chorshanba,
18 dekabr 2024
10 oktyabr 2023
Rossiyada 25 yashar o‘zbek narkotik bilan qamaldi
Rossiya qamog‘idan jo‘natilgan videoda 25 yashar toshkentlik yigit Shahzod Yusupov Rossiya federal politsiyasi xodimlari unga tuhmat qilib, mashinasiga narkotik tashlab qamoqqa tashlaganini bildirmoqda. Eltuzga yetib kelgan videoda Rossiyadagi turma kamerasi va u yerdagi sharoit aks etgan. Tuhmat bilan qamalganini iddao qilayotgan Shahzod Yusupov O‘zbekistonda qolgan oilasi, ikki nafar farzandi va keksa ota onasiga yordam berish uchun Rossiyaga borib ishlashga majbur bo‘lganini aytadi, O‘zbekiston hukumati va jamoatchiligidan ko‘mak so‘raydi..
Eltuz Rossiyada qolayotgan o‘zbek migrantlarining huquqlari himoyasiga oid muammolarni o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.