloqda erlar kamdan kam o‘tin yoradi. Erlar dangasa bo‘ladi qishloqda.

Qishloq odamiga achinish kerak deyishadi. Qishloq odamiga achinishadi. Lekin sevishmaydi. Afsus, shaharga ketganlar ham shaharlik emas. Ular ham qishloq odami ruhini olib yuradi ruhida. Ular mansabini, topgan boyligini kelib qishloqda qishloqdoshlariga maqtanishni xohlaydi. Agar shaharda yashab bitta moshin olmagan bo‘lsangiz, qishloq odami uchun siz qashshoqdan qashshoqsiz.

MS: buni tushunish uchun miyadagi qishloqdan tashqariga chiqishlari kerak

RT: Germaniyaga borganimda bir voqeani aytib berishgandi.
Gruziyadan bir ayol nemisga turmushga chiqibdi. Germaniyaga yetib borishgach, ayol erdan » qani sening Ferraring, ikki qavatli uying, brend kiyimlaring» deb g‘avgo ko‘taribdi. Axir yevropalik. Yevropada odamlar hashamda yashaydi deb o‘ylarkan. Erkak unaqa narsalar yo‘qligini, oddiy yashashini aytibdi, ayol ajrashib ketgan ekan. Va tashxis shunday bo‘lgandiki, «butun sobiq ittifoq davlatlari och va ochko‘z. Ular hayotda moddiyatdan boshqa narsa bo‘lishini tassavur qilolmaydi.»

Endi bizning qishloq odamining johilligi undan 100 karra battar. Iltimos, menga bu odamlarga achinish , ojiz va johil bo‘lgani uchun, boshqacja yashashga imkoni bo‘lmagani uchun ham sevish kerak demang. Bu odamlar umuman sevib bo‘lmaydi. Nafratlanish mumkin ulardan faqat. Ularga hozir biror payg‘ambar tushganida va eng to‘g‘ri gapni aytganida ham agar u dunyoning eng boy odami yo prezident bo‘lmaganida , ishonmasdi. Siz vor v zakon bo‘ling, yolg‘on gapirib, va odamlarni ezing, puling bormi, qishloq odami uchun eng sevimlisiz.

MS: Qishloq odamini o‘ldirish kerak.

Lekin afsus bizning shaharlarimiz ham to‘la qishloq odamlari – ruhi qishloq odami. Johilligimiz qishloqniki. Shu qadar johilmizki, miyamiz po‘stlog‘i temirdan. Bu po‘stloqdan biror fikr teshib o‘tolamaydi. Shunday ekan, bu an'ana hali beri davom etaveradi : qizlar sarposi ko‘z- ko‘z qilinishi va qiz bola bo‘lgani uchun «ulardan tezroq qutilish» maqsadida erga beriladi, erlar moshin olish uchun yashaydi. Bitta moshin olsa bo‘ldi, na farzandi tarbiyasi bilan ishi bor, na xotiniga oila ishida yordam beradi. Tv pulti qo‘lida . Faqat yotgani yotgan.

Qishloq odamini o‘ldirmasak johillik tugamaydi. Bir birini tushinmagan odamlar sevgili gaplasholmaydi.

MS: Lekin bu qishloq odami ham O‘lmas Kosheyga o‘xshaydi.

RT: Matchonboy Sarvarbek degan qishloqdan chiqqan g‘o‘ch yigitni xatini o‘qib bersam. Sarvarbekni aytishicha qishloq bu xayvonot va insoniyat o‘rtasidagi chegara.

Hayvonot va insoniyat o‘rtasidagi chegara

Turmush tarzi inson dunyo qarashini, ahloq madaniyatini shakllantirishi haqida ketyapti gap. Qishloq hayoti hayvonot olami bn insoniyat olami orasidagi chegara ekanligi rost.
O‘zim qishloqda o‘sganman, ammo bolaligimdan shaharga tez tez borganman, jug‘rofiya va tarixga qizziqanman. Sarguzasht va sayohatga mavzusida ko‘r badi kitoblar o‘qiganman. Doim shahar bn qishloqni solishtirib keldim va bugunga kelib shu xulosaga keldimki, «katta megapolislar bunyod qilish, smart shaharlar qurush lozim. Va qishloqlarni butunlay tugatish lozim. Aholini barchasini o‘sha shaharlarga ko‘chirish kerak. Iqtisodiga «qishloq xo‘jaligi» degan atamani yo‘qotib, «dehqon va chorva, suv xo‘jaligi» atamlarini qoldirish kerak. Aholini shaharlashishi juda zarur. Aksxolda itni keyingi oyog‘i bo‘lib yuroramiz.
Deylik vodiyda 10 million aholi bor. Qishloqlar saqlanib qolar ekan turmush darajasi ham ko‘tarilmaydi, qishloqlar kengayib boraveradi.
Agar katta 5ta shahar bunyod etilsa.
Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona va Andijon. Va vodiy markazida bitta yangi shahar. Xar bir shaharga 2milliondan aholi joylashsa, qancha ekin yerlari bo‘shaydi dehqon xo‘jaligi un qulay bo‘lgan. Vodiy atrofidagi tog‘ yonbag‘irlarida, qir adirlarda esa chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va bog‘dorchilik berish kerak. Ishlab chiqarish va boshqa sanoat korxonalari ham, zavod fabrikalar barchasi o‘sha toshloq, yaroqsiz yerlarga ko‘chirilishi kerak. 20-25 qavatli uylardan iborat katta shaharlarda aholi yashaydi. Ana u odamlar keyin dunyoga bir xil nazar bn qaraydi yondosh yashagach. Madaniyat ham, ahloq ham bir xil shakllanadi

MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting
RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak.

Rassom Tuz

@eltuz

Tag‘in o‘qing
7 iyun 2016
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiylari, Ozodlik radiosi tasdig‘iga ko‘ra, bugungi kunda iftor berish bid'at ekanini aytishmoqda. O‘zbekistonda ko‘p yillardan beri ...
6 aprel 2020
Rassom Tuz
30 mart 2016
«Buta va yarim butalarning turli ehtiyojlar uchun chopib olinishi tufayli o‘simliklarning urug‘dan ko‘payish xususiyati ancha cheklanib qolyapti. Bugungi kunda ...
16 may 2020
Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Fursat g‘animatdir shox satrlarla bezamoq paytidir umr daftarin. Mana, hafta aylanib, ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...