Asosiy mavzular
2 iyun 2023

Yangi Moskvada yo‘q qilingan bayroq – RTdan va'z

RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. 

MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? Shaxsiy kvartirada osilib durg‘on Ukraina boyroqini olib toshobdila!

RT: O‘tgan hafta Yangi O‘zbekistonning Yangi Moskva ko‘chasidagi uydan Ukraina bayrog‘i olib tashlanishi sharmandalik sifatida tarixga yozildi.

Toshkent hokimligi O‘zbekistonni dunyoga sharmanda qilish bo‘yicha master klass ko‘rsatdi.

Tarixchi va jamoat faoli Anvar Nazirning yozishicha, bu suratlar joriy yilning 24 may kuni olingan. O‘zbekiston fuqarosining uyidan Ukraina bayrog‘i olib tashlangan, xonadon egasi uyda bo‘lmaganida olib tashlangan. 

«Taxminan 18.00 da Ukraina bayrog‘i olib tashlandi. NOVOMOSKOVSKAYa UY MAJMUASI. Qori Niyoziy ko‘chasi, 61. Mirzo Ulug‘bek tumani. Bu haqda kimdir ichki ishlarga xabar bergani haqidagi versiya mavjud», deb yozdi Anvar Nazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bayroq shaxsiy mulk bo‘lib, jamoat xavfsizligiga tahdid solmaydi. 

«O‘zbekistonda Ukraina bayrog‘i hech qanday qonun yoki qonunosti hujjatlari bilan taqiqlanmagan, demak, O‘zbekiston fuqarolarini Ukraina bayrog‘ini namoyish qilgani uchun har qanday ta'qib qilish noqonuniy hisoblanadi. Ya'ni, bu haqiqiy o‘zboshimchalik,» deya e'tiroz bildirdi Anvar Nazir. 

Yangi O‘zbekistonning o‘risqul rahbarlari bilib qo‘ysin bizning mustaqilligimiz uchun kurashayotgan Ukraina bayrog‘ini qalbimizdan yulib tashlasholmaydi. Ukrainaga sharaflar. O‘risqul rahbarlar it o‘limida o‘lsin.

MS: Asli shu Yangi Moskva, Ko‘na Moskva degan ko‘cha odlorini olib tashomoq garak. O‘ylamosinlo Moskvada yuribmiz dap.

OZODBYeKNI SYeLIN VA LYeJYe TAQDIRI KUTMOQDA 

Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasining ittifoqchi davlatlari ko‘p bo‘lmagan, biroq Gitler boshqa mamlakatlardan yordam olish uchun madaniy aloqalardan foydalanishga harakat qilgan. Ba'zi bosib olingan mamlakatlarda nemis propagandasi tomonida ishlagan madaniy tashkilotlar tashkil etildi.

Yevropadagi ba'zi ziyolilar va madaniyat arboblari,  jumladan,  yozuvchi va san'at arboblari natsistlar tuzumi bilan hamkorlik qilganini ham ta'kidlash joiz. Masalan,  Lui-Ferdinand Selin,  Fernan Leje va Jak Lakan kabi ba'zi fransuz yozuvchilari va san'atkorlari fashistlar Germaniyasiga hamdardlik ko‘rsatib,  urush yillarida uni qo‘llab-quvvatlaganlar.  

Ikkinchi jahon urushi tugagach va Germaniyada fashistlar tuzumi qulaganidan keyin fashistlar rejimi bilan hamkorlik qilgan ko‘plab san'at va madaniyat arboblari tanqid qilindi va qoralandi. 

Ulardan ba'zilari, masalan, yuqorida nomlarini tilga olganimiz, Lui-Ferdinand Selin va Fernand Leje Frantsiya fuqaroligidan mahrum qilindi va surgunda yashashga majbur bo‘ldi.  

Bugungi kunda ularning aksariyati munozarali shaxslar sifatida ko‘riladi va ularning yozganlari fashistlar rejimi bilan aloqalari,  o‘sha davr madaniyati va san'atiga ta'siri nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. 

Bu gaplarni yozishimga bir yangilik sabab bo‘ldi. Bugun O‘zbekiston madaniy hayotidagi eng qora kunlardan biri sifatida tarixga yoziladi. 

O‘zbekiston madturvaziri fashist Rossiyasi madaniyat vaziri bilan madaniyat va san'at sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator bitimlarni imzolashibdi.

“So‘nggi yillarda yetakchi teatrlar, muzeylar, madaniyat yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ham qayd etish joiz. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuvda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston – Rossiya madaniy hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, depti Ozodbek Nazarbekov.

Agar kinorejissyor bo‘lsam o‘risga Toshkent darvozasi kalitini bergan mulla rolini Ozodbekka o‘ynatgan bo‘lardim. Grimsiz o‘ynardi bu rolni artist.

Ukraina tuproqlarida o‘ldirilayotgan keksalar, bolalar va ayollarning uvoli ursin senlarni! Seni Selin va Lejelar taqdiri kutmoqda.

MS: «Jonon bo‘laman deb…» ashulangni aytib yuraversang bo‘lmasmi adi, Ozodbek? Yuzing qaro sani!

Gazeta tog‘i

«Jamiyat gazeta orqali gaplashadi» Hali telefon¸ internet bo‘lmagan qadim zamonlarda shimoliy amerika xindulari tog‘ qoyalariga rasmlar chizib o‘zlaridan ancha uzoqda bo‘lgan boshqa qabilalar bilan «gaplashgan» Masalan apachi qabilasi tog‘ qoyasiga qo‘tos rasmini chizib ketgan va yo‘lida davom etgan. O‘n kunlardan keyin qoya yonidan o‘tayotgan mogikan qabilasi xindulari bu rasmni ko‘rib yoniga qo‘tosning o‘ldirilayotgan suratini chizishgan.

Shu tariqa o‘nlab qabilalar bir birlariga bilgi berishgan. Shimoliy amerikadagi bu rasmlar tushgan qoyalar gazeta tog‘i deb ataladi. Dunyodagi ilk gazeta balki shudir. Keyingi paytda Eltuz tanqid nishoniga aylangan mulozimlar biz bilan muloqot qilib o‘z munosabatlarini bildira boshladi. Bu juda yaxshi va olqishga loyiq ish. Oddiy rasm ikki o‘lchamli bo‘ladi. Haykal esa uch o‘lchamli. Ya'ni haykalni uch tarafdan ko‘rish mumkin. Jarayonlar ham shunday. Ëzuvchi Ekzyuperi aytganday rasmda bir odam shlyapani ko‘rgan bo‘lsa yana bir odam filni yutib yuborgan ilonni ko‘radi.

MS: Yangilikladan oling Duz og‘a. Eltuzni gazeta dog‘i bekor durmasin. 

+++

28 may kuni Buxoroning Kogon shahrida erkak xotinini rashk tufayli pichoqlab tashladi. O‘g‘lini to‘xtatmoqchi bo‘lgan ona ham pichoqdan benasib qolmadi. Qo‘llari kesilib, jarohat oldi. Xotin go‘rda, er qamag‘da, ona bannisada, farzandlar yetim qoldi. (VIDYeO)

+++

Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi. Qotillik  21 may kuni Shovot tumanida  yuz berdi. Kelin go‘rda. Qaynota qamag‘da.

+++

Xorazmda o‘z onasini urib o‘ldirgan boshqa bir o‘g‘il 8 yilga qamaldi. Ona go‘rda o‘g‘il qamag‘da.

+++

IIV Tezkor-qidiruv departamenti  tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet elga eksport qiluvchi tadbirkorlardan badal to‘lashni talab qilib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

+++

Metroda begona qizga shilqimlik qilgan ikki «nusxa» topildi. Ularni jarima yoki 5 sutka qamoq jazosi kutmoqda. Jamoatchilik esa ularga qattiqroq jazo berilishini so‘ramoqda.

+++

O‘zbekistonda 19 yoshli yigit ko‘pxotinlilik uchun 4 yilga qamaldi.

Qarshi shahrida 2019-yilda 17 yoshli yigit 15 yoshli qizga uylangan, 2022-yilning avgust oyida esa 19 yoshga to‘lganda u yana bir 15 yoshli qizga uylangan. Yigitning onasi bunga qarshi bo‘lmagan. 

Unga nisbatan 126-modda (ko‘pxotinlilik) va voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqada bo‘lganlik uchun jazo tayinlangan. Sud jarayonida ikkala qiz ham yigitni himoya qilishgan.

Er qamag‘da. Ikkala xotin xijronda. Seks kommunna 4 yillik tanaffusga chiqdi.

+++

Bosqinchi Rossiya armiyasiga yollanib mustaqil Ukraina yurtiga dushman qiyofasida borib it o‘limida o‘lgan  namanganlik Sh. Tojiboevning jasadi o‘z yurtiga fanerdan bo‘lgan tobutda qaytarildi. (tunuka tobutni ham ravo ko‘tishmagan) Tojiboevning xotini tul¸ bollari yetim qoldi. Maxalliy matbuotga gapirgan Tojiboevning enasi «Bolam Rosiyada dokumentfurushlik qilardi deb aytdi. Bu ishidcha soqol qo‘ygan Tojiboev  «Rossiya bizni baqadi. Putin otam » degan millionlagan o‘zbek «minnatdor avlod»ning tipik vakili. Avaliga Tojiboev Sh.B. Rossiyaga  ishlash uchun ketdi. Onasiga rasm yuborib «kafe ochdim¸ moshn oldim» deb aytgan. Aslida u o‘z moshinasida geroin tashish bilan shug‘ullanib qamaladi. Qamoqda u  ko‘p mamlakatlarda terrorchi tashkilot ro‘yxatiga kirgan «Vagner» jallodlari armiyasiga yollanib mustaqil Ukraina tuprog‘iga odam o‘ldiruvchilar safida bordi va o‘ldi.

+++

Ba'zi davlatlarda terrorchi deya tan olingan «Vagner» hususiy harbiy bo‘linma asoschisi bo‘lgan Yevgeniy Prigojin 77 daqiqalik intervyusida Rossiya tomonidan boshlangan “maxsus operatsiya” Moskva kutgan natijalarga olib kelmaganini aytdi: «Ukraina butun dunyoga ma'lum bo‘ldi, armiyasi esa sayyoradagi eng kuchlilaridan biriga aylandi», deya ta'kidlaydi Rossiyaning hususiy harbiy shirkati boshlig‘i..

Prigojin doimgidek Putin haqida gapirmaydi, balki Mudofaa vazirligi rahbariyati va Rossiya elitasining qolgan qismini tanqid qiladi.

– Maxsus operatsiya denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida amalga oshirildi. Denatsifikatsiya qilamiz deb, biz Ukrainani butun dunyoga mashxur millatga aylantirdik Ukraina hamma joyda mutlaqo tanilgan mamlakatga aylandi. Bu denatsifikatsiya haqida. Edi. Endi demilitarizatsiya haqida gapirsam.

– Agar maxsus operatsiya boshida ularda shartli 500 ta tank bo‘lgan bo‘lsa – hozir ularda 5000 tank bor. Ularda 20 ming mohir jangchi bo‘lgan bo‘lsa hozir 400 ming jangchisi bor.

– Menimcha, bugungi kunda ukrainaliklar eng kuchli armiyalardan biri. Ularda tashkilotchilik darajasi yuqori, tayyorgarlik darajasi yuqori, aql-idrok darajasi yuqori, ularda turli xil qurollar bor, bundan tashqari, ular har qanday tizimda, Sovet, NATO, nima bo‘lishidan qat'iy nazar, bir xil darajada muvaffaqiyatli ishlaydi, – deydi Prigojin.

Prigojin, shuningdek, Baxmut uchun janglarda 20 mingga yaqin odamini yo‘qotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 10 ming nafari Vagner jangchilari, qolgan 10 ming nafari esa koloniyalarda yollangan mahbuslardir.

Tina Tyorner o‘limi

MS: Tina Tyorner o‘libdi. U kishi haqida yozmaysizmi, sizning do‘stingiz bo‘lgan deb eshitvadim? 

RT: Albatta yozaman. Ko‘zimda yosh¸ ichim to‘la dard bilan yozaman. 2000 yil aprel oyida AQShda ekanligimda Davlat departamentida tarjimon bo‘lib ishlaydigan ammo asli kasbi san'atshunos bo‘lgan Vadim tanishtirgandi menga Tina Tyornerni. Tanishish so‘zi sal bo‘rttirish bo‘ladi. Tina meni quchoqladi. Ijod namunalarim bo‘lgan kitobchani «vauv» deb varaqlab ko‘rdi. Bo‘ynidagi dengiz chig‘anoqlaridan bo‘lgan marjonni yechib menga berdi. «Ma asarlaringga yopishtirasan» dedi. Keyin o‘zining kontsertiga ikkita bilet berdi. Va ketdi. U balki dunyoda o‘zi uchratgan o‘zbek rassomini unutdi, ammo men unutmadim. O‘sha kuni ulkan kontsert zaliga bordik. Avvaliga kam tanilgan qo‘shiqchilar zalni qizdirish uchun to‘rt besh qo‘shiq aytib turishdi. Keyin Tina chiqdi. Guldurmomo kabi guldirab, chaqmoq kabi yarqirab chiqdi. Bunday katta megayulduz kontsertiga ilk marta tushgan edim.

Millionlar sarflangan shou edi bu. Uzun kran xartumi zal bo‘ylab uzaygan. Kran uchidagi kajavada Tina Tyorner. U kajava panjarasini ushab dodu faryod qilmoqda. Kajava atrofidagi o‘n bitta kapsuladan olov jolasi  pishqirib qo‘shiqqa jo‘r bo‘lmoqda. Haqiqiy sas va haqiqiy o‘t olov edi bu. 2000 yilda hali ko‘p effektlar mexanik edi. Xozirgi kabi plazma ekran va raqamli texnoligiya yo‘q edi. Ammo o‘sha mexanik effektlar shouni daxshat zo‘r xolatga keltirgandi. Mendan farqli o‘laroq zalni to‘ldirigan amerikaliklar Tinaga qo‘shilib kuylashardi. Ular bu qo‘shiqlarni yod bilishardi. Rok va gospelni sevganim bois bu qo‘shiqlar mening hissiy dunyomni ost ust qilgandi. Bu kontsertdan 23 yil o‘tib simlar xabar berdi. Tina o‘ldi. 

Amerikalik “rok-n-roll qirolichasi” Tina Tyorner endi yo‘q. 

Tina Tyorner 83 yosh yashadi. Ëshini yashab  oshini oshab o‘ldi. 

Tyorner 1960-1980 yillardagi eng mashhur qo‘shiqchi edi. U “rok-n-roll qirolichasi” edi. 

Tyorner sakkiz marta “Gremmi” mukofotini olgan. Bundan tashqari ikki marta American Music Awards va bir marta MTV Video Music Awards olgan.

Tyorner qo‘shiqchilikdan tashqari raqqosa va aktrisa sifatida ham tanilgan. 1986 yilda Hollivudning Sharaf hiyobonida unga bag‘ishlangan yulduz paydo bo‘lgan. Bu yulduzni besh yil oldin Los Anjelosga borganimda ko‘rgandim. San'at osmonida bir yulduz o‘chdi.

MS: Deravarsin! Uring potiyani Tuz og‘a.

RT: Assalom, O‘zbekiston Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2019
Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani ...
26 mart 2019
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi joriy qilgan IIV xodimlarining yangi formalari eskisidan tubdan farq qiladi. Aksariyat atributlari kulrangda bo‘lgan militsiyaning ...
3 avgust 2020
O‘zbekistonning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi kampaniyasi diqqat markazi mamlakatning paxtachilik sanoatini xalqaro boykot qilishga qarshi kurashishga qaratilgan, deya ...
27 iyun 2023
Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906 yil 27 iyundan e'tiboran chop ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...