Asosiy mavzular
23 dekabr 2023

O‘zbekistonda o‘ris propagandasi taqiqlansin!

21 dekabr kuni O‘zbekiston va Rossiya munosabatlarining 32 yillik tarixida ilk bor rus elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi va unga qizil bo‘lmasa ham “sariq kartochka” ko‘rsatildi. Nima uchunligini bilasiz. Putinning Prilepin degan “otiq”i “Kievdagi paradni o‘tkazib olgandan keyin Toshkent ko‘chalarida ham qizil bayroq ko‘taramiz” degani uchun.
Eltuz insayderlari prezident Mirziyoevning Prilepin degan gandonning so‘zlaridan g‘azabga kelgani va bu g‘azabni “Moskopga qat'iy tarzda yetkazish” haqida buyruq berganini aytishdi.
Tashqi siyosat, bu – prezidentning prerogativasi. Topshiriq qat'iy tarzda berilgan va ijrosi ham qat'iy bo‘lgan. Uning yumshoq tarza ommaga chiqarilishi diplomatik nazokatdan boshqa narsa emas. Vazirlik uni gulqog‘ozga o‘rab, “endi xapao‘meslar, shunaqa bo‘p qoldi” qabilida yetkazdi deb xulosa qilish – soddalavhlik. MIDda va uning kuratorlari o‘tirgan DXXda FSBning quloqlari bo‘lishi mumkin, buni istisno etib bo‘lmaydi.
Abror Muxtor Aliy va Akrom Malikka “fas” deyayotganlar ham shular. Ularga ham navbat keladi.
Nima bo‘lganida ham fakt yest fakt – Rossiya elchisi birinchi marta O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Sovet davridan qolib ketgan, rahmatli Sarvar Azimov rahbarligida soldirgan qizil gilamiga chaqirildi va unga joyi ko‘rsatib qo‘yildi.
Tarmoqdagi ayrim musappo osmon plyus bizbilgandikbizkutgandikchilar Karimov bovamiz tirik bo‘lganda pamiliyasi o‘zimizning Sanginopnikiga o‘xshagan Malginopning kavushini to‘g‘rilab qo‘yardi, deb ayyuhannos solyapti. Kechirib qo‘yas! Karimov bovangiz Moskopga, bo‘ynini boshqa yoqqa burib turgan payt u chizgan doiradan ayag‘ini bir marta chig‘orib olib, “bopladimmi” degani bilan muqaddas suverenitetning iqtisodiy asoslarini yaratgani yo‘q.
Qaytaga o‘zi ishlagan Gosplandan qolgan o‘risning planli ekonomikasini o‘lguncha himoya qildi. Natija – 3 million o‘zbek Moskop va Moskoviyada mardikorlik qilib yuribdi. (biz “dangasa” desak, ba'zilar dod deydi. Lekin bu istilohni millionlab mardikor bozoriga asos solgan me'mor – Karimop bobolaring o‘ylab topgandi) Prilepinning og‘ziga kuch bergan ham ana shu fakt – 2 million (aslida 3 milliondan ko‘p) o‘zbekning Rossiyada non topayotgani.
2005 yildagi Andijon voqealaridan keyin yakkamohovga aylangan Karimov Putinning oyog‘iga borib yotib oldi. O‘shanda Putin “Bocharov ruchey”dagi uchrashuvda Karimovning ustiga o‘zining “Kon” laqabli kultovoy itini qo‘yib yuborgandi. Putinning birinchi tarjimai holini yozg‘ich jurnalisti Kolesnikov o‘shanda “Koni Karimovni eng ko‘p shubha bilan va uzoq hidlagani”ni yozgan edi. Bu hidlashlardan keyin Karimov o‘zbek gazini 30 yilga Rossiyaga topshirdi va rasman vassallik jandasini kiydi. Undan keyin to o‘lgunicha tirik murda bo‘lib yurdi, xolos.
Tak chto, jadid bobomiz Abdulla Qodiriy aytmakchin, tarixning qora va chirkin kunlaridan saboq chiqargan holda oldinga qarab yuramiz. Jiddiy qadam qo‘yildi.
Mirziyoev 22 dekabr kuni Prilepin nomi tilga olinmagan ma'naviyatchilar yig‘ilishida Jadidchilikni O‘zbekistonning rasmiy mafkurasi, deb e'lon qildi! Bu tarixiy sanani kundalikka insho qiling!
Bu kimgadir yoqadimi yoki yo‘qmi, xalqimiz jadid bobolarimiz ko‘rsatib bergan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerak.
Keyingi amaliy qadamlar mana bulardan iborat bo‘lishi kerak:
Rossiyaning O‘zbekistondagi propagandasini taqiqlash – Rossiya telekanallari O‘zbekistonga “piratskiy retranslyatsiya” qiladi. Bu ishni qilayotgan O‘zbekiston kabel tarmoqlari va “Uzdijital” haqiqiy xoin kompaniya deb e'lon qilinishi kerak va AQSh hamda Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar ro‘yxatiga chiqmaydigan qilib tiqilishi kerak.
Gap O‘zbekistonning milliy xavfsizligi, milliy davlatchilikning bor yoki yo‘q bo‘lishi, hayot-mamot masalasi haqida ketyapti. Shekspir aytmoqchi, Yo o‘lish yo qolish! Masala shunda!..
Isroil va Xitoyning yuksak raqamli texnologiyalari, kuzatuv va eshitish jihozlari, supersovremenniy josuslik jihozlari bilan qurollangan shonli va shonsiz, jonli va jonsiz DXXmiz pistachi kampirlarning orqasidan quvmasdan, darhol davlat idora va tashkilotlari, korporatsiya va muasssasalari, matbuot, televidenie, shou biznes, akademik doiralar va oliy o‘quv yurtlaridagi FSBning 5-bo‘limiga ishlayotgan josus va beshinchi kolonna mansublari ro‘yxatini tuzsin va ularni neytrallashtirishni boshlasin!

Ichki va tashqi xavfsizlik – kontrrazvedka bir-biridan ajratilsin va Rossiya propagandasiga qarshi kurash ustuvor vazifa deb belgilansin!
O‘ris shou biznesining O‘zbekiston atalmish muqaddas zaminga iflos oyoqlarini bosishiga chek qo‘yilsin! Bosgan taqdirda oyoqlari kesilsin!
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi faoliyati taqiqlansin.
Zaxar Prilepin va boshqa zaharli unsurlarga qarshi “Persona non-grata” ro‘yxati shakllantirilsin!
Buxoro hokimi tomonidan 2018 yilda Jirinovskiyga to‘n kiydirilishi siyosiy xato bo‘lgani,hech qursa viloyat hokimiyati darajasida e'tirof etilsin va to‘nni musodara qilish bo‘yicha huquqiy jarayonlarni boshlash O‘zbekistonning Moskvadagi diplomatlariga topshirilsin.
Mamlakatdagi barcha davlat va nodavlat kompaniyalari maxsus auditdan o‘tkazilsin, ulardagi rossiya va rus fuqarolari ulushi qat'iy nazoratga olinsin, tranzaktsiyalar bo‘yicha maxsus ro‘yxat shakllantirilsin.
Rus tilidan “millatlararo muomala tili” maqomi olib tashlansin va davlat idoralarida faqat o‘zbek tilida ish yuritish belgilab qo‘yilsin.
Prezident, hukumat, davlat idora va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi ruscha kanallari o‘chirilsin!
Takliflar ro‘yxati uzun va davom etadi…

Tag‘in o‘qing
2 oktyabr 2015
29 sentyabr kuni o‘zbek huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar Xorazm viloyat Xazorasp TIIB militsionerlari tomonidan ushlangan va ...
20 fevral 2017
Besh yil burun Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida yollanma qotil tomonidan otib ketilgan taniqli imom Obidxon Nazarovning yaqinlari uning ancha tuzalib ...
16 mart 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
26 oktyabr 2020
Ko‘rayotganingiz Afg‘oniston yoki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olayotgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...