Asosiy mavzular
12 yanvar 2023

O‘zbekistonni boshqargan siyosatchi o‘ldi

O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markazqo‘mining sobiq birinchi kotibi, SSSR Oliy Coveti Millatlar kengashi sobiq raisi taniqli o‘zbek-sovet siyosiy arbobi, diplomat, 1989 yilgacha O‘zbekistoni boshqargan Rafiq Nishonov 2023 yilning 12 yanvarida 96 yoshida o‘ldi.

Yaxshi odam edi. Rassom Tuz bilan salom aligi bor edi.  Rassom Tuz rahmatli bilan Shveytsariyada ko‘rishgan va Nishonovning “Daraxtlar bo‘rongacha ko‘karadi” deb nomlangan kitobini muhokama qilgan edi.

O‘zbekistonni Nishonov boshqargan davrda odamlar qo‘rqmasdan mitingga chiqqan va hukumat raxbarlarini tanqid qilganlar qamoqqa tashlanmagan edi. Shu bilan Nishonov o‘z izdoshi Karimovdan farq qilardi.  

Nishonov kim edi? Bu savolga u yozgan 360 sahifali kitobdan javob topamiz. Kitobda sobiq Sovet davri Rafiq Nishonov taqdirida qanday aks etganidan hikoya qilinadi.  

Nishonov O‘zbekistonning olis tog‘li qishlog‘ida, qashshoq batrak oilasida tug‘ilib, to SSSR Millatlar kengashi raisi bo‘lgunigacha bo‘lgan hayot xotiralari bu kitobdan o‘rin olgan edi.  

Nishonov o‘z kitobida  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasidagi majlislarda mamlakat ziyolilarining mustaqillik orzusidagi otashin chiqishlarini mamnuniyat bilan eslaydi.  

«Mustaqillik uchun kurash vaqtlarida  shu yozuvchilar bilan yelkama yelka  bo‘ldim. 80-yillarning oxirida 90-yillarning boshida Markaz qanchalik respublikalarga qattiq bosim qilgani va qattiqo‘llik bilan ish olib borsa ham sharafli o‘zbek yozuvchilarining erk va mustaqillik orzusini qo‘lladim», deya yozgan edi o‘z kitobida marxum.  

Kolxozchi, firqa faoli, askar, shahar hokimi, elchi, davlat rahbari.
Bu Rafik Nishanov egallagan kasb va lavozimlarning qisqa bayoni.

1926 yili Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida tug‘ilgan Rafiq Nishonov kunduzi kolxozda ishlab, kechqurun Toshkent davlat pedagogika institutida taxsil oldi.
1945 yildan 1950 yilgacha Sovet armiyasida xizmat qildi.
1951 yildan boshlab O‘zkomfirqa saflarida faoliyat boshladi. Qisqa muddatda oddiy instruktordan tuman partiya qo‘mitasi kotibigacha yuksaldi.
1959 yilda Toshkent shahar kengashiga rais qilib tayinlandi.
1963 yilda O‘zbekiston Kompariyasiga kotib bo‘ldi.
1970 yilda Sovet Ittifoqining Shri-Lankadagi elchisi lavozimiga tasdiqlandi.
Rafiq Nishonov 1978 yilda SSSRning favqulloda va muxtor elchisi sifatida Iordaniyada ishladi.
1988 yildan 1989 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi sifatida respublikani boshqardi.
1981 yildan 1991 yilgacha SSSR Millatlar kengashi raisi lavozimida ishladi.
Rafiq Nishonov 1991 yildan boshlab O‘zbekistonda istalmagan shaxslardan biriga aylandi.

Nishonovning nomini 1989 yil mintaqadagi mesxet turklari qirg‘in qilingan  Farg‘ona fojealari bilan bog‘liq xolda eslanadi.

Nima bluvdi o‘shanda. 1989 yilning 16 may kuni Kuvasayda o‘zbek va mesheti turklari o‘rtasida janjal chiqdi. Janjal gruppoviy kaltaklash bilan tugadi.  
23 may kuni Quvasoydagi o‘zbeklar turk mesxetilar yashaydigan mahallalarga borib ularning uylariga o‘t qo‘yib pogrom qilishdi.60ga yaqin odam yaralandi bir kishi o‘ldi.  


3 iyun kuni Toshloqdagi o‘zbek aholi  qo‘zg‘alib mesheti turklari yashaydigan mahallalarga o‘t qo‘yib pogrom qilishdi. 4 iyun kuni Marg‘ilob aholisi turk mesxatilarga qarshi pogromga qo‘shildi.  
O‘zbeklar uchun yuzi qoralik bo‘lgan bu fojea vaqtida mamlakatni Karimov boshqarayotgan, Nishonov esa Moskvada edi. O‘sha voqealar guvohi Muhammad Solih mana bunday yozadi:

«Farg‘ona  voqeasi  Rafiq  Nishonovning  rahbarlikdan  ketishi bilan bitdi. Xalq orasida tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Farg‘ona voqealari  Nishonovning  Moskvaga  olinishiga  asosiy  sabab  edi.
Menimcha,  asosiy  sabab  boshqa  edi.  Sakson  to‘qqizning  bahoriga kelib,  Gorbachev  atrofida muxoliflarning  sassiz  chambari  ancha torayib  qolgandi.  U  o‘ziga  chetdan  salaflar  axtara boshlagandi. Nishonov  o‘sha  salaf  sifatida  SSSR  Oliy  Soveti  Raisi o‘rinbosarligiga olingandi.  Bu  vazifada  u  Gorbachevga  sadoqat bilan xizmat qildi».

O‘limiga qadar Rafiq Nishonov Moskvadagi Yaqin Sharq va Shimoliy Amerika bilan hamkorlik regional fondiga rahbarlik qilib keldi. Mirziyoev iqtidorga kelgan 2016 yilda Rafiq Nishonov qisqa muddatli safar bilan Toshkentga kelib ketgan edi.

 
Rafiq Nishonovning ortida  uch farzandi, to‘rt nevarasi va besh evarasi va uni qadrlagan minnatdor millatdoshlari qoldi. O‘zbek xalqi yetishtirgan diplomat, siyosiy arbobning o‘limi yuzasidan Eltuz jamoasi marxum yaqinlariga ta'ziya bildiradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
30 aprel 2019
«2006 yilning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistondagi hamma zonalar boshliqlari birinchi yordamchisi etib MXX vakillari tayinlanadi. Bunga 2005 yil may oyida ...
23 iyun 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning taklifiga binoan, joriy yil 23-24 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahriga ...
12 iyun 2022
Avangard san'atning minglab qimmatli namunalari saqlanayotgan o‘zbek muzeylari va mamlakatda faol ijod qilayotgan 500 dan ortiq rassom ijodi O‘zbekiston ...
20 dekabr 2023
Mana bu tarixiy suratni eslaysizmi? «Hududgazta'minot»ning kishanlangan Toshkent viloyat bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Aliev. Uning qo‘liga kishan solishni kimsan o‘sha ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...