chorshanba,
18 dekabr 2024
16 dekabr 2023
Tosh daraxt saqlangan Urganchdagi muzey yopiladimi?
Urganchdagi «Avesto» muzeyida eramizdan avvalgi ming yilliklarni ko‘rgan tosh daraxti saqlanmoqda.
Toshga aylangan daraxt qoldiqlari dunyoning turli hududlarida saqlangan va ular mavjud davlatlar himoyasiga olingan.
Masalan, AQShning Arizona shtatidagi shunday daraxt qoldiqlari saqlangan Petrifayd Forest parkiga kirish uchun turistlar odam boshiga 80 dollar to‘lashi kerak.
Bizda esa amaldorlar noyob tosh daraxti saqlangan Avesto muzeyini yopish payiga tushishgan.