Video
1 fevral 2016

Go‘daklar qismati yoki ilik olayotgan «Ravot qashqirlari» haqidagi iddaolar

Samarqand viloyatida chaqaloqlar nogironligi ko‘payib borayotganiga oid surishtiruvimizga bir necha ayollarning bu haqdagi shikoyatlari sabab bo‘ldi.

Oqdaryo tuman Ravot qishlog‘ida yashovchi Rahmatova Gulnoza 2015 yili tug‘ilgan o‘g‘lining oyog‘ida nuqsoni borligini u tug‘ilganidan bir oy o‘tib sezganini iddao qiladi:

Raxmatova: Oyog‘iga gips qo‘yib qo‘yishgan. Har safar bolnitsaga borganimizda kattalashadi. Tug‘ilgan payti iligini olib qo‘yishgan deb aytishadi.
Jurnalist: Iligini nimaga olib qo‘yisharkan?
Raxmatova: Olib sotarkan deyishdi…

Bu gaplarga biz ishonmadik, go‘dak iligi ya'ni suyak ko‘migi qanday ko‘chirilishi mumkin? Bugun farzandini ayni dard qiynayotgan Sarvinoz ham avvaliga bu gaplarga ishonmaganini aytadi.

Sarvinoz: Eshitgandim ammo ishonmagandim. Chunki qizim tug‘ilganida bu gaplar yo‘q edi. Bor edi kam edi. Endilikda juda ko‘payib ketdi, ilgari uchta to‘rtta chaqaloq bo‘lsa, hozir har yuz chaqaloqning to‘qsontasida shunday nuqson bor.

Biz Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasining ortopediya bo‘limida bo‘lib u yerdagi oyog‘i nuqsonli go‘daklarini keltirgan ota-onalar oqimini ko‘rib hayratga tushdik.

Safarimiz davomida Samarqand viloyatining Poyariq, Oqdaryo, Ishtixon, Urgut tumani tug‘ruqxonalarida ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ayni nuqsondan azob chekayotganiga guvoh bo‘ldik.

Oqdaryoning birgina Olchintepa qishlog‘ida o‘tgan yili tug‘ilgan 4-5 nafar chaqaloqlarning dardi ayni bir xil ekani savollar uyg‘otadi.

Barchasining oyog‘ida nuqsoni bor. Og‘irlik tushsa – bo‘ksasidan chiqib ketish xavfi mavjud. Barcha go‘daklarning oyoqchalariga «A» shaklida taxtakach bog‘langan, gipsda!

Zamonaviy tibbiyotda ayrim ogir bemorlarni davolash uchun suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish amali qo‘llaniladi. Bu kabi amaliyotga leykoz va boshqa turdagi saraton kasalliklarini davolashda zarurat bor. Suyak iligi donorligi, inson suyagi iligining ozroq qismini bemorga ko‘chirib utkazilishini anglatadi.
http://www.podari-zhizn.ru/main/node/7040

Samarqand viloyatida go‘daklar orasidagi kasalliklar bo‘yicha ma'lumot so‘rab Sog‘liqni saqlash vazirligiga xat yozdik. Vazirlikning javobi «keltirilgan xolatlar yuzasidan anik ma'lumotlar takdim kila olmagansiz» degan mazmunda buldi .

26 yanvar kuni “Nega yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning aynan oyoqchalaridagi nuqson qiynamoqda?” degan savol bilan Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sayfiddin Ochilovga murojat etish uchun ularning qabulida bo‘ldik. Biroq, bosh shifokorni uchratishning imkoni bo‘lmadi.

Ilik olayotgan «Ravot qashqirlari» haqidagi iddaolar Samarqandda og‘izdan-og‘izga o‘tarkan, bizni bugun faqat birgina savol qiziqtiradi: aksariyat go‘daklardagi bunday bir xil kasallikning boisi nimada?

Maloxat Eshonqulova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 yanvar 2023
O‘zbekistonni tuzgan oila mansubi¸ olim va Turkistonning so‘nggi jadidi professor Temur Xo‘ja Germaniyaning Myunxen shahrida g‘arbiy yevropadagi o‘zbek diplomatlari ...
11 oktyabr 2018
Moskvaning Tver tumani sudi 24 oktyabrda Islom Karimovning birinchi xotinidan bo‘lgan o‘g‘li 52 yashar Pyotr Karimovning «O‘zbekiston havo yo‘llari» ...
8 aprel 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri sudining yopiq majlisida o‘tgan asrning 90-yillarda Shuhrat Dombrabadskiy nomi bilan tanilgan 62 yashar avtoritet ...
26 sentyabr 2016
«Adolat» gazetasi (20.09) «Adolat» sotsial demokratik partiyasi siyosiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tgani, unda partiyadan O‘zbekiston prezidenti saylovida ishtirok etadigan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...