Asosiy mavzular
18 yanvar 2023

Yakkabog‘da sel, sovuqda qolgan 98 yoshli otaxon, Kievda vertolet halokati

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 18 yanvar sonini taqdim etadi.
+++
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Samoq MFYda qor erishi oqibatida sel yuzaga keldi. Ko‘priklarni suv eltdi, ko‘plab uylar suv ostida qoldi.
+++
98 yoshli otaxon sovuqda qolib ketdi. Bu haqda Eltuzga koson tumani turg‘unlari habar berdi. «Qashqadaryo viloyati Koson tumani Lolazor mahallasida yashovchi Sattor boboning ahvollari yomin. Mahalla yoki hokimiyatdagilar shu buva bilan ham kelib bir rasm tushsa yaxshi bo‘lardi. Uy sovuq gaz yo‘q, qiynalib qolganlar.»
+++
Anomal sovuq tufayli O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida qishki ta'til muddati 23 yanvargacha uzaytirildi. Ayni paytda Ta'lim vazirligi ob-havo sharoiti barqarorlashguniga qadar onlayn ta'lim tizimiga o‘tib turishni taklif qilgan. Buni eshitgan ota-onalar uyda svet yo‘qligi sababli tashvishlari ikki baravar ortishi, «o‘n lain» o‘qish esa «yigirma lain» muammoga aylanib ketishi mumkinligidan ularning boshlari qotgan.
+++
Toshkent shahar xalq deputatlari kengashi Telegramdagi o‘z kanalida poytaxt kengashining sobiq raisi, sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaevga minnatdorlik izhor qilingan matnni e'lon qildi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay mazkur tashakkurnoma kanaldan o‘chirib tashlandi. Otdan tushgan izzattalab odamga bundan-da og‘irroq zarba bo‘lmasa kerak! Hoynahoy, sobiq mer shu tobda kengashdagilarni «kechagina…» deb bo‘ralab so‘kayotgan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas.
+++
Gulmisiz rayhonmisiz… Singapurda yangi kashf qilingan Orxideya guliga Shavkat Mirziyoev nomi berildi. Ritualga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining o‘zi Singapurga borganida gultuvak tagiga «Shavkat Mirziyoev» degan tablichkani tiqib qo‘ydi. Orxideya – qadimiy chechak. Shumer va Pompeya yodgorliklarida rasmi chizilgan. Dunyoda 25 ming 280 turi bor edi. 25281 sonli orxideyaning nomi Shavkat bo‘ldi.
+++
Statistika agentligi ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga 567 ming 700 nafar Rossiyalik turist kelgan. Ulardan qanchasi mamlakatda qolib ketganiga agentlik aniqlik kiritgan emas. Mogilizatsiya e'lonidan so‘ng O‘zbekistonga yarim milliondan ko‘proq Rossiyaliklarning kirib kelgani ortidan mamlakatning katta shaharlarida, ayniqsa poytaxt Toshkentda ijara narxlari keskin oshib ketdi.
+++
«Tolibon» harakati istiqboldagi xaritasini e'lon qildi. Toliblar rejasiga ko‘ra, O‘zbekiston 2036 yilga borib Afg‘oniston amirligi tarkibiga qo‘shilar ekan. Xullas, tashvishlanishni bas qilib, yana 13 yil bemalol uxlayversak bo‘lovrarkan.
+++
16 yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr ta'minoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bo‘lganligidan norozilik bildirayotgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini ko‘rgan Chirchiq shahar Elektr ta'minoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik ko‘rsatib, o‘zidagi oshxona pichog‘i bilan uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tahdid qilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
+++
Toshkent shahridagi “Bo‘ta buva” jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin Mirsodiqov “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
«Vaqf» xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil, 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Tashkilotga masjidlar va diniy ta'lim muassasalarining binolarini qurish, ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish uchun davlatdan katta mablag‘ ajratilgan.
“Vaqf” fondi – bu firibgarlar uyasi. Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri bo‘lganida mingdan ziyod qadimiy obida shu fondga berib yuborilgan edi.
Birgina misol – “Vaqf” bosmaxonasida diniy kitob bosib, tekin tarqatdik deb rasmiylashtirib, amalda Toshkentdagi O‘rikzor bozoariga paket tikib berishgan bu mullakalar» deya izoh berdi Eltuz bog‘langan ayni hayriya jamg‘armasiga yaqin manba.
+++
Qirg‘izistondagi 2010 yil aprel inqilobidan keyin mamlakatdan qochib ketgan sobiq prezident Bakievning 47 yashar xotini Nazgul Tolomushova Minskda o‘ldi. Marhuma tug‘ilgan yurtida ko‘milar ekan. Qirg‘izistonda sud hukmi bilan 30 yilga kesilgan Qurmonbek Bakievning o‘zi xotinining dafn marosimida ishtirok etadimi, yo‘qmi – hozircha ma'lum emas. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida «Bakiev Qirg‘izistonga kelmaydi, kelolmaydi» deganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
+++
Afg‘onistonda sovuq tufayli 16 kishi va minglab bosh chorva hayvoni nobud bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar mamlakatning turli hududlarida bolalar va kattalar orasida kasallik va o‘lim holatlari tobora ko‘payib borayotganini yozishmoqda.
+++
Yevropada gaz narxi tushishda davom etmoqda. 1000 kub metr gaz narxi, 16 yanvardagi birja savdolari yakuniga ko‘ra, 615 dollarga tushib ketgan.
+++
Qirg‘iziston rasmiylari mamlakatdan naqd valyuta olib chiqilishiga cheklov kiritishdi. Bundan buyon qirg‘izistonliklarning u yerdan 10 ming dollar, xorijliklarning esa (ular orasida mogilizatsiyadan qochib kelgan o‘rusiyaliklar ham anchagina) jami 5 ming dollar olib chiqib ketishiga ruxsat berilar ekan. Rasmiylar bu qarorni Qirg‘izistonning milliy manfaatlarini himoya qilish va iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash zarurati bilan izohlashgan. Qirg‘izistonga Rossiya vatandoshlari ichki pasport bilan kirib kelishi mumkin bo‘lgan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
+++
Rossiyada inson huquqlari va terrorchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi konventsiyalarning bekor qilinishi kutilmoqda. Putin Davlat dumasiga Yevropa kengashining bu shartnomalari doxil 21 ta hujjat ratifikatsiyasini denonsatsiya qilishni topshirgani aytilmoqda. Agar Putinning buygug‘i amalga oshsa, bu Rossiyada inson huquqlari yanada ko‘proq poymol bo‘lishi va hukumatning terrorchilikni yanada kengroq qo‘llashga intilishini anglatadi. Biroq bu Putinning bu topshirig‘i deputatlar tomonidan mutelik bilan bajarilishi haqida hech kim shubhalanayotgani yo‘q.
+++
Kiev viloyatining Brovari shahrida bugun ertalab vertolyot bolalar bog‘chasi va turar-joy binosi yaqinida qulab tushdi. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirilo Timoshenko ma'lum qildi.
Frantsiyaning H225 Super Puma vertolyotining Brovari shahridagi bolalar bog‘chasiga qulashi natijasida Denisov Monastyrskiy va uning o‘rinbosari Yevgeniy Genin boshchiligidagi Ukraina Ichki ishlar vazirligining butun rahbariyati halok bo‘ldi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra (Kiev vaqti bilan soat 10:30da) Brovaridagi fojiada 18 kishi halok bo‘lgan, ulardan uch nafari bola, dedi Kiev viloyati harbiy ma'muriyati rahbari Aleksiy Kuleba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda 29 nafar yarador ma'lum, ulardan 15 nafari bolalar.
+++
Hollandiya Ukrainaga Patriot zenit-raketa kompleksini berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozdi Bloomberg agentligi. Xabarda aytilishicha, bunga oid yakuniy qaror yaqin kunlar ichida qabul qilinadi.
+++
Rossiyaning doimiy iqtifoqdoshi sifatida ko‘riladigan Serbiya ham endilikda bu davlatdan masofalanishga intilmoqda. Serbiya prezidenti o‘z vatandoshlarini Rossiyaning Vagnerga o‘xshagan xarbiy ChVK tomonidan askarlikka yollashni bas qilishni talab qildi. Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Bloomberg agentligiga bergan intervyusida, endilikda Serbiya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlamasligini, shuningdek Qrim va Donbassni Ukrainaning bir qismi sifatida tan olishini aytdi.
“Biz uchun Qrim Ukraina, Donbass Ukraina. Shunday bo‘lib qoladi”, – dedi Serbiya prezidenti.
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
27 may 2016
Joriy haftada Asakadagi mashina zavodida yana 50 kishi so‘roqqa tortilib¸ shaharni tark etmaslik borasida imzo chektirildi. Bundan oldin o‘nlab ...
6 dekabr 2022
“Qonunlar tugagan joyda zulm va tiraniya boshlanadi”, degan edi 17-asrda Britaniya bosh vaziri bo‘lgan davlat arbobi va huquqshunos Uilyam ...
10 fevral 2020
Madaniy meros ob'ektlari ro‘yxatiga kiritilgan Toshkent davlat yuridik universiteti binosining mehmonxonaga aylanish ehtimoli tarixchi va me'morlar tashvishiga sabab bo‘ldi. ...
3 noyabr 2023
Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas, Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas, Ko‘nglum ichra ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...