Asosiy mavzular
12 avgust 2023

Toshkent IIB binosidan 33 yashar yigit o‘ligi chiqdi

Toshkent shahar IIB binosidan 12 avgust kuni 33 yashar Doniyorbek Usmonovning o‘ligi chiqdi.

Eltuz manbalari uni IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari urib o‘ldirishganini da'vo qilishmoqda.

Bosh prokuratura bu yuzadan rasmiy bayonot berdi.

Prokuratura bayonotiga ko‘ra, Toshkent shahar Ichki ishlar Boshqarmasi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan 2023 yilning 12 avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB ma'muriy binosida vafot etgan.

D.U.ning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari o‘tkazish zarurati tug‘ilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Eltuz voqealar rivojini yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
13 yanvar 2020
11 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hibsda saqlanayotgan Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi uyidan topilgan san'at ashyolari haqida bayonot berdi. Prokuraturaning ...
15 iyun 2017
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning dipmissiya xodimlari va raxbarlari bilan birgalikda rejalagan xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti kutilmoqda. Vazirlik saytida ...
15 yanvar 2021
Salom, azizlarim. O‘tgan galgidan ko‘ra davramiz yana kengayganini ko‘rib sevindim. Yaqindagina 200 ming edik. Mana, yana 4000 qo‘shilibdi. To‘yda ...
12 avgust 2022
Ko‘rayotganingiz bu kadrlar kik boks yoki qoidasiz mushtlashuv sahnasi emas, oddiy Sariosiyodagi dars soatini bo‘lisha olmagan o‘qituvchilarning bir-birini do‘pposlashi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...