«Okean ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash'ali»
AQSh poytaxti Vashingtonda barcha davrlarning eng buyuk olimi, xorazmlik Abu Rayxon Beruniyga haykal o‘rnatildi. Haykalni xorazmlik haykaltarosh Jasvand Annazarov yaratdi. O‘zbek tadbirkorlari homiyligi va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi irodasi bilan bronzadan yasalgan bu haykal O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi oldiga o‘rnatildi.
Aslida Beruniy AQShning yuragi bo‘lgan Nyu Yorkdagi markaziy park qoq o‘rtasiga haykali o‘rnatilishiga loyiq siymo. 1973 yili SSSR va Eronda Beruniy siymosi tushirilgan pochta markalari chiqarilgan. Beruniyni arablar arab olimi, Eronda esa fors olimi, u tug‘ilgan O‘zbekistonda esa o‘zbek olimi deb bilishadi.
Abú Reyxán Muxamméd ibn Axméd al-Beruníy o‘z ilmiy asarlarini arab tilida yozgan. U o‘z kitobida oy nomlarini turk tilida keltiradi.
Aynan Beruniy bois, Xorazmning qadim madaniyati va adabiyoti arab istilochilari tarafidan vayron qilinganini bilamiz.
Beruniy 973 yilning 4 sentyabrida Xorazmning Qiyot shahrida tug‘ilgan va 1048 yili G‘azna shahrida o‘lgan va o‘sha yerda ko‘milgan.
OtvetitOtvetit vsemPereslatDobavit otklik |