Qashqadaryolik erkak 12 ta echkemarni so‘yib yedi
Qashqadaryolik 61 yoshdagi erkak jami 32 bosh echkiemarni tutib olib, ulardan 12 tasini so‘yib yegan. Qolgan 20 tasini keyinchalik yeyish uchun uyida boqib kelgan. Bu haqda, bugun nuqta uz nashri yozmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 3 marta infarkt bilan og‘rigan keksa fuqaro tanishlaridan echkiemar go‘shti va terisi kasallikka davo ekanini eshitib, yovvoyi echkiemarlarni ovlashga tushgan.
Sud erkakka 3 yil ozodlikni cheklash jazosi belgilab, Ekologiya vazirligi foydasiga 141 mln 900 ming so‘m undirishga hukm chiqargan.
Eslatib o‘tamiz, echkiemarlar «Qizil kitob»ga kiritilgan. Dunyoda tobora yo‘qolib borayotgan bu noyob jonivor, O‘rta osiyo echkemarini O‘zbekistonda, Sirdaryoning sharqiy hududi bo‘ylab Farg‘ona vodiysida, shuningdek Tojikistonning janubiy g‘arbiy hududidagina uchratish mumkin.
Eltuz O‘zbekiston hayvonot dunyosi va unga insonlar tomonidan yetkazilayotgan ziyon ko‘lamiga oid voqealarni o‘rganishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring. Kanalimizga obuna bo‘ling.