Asosiy mavzular
20 fevral 2023

Radikalizmga qarshi kurashayotgan Misr lideri O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashadi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. 

O‘zbekiston prezidentini taklif qilgan Misrning oltinchi prezidenti Abdulfattoh As-Sisining zimmasiga mamlakatni  eng qiyin davrlaridan birida boshqarish tushdi. Siyosiy islom bayrog‘i ostidagi jihodchilar vasvasasi ostida Misr deyarli parchalanib, urush girdobida qolganida aynan Sisi mamlakatni Suriyadagi kabi talotumlardan qutqarib qolgani e'tirof qilinadi.  

Ba'zilar al-Sisini deyarli so‘nggi daqiqada «piramidalar mamlakati» ning tubsizlikka qulashiga to‘sqinlik qilgan xalqning qutqaruvchisi deb hisoblashlari bejiz emas. 

Sisi kislorodini o‘chirib qo‘ygan diniy ekstremistlar esa feldmarshalni hokimiyatni tortib olgan diktator va hatto jallod deb atashadi. Ko‘plar uning onasi marokashlik yahudiy bo‘lgan deya la'natlaydi. Ammo Sisining yahudiy ekanligi dalildan ko‘ra qarg‘ishning tarkibiy qismi o‘laroq ko‘rinadi.  

So‘nggi so‘rovlardagi aholi diniy talotum va qirg‘inbarot urushdan ko‘ra siyosiy barqarorlik yaxshi ekanligini tan olgan.  

Abdulfattoh As-Sisi hali bola ekanligidayoq dindorlarning ikkiyuzlamachiligi, johil va qoloq ekanligini anglab yetdi.   

Bugun Sisi Musulmon birodarlar, Al-qoida va IShID tashkilotlarining islomchilari bilan murosasiz urush olib borayotgan arab lideridir. 

Sisi yoshligida Qoxiraning mashhur Xon Al-Xaliliy bozoridagi qadimiy do‘konida bir «yugurdak bola» bo‘lib ishladi. Uning o‘ta dindor otasi farzandlariga, uning fikricha, dindor musulmonlar egallashi kerak bo‘lgan eng yaxshi fazilatlarni singdirish uchun hamma narsani qildi. 

Aytishlaricha, Sisining otasi muvaffaqiyatga erishgan. Abdulfattoh As-Sisi  halol, kamtar va to‘g‘ri so‘z bo‘lib yetishdi. Bugun unga dushman bo‘lganlar ham uning halolligi va kamtarligini ta'kidlashadi. 

Abdulfattoh As-Sisi do‘konda yugurdak bo‘lib ishlaganida dindorlarning o‘z aqidasiga rioya qilmaydigan olchoq va razil ekanligidan dahshatga tushgan edi. Shu bois u otasi istagan kabi al-Ahzarga kirib ummatchi qoraka bo‘lishni emas, balki Harbiy akademiyaga kirib, vatanni himoya qiladigan zobit bo‘lishni istadi.  

1977 yilda harbiy akademiyani tugatganidan so‘ng, Abdulfattoh As-Sisini oddiy armiya ofitseri sifatidagi  martaba kutayotgan edi. 

O‘qish jarayonida u an'anaviy konservativ tutumdagi  Arab dunyosining yetakchisi bo‘lish uchun zarur  saboqlarni o‘rgandi. Jasorat  va qat'iyatlilik, ajoyib samaradorlik va tirishqoqlik kabi fazilatlari tufayli Abdulfattoh As-Sisi xizmat zinapoyasining barcha qadamlarini rota komandiridan Suvaysh kanalida joylashgan diviziya komandirigacha izchil bosib o‘tdi. 

1990-1991 yillarda Abdulfattoh As-Sisi  «Cho‘l bo‘roni» (Desert Storm) operatsiyasida koalitsiya tomonida turib Iroqqa qarshi janglarda qatnashdi va keyinchalik Saudiya Arabistoniga harbiy attashe o‘laroq yuborildi. Sisi umr yo‘lidagi har bir burilish uni kelajakda lider bo‘lish uchun tayyorlagandek ko‘rinadi.  Kundan kunga Sisining harbiy malakasi va siyosiy ongi  doimiy ravishda yaxshilanib boradi.  

1987 yilda al-Sisi Misrdagi qo‘mondonlik va shtab kollejidagi kursni tugatdi, 1992 yilda u Britaniya qo‘mondonlik va shtab kollejida tahsil oldi. 

2003 yilda as-Sisi Nosir Oliy harbiy Akademiyasi qoshidagi Oliy harbiy kollejni tamomladi  va 2005-2006 yillarda AQShning Pensilvaniya Shtatidagi harbiy kollejda amaliyot o‘tadi.  

Abdulfattoh As-Sisi Yaqin Sharqda demokratiyani rivojlantirishni astoydil istay boshladi. 

Ammo u ayni paytda Husni Muborakning siyosatini maqullashi kerak va  boshqa tomondan – islomchilarga yaqin bo‘lgan davlat qurilishi kontseptsiyasiga xayrixohday edi. 

U yomg‘ir tomchilari orasidan ho‘l bo‘lmay o‘tgan kabi siyosiy oqimlar orasidan ustamonlik bilan beshikast o‘ta oldi. Balki shu xislati bois u musulmon birodarlar taxtga chiqargan Muhammad Mursiy bilan bir muddat ishlab uni ontarib tashlashni ham uddaladi.

Sisi endi harbiy zobit emas, balki siyosatchi edi. U siyosatchi sifatida qo‘liga tushgan oliy davlat hokimiyatini Misr istiqboli uchun boshqarishni epladi 

Avvalo, Sisi iqtisodiy inqirozni bartaraf yetish choralarini ko‘rdi. Milliy qarzni kamaytirish uchun norozilik bilan qaynab turgan mamlakatda juda mashhur bo‘lmagan choralarni ko‘rish kerak edi. Shunga qaramay, ijtimoiy portlash bo‘lmadi. 

Oddiy odamlar barqarorlikni qadrlashdi.  Yangi davlat rahbari Misrning iqtisodiy jozibadorligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Sisi hokimiyatga kelganidan keyin xorijiy investitsiyalar 36 milliard dollardan oshdi va Saudiya Arabistoni, BAA va Quvaytning iqtisodiy yordami 12 milliard dollarni tashkil etdi. Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini qurish uchun mamlakat ichida yana 8 milliard dollar  yig‘ildi, bu esa ushbu eng muhim global transport arteriyasining ishlashidan yillik daromadni 13 milliard dollarga yetkazdi. Yo‘llar, elektr stantsiyalari, uy-joylar qurilishi boshlandi (bir necha yil ichida milliondan ortiq kvartiralar qurildi), shuningdek, yangi Misr poytaxti qurilishi boshlandi. 

Hamma narsa uchun pul kerak edi. Pul esa juda yetishmayotgan edi. XVJ Misrga juda qattiq sharoitlarda 1 milliard  dollar ajratdi. 

Bugun Misr o‘z iqtisodiy muammolarini to‘liq hal qildi deyishning iloji yo‘q – aholi juda tez o‘sib bormoqda. Har yili mehnat bozoriga bir million kishi kirmoqda, ish o‘rinlari soni  yiliga atigi 300 mingga oshadi. Bu degani – 700 ming ishsiz. IShID va musulmon birodarlari bu ishsizlar armiyasidan o‘z manfaati uchun foydalanib, nafrat va kin muhitini yaratish uchun yashirin hujralarda faoliyat olib bormoqda.  

O‘zbeklar ham mavjud bu hujralarni fosh qilish yo‘lida Misr hukumati bilan tig‘iz hamkorlik olib bormoqda.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 yanvar 2017
Mirziyoevning tadbirkorlik rivoji haqidagi otashin so‘zlariga qaramay O‘zbekistonda kichik biznes nazorat idoralari bosimi ostida tang ahvolda qolmoqda. Shavkat Mirziyoevning ...
1 oktyabr 2020
Tanasining 90 foizi kuygan 35 yoshar Gulandom 30 sentyabr kuni Namangan viloyati tibbiyot markazida olamdan o‘tdi. Namangan shahrining Bog‘i ...
9 oktyabr 2020
Mana, gir etib bir hafta o‘tdiyu ketdi. Hafta ichida qirg‘izlar hukumatni ag‘darishga ham ulgurdi. O‘zbek mulozimlari esa hukumat xazinasini o‘marishda ...
5 may 2017
Prezident Mirziyoev, 27 aprel kuni, Jizzax viloyatidagi majlisda amaldorlarni kuniga 8 soat o‘rniga, 18 soatdan ishlashi kerakligini tayinladi. «Men ...
Bloglar
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...
14 fevral 2024
«Yoshlar» telekanalida sodir bo‘layotgan korruptsiya oldida «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov qo‘y og‘zidan cho‘p ololmaydigan ...
13 fevral 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat ...