Asosiy mavzular
16 yanvar 2023

Ishdan bo‘shagan hokim qochishga urindimi?

Hali rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaev 16 yanvar kuni tongda shahardan o‘z oilasi bilan chiqib ketishga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Bu xabarni bloger Nikita Makarenko va Kun Uz o‘z manbalariga tayangan xolda tarqatdi.

16 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev aholini energiya bilan uzluksiz ta'minlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib Jaxongir Ortiqxo‘jaevni ishdan olganini e'lon qildi¸ O‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev lavozimidan ozod etilgani bildirildi. Shu paytgacha birinchi o‘rinbosar bo‘lib kelgan Baxtiyor Rahmonov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani oqibatida ruxsatsiz qurilgan ob'ektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat'iy e'tiroz bildirildi.

Jahongir Ortiqxo‘jaevdan tashqari, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini o‘rganish topshirildi.

«Issiqlik elektr stantsiyalari» aktsiyadorlik jamiyati raisi Farhod Abdurahmonov ham lavozimidan ozod etildi. Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.O‘zbekistondagi siyosiy muhit haqida chuqur bilgiga ega professorning Eltuzga aytishicha, quyidagi jinoiy ayblovlar qo‘yilishi ehtimoli bor: Mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish, soxta tenderlar uyushtirish, davlat mablag‘ini misli ko‘rilmagan miqdorda talon-toroj qilish, soxta shirkatlar tashkil qilish, noqonuniy yer sotish, reyderlik, jinoiy guruh tuzish va unga rahbarlik qilish, pora olish va berish, shantaj va bosqinchilik, o‘zgalar mulkini jinoiy yo‘llar bilan o‘zlashtirish. kabi jinoyalar zanjiri.

Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida 2018 yil 21 dekabr kuni tashkiliy masala ko‘rilib, Shavkat Mirziyoev shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jaev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etgan edi.

Toshkentning yangi hokimi kim?

Ortiqxo‘jaev o‘rniga vaqtincha tayinlangan Baxtiyor Rahmonov kim? Rahmonov bir necha yillardan beri hali u hokimlikda, hali bunisida rahbarlik qilib keladi va so‘kong‘ich va mushtumzo‘r rahbar sifatida ot chiqargan.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotganda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi mahallalardan birining raisini haqorat qilgani va jismoniy kuch ishlatgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu Rahmonov bilan bog‘liq ommaga oshkor bo‘lgan birinchi holat emasdi. Bungacha ya'ni, 2019 yil avgust oyida internetga o‘sha paytda poytaxtning Olmazor tumanini boshqargan Baxtiyor Rahmonovning uchrashuvi audioyozuvi tarqalgan edi. Unda Baxtiyor Rahmonov «yig‘ilish ishtirokchilariga qayta-qayta so‘kib murojaat qilayotgani, ularni haqoratlayotgani, qamatish, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilayotgani» aytilgan. Yig‘ilish ishtirokchilariga bunday munosabati esa o‘shanda u rahbarlik qilayotgan Olmazor tumani Prezident tomonidan tanqid qilingani bilan izohlangandi.

Baxtiyor Rahmonov 1959 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1981 yilda Kiev muhandislik-qurilish institutini, 2000 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Rahmonov 2011−2016 yillarda u poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan. Rahmonov Olmazor, undan oldinroq — Sergeli hokimi bo‘lgan. 2018 yil mayidan Olmazor tumaniga rahbarlik qilgan. 2021 yil yanvarida Toshkent shahri hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
10 sentyabr 2018
Keskin qarashlari bilan ijtimoiy tarmoqda tanilgan jizzaxlik tadqiqotchi Rafael Sattorov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistondagi tuzumni «arxaik neofeodal jamiyat», ...
11 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi samarqandlik Raxmat Aqilov telefonidan chiqqan so‘nggi SMSlar odamni junbushga soladi. «Yomon, bir nechtasinigina bosdim xolos. Mashina boshqa ...
10 noyabr 2023
RT: Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. MS: Ëshi ulli, yoshi kichchi, mo‘chchi oybikalar nichiksizlar. Xo‘jik birrilar… RT: Matchonboy, odamlar ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda manbasi bizning ichimizda, bizni ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...